1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.32.00 (Кучини йукотган) Malaka oshirish. Qayta tayyorlash;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, ularning professional bilimlarini hamda zamonaviy tibbiyot texnikasi va axborot texnologiyalari bilan ishlash borasidagi amaliy ko‘nikmalarini doimiy ravishda yangilashni, respublika va jahon tibbiyoti sohasidagi oxirgi yutuqlardan samarali foydalanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishning ustuvor vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining malakali tibbiyot kadrlari tayyorlashning zamonaviy jahon talablariga javob beradigan yagona tashkiliy tuzilmasini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy tibbiy ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, yetakchi davolash-profilaktika va ilmiy-tadqiqot muassasalari kadrlar salohiyatidan va moddiy-texnik bazasidan foydalanish yo‘li bilan amaliy sog‘liqni saqlash uchun mutaxassislarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditoriya o‘quv soatlari va klinik amaliyotning maqbul ravishda birga qo‘shib olib borilishini nazarda tutuvchi birxillashtirilgan o‘quv dasturlari asosida ta’lim jarayonini tashkil etish, zamonaviy uskunada ishlash tajribasini orttirish uchun shart-sharoit yaratish, uning yordamida olingan diagnostik ma’lumotlarni izohlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini majburiy oshirish tizimining professor-o‘qituvchi kadrlari malakasini oshirish, shu jumladan xorijda yetakchi tibbiyot muassasalarida oshirish tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash ularning malakasini oshirish tizimi muassasalarining ilg‘or xorijiy klinikalar va oliy tibbiy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorligini kengaytirish, yetakchi xorijiy mutaxassislarni sog‘liqni saqlash sohasidagi ta’lim berishning talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim jarayoniga jalb etish uchun shart-sharoit yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansin, tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
klinik ordinatura Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida bazaviy vrachlik mutaxassisliklari ixtisosliklari bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan markazlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlamchi ixtisoslashtirish Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida, tibbiy oliy ta’lim muassasalari malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultetlari, Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlar malakasini oshirish markazida va ularni mintaqaviy filiallarida o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlamchi ixtisoslashtirish kurslari, umumiy amaliyot vrachlarini umumiy va mavzuli malaka oshirish Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ixtisosli kafedralarida va tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot xodimlarining umumiy malakasini oshirish kurslari Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida, tibbiy oliy ta’lim muassasalarining malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultetlarida, Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlar malakasini oshirish markazida va uning mintaqaviy filiallarida o‘tkaziladi;
(3-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot xodimlarining qo‘shimcha ixtisoslashishi va mavzuli malaka oshirish kurslari tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultetlarida, Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlar malakasini oshirish markazida va mintaqaviy filiallari, shuningdek, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, yetakchi davolash-profilaktika va ilmiy-tekshirish muassasalari, farmatsevtik tashkilotlarda o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibini attestatsiyadan o‘tkazsin, uning yakunlari bo‘yicha tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi zarur bilimlariga va amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali tashabbuskor kadrlar bilan butlanishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017/2018 o‘quv yilidan boshlab Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari va tibbiyot texnikasi bo‘yicha muhandis-texnik xodimlar malakasini oshirilishini tashkil etsin;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida ta’lim jarayoning mazmun va sifatiga qo‘yilgan talablarni, shuningdek, mutaxassislar tayyorlashning har bir yo‘nalishi uchun o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyani rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi muassasalari va aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlarning tibbiyot xodimlari malakasini oshirishning yagona elektron ma’lumotlar bazasi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy ishidan ajralgan holda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish kurslariga yuborilgan tinglovchilarning butun o‘qish davrida asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qolinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy ishidan ajralgan holda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish kursiga yuborilgan boshqa shaharlik tinglovchilarga o‘qish joyiga bir marta kelish va ketish, shuningdek, yuboruvchi tomon hisobiga yashash xarajatlari qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamentiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 4-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
174-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-apreldagi 174-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-apreldagi 174-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Qayta tayyorlash
Klinik ordinatura
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, tibbiyot OTM, respublika ixtisoslashtirilgan markazlari, bazaviy vrachlik mutaxassisliklari yo‘nalishlari bo‘yicha ITI
Birlamchi ixtisoslash tirish
Tibbiyot xodimlarining �asbiy malakasini rivojlantirish markazi, tibbiyot OTM malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultetlari. Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi va uning viloyatlardagi filiallari
Qo‘shimcha ixtisoslashtirish
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, tibbiyot OTM malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultetlari, Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi va uning viloyatlardagi filiallari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, davolash-profilaktika muassasalari, farmatsevtika tashkilotlari
II. Malaka oshir�sh
Umumiy malaka oshirish
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, tibbiyot OTM, Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi va uning viloyatlardagi filiallari
Mavzuli malaka oshirish
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, tibbiyot OTM, Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi va uning viloyatlardagi filiallari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, davolash-profilaktika muassasalari, farmatsevtika tashkilotlari
III. Umumin amaliyot vrachlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Malaka oshirish va qayta tayyorlash
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, tibbiyot OTM
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 14-son, 223-modda; 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)