15.01.2021 yildagi 19-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son qarori bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) etib qayta tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi 1-son respublika klinik shifoxonasi negizida Markazning ko‘p tarmoqli klinikasi (keyingi o‘rinlarda — Markaz klinikasi) tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan va Sirdaryo viloyatlari hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida Markazning filiallari ochilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi rahbar xodimlar va tibbiyot xodimlari hamda tibbiy muhandis-texnik xodimlarning malakasini oshirish, qayta tayyorlash, shuningdek, ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi muassasalar faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim jarayonlarini tashkil etishda ilm-fanni hamda sog‘liqni saqlash sohasida innovatsiya ishlarini keng joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim jarayonini nazariy va amaliy ko‘nikmalarning uzviyligida tashkil etish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, masofadan o‘qitish va telemeditsina uslublarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sog‘liqni saqlashning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish hamda ilmiy tadqiqotlar natijalarini tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz va Markaz klinikasi tegishlicha davlat muassasasi va davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdimnomasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari — Markaz klinikasi bosh shifokori Markaz ilmiy kengashining a’zolari tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi hamda Markaz ilmiy kengashining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Sog‘liqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 8-iyundagi 264-son qaroriga 1 — 4-ilovalarning qoidalari Markaz klinikasi faoliyatiga ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;

talabgorlarni to‘lov-kontrakt asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan hamda shartnoma asosida boshqa xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik va xayriya mablag‘lari;

xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
(4-bandning “a” kichik bandi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Markaz klinikasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatilgan pullik tibbiy xizmatlardan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik va xayriya mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-bandning “b” kichik bandi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 15-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 4-apreldagi 174-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “muvofiq” so‘zi “muvofiq tasdiqlansin” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti” so‘zlari “Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi va beshinchi xatboshilardagi “Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida” so‘zlari “Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshidagi “Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining” so‘zlari “Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 4 va 5-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida” so‘zlari “Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 1-ilovadagi “Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti” so‘zlari “Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 2-ilovadagi “ToshVMOI” so‘zi “Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot kadrlarini tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 27-sentabrdagi 769-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bakalavriatning alohida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida tahsil olgan oliy tibbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga yo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy tibbiyot va farmatsevtika (“Sog‘liqni saqlash” ta’lim sohasi) bakalavriat yo‘nalishlari, magistratura, klinik ordinatura (rezidentura) va birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari tuzilmalari tegishlicha 2, 2a, 26 va 2v-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bakalavriatning alohida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida tahsil olgan oliy tibbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga yo‘llash tartibi to‘g‘risida nizom”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Bitiruvchilar 2017/2018 o‘quv yilda bitirganlardan boshlab, keyinchalik doimiy yashash joyida majburiy tartibda ishlab berish uchun OShP va OPlarga taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Kasbiy ta’lim (davolash ishi)” yo‘nalishlari bitiruvchilari yashash bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan qat’i nazar davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlarida ko‘rsatilgan tuman (shahar)da majburiy tartibda ishlab berish uchun OShP va OPlarga taqsimlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-banddagi “QVP” qisqartmasi “OShP” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar)larida bitiruvchining majburiy ishlab berish muddati 3 yilni (36 oy) tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab tibbiyot oliy ta’lim muassasalari “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Kasbiy ta’lim (davolash ishi)” yo‘nalishlari bitiruvchilarining majburiy ishlab berish muddati, yashash bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan qat’i nazar davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlarida ko‘rsatilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar)larida kamida 5 yilni (60 oy) tashkil etadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6. Bitiruvchilar majburiy ishlab berishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari taqdim etgan shifokor kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risida buyurtmanomalar va mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar asosida Komissiya tomonidan har yili taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya bitiruvchilarni OShP va OPdagi mavjud bo‘sh o‘rinlariga majburiy ishlab berish uchun taqsimlaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-banddagi “QVP” qisqartmasi “OShP” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“9. O‘qishni tugatgandan so‘ng magistratura yoki klinik ordinatura (rezidentura)ga o‘qishni davom ettirish uchun kirgan bitiruvchilar ta’lim shaklidan qat’i nazar (davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida), majburiy ishlab berish uchun magistratura va klinik ordinatura (rezidentura)ni tamomlaganidan so‘ng taqsimlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“15. Majburiy ishlab berish muddati quyidagilarni o‘z ichiga oladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “QVP” qisqartmasi “OShP” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshidagi “uch yillik” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oliy tibbiy ta’limning (“Sog‘liqni saqlash” ta’lim sohasi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

1. Davolash faoliyati bilan bog‘liq ta’lim yo‘nalishlari uchun*:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Bloklar nomi

Soatlar (kreditlar) hajmi (%)

1.

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy modullar

2,5 — 3,5%

2.

Klinika oldi modullar

20 — 25%

3.

Klinik modullar

65,5 — 75,5%

4.

Elektiv modullar

(1, 2, 3-blok modullari uchun hududiy komponent)

3 — 7%

Jami:

100%

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari: 5510100 — Davolash ishi, 5111000 — Kasb ta’limi (davolash ishi), 5510800 — Harbiy tibbiyot (davolash ishi), 5510200 — Pediatriya ishi, 5510400 — Stomatologiya, 5510700 — Oliy hamshiralik ishi, Klinik psixologiya.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bakalavriatning davolash faoliyati bilan bog‘liq ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga birinchi kursdan klinik modullar bo‘yicha 50% nazariy va 50 % amaliy o‘qitish tizimi hamda klinik amaliy ko‘nikmalarni egallash bo‘yicha modullarni kiritish nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davolash faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlari uchun**:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Bloklar nomi

Soatlar (kreditlar) hajmi (%)

1.

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy modullar

2,5 — 3,5%

2.

Umumkasbiy modullar

65 — 75%

3.

Maxsus modullar

15,5 — 21,5%

4.

Elektiv modullar

(1, 2, 3-blok modullari uchun hududiy komponent)

3 — 7%

Jami:

100%

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari: 5510300 — Tibbiy-profilaktika ishi, 510900 — Tibbiy-biologik ish, 5510500 — Farmatsiya, 5111000 — Kasb ta’limi (farmatsiya), 5510600 — Sanoat farmatsiyasi, Biotibbiyot muhandisligi, Farmatsevtik biotexnologiya, Dori vositalarini standartlashtirish, sertifikatsiyalash va sifat menejmenti”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oliy tibbiyot va farmatsevtika ta’lim (“Sog‘liqni saqlash” ta’lim sohasi)ning magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Bloklar nomi

*Davolash faoliyati bilan bog‘liq magistratura mutaxassisliklarining soatlar hajmi (%)

**Davolash faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan magistratura mutaxassisliklarining soatlar hajmi (%)

1.

Umummetodologik modullar

5 — 10%

10 — 20%

2.

Mutaxassislik modullari

70 — 80%

60 — 70%

3.

Tanlov modullari

10 — 15%

10 — 15%

Jami:

100%

100%

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Davolash faoliyati bilan bog‘liq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bazasidagi magistratura mutaxassisliklari uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Davolash faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bazasidagi magistratura mutaxassisliklari uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davolash faoliyati bilan bog‘liq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bazasidagi magistratura mutaxassisliklari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) quyidagi mazmundagi 2b va 2v-ilovalar qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-sentabrdagi 769-son qaroriga
2b-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot va farmatsevtika ta’lim (“Sog‘liqni saqlash” ta’lim sohasi)ning klinik ordinatura (rezidentura) o‘quv rejalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Bloklar nomi

*Davolash faoliyati bilan bog‘liq klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklarining soatlar hajmi (%)

**Davolash faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklarining soatlar hajmi (%)

1.

Umummetodologik va nomutaxassis yondosh modullar

3,5% gacha

3,5% gacha

2.

Mutaxassislik modullari

91% dan kam emas

85% dan kam emas

3.

Yondosh mutaxassislik modullari

4,5% gacha

10% gacha

4.

Qo‘shimcha modullar

Mustaqil ta’lim

Mustaqil ta’lim

5.

Attestatsiya

1%

1%

Jami:

100%

100%

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Davolash faoliyati bilan bog‘liq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bazasidagi klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Davolash faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bazasidagi klinik ordinatura (rezidetrura) mutaxassisliklari uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davolash faoliyati bilan bog‘liq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bazasidagi klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-sentabrdagi 769-son qaroriga
2v-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot va farmatsevtika ta’lim (“Sog‘liqni saqlash” ta’lim sohasi)ning birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari o‘quv rejalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Bloklar nomi

Soatlar (kreditlar) hajmi (%)

1.

Asosiy mutaxassislik

99%

shu jumladan,

1.1.

Mutaxassislik modullari

90%

1.2.

Yondosh (klinik) mutaxassisliklar va modullar

9%

2.

Attestatsiya

1%

Jami:

100%

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 826-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining namunaviy ustaviga 1-ilovasiga quyidagi mazmundagi izoh qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Izoh. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida bemor o‘rinlari fondi va kontingent qabul qilish quvvati parametrlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mustaqil ravishda aholiga pulli asosda tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun yo‘naltirilgan bemor o‘rinlari fondi hamda poliklinikaning bir smenada kontingentlarni qabul qilish quvvati parametrlariga mustaqil ravishda qo‘shimcha kiritishi mumkin”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)