O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-son Farmoni)
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-son Farmoni)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 31-dekabr,
834-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 834-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1997-yil 24-dekabrdagi 566-son qarorining 5-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi” so‘zlari “Markaziy banki” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi” so‘zlari “Markaziy banki” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 29-son, 335-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 5-bandning uchinchi xatboshidagi “Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga” so‘zlari “Markaziy bankiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning yettinchi xatboshidagi “Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining” so‘zlari “Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 15-bandning yettinchi xatboshidagi “Qimmatbaho metallar agentligi” va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 28-bandning ikkinchi xatboshidagi “Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga” so‘zlari “Markaziy bankiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 742-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 38-son, 1051-modda) bilan tasdiqlangan Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 11-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga” so‘zlari “Markaziy bankiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 12-bandning ikkinchi xatboshidagi “Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi” so‘zlari “Markaziy banki” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-sentabrdagi 778-son qarori bilan tasdiqlangan Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun qimmatbaho metallarni sotish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 6-banddagi “va Agentlikka” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 7-banddagi “haqiqiy og‘irligi to‘g‘risida Agentlik axboroti asosida” so‘zlari “haqiqiy og‘irligidan kelib chiqib,” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 8-bandning ikkinchi xatboshidagi “Markaziy bank va Agentlikka” so‘zlari “Markaziy bankka” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Markaziy bank to‘lovi amalga oshirilgan tegishli miqdordagi qimmatbaho metallar plastinalarini bosh tijorat banklariga taqdim etadi”;
d) 10-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
e) 11-banddagi “Agentlikdan” so‘zi “Markaziy bankdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) Nizomga 1-ilovada:
“2-bosqich” pozitsiyasida:
“Subyektlar” ustunidan “va Qimmatbaho metallar agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“Tadbirlar” ustunidan “Markaziy bank va Qimmatbaho metallar agentligiga” so‘zlari “Markaziy bankka” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“3-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidan “haqiqiy og‘irligi to‘g‘risida Agentlik axboroti asosida” so‘zlari “haqiqiy og‘irligidan kelib chiqib,” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“4-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “Markaziy bank va Agentlikka” so‘zlari “Markaziy bankka” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“5-bosqich” pozitsiyasida:
“Subyektlar” ustunidagi “Qimmatbaho metallar agentligi” so‘zlari “Markaziy bank” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunidagi “Qimmatbaho metallar agentligidan” so‘zlari “Markaziy bankdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) Nizomga 3-ilovaning izohidagi “Markaziy bank va Qimmatbaho metallar agentligiga” so‘zlari “Markaziy bankka” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamg‘alash bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun asillik darajasi to‘lovini undirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-oktabrdagi 819-son qarorida:
a) 4-banddagi “Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining” so‘zlari “Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi “Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining bosh direktori B.B. Sobirov” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
8. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-martdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi)” so‘zlari “Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Agentlikning” so‘zi chiqarib tashlansin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomning 46-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika oliy ta’lim muassasalarida “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etib, unda to‘plash mumkin bo‘lgan umumiy ballning 60 va undan yuqori foizini to‘plab, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar to‘lov-kontrakt asosida doimiy yashash joyidagi yuridik texnikumga qabul qilinishlari mumkin”.
10. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxati “Toshkent shahar” bo‘limining 267-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
| 267. | Ilgarigi Azovo-Donsk banki binosi | 1915-yil | Zarafshon ko‘chasi, 4-uy | Davlat mulki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki |
”.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 834-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 264-son qarorining 6-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 30-iyundagi PF-3270-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2003-yil 2-iyuldagi 300-son qarorining 5-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)