Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.09.1996 19.05.1993 yildagi 238-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.09.1996
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

IJODKOR YoShLARNING “ISTE’DOD” RESPUBLIKA JAMG‘ARMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-sentabrdagi 338-son “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi huzuridagi “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijodkor yoshlarning “Iste’dod” respublika jamg‘armasini tuzish haqida” 1993-yil 4-maydagi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qo‘yilsinki, ijodkor yoshlarning “Iste’dod” respublika jamg‘armasining yuqori organi ta’sis konferensiyasi hisoblanadi, u Ustavni tasdiqlaydi, jamg‘armaning boshqaruvini hamda taftish komissiyasini saylaydi, uning tuzilmasini va yagona tarif setkasiga muvofiq xodimlarning mehnatiga haq to‘lash shartlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv apparatini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar “Iste’dod” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv apparatining ilova qilinayotgan tuzilmasiga rozilik bildirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Iste’dod” jamg‘armasiga, ehtiyoj bo‘lgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasida va viloyatlarda respublika jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga o‘z bo‘linmalarini ochishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat majmui (o‘rtoq M. Qoraboyev) 15 kun muddatda ijodkor yoshlarning “Iste’dod” respublika jamg‘armasining ta’sis konferensiyasini o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ijodkor yoshlarning “Iste’dod” respublika jamg‘armasi Ustavini belgilangan tartibda ro‘yxatga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda ijodkor yoshlarning “Iste’dod” respublika jamg‘armasi apparatini joylashtirish uchun xizmat xonalari ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, viloyatlar bo‘linmalari ochilishiga qarab, jamg‘arma hududiy bo‘linmalarining normal faoliyatini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zshartnomasavdo” davlat uyushmasi hamda respublikaning boshqa ixtisoslashtirilgan savdo-ta’minot tashkilotlari respublika jamg‘armasining buyurtmanomalari bo‘yicha 1993-yilning I choragida inventar, mebel hamda texnika vositalari ajratishni nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Toshshahartranskorxona” davlat uyushmasi respublika jamg‘arma boshqaruvini shartnoma asosida xizmat avtotransport bilan, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi esa shahar telefon aloqasi bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, konsernlar, korxonalar, xo‘jaliklar va tashkilotlar ijodkor yoshlarning “Iste’dod” respublika jamg‘armasi faoliyatiga moliyaviy va amaliy yordam ko‘rsatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Respublika aksionerlik-tijorat sanoat-qurilish banki va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki respublika va xorijiy davlatlarning fuqarolari korxonalari, muassasalari va tashkilotlari homiylik badallarini o‘tkazishlari uchun maxsus so‘mli va valyuta hisoblarini ochsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi, gazeta va jurnallar tahririyatlari O‘zbekiston Respublikasi yosh fuqarolari shaxsiyatini shakllantirishda ma’naviy qadriyatlarning muhim rolini keng yoritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari o‘rtoq M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 19-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
238-son

Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 19-maydagi 238-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijodkor yoshlarining “Iste’dod” respublika jamg‘armasi apparatining namunaviy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ijodkor yoshlarning “Iste’dod” respublika jamg‘armasi
‎apparatining shtatlar jadvali

Rais 1
Rais o‘rinbosari 1‎‎
Bosh konsultant 1 ‎
Konsultant 2
Buxgalter 1‎
Referent 1‎‎
Jami 7‎