12.10.2017 yildagi 819-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamg‘alash bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun asillik darajasi to‘lovini undirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi PQ-3199-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamg‘alash bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun asillik darajasi to‘lovini undirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamg‘alash, tahlillar o‘tkazish va boshqa xizmatlar ko‘rsatish uchun asillik darajasi to‘lovi miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki, asillik darajasi to‘lovidan kelib tushadigan mablag‘larning ellik foizi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi ixtiyoriga o‘tkaziladi va ulardan Davlat asillik darajasini belgilash palatasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun maqsadli foydalaniladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 834-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 834-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 12-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
819-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 819-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamg‘alash bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun asillik darajasi to‘lovini undirish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi (keyingi o‘rinlarda Asillik darajasini belgilash palatasi deb ataladi) tomonidan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini tekshirish va tamg‘alash (qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni tekshirish va tamg‘alash, tahlillar o‘tkazish va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish) uchun asillik darajasi to‘lovini to‘lash tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Asillik darajasi to‘lovi qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmagan holda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini tekshirish va tamg‘alash bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlardan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari-rezidentlari va norezidentlaridan asillik darajasi to‘lovi undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asillik darajasi to‘lovini hisoblashda bazaviy hisoblash miqdorining foizlari kamaytirilish tarafiga butun son ko‘rinishiga kelgunga qadar yaxlitlangan holda so‘mga o‘giriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Asillik darajasi to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasining vakolatli banklari orqali Asillik darajasini belgilash palatasining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Hisobot davrida Asillik darajasini belgilash palatasining hisob raqamiga tushgan mablag‘lar uch bank kuni davomida quyidagi tartibda taqsimlanishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi — Asillik darajasini belgilash palatasining moddiy-texnik bazani mustahkamlash maqsadida palata ixtiyorida qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Asillik darajasi to‘lovini undirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini tekshirish va tamg‘alash ishlari to‘rt sutka mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini tekshirish va tamg‘alash bilan bog‘liq ishlarni tezkor bajarganlik uchun asillik darajasi to‘lovi quyidagi nisbatlarda ko‘payadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir sutka mobaynida — uch baravar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki sutka mobaynida — ikki baravar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch sutka mobaynida — bir yarim baravar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asillik darajasini tekshirish va tamg‘alash uchun qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar katta miqdorda kelib tushgan taqdirda, topshiruvchi bilan kelishilgan holda ushbu bandda ko‘rsatilgandan boshqa muddat belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda belgilangan ishlarni bajarish muddatlari dam olish va bayram kunlarini o‘z ichiga olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Asillik darajasini tekshirish va tamg‘alash ishlarini bajarish uchun noma’lum metalldan yasalgan buyumlarni qabul qilishda asillik darajasi to‘lovi xar bir buyum uchun quyidagi tartibda undiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sariq rangli metalldan yasalgan bo‘lsa — oltin buyumlar uchun belgilangan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oq rangli metalldan yasalgan bo‘lsa — kumush buyumlar uchun belgilangan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kulrang metalldan yasalgan bo‘lsa — platina buyumlar uchun belgilangan miqdorda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qimmatbaho metallarning tarkibini aniqlash jarayonida tahlil uchun olingan parallel namunalar tasdiqlangan asillik darajasi to‘loviga muvofiq bitta tahlil sifatida inobatga olinadi va to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Asillik darajasini belgilash palatasi xodimlari tomonidan tanlab olingan materiallarning nazorat namunalarini tekshirganlik uchun to‘lov yuridik shaxslar tomonidan shartnoma asosida to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘lchovlar o‘xshashligiga erishish, turli laboratoriyalarda (tashqi nazorat) bajarilgan tahlillar natijalaridagi doimiy tafovutlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida namunalarning kimyoviy tahlillari natijalarining aniqlik ko‘rsatkichlarini boshqa tashkilot laboratoriyasida tekshirish bo‘yicha tahlil o‘tkazilganligi uchun asillik darajasi to‘lovlari tegishli ishlar uchun nazarda tutilgan asillik darajasi to‘lovining ikki baravari miqdorida to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Aynan bitta namunaning kimyoviy tahlil natijalari bo‘yicha laboratoriyalar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni hal etish maqsadida kimyoviy tahlillar natijalarining aniqlik ko‘rsatkichlarini mustaqil laboratoriyada tekshirishlar (arbitraj nazorati) o‘tkazilganligi uchun asllik darajasi to‘lovlari tegishli ishlar uchun nazarda tutilgan asillik darajasi to‘lovining uch baravari miqdorida to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Asillik darajasini belgilash palatasining tarkibiy tuzilmalari uchun o‘tkaziladigan tahlil va ekspertizalar to‘lovsiz amalga oshiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Asillik darajasi to‘lovining to‘liq va to‘g‘ri undirilganligi uchun javobgarlik Asillik darajasini belgilash palatasiga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan asillik darajasi to‘lovini undirishdan tushadigan mablag‘larning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘g‘ri ajratilishi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Asillik darajasi to‘lovi nazarda tutilmagan boshqa yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlar uchun to‘lov shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Asillik darajasi to‘lovini undirish bilan bog‘liq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 819-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va ularni tamg‘alash, tahlillar o‘tkazish va boshqa xizmatlar uchun asillik darajasi to‘lovi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
miqdorlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ishlarning nomi

O‘lchov birligi

Asillik darajasi to‘lovi miqdori, bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan foizlarda

Asillik darajasini belgilash va tamg‘alash uchun to‘lov

(asillik darajasini belgilash uchun to‘lov asillik darajasi to‘lov miqdorining 80, tamg‘alash uchun 20 foizni tashkil qiladi)

1.1.

O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar (soat korpuslaridan tashqari):

oltin

dona

2,76

kumush

dona

0,59

platina, palladiy

dona

2,67

1.2.

Chet elda ishlab chiqarilgan va yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar (soat korpuslaridan tashqari):

oltin

dona

6,43

kumush

dona

1,83

platina, palladiy

dona

6,43

1.3.

O‘zbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamg‘asi va sobiq Ittifoq ramzi tushirilgan asillik darajasi tamg‘a izlarini qayta tamg‘alash uchun jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar (soat korpuslaridan tashqari):

oltin

dona

2,94

kumush

dona

0,66

platina, palladiy

dona

2,94

1.4.

Qimmatbaho metalldan yasalgan soat korpuslari (shu jumladan ajralmaydigan brasleti bilan):

oltin

dona

11,95

kumush

dona

2,94

platina, palladiy

dona

13,60

1.5.

Zargarlik va boshqa buyumlarning tarkibida elementlar* soni 5 tadan oshsa, asillik darajasini tekshirish va tamg‘alash narxi ikki baravar oshadi.

II. Muzeylar tomonidan taqdim etiladigan buyumlar tarkibidagi qimmatbaho metallarni aniqlash uchun to‘lov

2.1.

1 5 element mavjud bo‘lgan buyumlarda:

oltin, platina va palladiy

dona

1,32

kumush

dona

0,33

2.2.

Buyumlarning asillik darajasini tekshirish narxi buyum tarkibida:

6 tadan 15 tagacha element* bo‘lganda — 2 baravar;

16 tadan 50 tagacha element* bo‘lganda — 3 baravar;

51 tadan 100 tagacha element* bo‘lganda — 4 baravar;

100 tadan ortiq element* bo‘lganda — 5 baravar ko‘payadi.

* Element — zargarlik va boshqa mahsulotlarning tarkibiy qismi

III. Texnik ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘lov

3.1.

Quyidagilarni:

O‘zbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamg‘alari izlarining haqiqiyligini, O‘zbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamg‘alarining izlari va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asi izi hamda belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi qalbakiligini, shuningdek, buyumlarda har xil tamg‘a izlari mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash.

dona

5,40

3.2.

Asillik darajasini aniqlash:

oltinning 750, kumushning 925, platinaning 900 va palladiyning 850 asillik darajalaridan yuqori bo‘lganlari spektrometrda rentgen-fluoressentli usul bilan;

dona

18,20

metall turidan qat’iy nazar, yuqorida ko‘rsatilgan asillik darajalaridan past bo‘lganlari namuna toshida tekshirish usuli bilan:

dona

2,2

3.3.

Qirralangan karat og‘irligidagi olmoslarning (brilliantlar) xususiyatlarini aniqlash (nomlanishi, og‘irligi, qirrasining shakli, tozalik va rang guruhi):

0,29 gacha

1 tosh uchun

11,51

0,30 dan 0,99 gacha

1 tosh uchun

23,02

1,00 dan 2,99 gacha

1 tosh uchun

57,55

3,00 dan 5,99 gacha

1 tosh uchun

80,57

6,00 va yuqori

1 tosh uchun

109,34

3.4.

Qirralangan karat og‘irligidagi zumrad, yoqut, sapfir va aleksandritlarning xususiyatlarini aniqlash, (nomlanishi, og‘irligi, qirrasining shakli, tozalik va rang guruhi):

0,29 gacha

1 tosh uchun

5,75

0,30 dan 0,99 gacha

1 tosh uchun

17,26

1,00 dan 2,99 gacha

1 tosh uchun

34,53

3,00 dan 5,99 gacha

1 tosh uchun

63,30

6,00 va yuqori

1 tosh uchun

86,32

3.5.

Qirralangan va qirralanmagan toshlarning nomlanishini aniqlash (qimmatbaho toshlardan tashqari)

har bir nom uchun

0,81

3.6.

Qirralanmagan qimmatbaho va boshqa toshlarning nomlanishi va og‘irligini aniqlash

har bir nom uchun

3,74

3.7.

yarim tayyor, tayyor, tugallanmagan, foydalanishda bo‘lgan, shikastlangan va/yoki shikast yetkazuvchi zargarlik buyumlarini vizual aniqlash uchun:

 

 

 

200 gacha

gramm

50,0

 

201 dan 500 gacha

gramm

100,0

 

501 dan 1 000 gacha

gramm

200,0

 

1 001 dan 5 000 gacha

gramm

500,0

 

5 001 dan 10 000 gacha

gramm

1 000,0

 

10 001 dan yuqori

gramm

3 000,0

IV. Tahlil o‘tkazilganlik uchun to‘lov

4.1.

Zargarlik, yasama tish qotishmalari va boshqa qotishmalarda:

kupelyatsiya usuli bilan oltinni aniqlash (cheki bilan)

1 tekshiruv

58,82

kumushni aniqlash (titrometrik usul bilan)

1 tekshiruv

32,99

atom-emissiya spektorometrida platina, palladiyni aniqlash

1 tekshiruv

103,12

4.2.

4.2. Elektrolitlar, yaxob suv va eritmalarda (suyuq oltinda):

oltinni aniqlash (so‘nggi kupelyatsiya usuli bilan)

1 tekshiruv

58,82

kumushni aniqlash (titrometrik usul bilan)

1 tekshiruv

32,99

atom-emissiya spektorometrida platina, palladiyni aniqlash

1 tekshiruv

103,12

4.3.

Qoplamalar, zargarlik kretslari, shliflar va shlamlarda:

oltinni aniqlash (so‘nggi kupelyatsiya usuli bilan)

1 tekshiruv

58,82

kumushni aniqlash (titrometrik usul bilan)

1 tekshiruv

32,99

4.4.

Yorug‘likni sezadigan turli kino-foto-rentgen materiallar va fiksaj eritmalarda:

kumushni aniqlash (titrlash usuli bilan)

1 tekshiruv

32,99

4.5.

Rudalar, jinslar, konsentrantlarni eritish usuli bilan asillik darajasini tekshirish:

oltin va kumushning asillik darajasini tekshirish

1 tekshiruv

73,80

oltin va kumushning asillik darajasini kvartlab tekshirish

1 tekshiruv

88,60

platina guruhiga kiruvchi metallarning asillik darajasini jamlash

1 tekshiruv

57,53

4.6.

Atom-emissiya spektometrida 1 — 8 element bo‘yicha miqdoriy tekshirish

1 tekshiruv

103,12

4.7.

Namunadagi namlikni aniqlash

1 tekshiruv

13,33

4.8.

Namunalarda qizdirish paytidagi yo‘qotishlarni aniqlash

1 tekshiruv

13,33

4.9.

Katalizatorlarda platinani spektrofotometrik aniqlash

1 tekshiruv

88,69

4.10.

Rentgen-fluoressent spektrometrda zargarlik sanoati buyumlari, qotishmalari va parchalarini miqdoriy tekshirish

1 tekshiruv

18,20

4.11.

Rentgen mikroanalizatorda bir nuqtada namunaning (metall, qotishma, buyumning) kimyoviy tarkibini tekshirish

1 tekshiruv

84,09

4.12.

ICP-mass-spektrometrda namunadagi kimyoviy elementlar tarkibini miqdoriy tekshirish

1 tekshiruv

258,80

V. Turli ishlarni amalga oshirish

5.1.

Probir reaktivlarni tayyorlash (ularni tayyorlashda ishlatiladigan qimmatbaho metallarni hisobga olmasdan):

kislotali, tuzli (oltin uchun)

1 millilitr

0,28

xrompik (kumush uchun)

1 millilitr

0,28

Azot-kislotali kumush (kumush uchun)

1 millilitr

0,28

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 281-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2025-y., 09/25/281/0403-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 819-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kiritilayotgan o‘zgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandidagi yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Olib qo‘yilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan buyumlar, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan materiallar vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan asillik darajasini tekshirish uchun ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarga yuboriladi. Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlardagi O‘zbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamg‘a izlarining haqiqiyligini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga (keyingi o‘rinlarda Asillik darajasini belgilash palatasi deb ataladi) texnik ekspertizadan o‘tkazishga yuboriladi. Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan o‘tkazilgan texnik ekspertiza uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda asillik darajasi to‘lovi undiriladi. Zarur hollarda, Asillik darajasini belgilash palatasi qimmatbaho metallardan yasalgan tamg‘a bosilishi lozim bo‘lgan zargarlik va boshqa buyumlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamg‘asi bilan o‘n kun muddatda asillik darajasi to‘lovi undirmasdan tamg‘alaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 819-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Asillik darajasi to‘lovi va asillik darajasi to‘lovini to‘lash tartibi to‘g‘risida” 2003-yil 27-maydagi 232-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 5-son, 42-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 22-yanvardagi 28-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 1-son, 3-modda) ilovadagi 5-band.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkazilgan boyliklardan samarali foydalanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 5-iyundagi 156-qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 23-son, 304-modda) 1-ilovadagi 5-bandning b) kichik bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., 09/17/819/0104-son, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son, 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 02.05.2025-y., 09/25/281/0403-son)