O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING HARBIY KOLLEGIYASI VA HARBIY SUDLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyuldagi harbiy sudlar tizimi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Harbiy kollegiyasini tashkil etish haqidagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Sudiga harbiy kollegiya uchun 19 ta shtat ajratilsin va ularga 1-ilovaga* muvofiq shtatda ko‘rsatilgan lavozim maoshlari belgilansin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining shtatlari 29 nafar miqdorida belgilansin va 2-ilovaga* muvofiq shtatda ko‘rsatilgan lavozim maoshlari belgilansin.
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
3. Harbiy sudlarning shtat bo‘yicha soni quyidagicha belgilansin: Toshkent garnizoni harbiy sudi — 5 sudya va 9 xizmatchi, Samarqand garnizoni harbiy sudi — 3 sudya va 7 xizmatchi, Termiz garnizoni harbiy sudi — 3 sudya va 7 xizmatchi, Farg‘ona garnizoni harbiy sudi — 2 sudya va 5 xizmatchi hamda ularga 3-ilovaga* muvofiq lavozim maoshlari belgilansin.
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
4. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 19-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq harbiy kollegiya a’zolari haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilganda ularning sudlarda, adliya va ichki ishlar organlarida, Milliy xavfsizlik xizmatida va prokuraturada ishlagan vaqti haqiqiy harbiy xizmat muddatiga kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Raisi bilan kelishgan holda harbiy kollegiya a’zolari haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilganda ularga harbiy kollegiya shtatiga muvofiq harbiy unvonlar berish topshirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudiga elektron-hisoblash va nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasini sotib olishga, Harbiy kollegiyani joylashtirish uchun binoni qayta jihozlash va tuzatishga Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan 4 mln so‘m ajratsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 1-dekabr,
563-son