4-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Muddati |
Moliyalashtirish manbai |
Masʼullar |
|
I. Sholi urugʻchilik tizimini tashkil etish | |||||
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda elita urugʻchilik xoʻjaliklarini tashkil etish. |
1. Talabgorlar roʻyxatini shakllantirish; |
2021-yil 1-fevral |
Tashabbuskorlar mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Suv xoʻjaligi vazirligi (Xamrayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
|
2. Tanlov oʻtkazish orqali talabgorlarni aniqlash; |
2021-yil 10-fevral | ||||
|
3. Tegishli viloyat, tuman hokimining qarorini qabul qilish; |
2021-yil 1-mart | ||||
|
4. Urugʻchilik xoʻjaliklari maydonlariga ekinlarni joylashtirish; |
2021-yil 10-mart | ||||
|
5. Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti yoki import qilish orqali sifatli yuqori avlod urugʻlarini yetkazib berish va ekish. |
2021-yil 1-aprel | ||||
|
2. |
Urugʻchilik xoʻjaliklarida Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda ilmiy asoslangan holda sholi urugʻlarini yetishtirishni yoʻlga qoʻyish. |
1. Sholi yetishtiriladigan maydonlarni lazerli tekislagich bilan tekislash. |
2021-yil aprel-may |
Tashabbuskorlar mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti (Sattarov), |
|
2. Yer maydonlarini sifatli tayyorlash. |
|||||
|
3. Urugʻlarni ekishda Sholichilik ilmiy tadqiqot institutining yuqori avlodli urugʻliklaridan foydalanish. |
doimiy | ||||
|
4. Sholi navlarini ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyalar asosida yetishtirish. |
doimiy | ||||
|
5. Sholi maydonlarini belgilangan tartibda aprobatsiya koʻrigidan oʻtkazish va sertifikat olish. |
2021-yil avgust-sentabr |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (Vaxabov) | |||
|
6. Hosilni nes-nobud qilmay yigʻishtirish. |
2021-yil oktabr | ||||
|
7. Urugʻlik sholini tozalash, saralash va qadoqlash. |
2021-yil noyabr | ||||
|
3. |
Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan yuridik shaxslarga urugʻlik sholiga sertifikat berish mexanizmini amaliyotga joriy etish. |
1. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan yuridik shaxslarga urugʻlik sholiga sertifikat berishga ruxsat berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish. |
2021-yil 1-aprel |
Moliyalashtirish talab etilmaydi |
“Oʻzstandart” agentligi (Sattarov), Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (Vaxabov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Teshayev) |
|
2. Ushbu faoliyatga talabgor yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan oʻtkazish. |
2021-yil may |
“Oʻzstandart” agentligi (Sattarov) | |||
|
4. |
Sholi urugʻlarini yetishtiruvchi xoʻjaliklarda mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos almashlab va navbatlab ekish tizimini amaliyotga joriy etish. |
1. Mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos sholi-kuzgi bugʻdoy-dukkakli ekinlarni almashlab va navbatlab ekish dasturini tuzish. Bunda, bir dalada 2 yildan ortiq sholi yetishtirilishiga yoʻl qoʻymaslik. |
2021-yil mart |
Moliyalashtirish talab etilmaydi |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Teshayev) |
|
2. Urugʻlik yetishtiruvchi xoʻjaliklarda almashlab va navbatlab ekish tizimini joriy etish. |
doimiy | ||||
|
II. Sholichilikda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish | |||||
|
5. |
Sholi yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng qoʻllash. |
1. 2021-yilda sholi maydonlarining kamida 20 foizida koʻchatlab ekish, 50 foizida lazer uskunasi yordamida yer tekislash tizimini joriy etish, 30 foizida sholini zamonaviy urugʻ seyalkalari yordamida ekish. |
2021-yil davomida |
Tashabbuskorlar mablagʻlari hamda Davlat budjetidan 2021-yilda ajratilishi nazarda tutilgan subsidiyalar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Xorazm viloyati hokimligi, Suv xoʻjaligi vazirligi (Xamrayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (Xaitov) |
|
2. 2022-yilda sholi maydonlarining kamida 40 foizida koʻchatlab ekish, 70 foizida lazer uskunasi yordamida yer tekislash tizimini joriy etish, 50 foizida sholini zamonaviy urugʻ seyalkalari yordamida ekish. |
2022-yil davomida | ||||
|
6. |
Sholi yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalar: 500 ga maydonda zovur suvlaridan foydalangan holda sholi yetishtirish; 50 ga maydonda tunda suv bermaslik usulida sholi yetishtirish; 20 ga maydonda sholini yomgʻirlatib sugʻorish usulida hamda 20 ga maydonda tuproqosti tomchilatib sugʻorish usulida yetishtirishni qoʻllash boʻyicha tajriba sinovlarini oʻtkazish. |
1. Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda suvni tejaydigan texnologiyalar orqali sholi yetishtirish boʻyicha maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihasini ishlab chiqish hamda Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim qilish. |
2021-yil 1-fevral |
Davlat ilmiy texnik dasturlariga ajratiladigan mablagʻlar hamda tashabbuskorlar mablagʻlari |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev), Xorazm viloyati hokimligi (Ermanov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Xamrayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Fanlar Akademiyasi (Yuldashev) |
|
2. Ilmiy tadqiqot instituti tomonidan tayyorlangan loyihani moliyalashtirish. |
2021-2022-yillar | ||||
|
3. Ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida tadqiqotlar olib borish hamda natijasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot kiritish. |
2022-yil dekabr | ||||
|
III. Sholichilik sohasida ilmiy tadqiqotlarni jadallashtirish | |||||
|
7. |
Respublikaning tuproq va iqlim sharoitlariga mos sholi navlarini yaratish, yetishtirish agrotexnikasini ishlab chiqish va urugʻchilik tizimini rivojlantirish boʻyicha ilmiy izlanishlarini olib borish. |
1. Respublikaning tuproq va iqlim sharoitlariga mos sholi navlarini yaratish, yetishtirish agrotexnikasini ishlab chiqish va urugʻchilik tizimini rivojlantirish boʻyicha 3 — 5 yilga moʻljallangan maqsadli loyihalar tanlovini eʼlon qilish. |
2021-yil 1-fevral |
Davlat ilmiy texnik dasturlariga ajratiladigan mablagʻlar hamda tashabbuskorlar mablagʻlari |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev) |
|
2. Tanlov mavzusiga oid ilmiy-tadqiqot loyihasini shakllantirish va unda ishtirok etish. |
2021-yil mart |
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti (Sattarov) | |||
|
3. Loyiha doirasida tadqiqotlarni olib borish. |
2021 — 2025-yillar | ||||
|
8. |
Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoitlarida sholining yuqori hosilli xorijiy navlarini sinash va mahalliy sharoitda urugʻlarini koʻpaytirish boʻyicha tajriba sinovlarini amalga oshirish. |
1. Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti va uning Xorazm filialiga viloyatning tuproq-iqlim sharoitlarida sholining yuqori hosilli xorijiy navlarini sinash va mahalliy sharoitda urugʻlarini koʻpaytirishga oid maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihasini ajratish. |
2021-yil 1-fevral |
Davlat ilmiy texnik dasturlariga ajratiladigan mablagʻlar hamda tashabbuskorlar mablagʻlari |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov) |
|
2. Ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida tadqiqotlar olib borish. |
2021-2022-yillar |
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti (Sattarov) | |||
|
3. Xorazm viloyatining tuproq va iqlim sharoitlariga mos xorijiy navlarini tanlash va urugʻlarini koʻpaytirish. |
2021-2022-yillar | ||||
|
IV. Ilm-fanni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini yaratish | |||||
|
9. |
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. |
1. Zaruriy laboratoriya asbob-uskunalari, qishloq xoʻjalik texnikalari va agregatlari, sholi urugʻligini saralash va qadoqlash uskunalari roʻyxatini aniq hisob-kitoblar asosida shakllantirish. |
2021-yil 10-fevral |
Jahon banki mablagʻlari |
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti (Sattarov) |
|
2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida texnika va uskunalarni Jahon bankining “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida jalb etilgan mablagʻlari hisobidan xarid qilish. |
2021-yil davomida |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev) | |||
|
10. |
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialining infratuzilmasini yaxshilash. |
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialiga Gurlan tumani, Sholikor qishlogʻi, Chinobod MMTP hududidagi boʻsh turgan yer maydonida maʼmuriy-laboratoriya binosi qurish choralarini koʻrish. Bunda: |
2021-yil iyul |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Xorazm viloyati hokimligi (Ermanov) |
|
1. Viloyat hokimi qarorini chiqarish. |
fevral | ||||
|
2. Mahalliy budjetdan mablagʻ ajratish. |
mart | ||||
|
3. Maʼmuriy-laboratoriya binosi loyihasini ishlab chiqish va qurish. |
mart — sentabr | ||||
|
11. |
Gurlan tumanidan 200 gektar sugʻoriladigan yer maydonlari ajratilishini taʼminlash. |
1. Viloyat hokimi qarorini chiqarish. |
2021-yil fevral |
Moliyalashtirish talab etilmaydi |
Xorazm viloyati hokimligi |
|
2. Gurlan tuman xokimi qarorini chiqarish |
mart | ||||
|
3. Gurlan tumanida 200 gektar sugʻoriladigan yer maydonini ajratish. |
aprel | ||||
|
V. Malakali kadrlar tayyorlash | |||||
|
12. |
Oliy taʼlim muassasalarida sholichilik yoʻnalishida talabalarni oʻqitish maqsadida qabul kvotasini oshirish. |
Toshkent Davlat agrar universiteti va uning filiallari, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida sholichilik yoʻnalishida talabalarni oʻqitish maqsadida qabul kvotasini oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2021-yil 15-fevral |
Oliy taʼlim muassasalarining mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), |
|
13. |
Toshkent Davlat agrar universitetining Nukus filialida Vyetnam agrar universiteti bilan birgalikda sholichilik boʻyicha qoʻshma fakultet tashkil qilish. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasida Toshkent Davlat agrar universitetining Nukus filiali hamda Vyetnam agrar universiteti bilan birgalikda sholichilik boʻyicha qoʻshma fakultet tashkil qilish choralarini koʻrish. |
2021-yil 1-iyunga qadar |
Oliy taʼlim muassasalarining mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), |
|
14. |
Dunyoning sholichilikka ixtisoslashgan markazlarida (Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, Filippin va boshqalar) yosh kadrlar va mutaxassislarni xorijiy grantlar asosida malakasini oshirish hamda tajriba almashishga yuborish. |
1. Yosh kadrlar va mutaxassislarni xorijiy davlatlarda malakasini oshirish va tajriba almashishga yuborish uchun nomzodlar roʻyxatini shakllantirish va tanlash. |
2021-yil 1-aprel |
Xorijiy grantlar mablagʻlari |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (Bekmurodov) |
|
2. Xorijiy davlatlar (Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, Filippin va boshqalar)da malaka oshirishi tajriba almashishga yuborishni tashkil etish. |
2021-yil davomida | ||||