22.12.2020 yildagi 801-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish hamda ular uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning oʻzaro hamkorligi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi radiochastota biriktirishlarini xalqaro huquqiy himoya qilish toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-avgustdagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2023-y., 09/23/417/0648-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan mobil aloqa operatorlarining radioelektron vositalarini, uskunalarini va boshqa qurilmalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish uchun ruxsat olish belgilangan tartibda tegishli ariza topshirilgandan keyin yetti ish kunida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) 9-bandi uchinchi xatboshi va 7-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 22-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
801-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish hamda ular uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisidagi hamda ishlab chiqilayotgan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom radioelektron tizimlar va vositalar, yuqori chastotali qurilmalarni, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasida boʻlgan dengiz, havo kemalari va kosmik apparatlar REVni ishlab chiqadigan (yaratiladigan), ishlab chiqaradigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun xorijdan olib kiradigan Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlariga, shuningdek, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalariga va boshqa davlatlarning sunʼiy Yer yoʻldoshlari orqali ishlaydigan qurilmalar va vositalarning mansubligidan va ularga boʻlgan egalik shakllaridan qatʼi nazar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda REVni qoʻllaydigan erdagi stansiyalarga nisbatan amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radioxizmat — muayyan telekommunikatsiya maqsadlarida radiotoʻlqinlarni uzatish, tarqatish va/yoki qabul qilish uchun moʻljallangan xizmat (harakatdagi, turgʻun, yoʻldosh va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota spektri — shartli ravishda uch ming gigagersdan kamroq qilib qabul qilingan oraliqdagi radiochastotalar toʻplami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota polosasi — radiochastota spektrining muayyan sharoitlarda radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish uchun moʻljallangan qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota polosalarini taqsimlash — radiochastota polosalarini, muayyan sharoitlarda undan bitta yoki bir nechta yer usti yoki kosmik radioaloqa xizmatlari yoki radioastronomiya xizmatida foydalanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvalida qayd etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota polosalarini ajratish — maʼlum elektromagnit sharoitlardan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvalida belgilangan ayrim radiochastota polosalarni bir yoki bir nechta yer usti yoxud kosmik radioaloqa xizmatlari yoki radioastronomiya xizmati radioelektron vositalaridan foydalanish uchun ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan radiochastota polosalari — radiochastota organi tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomada koʻrsatiladigan aniq radiochastota;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radioelektron vositalar (keyingi oʻrinlarda — REV) — radiotoʻlqinlarni tarqatish va (yoki) qabul qilish uchun moʻljallangan texnik qurilmalar yoki tizimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori chastotali qurilmalar (keyingi oʻrinlarda — YuChQ) — radiochastotalar energiyasini sanoat, ilmiy, tibbiy, maishiy yoki boshqa maqsadlarda hosil qilish va undan foydalanish uchun moʻljallangan uskunalar yoki asboblar, ulardan radiotoʻlqinlarni tarqatish yoki qabul qilish maqsadida foydalanish bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvali — har xil turdagi radioxizmatlar oʻrtasida taqsimlangan radiochastota polosalari roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REV va YuChQni ishlab chiqish — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni respublika hududida ilmiy-tadqiqot yoʻli bilan ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REV va YuChQni yaratish — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni respublika hududida tajriba-konstruktorlik yoʻli bilan yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REV va YuChQni modernizatsiya qilish — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni radionurlanishning texnikaviy tavsiflarini oʻzgartirgan holda modernizatsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REV va YuChQni ishlab chiqarish — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni keng koʻlamda respublika hududida ishlab chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REV va YuChQni xorijdan olib kirish — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni respublika hududiga chegara hududidan olib kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REV va YuChQni xorijdan xarid qilish — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni respublika hududida ishlatish maqsadida xorijdan xarid qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQdan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisidagi qaror hamda ishlab chiqilayotgan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) REV va YuChQ uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan blankda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-son qarori bilan tashkil etilgan Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning ishchi organi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi organ) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash tomonidan talabgor taqdim qilgan hujjatlarni koʻrib chiqish va qaror qabul qilish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Radiochastota spektridan foydalanuvchilarga muayyan radiochastotalar Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvaliga muvofiq beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvalini (keyingi oʻrinlarda — Jadval) ishlab chiqish Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa reglamentini va Xalqaro elektraloqa ittifoqining Butunjahon radioaloqa konferensiyalarida qabul qilingan qarorlarini hisobga olingan holda radiochastota spektridan foydalanish tahlili oʻtkazilgandan keyin amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jadval Oʻzbekiston Respublikasida radiochastota polosalarini taqsimlash va ulardan foydalanish shartlarini reglamentlaydigan, shuningdek, ulardan foydalanishning quyidagi toifalarini belgilaydigan asosiy hujjat hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “FR” — fuqarolik radioxizmatlari tomonidan ustuvor foydalanish uchun moʻljallangan radiochastota polosalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “HR” — hukumat radioxizmatlari tomonidan ustuvor foydalanish uchun moʻljallangan radiochastota polosalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “BF” — fuqarolik va hukumat radioxizmatlari tomonidan birgalikda foydalanish uchun moʻljallangan radiochastota polosalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jadval ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi va Ishchi organ rasmiy veb-saytida joylashtiriladi (foydalanilishi cheklangan, davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil qiladigan maʼlumotlar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sanoat, ilmiy, maishiy va tibbiyot maqsadlarida qoʻllash uchun moʻljallangan YuChQga belgilangan radiochastota polosalari (nominallari) Jadvalning izohida keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jadval izohida keltirilgan radiochastota polosalari (nominallari) YuChQ parametrlari davlat standartlari va sanoat, ilmiy, tibbiyot, maishiy YuChQ uchun belgilangan industrial xalaqitlar normalari talablariga mos kelishi sharti bilan Kengashning bu radiochastota polosalarini ajratish toʻgʻrisidagi qarorini rasmiylashtirmasdan YuChQdan foydalanish uchun moʻljallangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochiq nurlanishsiz yuklama qurilmasida 5 Vtdan kam boʻlgan oʻrtacha yoki impuls-choʻqqi (impuls rejimida ishlaydigan qurilmalar uchun) quvvatli YuChQda, shuningdek, Jadvalda koʻrsatilmagan radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jadvalda koʻrsatilmagan radiochastota polosalarida ishlaydigan YuChQdan foydalanish zarurati boʻlganda radiochastota polosalari (nominallari) ajratilishiga Kengashning qarorini rasmiylashtirish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash va radiochastota organlarining muayyan davr uchun ish yakunlari va rejalari, radiochastota spektridan foydalanish boʻyicha loyiha, shuningdek, Kengash aʼzolarining ishtiroki talab etiladigan masalalar boʻyicha tegishli materiallarni koʻrib chiqishning ijobiy natijalari asosida Kengash majlislarida qarorlar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlisda koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar ilova qilingan bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtkazilgan majlislar va qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisidagi axborot ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Radiochastota polosalaridan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) birlamchi asosda (birlamchi radioxizmatlar) — maʼlum bir radiochastota polosasidan radioxizmatlarning radioelektron vositalari teng huquqlar asosida foydalanishi, radiochastota polosalari ikkilamchi asosda taqsimlangan radioxizmatlarning radioelektron vositalari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikkilamchi asosda (ikkilamchi radioxizmatlar) — REV ikkilamchi radioxizmatga tegishli boʻlganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastotalar ajratilgan yoki keyinchalik ajratilishi mumkin boʻlgan birlamchi radioxizmatning REV lariga xalaqit bermasligi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastotalar ajratilgan yoki keyinchalik ajratilishi mumkin boʻlgan birlamchi radioxizmatning REV tomonidan boʻladigan xalaqitlardan himoya qilishni talab qila olmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastotalar keyinchalik ajratilishi mumkin boʻlgan xuddi oʻsha radioxizmatning yoki boshqa bir ikkilamchi radioxizmatning REV tomonidan boʻladigan xalaqitlardan himoya qilishni talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiochastota spektrining xususiyati cheklanganligi, unga boʻlgan talab yuqoriligi sababli radiochastotalardan foydalanishning muayyan sharoitlari va toifalariga bogʻliq ravishda, Kengashning qarorida uning amal qilish muddati yoki ushbu qarorda koʻrsatilgan alohida shartlar belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kengash qarorlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha toifadagi radiochastota polosalarida fuqarolik radioxizmatlarining REV va YuChQ uchun, shuningdek, “BF” va “HR” toifasidagi chastotalar polosalarida hukumat radioxizmatlarining REV va YuChQ uchun radiochastota polosalari ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQdan foydalanish imkoniyatini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqiladigan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqariladigan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) REV va YuChQ uchun texnik talab va shartlarni kelishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
polosalarga tegishli toifalarni bergan holda radiochastota organlari oʻrtasida radiochastota polosalarini taqsimlashni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. YuChQ uchun radiochastota polosalarini ajratish imkoniyat mavjud boʻlganda ikkilamchi asosda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. REV va YuChQ uchun radiochastota polosalari (nominallarini)ni ajratishdagi asosiy prinsiplar va talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kengash radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratishda Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa reglamenti talablariga va boshqa normativ hujjatlariga, hukumatlararo bitimlarga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, Jadvalga, Kengashning avval qabul qilingan radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish shartlarini belgilaydigan qarorlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. REV va YuChQ uchun radiochastota polosalari (nominallarini)ni ajratish Kengash tomonidan quyidagi asosiy prinsiplardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota spektridan oqilona va samarali foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanishni davlat tomonidan va xalqaro-huquqiy tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastotalarning alohida polosalari (nominallari)dan foydalanishga nisbatan manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning teng foydalanish huquqlari asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli maqsadlardagi REVning elektromagnit moslashuvini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning barcha hududlarida, jumladan, qishloq joylarda va borish qiyin boʻlgan olis tumanlarda mobil aloqaning mavjud va keyingi avlod texnologiyalari keng joriy etilishida mobil aloqa operatorlariga texnologik erkinlik (betaraflik) tamoyili asosida faoliyat yuritishga imkoniyat yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kengash radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamenti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan xalqaro majburiyatlarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi aʼzosi hisoblanadigan boshqa xalqaro tashkilotlarning tegishli hujjatlari doirasida qabul qilingan majburiyatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorij davlatlarining aloqa maʼmuriyatlari bilan ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama bitimlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro elektraloqa ittifoqining Chastotalar xalqaro maʼlumot registriga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi radiochastota biriktirishlari va faoliyat koʻrsatadigan REV tomonidan ulardan haqiqiy foydalanishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa reglamenti yoki xorij davlatlarining aloqa maʼmuriyatlari bilan tuzilgan bitimlar bilan belgilangan hollarda manfaatdor davlatlarning aloqa maʼmuriyatlari bilan kosmik (shu jumladan, yoʻldoshli) va yer usti xizmatlarning REVga radiochastotalarni biriktirish zarurligi va muvofiqlashtirish natijalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota spektridan foydalanuvchilari, shu jumladan, mobil aloqa operatorlari tomonidan radiochastota spektridan birgalikda foydalanish shartlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli qoʻllanishdagi REVning elektromagnit moslashuvini taʼminlash shartlari va ushbu REV uchun chastota-hududiy tarqatish normalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat koʻrsatayotgan REV va YuChQ tomonidan radiochastota polosalaridan foydalanish intensivligini, Oʻzbekiston Respublikasining muayyan hududidagi mavjud elektromagnit vaziyatni va boʻsh radiochastota resursi mavjudligini hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish va ular uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish va xorijdan olib kiriladigan REV va YuChQdan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish imkoniyati boʻyicha ariza Ishchi organga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki “Litsenziya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Litsenziya” AT) orqali quyidagilar tomonidan taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlar tomonidan — barcha toifadagi radiochastota polosalarida fuqarolik maqsadlaridagi REV va YuChQ uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota organlari (Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati) tomonidan — “BF” va “FR” toifalaridagi radiochastota polosalarida Hukumat tomonidan qoʻllaniladigan REV uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan axborotni oʻz ichiga olgan arizalar Kengash tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bevosita qabul qilinadi va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kengash qarorlari mazkur Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan pasportlarga muvofiq beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining radiochastota taʼminotida boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar “HR”, “BF” va “FR” toifasidagi radiochastota polosalarida Hukumat tomonidan qoʻllaniladigan REV, shu jumladan, mazkur vazirliklar idoralar va tashkilotlar obyektlarida foydalanishi rejalashtirilgan fuqarolik maqsadlaridagi REV uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratishda tegishli arizalarni ularning radiochastota taʼminotiga mansubligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga (Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga) Oʻzbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQdan foydalanish imkoniyati hamda ishlab chiqilayotgan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish boʻyicha arizalarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Ishchi organga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xalqaro va davlat ahamiyatiga molik tadbirlar oʻtkazilishida REV va YuChQdan tegishli radiochastotalarda foydalanilish imkoniyati bilan bogʻliq qisqa muddatlarda kelishish talab etiladigan arizalari boʻyicha radiochastota organlari bilan kelishilgan xulosa Kengashning ishchi organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Biron-bir yuridik shaxsning tashabbusi bilan ishlab chiqarilayotgan REV boshqa yuridik shaxsga uni ommaviy ishlab chiqarish maqsadida berilgan boʻlsa, bu holatda REVni ommaviy ishlab chiqaruvchi yuridik shaxs talabgor sifatida ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yerdagi yoki kosmik komplekslar (tizimlar), erdagi yoki kosmik obyektlar (kosmik apparatlar) tarkibiga kiradigan REV uchun talabgorlarning arizalari kosmik komplekslar (tizimlar), erdagi yoki kosmik obyektlar (kosmik apparatlar) tarkibiga kiradigan barcha turdagi apparatura uchun bitta ariza taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalda foydalanilayotgan yoʻldoshli tarmoqda (tizimda) foydalanish uchun faqat yangidan ishlab chiqiladigan erdagi yoki kosmik stansiyalarning REVga arizalarini alohida taqdim etishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda talab qilingan radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish imkoniyati oldindan belgilangan tartibda ishlayotgan yoʻldoshli tarmoq egasi bilan kelishilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. REVni modernizatsiya qilish uchun arizalar modernizatsiya qilinayotgan REVning elektromagnit moslashuviga taʼsir qiluvchi radionurlanish va qabul qilish xususiyatlari, shuningdek, REVdan foydalanish sohasi va shartlari oʻzgarayotgan holatlarda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston hududida xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda qoʻllaniladigan REV uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish boʻyicha arizalar Oʻzbekiston tomonidan bu ishlarning bajarilishiga javobgar boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan tayyorlanadi va Kengashga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. REV uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish, respublika hududida ulardan foydalanish imkoniyati boʻyicha arizalarni tayyorlashda ariza beruvchilar Jadvalga, Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa reglamentiga, ushbu Nizom talablariga, REV elektromagnit moslashuviga taʼsir koʻrsatadigan radionurlanish va qabul qilish tavsifiga, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga amal qilishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Arizani qabul qilish Kengash yoki uning Ishchi organi tomonidan rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan pasportlarning 5-bandida qayd etilgan taktik-texnik maʼlumotlar, davlat tilida har bir ishlab chiqiladigan, tayyorlanadigan, xorijdan olib kiriladigan, shuningdek, radioelektron kompleks (tizim) tarkibiga kiradigan REV va YuChQ uchun alohida taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ishlab chiqilayotgan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) muayyan turdagi REV va YuChQ uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish boʻyicha arizalar talabgor tomonidan REV va YuChQ taktik-texnik maʼlumotlarini ilova qilmasdan taqdim etilishi mumkin, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shu turdagi REV uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish toʻgʻrisida Kengashning qarori avval qabul qilingan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REV va YuChQ tajriba namunalarining REV elektromagnit moslashuviga taʼsir qiladigan texnik tavsifi koʻrsatilgan muayyan turdagi REV uchun Kengash qarorida koʻrsatilgan maʼlumotlarga mos kelsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REVni qoʻllash sohasi va foydalanish shartlari oʻzgarmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ishlab chiqilayotgan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) muayyan turdagi REV va YuChQ uchun radiochastota polosalari (nominallari)ni ajratish boʻyicha arizalar quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqariladigan REV uchun eskiz yoki eskiz-texnik loyihalashni tugallash va ushbu bosqichda zarur boʻlgan radiochastota polosalari (nominallari)ni belgilash bosqichidan kechiktirmasdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REV ishlab chiqish (yaratish) tugallanishi bilan REV tajriba namunalarining sinovlari oʻtkazilgandan soʻng, ularning natijalari boʻyicha zarur boʻlgan radiochastota polosalari (nominallari)ni aniqlagan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijdan REVni olib kirishda yetkazib beruvchi bilan REVni yetkazib berish yuzasidan shartnoma tuzilgunga qadar muzokaralar olib borish davrida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda qoʻllaniladigan REV va YuChQ uchun — koʻrsatilgan ishlarni oʻz vaqtida bajarish va talab qilingan radiochastotalardan foydalanish uchun ishga texnik topshiriq tasdiqlangandan keyin ikki oydan kechiktirmasdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda qoʻllaniladigan, xorijda ishlab chiqarilgan REV uchun — bunday ishlarni olib borish uchun talab qilingan radiochastotalarning mavjudligini aniqlash maqsadida koʻrsatilgan ishlarni olib borish toʻgʻrisida bitim tuzilgunga qadar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. REV va YuChQ toʻgʻrisida taqdim etiladigan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun arizani taqdim etadigan talabgor javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ishchi organ tomonidan tushgan arizalarning dastlabki ekspertizasi oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Dastlabki ekspertizani oʻtkazishda talab qilingan radiochastota polosalari (nominallari)ning Jadvaliga, Oʻzbekiston Respublikasida radioelektron vositalarning radiochastota spektridan foydalanish boʻyicha istiqbolli rejasiga, Kengashning muayyan klassdagi REVning radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanishiga taalluqli boʻlgan qarorlariga muvofiqligi aniqlanadi, REV radionurlanishlar va qabul qilish tavsifining REV elektromagnit moslashuvi sohasida texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga toʻgʻri kelishi, radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishi tekshiriladi, shuningdek, arizalarning belgilangan talablarga muvofiqligi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Dastlabki ekspertizaning natijasi ijobiy boʻlganda Ishchi organ tomonidan talabgorning arizasi va tegishli materiallari xulosa olish va kelishish uchun Kengashning aʼzolari boʻlgan radiochastota organlariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning aʼzolariga talabgorning arizasi va tegishli materiallari faqat radiochastota polosalaridan foydalanishda ularning manfaatlariga daxl qilinadigan hollarda xulosa olish uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Talabgorning arizalari boʻyicha xulosa olish va kelishish uchun Kengash aʼzolari boʻlgan radiochastota organlariga quyidagi hollarda yuborilmaydi va Kengashning alohida qarorlari qabul qilinmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar soʻraladigan radiochastota polosalari (nominallari) Jadval yoki Kengashning alohida qarorlari bilan fuqarolik maqsadlaridagi tegishli REV tomonidan mutlaq yoki ustuvor foydalanish uchun taqsimlangan radiochastota polosasida boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar muayyan turdagi REV va YuChQni ishlab chiqarish uchun soʻraladigan radiochastota polosasi radiochastotalardan foydalanish va ishlab chiqilgan REV va YuChQni qoʻllash sohasi boʻyicha talablarga rioya qilish, REV elektromagnit moslashuviga taʼsir qiladigan texnik tavsiflari, Kengashning bu REV va YuChQni ishlab chiqish qarorida koʻrsatilgan maʼlumotlarga mos kelishi sharti bilan bu REV va YuChQni ishlab chiqish uchun Kengashning qarori bilan ajratilgan radiochastota polosasiga mos kelsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar muayyan turdagi REV yoki YuChQdan foydalanish imkoniyatini koʻrib chiqish borasidagi talabgorning arizasi boʻyicha Kengashning avval qabul qilingan qarorlariga muvofiq ushbu turdagi REV yoki YuChQdan foydalanishga ruxsat berilgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida keltirilgan holatlarda Kengashning Ishchi organi tomonidan talabgorga Kengashning avval qabul qilingan qarorlari ilova qilingan holda tegishli xulosa taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Xulosa olish maqsadida yuborilgan murojaat Ishchi organ tomonidan radiochastota organlariga yuboriladi, zarur boʻlganda Kengashning manfaatdor vakolatli vakillaridan tashkil topgan ishchi guruh tuzilgan holda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhlar Kengash raisi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining qarori boʻyicha tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiochastota organlari yoki Kengash aʼzolarining fikr-mulohazalari, xulosalari asosida Ishchi organ tomonidan talabgorga yakuniy xulosa yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Xulosa olish uchun talabgorning arizasi va tegishli materiallari yuborilgan radiochastota organlari va (yoki) Kengashning boshqa aʼzolari materiallar olingan kundan boshlab oʻn sakkiz ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda bu materiallarni ekspertizadan oʻtkazishi, shuningdek, talab qilinadigan REVning boshqa REV bilan ularga taalluqli qismida elektromagnit moslashuvini baholashi va tegishli xulosani Ishchi organga taqdim etishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Talabgor quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizani koʻrib chiqish boʻyicha ishlarning holati toʻgʻrisida axborot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash tomonidan talab qilinadigan REV va YuChQ uchun radiochastota polosalarini ajratish toʻgʻrisidagi qarorni ishlab chiqish va kelishish masalalari boʻyicha, shuningdek, ulardan foydalanish shartlarini belgilash boʻyicha oʻtkaziladigan texnik kengashlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda taqdim etilgan arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan shikoyat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Talabgorning majburiyatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizani tayyorlashda radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga, shuningdek, ushbu Nizom talablariga amal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning ajratilgan radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish boʻyicha qarorlari talablarini bajarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Kengash qarorlari Kengash raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur boʻlganda qarorlarda ajratiladigan radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish shartlari koʻrsatib oʻtiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. “Litsenziya” ATda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan Kengashning ijobiy qarorlari “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Kengashning qarori olingandan keyin talabgorlar boshqa zarur ruxsatnomalarni olish uchun belgilangan tartibda radiochastota organiga murojaat qilishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi qarorini qabul qilishni rad etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Kengash qarorini qabul qilishni rad etishga quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat berish mazmunidagi hujjatni berish uchun zarur hujjatlarning ushbu Nizomning 23 va 25-bandlariga rioya etmagan holda taqdim etilishi, shuningdek, hujjatlarning toʻliq hajmda taqdim etilmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizada keltirilgan maʼlumotlar asosida bitta yoki bir nechta Kengash aʼzosi tomonidan oʻtkazilgan texnik ekspertiza natijasida maʼlum bir radiochastota nominalida amalda ishlayotgan yoki foydalanish uchun rejalashtirilayotgan boshqa REV bilan elektromagnit moslashuv taʼminlanmaganligi boʻyicha salbiy xulosa taqdim etilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Talabgorning Kengash qarorini qabul qilish haqidagi arizasini birinchi marta koʻrib chiqish jarayonida quyidagi kamchiliklar aniqlanganda, ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat bermasdan Kengash qarorini qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash qarori qabul qilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar talabgor tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda koʻrsatilgan kamchiliklar aniqlanganda, Ishchi organ ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat bergan holda xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma Ishchi organ tomonidan YIDXP yoki “Litsenziya” ATda elektron shaklda talabgorga bir ish kuni ichida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin ushbu muddat oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha xabarnoma yuborilgan taqdirda, Kengash qarorini berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati xabarnomada koʻrsatilgan muddatga toʻxtatib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Hujjatlar xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin taqdim etilgan taqdirda, Kengash qarorini qabul qilishni rad etish haqida qaror qabul qilinishi mumkin. Bunda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Kengash qarorini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror talabgorga rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va talabgor mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali (belgilangan tartibda davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan axborotni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bevosita talabgorga) yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi haqidagi qaror olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Talabgor Kengash qarorini berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi ariza va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali elektron shaklda yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Talabgorning rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda Ishchi organ tomonidan takroran koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda Ishchi organ tomonidan talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Kengash qarorlarni qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin talabgor tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorning arizasi qanoatlantirishdan rad etilgan taktik-texnik talablar boʻyicha takroran ushbu mazmundagi ariza Ishchi organ tomonidan koʻrib chiqilmaydi va talabgorning arizasi qabul qilinishi rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor Kengash qarorini qabul qilishni rad etilganligi, shuningdek, vakolatli organ mansabdor shaxsining ruxsat berish tartib-taomillari bilan bogʻliq harakati (harakatsizligi) boʻyicha belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi qarorining muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatib qoʻyish, tiklash, toʻxtatish, oʻzgartirishlar kiritish va bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Kengash qarorining amal qilishini toʻxtatib turish, tiklash, toʻxtatish, unga oʻzgartirishlar kiritish Oʻzbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Qonuni va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Kengashning Oʻzbekiston Respublikasida REVni ishlab chiqish (yaratish), ishlab chiqarish va xorijdan olib kirish uchun radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanish toʻgʻrisidagi qarorlarining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza qarorning belgilangan amal qilish muddati tugagunga qadar Kengashga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Kengash qarorining muddatini uzaytirish haqidagi ariza koʻrib chiqilayotgan paytda uning amal qilish muddati tugab qolsa, yuridik yoki jismoniy shaxs tegishli faoliyatni (harakatlarni) Kengash qarori qabul qilingunga qadar davom ettirish huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Qarorlarning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizalar YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali taqdim etiladi. Qarorning amal qilish muddatini uzaytirish tartibi qarorni olish uchun koʻzda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Kengashning qarori quyidagi hollarda vaqt va (yoki) hudud boʻyicha toʻxtatib qoʻyilishi yoki cheklanishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota spektrining belgilangan polosalaridan oʻta muhim davlat ehtiyojlari uchun foydalanish zarurati boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat berish talablari va shartlari buzilishi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning talabgordan aniqlangan buzilishlar bartaraf qilinishini talab qiladigan qarori bajarilmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning qarorlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash tomonidan oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga (oʻn kundan oshgan taqdirda, sud qarori orqali muayyan muddatga uzaytirilishi mumkin) va faoliyatning boshqa sohalari uchun radiochastota spektridan foydalanish boʻyicha qonunchilikka muvofiq muddatga toʻxtatib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Yuridik yoki jismoniy shaxs oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatganda, Kengash qarorining amal qilishini olti oygacha toʻxtatib turish haqida Ishchi organga murojaat qilishi mumkin. Bunda yuridik yoki jismoniy shaxs olti oy muddat ichida Kengash qarorining amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida Ishchi organga murojaat qilmagan taqdirda, Kengash qarorining amal qilishi tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash qarorining amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilganligi aniqlangan taqdirda, Kengash kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida Kengash qarorining amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Kengash tomonidan kengash qarorining amal qilishini qayta tiklash yoki qayta tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror uch ish kunida qabul qilinmasa, jismoniy va yuridik shaxslar ushbu muddat tugagandan soʻng Ishchi organni YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali elektron shaklda xabardor qilgan holda faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Kengash qarorining amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilgan radiochastota polosalari (nominallari)dan foydalanilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastotalardan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatga berilgan litsenziya amal qilishi toʻxtatilganda va qonunchilik bilan koʻzda tutilgan boshqa hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Talabgor — yuridik shaxs qayta tashkil qilinganda, uning nomi oʻzgarganda, talabgor — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda Kengashning avval qabul qilingan qaroriga oʻzgartirishlar kiritiladi yoki talabgor tomonidan taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlar asosida yangi qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Kengashning qarori quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik yoki jismoniy shaxs qarorning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida murojaat qabul qilganda (talabgor ajratilgan radiochastota polosalari (nominallari)ni rad etganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyekti tugatilganda — tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, bundan uning oʻzgartirilishi, shuningdek, yangidan tashkil etilgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda Kengashning bir xil radiochastota polosalari (nominallari)dan va bir xil REVdan foydalanish toʻgʻrisidagi qarori mavjud boʻlgan taqdirda qoʻshib yuborilishi bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxsning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Yuridik yoki jismoniy shaxs qarorning amal qilishini bekor qilish uchun Ishchi organga xabarnoma yuboradi, shu jumladan YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Kengash xabarnomaga asosan yoki ushbu Nizomning 55-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelganda, Kengash qarorining amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va bu haqda yuridik yoki jismoniy shaxsga YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali) maʼlum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Kengash Ishchi organi quyidagi hollarda Kengash qarorning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlum foydalanuvchi tomonidan unga rasmiylashtirilgan Kengash qarorining amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlarni Kengash yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning qabul qilgan qarori qonunga xilofligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash qarori rasmiylashtirilgan maʼlum foydalanuvchi tomonidan ruxsat berishga oid talab va shartlar bir yil davomida muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzilganda, agar mazkur qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof muhitga ziyon yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash qarori qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Kengashning qarorni bekor qilish yuzasidan sudga daʼvo arizasi kiritilganligi haqidagi maʼlumoti sudga daʼvo arizasi kiritilgan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay yuridik yoki jismoniy shaxsga hujjatning amal qilishini bekor qilish yuzasidan sudga daʼvo arizasi kiritish sabablari va qonunchilik hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan holda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning Kengashning qarorning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuridik yoki jismoniy shaxsga va Kengashga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi hamda Kengash ushbu maʼlumotni bir ish kuni ichida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestriga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning qarori ushbu Nizomning 58-bandi beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan asosga koʻra bekor qilingan taqdirda, qaror berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Kengash qonunchilik bilan belgilangan tartibda qabul qilingan qarorlar reyestrini “Litsenziya” ATda elektron shaklda yuritiladi va undagi maʼlumot barcha uchun ochiq hisoblanadi, foydalanilishi cheklangan yoki davlat sirlarini yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni tashkil qiladigan maʼlumotlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish hamda ular uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi qarorini qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabgor — yuridik yoki jismoniy shaxs

Arizani elektron shaklda tayyorlaydi va Ishchi organga YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali taqdim etadi*.

Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan muddatlardan kechikmagan holda

2-bosqich

Ishchi organ

1. Tushgan arizani dastlabki ekspertizadan oʻtkazadi.

2. Dastlabki ekspertizaning natijasi ijobiy boʻlganda talabgor tomonidan taqdim etilgan ariza va materiallarni xulosa olish uchun radiochastota organlariga yuboradi.

3. Dastlabki ekspertizaning natijasi salbiy boʻlganda talabgorga YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali rad javobini yuboradi.

1. Ariza tushgandan soʻng 1 ish kuni ichida

2-3. Ekspertiza natijasi boʻyicha 1 ish kuni ichida

3-bosqich

Radiochastota organlari

1. Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning elektromagnit moslashuvini baholaydi va talabgor tomonidan taqdim etilgan ariza va materiallarni texnik ekspertizadan oʻtkazadi.

2. Kengashga tegishli xulosani taqdim qiladi.

Oʻn sakkiz ish kuni mobaynida

4-bosqich

(xalqaro muvofiqlashtirish zarur boʻlganda)

Ishchi organ

Tegishli hujjatlarni Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamentiga asosan chegaradosh davlatlarga yuboradi va REV texnik parametrlarini muvofiqlashtirish ishlarini oʻtkazadi.

Bir yuz oʻn sakkiz kuni mobaynida

5-bosqich

Kengash

1. Ijobiy xulosa olinganda Kengashning qarori loyihasini tayyorlaydi.

2. Talabgorga Kengash qarorini yoki zarur boʻlganda Kengash majlisining bayonnomasi bilan tasdiqlangan koʻchirmani YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali yuboradi*.

3. Salbiy xulosa olinganda qaror qabul qilishni rad etish haqida talabgorga YIDXP yoki “Litsenziya” ATdagi shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda xat yuboradi*.

Besh ish kuni mobaynida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan axborotni oʻz ichiga olgan arizalar vakolatli organga bevosita taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish hamda ular uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisidagi qaror
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisida qaror

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-son qaroriga muvofiq Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi.

Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashining ishchi organi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisidagi ariza.

Arizada quyidagi maʼlumotlar keltiriladi:

a) jismoniy shaxs boʻyicha maʼlumot:

F.I.O., Jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda), faoliyatni amalga oshirish manzili;

Radiochastota polosalari soʻralayotgan REV va YuChQning vazifasi (qoʻllanish sohasi, xizmat koʻrsatish zonalari) hamda talab qilinadigan radiochastota polosalari (nominallari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

1. Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamentiga asosan radioxizmat turi;

2. REV va YuChQning ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan nomlanishi, turi;

3. REV va YuChQni ishlab chiquvchisi (ishlab chiqaruvchi-korxona, importdan sotib olishda yetkazib beruvchi);

4. REV va YuChQni xorijdan olib kelib berish uchun buyurtma bergan buyurtmachi;

5. Radiochastotalardan foydalanish maqsadi;

6. Qaror qabul qilish uchun asos (uchuvchisiz uchish apparatlari va teleradioeshittirish REVdan foydalanish koʻzda tutilgan hollarda toʻldiriladi);

7. REV va YuChQning ekspluatatsion, texnologik va konstruktiv xususiyatlari;

8. Foydalanish hududi (joyi);

9. Ishlash chastotasi (radiochastota diapazoni/ polosasi /nominallari) va uning ogʻishi;

10. Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamentiga asosan nurlanish tasnifi (radiokanal polosasi kengligi, asosiy tashuvchi signalning modulatsiya turi va xususiyati, uzatilayotgan maʼlumot turi, zichlik xususiyati, nurlanishning qoʻshimcha tasniflari va b.);

11. Uzatkichning chiqish quvvati (dBVt):

minimal;

maksimal;

shundan antennaning kuchaytirish koeffitsiyenti;

12. Yon taraflama nurlanishning nisbiy sathi (dB);

b) yuridik shaxs boʻyicha maʼlumot:

Yuridik shaxsning toʻliq nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda), faoliyatni amalga oshirish manzili;

radiochastota polosalari soʻralayotgan REV va YuChQning vazifasi (qoʻllanish sohasi, xizmat koʻrsatish zonalari) hamda talab qilinadigan radiochastota polosalari (nominallari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

1. Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamentiga asosan radioxizmat turi;

2. REV va YuChQning ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan nomlanishi, turi;

3. REV va YuQChni ishlab chiquvchi (ishlab chiqaruvchi-korxona, importdan sotib olishda yetkazib beruvchi);

4. REV va YuChQni xorijdan olib kelib berish uchun buyurtma bergan buyurtmachi;

5. Radiochastotalardan foydalanish maqsadi;

6. Qaror qabul qilish uchun asos (uchuvchisiz uchish apparatlari va teleradioeshittirish REVdan foydalanish koʻzda tutilgan hollarda toʻldiriladi);

7. REV va YuChQning ekspluatatsion, texnologik va konstruktiv xususiyatlari;

8. Foydalanish hududi (joyi);

9. Ishlash chastotasi (radiochastota diapazoni/ polosasi /nominallari) va uning ogʻishi;

10. Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamentiga asosan Nurlanish tasnifi (radiokanal polosasi kengligi, asosiy tashuvchi signalning modulatsiya turi va xususiyati, uzatilayotgan maʼlumot turi, zichlik xususiyati, nurlanishning qoʻshimcha tasniflari va b.);

11. Uzatkichning chiqish quvvati (dBVt):

minimal;

maksimal;

shundan antennaning kuchaytirish koeffitsiyenti;

12. Yon taraflama nurlanishning nisbiy sathi (dB)

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xus�siyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

25 ish kuni.

120 kun (Xalqaro shartnomalarga muvofiq radiochastotalarni xalqaro muvofiqlashtirish zarur boʻlganda)

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektridan, REV va YuChQdan foydalanish boʻyicha qonunchilikka majburiy rioya qilinishi;

belgilangan REVning tarqatish va qabul qilish parametrlarining REV elektromagnit moslashuvini taʼminlash sohasidagi texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos kelishi;

Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi qarorlari doirasida xatti-harakatlarni amalga oshirish*

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mudofaa vazirligi;

Davlat xavfsizlik xizmati;

“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi.

(Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi ishchi organining xulosasi asosida kelishiladi)

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashining qarorida belgilangan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni xorijdan olib kirish davomiyligi ikki yildan koʻp boʻlmagan muddat belgilanadi.

Radiochastotalardan foydalanishning muayyan shartlari va toifalariga bogʻliq holda Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashining qarorida uning amal qilish muddati yoki bu qarorda koʻrsatilgan ayrim shartlar muddati belgilanmasligi mumkin

12.

Izoh:

*) Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish hamda ular uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqilayotgan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish toʻgʻrisidagi qaror
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Ishlab chiqilayotgan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish toʻgʻrisida qaror

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun ajratilgan radiochastota polosalaridan foydalanish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-son qaroriga muvofiq Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi.

Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashining ishchi organi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ishlab chiqilayotgan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish toʻgʻrisidagi ariza.

Arizada quyidagi maʼlumotlar keltiriladi:

a) jismoniy shaxs boʻyicha maʼlumot:

F.I.O., Jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda), faoliyatni amalga oshirish manz�li;

radiochastota polosalari soʻralayotgan REV va YuChQning vazifasi (qoʻllanish sohasi, xizmat koʻrsatish zonalari) hamda talab qilinadigan radiochastota polosalari (nominallari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

1. Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamentiga asosan radioxizmat turi;

2. REV va YuChQning ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan nomlanishi, turi;

3. REV va YuQChni ishlab chiquvchi (ishlab chiqaruvchi-korxona, importni sotib olishda yetkazib beruvchi);

4. REV va YuChQni xorijdan olib kelib berish uchun buyurtma bergan buyurtmachi;

5. Radiochastotalardan foydalanish maqsadi;

6. Qaror qabul qilish uchun asos (uchuvchisiz uchish apparatlari va teleradioeshittirish REVdan foydalanish koʻzda tutilgan hollarda toʻldiriladi);

7. REV va YuChQning ekspluatatsion, texnologik va konstruktiv xususiyatlari;

8. Foydalanish hududi (joyi);

9. Ishlash chastotasi (radiochastota diapazoni/ polosasi /nominallari) va uning ogʻishi;

10. Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamentiga asosan nurlanish tasnifi (radiokanal polosasi kengligi, asosiy tashuvchi signalning modulatsiya turi va xususiyati, uzatilayotgan maʼlumot turi, zichlik xususiyati, nurlanishning qoʻshimcha tasniflari va b.);

11. Uzatkichning chiqish quvvati (dBVt):

minimal;

maksimal;

shundan antennaning kuchaytirish koeffitsiyenti;

12. Yon taraflama nurlanishning nisbiy sathi (dB);

b) yuridik shaxs boʻyicha maʼlumot:

Yuridik shaxsning toʻliq nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda), faoliyatni amalga oshirish manzili;

radiochastota polosalari soʻralayotgan REV va YuChQning vazifasi (qoʻllanish sohasi, xizmat koʻrsatish zonalari) hamda talab qilinadigan radiochastota polosalari (nominallari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

1. Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamentiga asosan radioxizmat turi;

2. REV va YuChQning ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan nomlanishi, turi;

3. REV va YuQChni ishlab chiquvchi (ishlab chiqaruvchi-korxona, importni sotib olishda yetkazib beruvchi);

4. REV va YuChQni xorijdan olib kelib berish uchun buyurtma bergan buyurtmachi;

5. Radiochastotalardan foydalanish maqsadi;

6. Qaror qabul qilish uchun asos (uchuvchisiz uchish apparatlari va teleradioeshittirish REVdan foydalanish koʻzda tutilgan hollarda toʻldiriladi);

7. REV va YuChQning ekspluatatsion, texnologik va konstruktiv xususiyatlari;

8. Foydalanish hududi (joyi);

9. Ishlash chastotasi (radiochastota diapazoni/ polosasi /nominallari) va uning ogʻishi;

10. Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa reglamentiga asosan Nurlanish tasnifi (radiokanal polosasi kengligi, asosiy tashuvchi signalning modulatsiya turi va xususiyati, uzatilayotgan maʼlumot turi, zichlik xususiyati, nurlanishning qoʻshimcha tasniflari va b.);

11. Uzatkichning chiqish quvvati (dBVt):

minimal;

maksimal;

shundan antennaning kuchaytirish koeffitsiyenti;

12. Yon taraflama nurlanishning nisbiy sathi (dB)

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

25 ish kuni;

120 kun (Xalqaro shartnomalarga muvofiq radiochastotalarni xalqaro muvofiqlashtirish zarur boʻlganda)

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektridan, REV va YuChQdan foydalanish boʻyicha qonunchilikka majburiy rioya qilinishi;

belgilangan REVning tarqatish va qabul qilish parametrlarining REV elektromagnit moslashuvini taʼminlash sohasidagi texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos kelishi;

Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi qarorlari doirasida xatti-harakatlarni amalga oshirish*

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mudofaa vazirligi;

Davlat xavfsizlik xizmati;

“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi.

(Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi ishchi organining xulosasi asosida kelishiladi)

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashining Radioelektron vosita va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalarini ajratish toʻgʻrisidagi qarori ushbu qaror bilan ajratilgan radiochastota polosalaridan foydalanish shartlarini va keyinchalik uzaytirish huquqi bilan qarorni amalga oshirish davomiyligi ikki yildan koʻp boʻlmagan muddatni belgilaydi.

Radiochastotalardan foydalanishning muayyan shartlari va toifalariga bogʻliq holda Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashining qarorida uning amal qilish muddati yoki bu qarorda koʻrsatilgan ayrim shartlar muddati belgilanmasligi mumkin

12.

Izoh:

*) Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-avgustdagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2023-y., 09/23/417/0648-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish), Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, hamda radioelektron vositalardan foydalanishga ruxsat berish tartib-taomillarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik)ning radiochastota organi sifatidagi vakolatini bajaruvchi “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — EMMM), Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota spektri — shartli ravishda uch ming gigagersdan kamroq qilib qabul qilingan oraliqdagi radiochastotalar toʻplami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota polosasi — radiochastota spektrining muayyan sharoitlarda radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish uchun moʻljallangan qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota spektridan foydalanuvchi — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish uchun radiochastota organi (keyingi oʻrinlarda — RChO)ning ruxsatnomasiga ega boʻlgan yuridik yoxud jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radioelektron vositalar (keyingi oʻrinlarda — REV) — radiotoʻlqinlarni tarqatish va (yoki) qabul qilish uchun moʻljallangan texnik qurilmalar yoki tizimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori chastotali qurilmalar (keyingi oʻrinlarda — YuChQ) — radiochastotalar energiyasini sanoat, ilmiy, tibbiy, maishiy yoki boshqa maqsadlarda hosil qilish va undan foydalanish uchun moʻljallangan uskunalar yoki asboblar, ulardan radiotoʻlqinlarni tarqatish yoki qabul qilish maqsadida foydalanish bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota polosalarini taqsimlash — radiochastota polosalarini muayyan sharoitlarda undan bitta yoki bir nechta yer usti yoki kosmik radioaloqa xizmatlari yoki radioastronomiya xizmatida foydalanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvalida qayd etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan radiochastota polosalari — RChO tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomada koʻrsatiladigan aniq radiochastota;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan radiochastotalarga egalik qilish — muayyan radiochastota spektri foydalanuvchilari tomonidan REVni olish va biriktirilgan radiochastotalarning nominallariga sozlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini oʻtkazish uchun radiochastotalarni ushbu radiochastota spektridan foydalanuvchilariga vaqtincha biriktirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota spektrining monitoringi — radiochastota spektrining holatini kuzatish, undan foydalanishni baholash, radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining oldini olish va bartaraf etish uchun moʻljallangan tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radioxalaqitlar — radioaloqa tizimida qabul chogʻida bir yoki bir nechta toʻlqin tarqatishlar keltirib chiqargan, axborot sifatining yomonlashuvi, xatoliklar boʻlishi yoki axborot yoʻqolishida namoyon boʻladigan elektromagnit energiyasining taʼsiri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
industrial radioxalaqitlar — radiotoʻlqinlarni uzatish uchun moʻljallanmagan texnik vositalar tomonidan vujudga keladigan radiochastota spektri diapazonidagi elektromagnit tarqatishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektromagnit moslashuv — REVning ularga radioxalaqitlar taʼsir etib turgan bir vaqtning oʻzida mavjud ishlatish sharoitlarida talab darajasidagi sifat bilan ishlay olish qobiliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REV va YuChQni sotib olish — REVni yoki YuChQni radiochastota organlari (keyingi oʻrinlarda — RChOlar)ning ruxsatnomasi asosida sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REV va YuChQni berish — REVni yoki YuChQni boshqa radiochastota spektridan foydalanuvchiga RChOlarining ruxsatnomasi asosida berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REVni oʻrnatish — maxsus qurish (loyihalashtirish)ni talab qilmaydigan REVni RChOlarining ruxsatnomasi asosida oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REVni qurish — maxsus qurish (loyihalashtirish)ni talab qiladigan REVni RChOlarining ruxsatnomasi asosida qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REV va YuChQni olib kirish — REVni yoki YuChQni RChOlarining ruxsatnomasi asosida respublika hududiga bojxona chegarasi orqali olib kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REV va YuChQdan foydalanish — REVdan RChOlarining ruxsatnomasi va YuChQdan xabardor qilish asosida foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQdan foydalanuvchi yoki foydalanishni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari, shuningdek, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari uchun, shuningdek, ajratilgan radiochastota polosalari doirasida radiochastotalar biriktirishni amalga oshirayotgan RChOlari uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. REVga egalik qiluvchilar (foydalanuvchilari)ga radiochastotalarni mulk qilib berish, xususiylashtirish va doimiy muddatsiz biriktirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlikning RChO sifatidagi vakolati, shuningdek, fuqarolik radioxizmatlari uchun ajratilgan radiochastota spektri monitoringi, REV oʻrtasidagi elektromagnit moslashuvni taʼminlash EMMM tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Faqat 18,0 kGts — 245,0 GGts gacha radiochastota polosasida ishlaydigan fuqarolik maqsadlardagi YuChQdan foydalanish EMMM tomonidan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa va xavfsizligini taʼminlash maqsadida biriktirilgan radiochastotalardan foydalanish, shuningdek, Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tomonidan ajratilgan radiochastota polosalaridan foydalangan holda uchishlarni va koʻchma havo xizmatini radionavigatsiya jihatidan taʼminlashning davlat tekshiruvi va nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQni sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya etishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzkomnazorat), Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligiga yuklangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Radiochastotalarni biriktirishga oid talab va shartlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Radiochastota spektridan foydalanuvchilarning radiochastota spektridan foydalanishiga talabgorlarga nisbatan teng huquqlar asosida ruxsat etish tartibi boʻyicha taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiochastota spektridan foydalanuvchilarning radiochastota spektridan foydalanishi RChO tomonidan biriktirilgan radiochastota nominallari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Radiochastotalarni biriktirishda RChO tomonidan aniq radiochastota nominali koʻrsatilgan holda tegishli ruxsatnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiochastotalarni biriktirish ustuvorlik toifalarini hisobga olib, yaʼni birlamchi yoki ikkilamchi asosda amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda radiochastotalardan ikkilamchi asosda foydalanadigan REV radiochastotalardan birlamchi asosda foydalanuvchining REVga zararli xalaqitlarni yetkazmasligi kerak va ular radiochastotalardan birlamchi asosda foydalanuvchi REV tomonidan boʻladigan zararli xalaqitlardan himoyalashni talab qila olmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiochastotalardan ikkilamchi asosda foydalanuvchi REV radiochastotalari kechroq ikkilamchi asosda biriktirilgan boshqa radiochastota spektridan foydalanuvchi REV tomonidan boʻladigan zararli xalaqitlardan himoyalashni talab qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiohavaskorlik xizmati REVni roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish Kengash qarorida belgilangan texnik shartlar va qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kabel televideniyesi tarmoqlari faoliyati televideniye kanallari uchun ajratilgan chastotalar polosalarida hamda 110,0 MGts — 174,0 MGts; 230,0 MGts — 470,0 MGts chastotalar diapazonlarida ikkilamchi asosda amalga oshiriladi. Kabel televideniyesi tarmoqlari egasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida amaldagi sanoat radioxalaqitlar uchun davlat standartlari va normalariga muvofiq texnik vositalarini ishlashini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. RChOlari quyidagi asosiy prinsiplardan kelib chiqqan holda turli maqsaddagi REV uchun radiochastota spektridan foydalanuvchilarga radiochastotalarni biriktirishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastotalardan foydalanib faoliyatni amalga oshirishda yuridik va jismoniy shaxslar huquqlarining tengligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
real elektromagnit holat sharoitlarida REV ishlashining talab qilinadigan sifatiga rioya qilgan holda ajratilgan radiochastota resursidan oqilona va samarali foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. RChOlari Oʻzbekiston Respublikasi Radiochastotalarni taqsimlash jadvali (keyingi oʻrinlarda — Jadval) asosida faqat Kengash tomonidan ularga ajratilgan polosalarda tegishli radiochastota spektridan foydalanuvchilarga radiochastotalarni biriktiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. RChOlari tasarrufidagi radiochastota polosalari radiochastota spektridan foydalanuvchilarga ushbu RChOlari bilan kelishgan holda foydalanish uchun biriktirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Radiochastota spektridan foydalanuvchilar uchun biriktirilgan radiochastotalar harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yongʻinlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlar sodir boʻlgan hollarda qonunchilikda belgilangan tartibda radiochastota spektridan foydalanuvchini xabardor qilgan holda oʻzgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Radiochastota spektridan foydalanuvchilarga RChOlarining tegishli ruxsatnomalariga asosan REVni ekspluatatsiya qilish uchun radiochastotalardan birgalikda foydalanish huquqi berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiochastota spektridan birgalikda foydalanish nazarda tutilmagan hollarda REVni ekspluatatsiya qilish uchun biriktirilgan radiochastotalardan foydalanish huquqi boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslarga berilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiochastota spektridan birgalikda foydalanish Kengash tomonidan belgilanadigan radiochastotalar polosalari hamda Kengash qarorlarida keltirilgan texnik talablar va shartlarga hamda radiochastota spektridan foydalanuvchilar oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga asosan tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiochastota spektrdan foydalanuvchilarga oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun oʻzaro kelishuvga muvofiq boshqa jismoniy yoki yuridik shaxsning telekommunikatsiya infratuzilmasidan foydalanishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda RChOlarning tegishli ruxsatnomalari faqat radiochastota spektridan foydalanuvchilarga rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. RChOlarilari radiochastotalarni biriktirishda quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ushbu Nizom, shuningdek, radiochastota spektridan foydalanishni tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarini hisobga olib, talabgorlarning REV uchun radiochastotalarni biriktirish toʻgʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) radiochastota biriktirishlarni amalga oshirish yoki soʻralayotgan radiochastotalardan foydalanish mumkin emasligini asoslash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) biriktirilgan radiochastotalar toʻgʻrisidagi axborot hisobini yuritish, tizimlashtirish va saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) boshqa RChOlari bilan birgalikda foydalanish polosalarida berilgan hamda barcha radiochastotalar toʻgʻrisidagi axborotni Kengashga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) radiochastota spektridan oqilona va samarali foydalanish hisobiga radiochastotalarga boʻlgan talabni maksimal qondirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) radiochastota spektridan foydalanuvchilar tomonidan biriktirilgan radiochastotalardan foydalanishning belgilangan shartlari bajarilishini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) radiochastota spektrining monitoringini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) radioxalaqitlar manbalarini aniqlash ishlarini tashkil qilish va oʻtkazish hamda oʻz vakolatlari doirasida ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) boshqa organlar bilan birgalikda elektromagnit moslashuvni taʼminlash boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. RChOlari oʻz vakolatlarini amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REVni ekspluatatsiya qilish xususiyatlari, shuningdek, alohida radiochastotalardan foydalanish imkoniyati bilan bogʻliq muayyan sharoitlarda radiochastota spektridan foydalanishni tugatish, toʻxtatib turish yoki cheklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat berish shartlari buzilganda, oʻta muhim davlat ehtiyojlari uchun maʼlum radiochastota diapazonlaridan foydalanish zarurati boʻlganda REVni ekspluatatsiya qilishni toʻxtatib turish, cheklash, tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REVning texnik koʻrsatkichlari belgilangan standartlar va texnik normalarga mos kelmaganda, fuqarolar xavfsizligini, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini, atrof muhitning holatini taʼminlamaganda, shuningdek, maxsus holatlarda REV ishlashini belgilangan tartibda taqiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. RChOlar tomonidan talabgorlarning arizalari asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REV va YuChQni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga REV va YuChQni olib kirish uchun ruxsatnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REVdan foydalanish uchun ruxsatnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnomalarning mavjudligi foydalanuvchilarni REVni oʻrnatish (qurish) va undan foydalanish boʻyicha amaldagi qonunchilikda koʻzda tutilgan kerakli guvohnomalar, sertifikatlar, kelishuvlar, xulosalar, proyekt-smeta hujjatlari, sanitariya pasportlari va boshqa hujjatlarni olish, shuningdek, qonunchilik bilan belgilangan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish majburiyatlaridan ozod etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Televizion va radioeshittirish dasturlarini qabul qilish uchun moʻljallangan REVni, shuningdek, savdo tarmogʻi orqali sotishga ruxsat berilgan maishiy radioelektronika mahsulotlarini sotib olish (berish), xorijdan olib kirish va ulardan foydalanish uchun tegishli ruxsatnomani olish talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Litsenziyalanadigan faoliyat turlarida foydalaniladigan fuqarolik maqsadida qoʻllaniladigan REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnomalar foydalanuvchi tomonidan litsenziya rasmiylashtirilganidan keyin EMMM tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Biriktirilgan radiochastotalarga egalik qilish huquqi radiochastota spektridan potensial foydalanuvchida u radiochastotalarning aniq nominallarini koʻrsatgan holda REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnomani olgan vaqtdan boshlab paydo boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biriktirilgan radiochastotalarga egalik qilish — muayyan foydalanuvchilar tomonidan REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) va radiochastotalarning biriktirilgan nominallariga sozlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini oʻtkazish uchun radiochastotalarni ushbu foydalanuvchilarga vaqtincha biriktirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) hamda YuChQni sotib olish (berish) ruxsatnomalarini olish uchun ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Fuqarolik maqsadlardagi REV va YuChQga sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq EMMM tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki “Litsenziya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Litsenziya” AT) orqali (davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan axborotni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar belgilangan tartibda bevosita RChO tomonidan) amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa va davlat xavfsizligini taʼminlash maqsadlariga REV va YuChQga sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan mazkur Nizom asosida oʻzlari qabul qilingan ichki yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. RChOlari va radiochastota spektridan potensial foydalanuvchilarning oʻzaro munosabatlari qonunchilik bilan tartibga solinadi va radiochastotani biriktirish uchun ariza olinganda tomonlarning radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi majburiyatlari va javobgarligini koʻzda tutuvchi maxsus elektron tizimda hisobi olib boriladigan elektron shakldagi shartnomalar elektron raqamli imzo bilan (Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa va xavfsizligini taʼminlash maqsadidagi radiochastota spektridan foydalanuvchilar uchun yoʻriqnoma asosida) rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. REVni sotib olish va oʻrnatish uchun ruxsatnomalar REVning ayrim turlariga yoki tarmoqni maxsus qurishni (loyihalashtirishni) talab qilmaydigan radioaloqa tizimlariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Qurish uchun ruxsatnomani berishda REVni sotib olish va oʻrnatish uchun alohida ruxsatnomalar olish talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa va xavfsizligini taʼminlash maqsadidagi radiochastota spektridan foydalanuvchilarga REV va YuChQni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan mazkur qaror asosida qabul qilingan ichki yoʻriqnomaga muvofiq beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. REV va YuChQni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) ruxsatnomasini olish uchun talabgor EMMMga mazkur Nizomga 5-ilova bilan tasdiqlangan pasportning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) avtomatik ravishda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali talabgorga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi bildirishnoma elektron shaklda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik ravishda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Talabgorlar taqdim etilayotgan axborot va REV texnik maʼlumotlarining toʻliqligi va toʻgʻriligi uchun javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik maqsadida qoʻllaniladigan REV uchun belgilangan tartibda EMMM ruxsatnomasini rasmiylashtirmasdan qurilish-montaj ishlarini boshlash bilan bogʻliq xavflar uchun yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari masʼuldirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. REV va YuChQ boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar RChO tomonidan mazkur Nizomga 5-ilovada keltirilgan muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) hamda YuChQni sotib olish (berish) ruxsatnomasini olish uchun arizalarni koʻrib chiqish EMMM tomonidan mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi REVni qurish va oʻrnatish uchun moʻljallangan maydonchalar RChOlari bilan kelishilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avval kelishilgan REVni qurish va oʻrnatish uchun moʻljallangan maydonchalarda telekommunikatsiya infratuzilmasi va radiochastota spektridan birgalikda foydalanishni tashkil qilish uchun RChOlari bilan qoʻshimcha kelishish jarayonidan oʻtkazish talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. REV (shu jumladan, quruqlikdagi mobil aloqa tayanch stansiyalari)ni bitta tayanch (obyekt)ga joylashtirish ularning ushbu tayanch (obyekt)da ishlaydigan va foydalanish uchun avval kelishilgan REV bilan elektromagnit moslashuvini taʼminlashni hisobga olib bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. REVni oʻrnatish maydonchalarini kelishish talabgorning ishtirokisiz RChOlari tomonidan mustaqil ravishda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. REVni joylashtirish uchun maydonchalar (joylashtirish joylari)ni kelishish hujjatlarini koʻrib chiqish va RChOlari tomonidan xulosani taqdim etish mazkur Nizomga 1-ilovada belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. REV boʻyicha kelishuvchi RChOlari ular tomonidan berilgan kelishuvning amal qilish muddatini belgilamaydi, agar bunday zarurat Kengashning tegishli qarori bilan bogʻliq boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. REVni oʻrnatish maydonchasining geografik koordinatalari, radiochastota nominallari, uzatkichlar quvvati, antennalarning nurlanish azimutlari, antennalarning osma balandliklari va elektromagnit moslashuvga taʼsir qiluvchi boshqa tavsiflari oʻzgargan taqdirda, maydonchani kelishish takroran oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RChOlar tomonidan maydonchani kelishish rad etilgan holda talabgor boshqa maydonchani taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirishni talab qiladigan REV uchun maydonchalarni kelishish xalqaro muvofiqlashtirish oʻtkazilgunga qadar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar muvofiqlashtirish jarayonida radiochastota berilishini yoki undan foydalanish shartlarini oʻzgartirish zarurati yuzaga kelsa, u holda bu oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi RChOlari bilan kelishilgandan keyin qabul qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Fuqarolik maqsadlardagi REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnomalar ekspertiza, elektromagnit moslashuvini tahlil qilish, chastotalardan foydalanish imkoniyatlarini kelishish, radiochastotalarni biriktirish, REVni qurish va oʻrnatish uchun moʻljallangan maydonchalarni kelishish va radiochastota taqdimotlarini xorijiy davlatlarning aloqa maʼmuriyatlari bilan muvofiqlashtirish va Xalqaro elektraloqa ittifoqida roʻyxatdan oʻtkazish xizmatlari uchun mazkur Nizomga 5-ilovaning 7-bandida belgilangan toʻlov talabgor tomonidan toʻlangandan keyin beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnomalarni berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, shu kunning oʻzida talabgorga mazkur Nizomga 5-ilovaning 7-bandida belgilangan toʻlovni toʻlash uchun hisobvaraq koʻrsatilgan xabarnoma YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnoma berilishi uchun toʻlov toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnomalarni berganlik uchun toʻlov toʻlangandan soʻng “Litsenziya” AT yoki YIDXPda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Fuqarolik maqsadlardagi REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnomalarni berganlik uchun yigʻim quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — EMMMning hisob raqamiga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Fuqarolik maqsadlardagi REV uchun radiochastotalarni biriktirish jarayonida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, chastota-hududiy tarqoqlik normalari va turli vazifadagi REV radiochastotalaridan birgalikda foydalanish shartlarini ishlab chiqish yoki REV elektromagnit moslashuvining tabiiy sharoitdagi sinovlarini oʻtkazish talab qilinsa, bu ishlarni bajarish uchun haq toʻlash manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxslar va bu ishlarni bajaradigan tashkilotlar oʻrtasida tuziladigan shartnomalar boʻyicha bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) ruxsatnomasining amal qilish davrida radiochastota spektridan foydalanuvchi uskunani sozlash, sinovdan oʻtkazish uchun radiochastotalardan foydalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiochastota spektridan foydalanuvchi REVni sozlash, sinovdan oʻtkazish davrida radiochastotalardan foydalanishni boshlash sanasidan ikki kun avval foydalanish muddati va texnik shartlar toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan bildirishnomani RChOga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga REVni sozlash, sinovdan oʻtkazish uchun radiochastotalardan foydalanish muddati uch kundan oshmasligi kerak. Koʻrsatilgan ishlarni oʻtkazish uchun murojaatlar soni ularning zarurligi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati davrida foydalanish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirmasdan REVdan yuridik va jismoniy shaxslarga xizmatlar koʻrsatish (tijorat maqsadlari) uchun foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati davomida radiochastota spektridan foydalanuvchi uskunani olishi va oʻrnatishi, qurilish ishlarini bajarishi, uskunani sozlashi, sinovdan oʻtkazishi, shuningdek, undan foydalanish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Talabgor REVni xorijdan sotib olish va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsat berish tusidagi hujjatlarni rasmiylashtirgandan keyin talabgorga ushbu Nizomning 4-bobida koʻzda tutilgan tartibda bu vositalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun ruxsatnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga REV va YuChQni olib kirishga ruxsatnoma olish uchun ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati radiochastota taʼminotidagi radiochastota spektridan foydalanuvchilarga REV va YuChQni xorijdan olib kirish uchun ruxsatnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan mazkur qaror asosida qabul qilingan ichki yoʻriqnomaga muvofiq beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Fuqarolik maqsadlardagi REV va YuChQni bojxona chegarasi orqali oʻtkazish EMMM tomonidan REV uchun oldin berilgan sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) hamda YuChQ uchun sotib olish (berish) ruxsatnomasi mavjud boʻlgan hollarda xorijdan olib kirish uchun ruxsatnomalar EMMM tomonidan YIDXP yoki “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Agar talabgor fuqarolik maqsadlardagi barcha REVni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga sotish maqsadida olib kirayotgan boʻlsa, EMMMning olib kirish ruxsatnomasini olishdan oldin Kengashning RChOlari bilan kelishish natijalari asosida olingan texnik xulosani taqdim qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday holda sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) ruxsatnomalarini rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Fuqarolik maqsadlardagi REVni xorijdan olib kirish ruxsatnomalari EMMMda yetti ish kuni ichida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik maqsadlardagi YuChQni xorijdan olib kirish ruxsatnomalari EMMMda besh ish kuni ichida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga REV va YuChQni olib kirish boʻyicha arizalarni EMMM tomonidan koʻrib chiqish mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Fuqarolik maqsadlardagi REV va YuChQni xorijdan olib kirish ruxsatnomasini olish uchun talabgor EMMMga ushbu Nizomga 6-ilova bilan tasdiqlangan pasportning 5-bandida belgilangan hujjatlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Muayyan qurilmaning REVga taalluqligi toʻgʻrisida xulosani olish zarur boʻlgan hollarda EMMMga olib kirilayotgan qurilmaning toʻliq texnik tavsifi va tovar-transport hujjatlari (invoys, yukxatlar) taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Xorijdan olib kirilayotgan REVning turlari va miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda avval berilgan sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) ruxsatnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻrtasida farqlar mavjud boʻlgan holda talabgorga uch ish kuni ichida xorijdan olib kirish uchun ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida asoslangan javob xati (ushbu Nizomning 6-bobi) beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) hamda YuChQni sotib olish (berish) ruxsatnomasiga ega boʻlmasdan turib xorijdan olib kirish ruxsatnomasini berishga mazkur Nizomga 6-ilova bilan tasdiqlangan pasportning 12-bandida nazarda tutilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Qolgan barcha hollarda xorijdan olib kirish uchun ruxsatnoma REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) hamda YuChQni sotib olish (berish) uchun tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirilmaguncha berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga fuqarolik maqsadlardagi radiohavaskorlik uskunasini olib kirish faqat EMMMning foydalanish uchun ruxsatnomasi boʻlganda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga radiohavaskorlikning yangi turdagi va yangi raqamli modulatsiya uskunalarini olib kirish va foydalanish Kengashning alohida qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Xorijdan olib kirish uchun ruxsatnoma radiochastotalar va REVdan foydalanish uchun asos boʻlib hisoblanmaydi, havaskorlik radiostansiyalari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. REVdan foydalanish ruxsatnomalarini olish uchun ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyalarining dalolatnomalari bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bino ichida aloqani tashkil etish maqsadida mobil aloqa operatorlari uchun ajratilgan radiochastota polosalarida mobil aloqa tayanch stansiyasining effektiv izotrop nurlanish quvvati 500 mVt dan oshmagan holda foydalanish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilmaydi, bunda radiochastota spektridan foydalanuvchi tomonidan mobil aloqa tayanch stansiyasining qurilish-montaj ishlarini boshlashdan oldin oʻrnatilish joyi va asosiy texnik parametrlari toʻgʻrisidagi maʼlumot oʻn ish kunida EMMMga xabarnoma shaklida taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Talabgor, fuqarolik maqsadida qoʻllaniladigan REVdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi xatga REV uchun toʻldirilgan soʻrovnoma va qabul qilish komissiyasining dalolatnomasini ilova qilgan holda EMMMga YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali (belgilangan tartibda davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan axborotni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bevosita RChOga) taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REVdan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma mazkur Nizomga 7-ilovaning 8-bandida belgilangan muddatda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REVdan foydalanish boʻyicha arizalar mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq EMMM tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa va xavfsizligini taʼminlash maqsadidagi radiochastota spektridan foydalanuvchilarga REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan mazkur qaror asosida qabul qilingan ichki yoʻriqnomaga muvofiq beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Radiochastota spektridan birgalikda foydalanmasdan telekommunikatsiya infratuzilmasidan birgalikda foydalanishni tashkil etish holatida foydalanish uchun ruxsatnoma har bir radiochastota spektridan foydalanuvchiga alohida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiochastota spektridan birgalikda foydalanishni tashkil etish holatida faqat uskuna egasining yoki ijarachining radiochastota polosalarida birgalikda foydalanishni tashkil etishga ruxsat beriladi, bunda qoʻshimcha radiochastota spektridan foydalanuvchilarga foydalanish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiochastota polosalarida birgalikda foydalanishni tashkil etayotgan uskuna egasi yoki ijarachi oʻn ish kuni ichida tegishli RChOga har bir qoʻshimcha radiochastota spektridan foydalanuvchining ish boshlashi toʻgʻrisidagi maʼlumotiga birgalikda foydalanilayotgan telekommunikatsiya infratuzilmasiga berilgan foydalanish uchun ruxsatnomaning raqami, qoʻshimcha radiochastota spektridan foydalanuvchilarning maʼlumotlari va ular foydalanadigan radiochastota polosalari, radioaloqa standartlari va radioaloqa texnologiyalarini koʻrsatgan holdagi xabarnomani taqdim etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiochastota spektridan birgalikda foydalanayotgan barcha radiochastota spektridan foydalanuvchilar uchun nurlanishning tarmoqlararo moslashuvi radiochastota polosalarida birgalikda foydalanishni tashkil etayotgan uskuna egasi yoki ijarachi tomonidan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Tarkibiga majburiy ravishda EMMM va Oʻzkomnazorat, talabgor va pudratchi vakillari kiradigan fuqarolik maqsadlardagi REVni qabul qilish komissiyasi ishni tugatgandan keyin uch ish kuni ichida qurilish normalariga muvofiq REVni foydalanishga topshirish mumkinligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma shaklidagi xulosani rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtirmasdan quyidagi REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalarni berishga yoʻl qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) harakatdagi (mobil) aloqaning tayanch stansiyalari, radiorele stansiyalari va antenna machta inshootlari uchun; shaxsiy (yakka tartibda) foydalaniladigan REV va maʼlumotlar uzatish abonent stansiyalari hamda radioulanish tizimlari uchun; Wi-Fi texnologiyasini qoʻllagan holda keng polosali radioulanish tizimlari uchun; shuningdek, quvvati 50 Vtdan kam boʻlgan harakatdagi va turgʻun radiotelefon aloqa REV uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) diplomatik va konsullik vakolatxonalari hududida joylashgan statsionar REV uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Fuqarolik maqsadida qoʻllaniladigan REVdan foydalanish boʻyicha talabgor EMMMga qabul qilish komissiyasi dalolatnomasining nusxasini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilish komissiyasining dalolatnomasi olingan vaqtdan boshlab REVdan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma oʻn ish kuni davomida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalarni berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, shu kunning oʻzida “Litsenziya” AT yoki YIDXP talabgorga mazkur Nizomga 7-ilovaning 7-bandida belgilangan toʻlovni toʻlash uchun hisobvaraq koʻrsatilgan xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalarni berganlik uchun toʻlovni toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalar toʻlov amalga oshirilgan kunda mazkur Nizomga 7-ilovaning 7-bandiga muvofiq REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalarni berganlik uchun toʻlov toʻlangandan soʻng “Litsenziya” AT yoki YIDXPda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalarni berganlik uchun yigʻim quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — EMMMning hisob raqamiga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Fuqarolik maqsadida qoʻllaniladigan REVga ekspluatatsion yigʻim uchun hisob berilgan vaqtdan boshlab oʻttiz kun davomida toʻlov amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Fuqarolik maqsadlardagi REVdan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlgan va oʻz mamlakatining ruxsatnomasi (litsenziyasi)ga ega boʻlgan xorijiy davlatlarning fuqarolari rejalashtirilayotgan ishni boshlashdan bir oy oldin havaskorlik radiostansiyasidan foydalanish ruxsatnomasini olish uchun talabgor EMMMga mazkur Nizomga 7-ilovada keltirilgan pasportning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Fuqarolik maqsadida qoʻllaniladigan REVdan foydalanish ruxsatnomalari uchun har yillik toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash bilan birga ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan oʻn kun oldin keyingi davrga uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali EMMMga berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanish uchun ruxsatnomalarning muddati uzaytirilganligi uchun mazkur Nizomga 7-ilovaning 7-bandida nazarda tutilgan toʻlovning yarmi undiriladi hamda toʻlangan toʻlov ushbu Nizomning 62-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalarning muddatini uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga belgilangan toʻlovni toʻlash uchun hisobvaraq koʻrsatilgan xabarnoma “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalarning muddatini uzaytirganlik uchun toʻlovni toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalar toʻlov amalga oshirilgan kunda mazkur Nizomga 7-ilovaning 7-bandiga muvofiq REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalarning muddatini uzaytirganlik uchun toʻlov toʻlangandan soʻng “Litsenziya” AT yoki YIDXPda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Foydalanish ruxsatnomasining muddatini uzaytirish haqidagi ariza koʻrib chiqilayotgan paytda uning amal qilish muddati tugab qolsa, hujjat egasi tegishli faoliyatni (harakatlarni) EMMM qarori qabul qilingunga qadar davom ettirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. REVdan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma litsenziyani qayta rasmiylashtirish, amal qilishini uzaytirish davrida zarur boʻlganda talabgorga uch oy muddatgacha rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va amal qilishini uzaytirish davrida foydalanish ruxsatnomasini rasmiylashtirish uchun talabgor YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. RChOlari REVdan foydalanish ruxsatnomalarini radiochastota spektridan foydalanuvchilarga berishda amaldagi qonunchilikka muvofiq REVdan foydalanish uchun vaqtincha cheklovlarni kiritish mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REVdan oʻquv maqsadlarida (efirga chiqmasdan) foydalanish ruxsatnomasi toʻlovlar undirilmasdan EMMM tomonidan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Ishlayotgan REVni ijaraga beruvchining talabi boʻyicha binolarni rekonstruksiya va/yoki qurishda, uskunani oʻrnatish joylarini oʻzgartirishning boshqa sabablariga koʻra demontaj qilish zarurati yuzaga kelgan hollarda, shuningdek, davlat, jamoat tadbirlari, telekommunikatsiya operatorlari murojaatlariga asosan aloqa sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar Vazirlik bilan kelishuv asosida yangi oʻrnatilish manzili boʻyicha REVga sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnoma boʻlgan taqdirda REVdan xizmatlar koʻrsatish uchun vaqtincha foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Ruxsatnomalar berishni rad etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Fuqarolik maqsadida qoʻllaniladigan REV uchun radiochastota spektrdan foydalanuvchilarga ruxsatnomalar berishni (radiochastotalar yoki radiochastota polosalarini biriktirish) rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnomalarni berish uchun zarur boʻlgan hujjatlar talabgor tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning ruxsat berishga oid talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlaydigan va foydalanilishi rejalashtirilayotgan REV bilan elektromagnit moslashuv toʻgʻrisida texnik ekspertizaning yakunlari boʻyicha asoslangan salbiy xulosa olinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YuChQ amaldagi sanoat radioxalaqitlarining yoʻl qoʻyiladigan darajalari uchun normativ hujjatlar talablariga yoki ruxsatnoma talablariga (Kengash qarorlari, EMMM ruxsatnomalari) mos kelmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli ruxsatnomalar berilganligi uchun toʻlov amalga oshirilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilishi soʻralgan radiochastotalar “HR” tomonidan ustuvor foydalanish uchun moʻljallangan radiochastota polosalarida joylashganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan radiochastotadan foydalanishni xalqaro muvofiqlashtirishni oʻtkazishning yakunlari boʻyicha asoslangan salbiy xulosa olinganligi, agar bunday kelishish Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa reglamentida va boshqa xalqaro shartnomalarda koʻzda tutilgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, fuqarolik maqsadida qoʻllaniladigan REV uchun radiochastota spektridan foydalanuvchilarga ruxsatnomalarni berishni maqsadga muvofiq emas degan sabablar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning ikkinchi, toʻrtinchi va yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etish mumkin boʻlgan kamchiliklar mavjud boʻlsa, vakolatli organ ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat beradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma vakolatli organ tomonidan YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali talabgorga bir ish kuni ichida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xabarnoma taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek, talabgor koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin ushbu muddat oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EMMM aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabgorga malakali xodimlarni izlashda, hujjatlar hamda dasturlarni maromiga yetkazish uchun mutaxassislarni jalb etishda, shuningdek, litsenziyalarni hamda ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni olish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda yordam koʻrsatishi va tavsiyalar berishi kerak, bundan talabgorlar taklif etilgan yordamni rad etgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan taqdirda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati toʻxtatib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin takroran taqdim etilgan taqdirda, EMMM ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Ruxsatnomani berish rad etilgan holda talabgorga rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va talabgor koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali (belgilangan tartibda davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan axborotni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bevosita RChO tomonidan) xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin ushbu muddat oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Hujjatlar qayta koʻrib chiqilayotganda RChO tomonidan avvalroq talabgorga yozma ravishda bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablarini keltirish bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish, uning muddatini uzaytirish va oʻzgartirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Radiochastota spektridan foydalanuvchi qayta tuzilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan holda radiochastota spektridan foydalanuvchi yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin besh ish kunida RChOga koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish uchun ariza bergan radiochastota spektridan foydalanuvchi yoki uning huquqiy vorisi unda koʻrsatilgan ishlarni va (yoki) ariza qabul qilingan sana toʻgʻrisidagi RChOning belgisi qoʻyilgan ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan ariza asosida faoliyatni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish va ruxsatnomalarni berish RChO tomonidan ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan boshlab besh ish kunida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirishda RChO berilgan ruxsatnomalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. YuChQni sotib olish (berish) ruxsatnomasini qayta rasmiylashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik maqsadlardagi YuChQga egalik qiluvchi — yuridik shaxs oʻzgarganda, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda yoki YuChQga egalik qiluvchi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda, egalik qiluvchi yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng besh ish kunida EMMMga koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani topshirishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilguncha ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani topshirgan YuChQga egalik qiluvchi yoki uning huquqiy vorisi ariza qabul qilingan sana toʻgʻrisida EMMMning belgisi bilan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi berilgan ariza asosida unda koʻrsatilgan harakatlarni bajaradi yoki amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish tegishli hujjatlarni ilova qilib ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan boshlab besh ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) ruxsatnomasi muddatini uzaytirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar talabgor tomonidan REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati davomida kerakli ishlar bajarilmagan boʻlsa, talabgorning murojaati boʻyicha belgilangan tariflarga muvofiq qayta toʻlovni amalga oshirgan holda ruxsatnoma uzaytirilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizada ruxsatnomada belgilangan muddatda kerakli ishlarni bajara olmaslik sabablari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) ruxsatnomalari boʻyicha ishlarni bajarish muddatining uzaytirilishi toʻgʻrisidagi ariza ularning amal qilish muddati tugagunga qadar berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. YuChQni sotib olish (berish) ruxsatnomasi muddatini uzaytirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YuChQni sotib olish (berish) ruxsatnomasining amal qilish muddati tugashining soʻnggi oʻn kuni ichida ariza topshiriladi va ruxsatnomaning muddati uzaytirilganligi uchun toʻlov amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YuChQni sotib olish (berish) ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish ularni berish uchun koʻzda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Ruxsatnomalarning amal qilishini toʻxtatib turish, bekor qilish va tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. REVdan foydalanish ruxsatnomasining amal qilishi quyidagi asoslarga koʻra toʻxtatib turiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ruxsat berish talablari va shartlari buzilganligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, agar bunday faoliyat radiochastota spektridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) RChO, Oʻzkomnazoratning ruxsatnoma yoki foydalanish shartnomasi shartlarining aniqlangan kamchiliklarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori bajarilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ruxsatnomani berish uchun davriy toʻlov amalga oshirilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) radiochastota spektrining maʼlum polosalaridan oʻta muhim davlat ehtiyojlari uchun foydalanish zaruratining yuzaga kelishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2001-yil 26-oktabrdagi 429-son qaroriga muvofiq radiochastota spektridan foydalanganlik uchun belgilangan haq toʻlanmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) ruxsatnomasining amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota spektridan foydalanuvchining arizasi boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat berish talablari va shartlari buzilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshirish litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilganda, agar bunday faoliyat radiochastota spektridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnoma yoki foydalanish shartnomasi shartlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi RChO, Oʻzkomnazoratning qarori bajarilmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Ruxsatnomaning amal qilishini oʻn kungacha muddatga toʻxtatib turish RChO tomonidan, oʻn kundan ortiq, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga esa — sud tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RChOning ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxsga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish sabablari va qonunchilikning aniq normalari koʻrsatilgan holda qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali elektron shaklda yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Ruxsatnomalar quyidagilarga asoslanib bekor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnomani olgan shaxs ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan yoki qayta tashkil qilish natijasida uning faoliyati tugatilganda — qayta tashkil qilish paytidan, uning qayta tashkil etilishi bundan mustasno, shuningdek, yuridik shaxslar qoʻshib yuborilgan taqdirda, yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat roʻyxatiga olingan sanada Kengashning radiochastotalarning bir xil diapazonlari (nominallari)dan va bir xil REVdan foydalanish toʻgʻrisidagi qarori boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor tomonidan bir yil davomida ruxsat berish talablari muntazam ravishda (ikki va undan ortiq) yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, agar ushbu buzilishlar talabgorning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga ziyon hamda atrof muhitga zarar yetkazishga olib kelgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnoma ushbu bandning ikkinchi-toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan holda RChO tomonidan va beshinchi-oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan holatda sud tomonidan bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik, jismoniy shaxs tomonidan ruxsatnoma bekor qilinganligi toʻgʻrisida sud qarori REV egasiga va RChOlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi hamda RChOlari ushbu maʼlumotni bir ish kuni ichida ruxsatnomalar reyestriga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) ruxsatnomasining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) radiochastota spektridan foydalanuvchining arizasi boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jismoniy shaxs vafot etganda, REV bilan ishlash qobiliyati cheklanganda, ishlash qobiliyatini yoʻqotgan deb tan olinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ruxsatnoma yoki foydalanish shartnomasining amal qilish muddati tugaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) bajarish uchun ruxsatnoma berilgan bir martali ishni bajarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. REVdan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ushbu Nizom 82-bandida koʻrsatilgan holatlarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini tugatish, agar bunday faoliyat radiochastota spektridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) REVdan foydalanganda fuqarolarning hayoti yoki sogʻligʻiga, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligiga, shuningdek atrof muhit holatiga real xavf yuzaga kelgan hollarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) biriktirilgan radiochastotalardan voz kechilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) belgilangan muddat davomida biriktirilgan radiochastotalardan foydalanilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) REVdan foydalanish ruxsatnomasining amal qilish muddatini toʻxtatib turish uchun asos boʻlib xizmat qilgan buzilish bartaraf etilmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Havaskorlik radiostansiyasidan foydalanish ruxsatnomasi quyidagi hollarda tugatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) radio orqali maxfiy, uzatilishi mumkin boʻlmagan maʼlumotlar uzatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) radiohavaskorlarning qadr-qimmatini obroʻsizlantiruvchi xatti-harakatlar va soʻzlashuvlar uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) radiohavaskorlik kodlarida koʻzda tutilmagan shifrlar, kodlar va ixtiyoriy qisqartmalar qoʻllanganligi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) berilmagan radiochaqiruv nomi bilan yoki ularsiz ishlaganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) radiouzatkichning ruxsatnomada koʻrsatilgan quvvatiga nisbatan ortib ketgan holda ishlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) nomaqbul nurlanishlar bilan televideniye va radio qabul qilishiga xalaqitlarni hosil qiluvchi radiouzatkichlarda ishlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) nurlanuvchi radiouzatkich diapazonini boshqasiga sozlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. YuChQ texnik parametrlarini tekshirish boʻyicha oʻlchashlarni oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Sotib olish (berish) ruxsatnomasi asosida egalik qiluvchi tomonidan YuChQni oʻrnatish ishlari, shuningdek YuChQ nurlanishining industrial radioxalaqitlar yoʻl qoʻyiladigan darajalariga muvofiqligining majburiy nazorat oʻlchashlari oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. YuChQga egalik qiluvchining murojaati boʻyicha uning texnik parametrlarini oʻlchashlar belgilangan tartibda EMMM yoki akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalari (markazlari) tomonidan amalga oshiriladi. YuChQ normalangan metrologik tavsiflarga ega boʻlgan hollarda egalik qiluvchi belgilangan tartibda uning metrologik nazoratdan oʻtishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. YuChQ texnik parametrlarini nazorat oʻlchashlarda YuChQning tegishli turlari uchun oʻlchash usullari va industrial radioxalaqitlarning yoʻl qoʻyiladigan darajalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga amal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Tekshirishni oʻtkazish va oʻlchashlar bayonini tuzish har bir YuChQ uchun alohida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. YuChQni oʻlchash bilan bogʻliq barcha ishlar faqat YuChQga egalik qiluvchining ruxsati bilan va uning bevosita kuzatuvi ostida (agar YuChQga egalik qiluvchi jismoniy shaxs boʻlsa) yoki maxsus vakolatga ega shaxsning bevosita kuzatuvi ostida (agar YuChQga egalik qiluvchi yuridik shaxs boʻlsa) oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. YuChQ texnik parametrlarini tekshirishda uning ishchi chastotasini oʻlchash va uning barqarorligi, radioxalaqitlar maydonining kuchlanishi va kuchlanganligini oʻlchash amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Oʻtkazilgan oʻlchashlarning natijalari boʻyicha ikki nusxada bayon tuziladi, unda har bir tekshirilgan qurilmaning belgilangan talablarga muvofiqligi va aniqlangan kamchiliklar aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YuChQ sanoat radioxalaqitlarining yoʻl qoʻyiladigan darajalari uchun belgilangan normalarga muvofiq kelsa, bayonda ulardan foydalanishga kiritish yoki ularni keyingi foydalanish imkoniyati toʻgʻrisida qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayon EMMM va korxona vakillari yoki YuChQga egalik qiluvchi tomonidan imzolanadi, bayonning bir nusxasi YuChQga egalik qiluvchiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Nazorat oʻlchashlarining natijalari boʻyicha salbiy xulosa olinganda texnik parametrlar belgilangan normalarga keltirilishi belgilangan koʻrsatma EMMM tomonidan egalik qiluvchiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Texnologik jarayon, ish rejimi, foydalanish shartlari va joylari, xalaqitni bostirish tizimlari oʻzgarganda, shuningdek, YuChQ, uning ishchi elementi (press, quritish kamerasi, induktor, tigel va sh.k.) yoki xalaqitni bostirish vositalarini oʻrtacha yoki mukammal taʼmirlash bajarilgandan soʻng sanoat radioxalaqitlarning normalarga muvofiqligi va radiochastotalarning ruxsat etilgan polosasida ishlashi boʻyicha nazorat oʻlchashlarini qaytadan oʻtkazish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Fuqarolik maqsadlardagi YuChQga egalik qiluvchi EMMMni YuChQni oʻrnatish joyi oʻzgargan barcha hollarda xabardor qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YuChQni oʻrnatish joyi oʻzgarganligi toʻgʻrisida YuChQga egalik qiluvchidan xabarnoma olinganda YuChQning texnik parametrlarini tekshirish boʻyicha oʻlchashlar oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Fuqarolik maqsadlardagi foydalanishda boʻlgan YuChQning sanoat radioxalaqitlarining yoʻl qoʻyiladigan darajalaridagi normalar talablariga nomuvofiqligi yoki radiochastotalarning ruxsat etilmagan polosasida ishlashi aniqlanganda, YuChQga egalik qiluvchiga EMMM tomonidan belgilangan muddatda (zarur ishlarni bajarishning murakkabligiga qarab oʻttiz ish kunidan koʻp boʻlmagan) aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish uchun yozma koʻrsatma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar aniqlangan buzilishlar oʻz vaqtida bartaraf etilmasa, EMMM vakillari tomonidan texnik ekspertiza dalolatnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar YuChQning texnik parametrlarining aniqlangan buzilishlari radioaloqa ishiga, televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishga xalaqit bersa, YuChQdan foydalanish shu xalaqitlar bartaraf qilingunga qadar toʻxtatib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Ushbu Nizomning 95-bandida bayon qilingan barcha aniqlangan holatlar toʻgʻrisida EMMM dalolatnoma tuzilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechikmagan muddatda Oʻzkomnazoratga qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlangan buzilishlarni bartaraf qilish maqsadida YuChQning ishlashini vaqtinchalik toʻxtatib turish boʻyicha zarur choralarni qabul qilishi uchun axborotni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Aniqlangan buzilishlar bartaraf etilgandan keyin YuChQ ishlashini tiklash toʻgʻrisida EMMMning qarorini qabul qilish uch ish kuni davomida oʻtkazilgan takroriy nazorat oʻlchashlarining natijalari asosida amalga oshiriladi. Bunda YuChQ ishlashini tiklash imkoniyati nazorat oʻlchashlarining bayonida aks ettiriladi va rasmiylashtirilgandan soʻng uning nusxasi EMMM tomonidan shu kunning oʻzida Oʻzkomnazoratga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali REV va YuChQni olib kirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqarolik maqsadlarida foydalanishga moʻljallangan, mazkur Nizom 4-ilovasida nazarda tutilgan REV va YuChQga EMMM tomonidan berilgan olib kirish ruxsatnomasi mavjud boʻlgan taqdirda bojxona organi REV va YuChQni “erkin muomalaga chiqarish (import)” hamda “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimlariga rasmiylashtiradi. Ushbu ruxsatnoma bojxona organiga YIDXP yoki “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur tartibning amal qilishi bojxona chegarasidan oʻtkaziladigan barcha REV va YuChQga taalluqli boʻlib, quyidagilar bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) savdo tarmogʻi orqali sotishga ruxsat berilgan televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilish uchun moʻljallangan qurilmalar, maishiy radioelektronika buyumlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida foydalanish uchun olib kiriladigan REV va YuChQ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Xalqaro elektraloqa ittifoqi tavsiyalariga va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining standartlariga mos keluvchi fuqaro aviatsiyasi korxonalari tomonidan parvozlarni va havodagi koʻchma xizmatni radionavigatsiya bilan taʼminlash maqsadlarida ishlatish uchun moʻljallangan bortdagi va erdagi REV;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida oʻtkazilayotgan, bojxona nazorati ostida boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan butun vaqt davomida ishlatilmaydigan REV va YuChQ.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi bojxona rejimlariga rasmiylashtirilayotgan REV va YuChQning bojxona rasmiylashtiruvi uchun EMMMning ruxsati talab qilinmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“bojxona ombori”; “erkin ombor”; “reeksport”; “yoʻq qilish” va “davlat foydasiga voz kechish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatilgan rejimlar ostida joylashtirilgan REV va YuChQdan bojxona organlari hamda EMMM ruxsatisiz foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Mudofaa va davlat xavfsizligini taʼminlash maqsadlaridagi REV va YuChQni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun ruxsatnoma Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan mazkur Nizom asosida qabul qilingan ichki yoʻriqnomalariga muvofiq beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga barcha maqsadlarda foydalanishga moʻljallangan REV va YuChQni olib kirish uchun rasmiylashtirilgan RChOlarning ruxsatnomalari Kengash qarorlariga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan REV va YuChQdan foydalanish imkoniyati boʻlmasa, olib kirish uchun ruxsatnoma berish RChO tomonidan rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Rasmiy sport musobaqalarida, shuningdek, koʻrgazma va yarmarkalarda foydalanish uchun xorijga vaqtinchalik olib chiqilgan REV va YuChQni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qaytarib olib kirish, ushbu vositalar va qurilmalarni olib chiqish vaqtida ularni qaytarib olib kirish toʻgʻrisida bojxona organiga berilgan majburiyatlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Ushbu tartib talablari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida “vaqtincha saqlash”, “bojxona ombori”, “erkin ombor”, “reeksport”, “yoʻq qilish” va “davlat foydasiga voz kechish” bojxona rejimlariga rasmiylashtirilgan REV va YuChQ boʻyicha EMMM va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi oʻrtasida elektron maʼlumot almashiladi. REV va YuChQni davlat foydasiga musodara qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan davlat organi Oʻzkomnazoratni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Oʻzkomnazorat REV va YuChQni xorijdan olib kelish tartibiga rioya etilishi masalasida olib borgan tekshiruvlar davomida aniqlangan qoida buzilishlari boʻyicha zarur choralar koʻrish uchun bojxona faoliyatiga oid qonunchilikka zid ravishda olib kirilgan REV va YuChQ toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan REV va YuChQ belgilangan tartibda bojxona organlari tomonidan olib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Ushbu tartib talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Telekommunikatsiyalar sohasidagi litsenziyalanishi kerak boʻlgan faoliyat turlari va Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Radiochastotalardan foydalanib faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani rasmiylashtirishda radiochastotalardan foydalanish texnik imkoniyatini koʻrib chiqish uchun arizalar elektromagnit moslashuv nuqtai nazaridan EMMMda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday arizalar boʻyicha Vazirlikka litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun radiochastotalardan foydalanish imkoniyati borligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisida EMMM xulosasi yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Televizion hamda radiouzatishlarni tarqatish (translatsiya, retranslatsiya qilish) faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi yakka tartibdagi litsenziyalarni berish tanlov asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Tegishli ruxsatnomalar belgilangan tartibda litsenziya olingandan keyin litsenziatlarga rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning mavjudligi litsenziatga REV uchun tegishli ruxsatnomani rasmiylashtirmasdan radiochastotalardan foydalanish va radiouzatish uskunasidan foydalanish huquqini bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Radiochastotalardan foydalanib faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega telekommunikatsiya operatorlari tomonidan uchinchi shaxslarga tegishli uskunadan foydalanilgan holda (lizing, ijara shartlari asosida) telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish maqsadida ruxsatnoma telekommunikatsiya operatori nomiga rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiya operatorlari davlat dasturlarini translatsiya qilishdan boʻsh vaqtda televideniye va radioeshittirish dasturlarini tarqatish uchun ikkilamchi asosda radiochastota nominallaridan foydalanib, Vazirlik korxonalarining uskunalarini ijaraga olgan holda ruxsatnoma ijaraning Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan kelishilganligi toʻgʻrisidagi hujjatni RChOga taqdim etuvchi ijaraga beruvchi nomiga rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari) tegishli boʻlgan REV va YuChQ uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining arizalari boʻyicha bajariladi, Tashqi ishlar vazirligi norezidentlar tomonidan tayyorlangan hujjatlar asosida radiochastota spektridan foydalanuvchilarning ushbu toifasi nomidan tegishli iltimosnomalarni ushbu Nizomga muvofiq EMMMga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiochastotalarni biriktirish prinsiplariga muvofiq talab qilingan radiochastotalarni biriktirish imkoni boʻlmaganda EMMM Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga radiochastotalarning boshqa nominallaridan va REVning boshqa turlaridan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisidagi takliflar bilan asoslangan javobni yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorlar ijobiy boʻlganda EMMM belgilangan tartibda tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari EMMM tomonidan biriktirilgan ruxsatnomada koʻrsatib oʻtilgan foydalanish shartlariga qatʼiy rioya qilishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bob. REVni berish, joylashtirilgan joyini, texnik parametrlarini oʻzgartirish yoki almashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. REVni egasi tomonidan boshqaga berish, shuningdek, uni sotishga faqat RChOning ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi, REVni mulk qilib olish (huquqiy ega boʻlish) bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REVning yangi egasi ushbu Nizomning 3 va 5-boblarida belgilangan tartibda kerakli ruxsatnomalarni rasmiylashtirishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. REV joylashtirilgan joyni yoki trassa yoʻnalishlarini oʻzgartirish RChO ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Fuqarolik maqsadida qoʻllaniladigan, foydalanishga ruxsat berilgan REVni boshqasiga almashtirish va obyektni REV elektromagnit moslashuviga taʼsir koʻrsatadigan texnik parametrlarini oʻzgartirmasdan rekonstruksiya qilish radiochastota spektridan foydalanuvchining soʻrovnomasiga asosan foydalanish uchun oldin berilgan ruxsatnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qabul qilish komissiyasining dalolatnomasini rasmiylashtirmasdan EMMM vakillari ishtirokida radiochastota spektridan foydalanuvchi tomonidan obyektni foydalanishga topshirishning ichki dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mobil aloqa operatorlarining telekommunikatsiya qurilmalari va inshootlarini qurilish-montaj, rekonstruksiya, sinovdan oʻtkazish va integratsiya qilish ishlarini yakunlash hamda tijorat maqsadida foydalanishni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, telekommunikatsiya qurilmalari va inshootlarining elektromagnit moslashuviga taʼsir koʻrsatadigan texnik parametrlarini oʻzgartirmasdan, mavjud qurilmalardagi, telekommunikatsiya liniyalari va inshootlaridagi uskunalarni kengaytirish hamda sanitariya meʼyorlarini taʼminlagan holda tayanch stansiyalar antennalarining azimutlari, egilish burchaklari, balandligini oʻzgartirish ishlari oʻn ish kuni muddatda EMMMni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda radiochastota spektridan foydalanuvchi tomonidan taqdim qilingan soʻrovnomaga asosan foydalanish uchun ruxsatnoma va (yoki) oldin berilgan ruxsatnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REVning elektromagnit moslashuviga taʼsir koʻrsatadigan texnik parametrlari oʻzgartirilganda, tegishli ruxsatnomalar RChOlari bilan kelishilgandan keyin beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. REVni demontaj qilish va hisobdan chiqarish ularning egasi tomonidan amalga oshiriladi va ulardan keyinchalik qanday foydalanilishi koʻrsatilib dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma RChOga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Balansdan chiqarilgan REVni qismlarga ajratish va ulardan zaxira detallar sifatida foydalanish yoki “Vatanparvar” mudofaaga koʻmaklashish tashkiloti Markaziy kengashining boʻlinmalariga topshirish mumkin. Topshirish toʻgʻrisidagi hujjatlarning nusxalari EMMMga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Foydalanish ruxsatnomasiga ega REVdan yangi texnik parametrlar bilan foydalanish uchun ushbu Nizomning 3, 5 va 12-boblarida belgilangan tartibda ruxsatnomalarni rasmiylashtirish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Radiochastota spektridan birgalikda foydalanish shartlari oʻzgargan taqdirda, shu jumladan, qoʻshimcha radiochastota spektri foydalanuvchilari tomonidan foydalanilayotgan radiochastota polosalari va radioaloqa standartlari almashtirilganda, shuningdek, qoʻshimcha radiochastota spektridan foydalanuvchilarining faoliyati tugatilganda, radiochastota polosalarida birgalikda foydalanishni tashkil etayotgan telekommunikatsiya infratuzilma egasi yoki ijarachi tomonidan oʻn ish kuni ichida tegishli RChOga kiritilgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabarnoma yuborilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-bob. REVdan foydalanish shartlari, roʻyxatga olish hamda ularning egalari va masʼul mansabdor shaxslarning majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. REV egasi foydalanish uchun ruxsatnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar, radionurlanishlar uchun amaldagi normalar va muayyan REVdan foydalanish shartnomasi va ruxsatnomalarda belgilangan boshqa talablarga muvofiq ularning ekspluatatsiya qilinishini taʼminlaydi, shuningdek, ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan oʻn kun oldin REVdan foydalanish ruxsatnomasini qayta roʻyxatdan oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi maʼlumotlarni amalga kiritish, oldin berilgan ruxsatnomaga tegishli oʻzgartirishlarni kiritgan holda RChOning ruxsati boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Radioalmashuvni olib borish belgilangan tartibda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida radioaloqadan foydalanish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119. REV egasi radiovositalarni qoʻriqlashi, yongʻin xavfsizligining tegishli shartlarini taʼminlashi va begona shaxslarning REVdan foydalana olishlarini cheklashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120. REV egasi amaldagi tariflarga muvofiq ruxsatnoma uchun va radiochastota spektridan foydalanganlik uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saqlanayotgan REV uchun (radiochastotalarga egalik qilish huquqidan voz kechmasdan) toʻlovlar amaldagi tariflarga muvofiq undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Ekspluatatsion yigʻimdan, radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun toʻlov toʻlashdan bosh tortilgan holda foydalanish uchun ruxsatnomaning amal qilishi (biriktirilgan radiochastotalarga egalik qilish huquqi) toʻxtatib turilishi yoki cheklanishi mumkin va bu ushbu Nizomning 82 va 83-bandlariga muvofiq foydalanish ruxsatnomasi amal qilishining tugatilishiga (foydalanish shartnomasining bekor qilinishiga) olib kelishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) ruxsatnomasini berishda talabgor tomonidan amalga oshirilgan toʻlov qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122. Mobil (avtotransport vositalarida oʻrnatilgan) REV uchun ruxsatnomalar avtotransport vositasi uchun masʼul boʻlgan shaxsda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123. Radioaloqa tizimi yopilganda radiochastota spektridan foydalanuvchi oʻn kun muddatda radiochastotalarga egalik qilish huquqidan voz kechganligi toʻgʻrisida YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali (davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan axborotni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar belgilangan tartibda bevosita) RChOlarga xabarnoma yuborishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xabarnomaga REV demontaj qilinganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning nusxasi ilova qilinishi hamda REVdan keyinchalik foydalanish toʻgʻrisida maʼlumot berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RChOlari xabarnomaga asosan foydalanish uchun ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va bu haqda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali foydalanish uchun ruxsatnoma egasiga maʼlum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanish uchun ruxsatnomaning amal qilishi bekor qilinganligi haqida “Litsenziya” AT dagi reyestrga maʼlumot kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda REV boshqa shaxsga sotilguncha (berilguncha) muhrlanishi va saqlash uchun topshirilishi yoki hisobdan chiqarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124. REV RChO roʻyxatidan chiqarish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan chiqarish dalolatnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REV Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilishini yoki REV boshqa shaxs balansiga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REV egasining radiochastotalardan foydalanish huquqidan voz kechishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125. REV ishlashi vaqtincha toʻxtatilishi (bir oydan olti oy muddatgacha) toʻgʻrisida uning egasi RChOni REV ishlashini toʻxtatgan paytdan boshlab oʻn kun muddat ichida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126. REVdan foydalanish huquqiga ega shaxslarga quyidagilar qatʼiyan taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ruxsat berilmagan radiochastotalarda ishlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ruxsat berilmagan nurlanish turi bilan ishlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) radiouzatkichning ruxsatnomada koʻrsatilgan quvvatga nisbatan quvvatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) REVning tegishli ruxsatnomasisiz ishlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) foydalanish ruxsatnomasining amal qilishi muddati oʻtib ketgan REVni ishlatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) REVni egasi tomonidan RChOni tegishli ruxsatisiz boshqaga berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
127. Aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi ogohlantirish choralari yetarli boʻlmagan holda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar yoki fuqarolar qonunchilikka muvofiq maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-bob. Berilgan ruxsatnomalar reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
128. EMMM tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan fuqarolik maqsadida qoʻllaniladigan REV va YuChQ uchun ruxsatnomalar reyestri avtomatik ravishda shakllantiriladi, uning doimiy yuritilishi va unga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish EMMM tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik maqsadida qoʻllaniladigan REV va YuChQ uchun ruxsatnomalar reyestri “Litsenziya” ATda elektron shaklda har bir ruxsatnoma boʻyicha alohida yuritiladi va undagi maʼlumot barcha uchun ochiq hisoblanadi, ommaviy axborot vositalarida tarqatilishi mumkin boʻlmagan maʼlumotlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
129. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) hamda yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) ruxsatnomasini berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabgor

1. Talabgor oʻzi va radioelektron vosita toʻgʻrisida tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza tayyorlaydi.

2. Arizani radiochastota organiga elektron raqamli imzosidan foydalangan holda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali taqdim etadi*.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Radiochastota organlari

1. REV va YuChQ boʻyicha arizani va ilova qilingan hujjatlarning toʻliqligini tekshirib YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali qabul qiladi yoki qaytaradi*.

2. REV uchun hujjatlar tahlilini, elektromagnit moslashuvi ekspertizasini va radiochastota spektri mon�toringini oʻtkazadi.

3. REV uchun hujjatlar tahlili, elektromagnit moslashuv ekspertizasi va radiochastota spektri monitoringining natijasi salbiy boʻlganda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali rad javobini yuboradi*.

4. REV uchun hujjatlar tahlili, elektromagnit moslashuvi ekspertizasi va radiochastota spektri monitoringining natijasi ijobiy boʻlganda, radiochastotalarni va REVning joylashuvini kelishish uchun boshqa radiochastota organlariga yuboradi.

1. REV va YuChQ kelib tushgandan soʻng 1 ish kuni ichida

2-4. REV uchun ariza olingandan soʻng 5 ish kuni ichida

3-bosqich

Kelishuvchi radiochastota organlari

REV uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi, xulosani soʻrovchi radiochastota organiga yuboradi.

REV uchun 18 ish kuni ichida

4-bosqich

Radiochastota organi

1. Xalqaro muvofiqlashtirishni oʻtkazish talab etilmagan va boshqa radiochastota organlari bilan REV boʻyicha kelishish natijasi ijobiy boʻlganda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnomasini beradi*.

2. Xalqaro muvofiqlashtirishni oʻtkazish talab etilgan va boshqa radiochastota organlari bilan REV boʻyicha kelishish natijasi ijobiy boʻlgan holda radiochastotalarni va REVning joylashuvini xalqaro muvofiqlashtirishni oʻtkazish uchun Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashining ishchi organi — Raqamli texnologiyalar vazirligiga yuboradi.

3. Boshqa radiochastota organlari bilan REV boʻyicha kelishish natijasi salbiy boʻlganda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali rad javobini yuboradi*.

1-3. REV uchun 1 ish kuni ichida;

4. YuChQ uchun nazorat oʻlchash ishlari oʻtkaziladi.

4. YuChQ uchun 5 ish kuni ichida.

5-bosqich

Kengashning ishchi organi (Raqamli texnologiyalar vazirligi)

1. Tegishli hujjatlarni Xalqaro elektraloqa ittifoqining radioaloqa reglamentiga asosan chegaradosh davlatlarga yuboradi va REV texnik parametrlarini muvofiqlashtirish ishlarini oʻtkazadi.

2. Muvofiqlashtirish natijalarini manfaatdor RChOga yuboradi.

120 kun ichida

6-bosqich

Radiochastota organi

1. Muvofiqlashtirish natijasi ijobiy boʻlganda ruxsatnomani YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali beradi.

2. Muvofiqlashtirish natijasi salbiy boʻlganda rad javobini YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali yuboradi.

1 ish kuni ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa va xavfsizligini taʼminlash maqsadidagi radiochastota spektridan foydalanuvchilariga REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan mazkur qaror asosida qabul qilingan ichki yoʻriqnomaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga fuqarolik maqsadlardagi radioelektron vosita va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish ruxsatnomalarini berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabgor

1. Talabgor oʻzi va radioelektron vositasi toʻgʻrisida tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza tayyorlaydi.

2. Hujjatlarni EMMMga elektron raqamli imzodan foydalangan holda YIDXP yoki “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali taqdim etadi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

“Elektromagnit moslashuvi markazi” DUK

1. Hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qiladi. Arizani va ilova qilingan hujjatlarning toʻliqligini YIDXP yoki “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali tekshirib qabul qiladi yoki qaytaradi.

2. Talabgorga REV yoki YuChQni olib kirish uchun ruxsatnomani YIDXP yoki “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali beradi.

3. Olib kirilayotgan REVning turlari va miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda oldin berilgan sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) ruxsatnomasida, YuChQ uchun esa sotib olish (berish) ruxsatnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻrtasida farqlar mavjud boʻlganda talabgorga asoslangan rad javobini YIDXP yoki “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali beradi.

1. Kelib tushgandan soʻng 1 ish kuni ichida

2. REV uchun ariza olinganidan soʻng olti ish kuni ichida;

YuChQ uchun toʻrt ish kuni ichida

3. Ariza olingandan soʻng

uch ish kuni ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioelektron vositalardan foydalanish uchun ruxsatnomani berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabgor

1. Talabgor oʻzi va radioelektron vosita (REV) toʻgʻrisida tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza tayyorlaydi.

2. Arizani radiochastota organiga elektron raqamli imzodan foydalangan holda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali taqdim etadi*.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Radiochastota organi

1. Arizani va ilova qilingan hujjatlarning toʻliqligini tekshirib qabul qiladi.

2. Hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazadi va natijasi ijobiy boʻlganda REVdan foydalanish ruxsatnomasini beradi.

3. Hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazadi va natijasi salbiy boʻlganda talabgorga rad etish sabablarini koʻrsatgan holda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali ruxsatnoma berish rad etilishi haqida xabarnoma yuboriladi*.

1. Kelib tushgandan soʻng 1 ish kuni ichida

2. Toʻqqiz ish kuni ichida

3. Ekspertiza salbiy boʻlganda ikki ish kuni ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa va xavfsizligini taʼminlash maqsadidagi radiochastota spektridan foydalanuvchilariga REVdan foydalanish uchun ruxsatnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan mazkur qaror asosida qabul qilingan ichki yoʻriqnomaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga faqat “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining ruxsati bilan olib kirishga yoʻl qoʻyiladigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

TIF TN kodi

Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning nomi

8514 20 100 0

induksiya hodisasi asosida ishlaydigan pechlar va kameralar

8514 40 000 0

induksiya yoki dielektrik yoʻqotish hodisasi yordamida materiallarni qizdirish yoʻli bilan ishlov berish uchun moʻljallangan boshqa uskunalar

8517 11 000 0

simli aloqa uchun simsiz goʻshakli telefon apparatlari

8517 13 000 0

smartfonlar

8517 14 000 0

mobil (uyali) tarmoqlar yoki boshqa simsiz tarmoqlar (shu jumladan, global va hududiy yoʻldosh tizimlari) uchun boshqa telefon apparatlari

8517 18 000 0

boshqalar:

ovozli, tasvir yoki boshqa maʼlumotlarni uzatish yoki qabul qilish uchun boshqa apparaturalar, shu jumladan simli yoki simsiz aloqa tarmogʻi orqali kommunikatsiya qilish uchun apparaturalar (masalan, lokal yoki global aloqa tarmogʻida)

8517 61 000

tayanch (bazaviy) stansiyalar:

8517 61 000 2

2,2 — 10 GGts tashuvchi chastotalar diapazonida ishlash imkoniyatiga ega simsiz aloqa tarmoqlari uchun

8517 61 000 8

boshqalar

8517 62 000 2

faqat tashuvchining toʻlqin uzunligi 1270 — 1610 nm diapazonida ishlaydigan optik tolali aloqa tizimlari uchun uskunalar

8517 62 000 3

boshqalar

8517 62 000 9

boshqalar

8517 71

qismlar:

barcha turdagi antennalar va antenna reflektorlari;

Ushbu mahsulotlar bilan ishlatiladigan qismlar

8517 71 110 0

radiotelegraf yoki radiotelefon uskunalari uchun antennalar

8517 71 150 0

avtotransportda oʻrnatilgan portativ qurilmalar yoki qurilmalar uchun teleskopik va shtirli antennalar (teskari antennalar)

8517 71 190 0

boshqalar

8517 70 900

boshqalar

8517 79 000 9

boshqalar

8525 50 000 0

uz�tuvchi apparatura

8525 60 000 0

tarkibiga qabul qiluvchi apparatura kiruvchi uzatuvchi apparatura

8526

Radiolokatsiya, radionavigatsiya apparaturalari va masofadan boshqarish radioapparaturalari:

masofadan boshqarish radioapparaturalari:

8526 92 000 8

boshqa

8543 20 000 0

signal generatorlari

8806

uchuvchisiz uchish apparatlari:

8806 22 000 1

maksimal uchish massasi 250 g dan ortiq, ammo 7 kg dan ortiq emas:

fuqaro aviatsiyasi

8806 23 000 1

maksimal uchish massasi 7 kg dan ortiq, ammo 25 kg dan ortiq emas:

fuqaro aviatsiyasi

8806 24 000 1

maksimal uchish massasi 25 kg dan ortiq, ammo 150 kg dan ortiq emas:

fuqaro aviatsiyasi

8806 29 002

8806 29 002 1

8806 29 002 2

samolyotlar va boshqa uchish apparatlari:

boʻsh jihozlangan apparatning massasi 2 000 kg dan ortiq emas:

fuqaro aviatsiyasi

boshqalar

8806 92 000

8806 92 000 1

maksimal uchish massasi 250 g dan ortiq, ammo 7 kg dan ortiq emas:

fuqaro aviatsiyasi

8806 93 000

8806 93 000 1

maksimal uchish massasi 7 kg dan ortiq, ammo 25 kg dan ortiq emas:

fuqaro aviatsiyasi

8806 94 000

8806 94 000 1

maksimal uchish massasi 25 kg dan ortiq, ammo 150 kg dan ortiq emas:

fuqaro aviatsiyasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Quyida sanab oʻtilgan tovarlar bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
global va hududiy yoʻldosh tizimlarining mobil telefon apparatlaridan tashqari mobil (uyali) aloqa tizimlarining abonent qurilmalari (TIF TN kodi 8517 13 000 0 va 8517 14 000 0);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quvvati 5 Vt dan yuqori boʻlmagan, 26965 — 27860 kGts diapazonida ishlaydigan portativ qabul qiluvchi/uzatuvchi radiostansiyalar (TIF TN kodi 8525 60 000 0);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quvvati 2 Vt dan yuqori boʻlmagan, 26945 — 26965 kGts diapazonida ishlaydigan qoʻriqlash radiosignalizatsiyasi qurilmalari (TIF TN kodi 8525 60 000 0).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va oʻrnatish;

radioelektron vositalarni qurish;

yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish).

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining radiochastota organi sifatidagi vakolatini bajaruvchi “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) Fuqarolik maqsadlardagi radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va oʻrnatish hamda qurish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish uchun arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs boʻlgan talabgor uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);

jismoniy shaxs boʻlgan talabgor uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatga oid maʼlumotlar yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR), telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);

REV turi, ishlab chiqaruvchi, vazifasi, oʻrnatiladigan joyi;

Kengashning Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu turdagi REVdan muayyan radiochastota polosasida foydalanish imkoniyati toʻgʻrisidagi qaroriga oid maʼlumotlar (raqami, qabul qilingan sanasi);

talabgor bajarishni yoki amalga oshirishni rejalashtirgan xatti-harakat va (yoki) faoliyatning muayyan turi, litsenziyalanadigan faoliyat turlarida foydalaniladigan REV uchun litsenziyaga oid maʼlumotlar (seriyasi, raqami, berilgan sanasi).

Arizaga quyidagi materiallar ilova qilinadi:

1) uskunaning toʻliq texnik tavsifi;

2) agar talabgor yuridik shaxs boʻlsa, REVni roʻyxatga olish va undan foydalanish uchun masʼul shaxsni tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning nusxasi;

3) REV joylashtiriladigan joylar toʻgʻrisidagi maʼlumot (manzili, sekundgacha aniqlik bilan geografik koordinatalari);

chastotalar rejasi (rejalashtirilayotgan radiochastota diapazoni yoki nominallari);

nurlanish tasnifi;

antennalar turi, ularning miqdori va yer sathiga nisbatan osma balandligi, antenna tayanchlarining maksimal balandligi, nurlanish azimutlari va elektromagnit nurlanishga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa tasniflar;

radiouzatish qurilmalarining miqdori, turlari va quvvati;

4) REVni joylashtirish koʻzda tutilgan obyektlar va inshootlar egalari bilan kelishish, agar talabgorning oʻzi bu obyektlar va inshootlarning egasi boʻlmasa;

5) yoʻldosh aloqa xizmatlarining yer stansiyalari uchun — Xalqaro elektraloqa ittifoqida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha zarur boʻlgan texnik parametrlar;

6) maxsus elektron tizimda hisobi olib boriladigan elektron shakldagi EMMM va radiochastota spektridan potensial foydalanuvchi oʻrtasidagi shartnoma raqami va sanasi;

b) Fuqarolik maqsadlardagi yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) uchun arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs boʻlgan talabgor uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);

jismoniy shaxs boʻlgan talabgor uchun — fa�iliyasi, ismi va otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatga oid maʼlumotlar yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR), telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);

talabgor YuChQdan foydalanib bajaradigan yoki amalga oshiradigan harakat va (yoki) faoliyatning muayyan turi.

Arizaga YuChQning texnik tavsifi ilova qilinadi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori:

a) radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnoma berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori:

T/R

Xizmatnin� nomi va qisqacha texnik tavsifi

Elektromagnit moslashuv xizmatlarining radioelektron vositalarini roʻyxatga olish va foydalanish uchun tariflar (QQS bilan) BHMdan % miqdorida

budjet tashkilotlari

xoʻjalik hisobini yurituvchi va boshqa korxonalar

1

Ishchi chastotalarni tanlash, REVning EMM ekspertizasi va uzatgichning chiqish quvvatidan kelib chiqqan holda chastotalardan foydalanish imkoniyatlarini kelishish — har bir chastota uchun:

4,8

10,2

2

Radiochastotalarga egalik huquqini beruvchi sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish — har bir chastota uchun:

3,2

6,8

3

REVni oʻrnatish maydonchalarini kelishish

1,4

2,9

4

Radiochastotalarni biriktirishda elektromagnit moslashuv hisob-kitobi va ulardan foydalanishda elektromagnit moslashuvining ekspertiza xulosasi — har bir biriktirilgan chastota uchun:

1) TV uzatgichlar:

5,9

12,5

2) Radioeshittirish uzatgichlar:

3,3

7,1

5

Radiochastotalarga egalik huquqini beruvchi sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish — har bir chastota uchun:

1) TV uzatgichlar:

3,9

8,4

2) Radioeshittirish uzatgichlar:

2,2

4,7

6

REVni oʻrnatish maydonchalarini kelishish:

1,4

2,9

7

Radiochastotalarni biriktirish va kelishish, RRLni elektromagnit moslashuv holatining ekspertizasi:

5,1

10,9

8

Radiochastotalarga egalik huquqini beruvchi sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) ruxsatnomalarini rasmiylashtirish — har bir chastota uchun:

3,4

7,2

9

REVni oʻrnatish maydonchalarini kelishish:

1,4

2,9

10

Sunʼiy yoʻldosh aloqa tizimlarining yer stansiyalarining EMMni ekspertizasini oʻtkazish (global yoʻldoshli koʻchma radioaloqalardan tashqari), oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnomalar berish:

51,0

108,6

11

Muddati tugaganligi sababli ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirishda sunʼiy yoʻldosh yer stansiyalarini ekspertizadan oʻtkazish:

15,5

33,0

12

Sunʼiy yoʻldosh yer stansiyalarining joylashtirilgan joyi, uzatgichning nurlanish quvvati hamda EMMga taʼsir qiluvchi boshqa tavsiflari oʻzgarganda foydalanish uchun ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish:

51,0

108,6

13

REVni oʻrnatish maydonchalarini kelishish:

1,4

2,9

14

Radiochastota taqdimotlarini xorijiy davlatlarning aloqa maʼmuriyatlari bilan muvofiqlashtirish va Xalqaro elektraloqa ittifoqida roʻyxatdan oʻtkazish — bitta chastota taqdimoti uchun:

1) Yer usti turgʻun radioxizmati:

1,7

3,7

2) Oʻta yuqori / ultra yuqori chastota diapazonidagi televizion va ovoz eshittirish stansiyalari:

3,7

7,9

3) Yer stansiyasi, radioastronomik va radionavigatsiya stansiyalari:

17,3

36,9

4) Yer usti harakatdagi radioaloqa:

20,7

44,0

5) Yoʻldosh va kosmik stansiyalar:

43,3

92,2

6) Bitta yoʻldosh aloqa yer stansiyasining muvofiqlashtirish hududini hisoblash:

31,4

66,9

b) yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnoma berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

a) fuqarolik maqsadlardagi radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnoma uchun:

25 ish kuni;

120 kun (xalqaro shartnomalarga muvofiq radiochastotalarni xalqaro muvofiqlashtirish zarur boʻlganda).

b) fuqarolik maqsadlardagi yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) uchun:

5 ish kuni.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) fuqarolik maqsadlardagi radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnoma uchun:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektri va REVdan foydalanish boʻyicha qonunchilik talab�ari va normalariga majburiy tarzda rioya qilish;

RChOni xabardor qilmasdan va (yoki) foydalanish ruxsatnomasini olmasdan radiochastotalardan foydalanmaslik*;

Kengash qarorlarida, RChO ruxsatnomalarida va foydalanish shartnomalarida koʻrsatilgan doiradagi xatti-harakatlarni bajarish;

koʻrsatilgan faoliyatning ushbu turdagi faoliyat uchun belgilangan talablar, normalar va qoidalarga muvofiqligi;

mulkdor (egalik qiluvchi) — yuridik shaxs uchun talabgor oʻzgargan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda mulkdor (egalik qiluvchi) — jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat joyi oʻzgarganda qayta roʻyxatga olingandan keyin besh ish kuni davomida RChOni xabardor qilib tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart;

radiochastota organi xizmatlari va (yoki) radiochastota spektridan foydalanganlik uchun toʻlovni amalga oshirish;

b) fuqarolik maqsadlardagi yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) uchun:

turli xil qoʻllaniladigan YuChQdan foydalanishni faqat Kengash qarorlarida koʻrsatilgan polosalar doirasida amalga oshirish;

EMMMning ruxsatisiz Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqarolik maqsadlardagi YuChQni sotib olish (berish), xorijdan olib kirish, shuningdek, ulardan foydalanishni boshlash va tugatish haqidagi xabarnomani taqdim qilmasdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi, xabarnoma talab qilinmaydigan YuChQ bundan mustasno;

sanoat radioxalaqitlarining manbai boʻlishi mumkin boʻlgan YuChQ ular hosil qiladigan radioxalaqitlar bostirilishini taʼminlaydigan qurilmalar bilan jihozlanishi shart;

YuChQni xorijdan olib kirish uchun ruxsatnomalarni olishda talabgor oldin sotib olish (berish) uchun ruxsatnomani rasmiylashtirgan boʻlishi lozim

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

a) fuqarolik maqsadlardagi radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnoma uchun:

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishish xulosasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishish xulosasi.

b) fuqarolik maqsadlardagi yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) uchun:

mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

a) fuqarolik maqsadlardagi radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnoma uchun:

1 yil (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirishga yoʻl qoʻyiladi);

b) fuqarolik maqsadlardagi yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) uchun:

1 yil

12.

Izoh:

a) fuqarolik maqsadlardagi radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnoma uchun:

REVni sotib olish (berish) va oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati davrida foydalanish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirmasdan REVdan yuridik va jismoniy shaxslarga xizmatlar koʻrsatish (tijorat maqsadlari) uchun foydalanish taqiqlanadi;

b) fuqarolik maqsadlardagi yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) uchun:

turli xil qoʻllaniladigan yuqori chastotali qurilmadan foydalanish faqat Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi qarorlarida koʻrsatilgan polosalar doirasida amalga oshiriladi.

*) Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish uchun ruxsatnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining radiochastota organi sifatidagi vakolatini bajaruvchi “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar turlarini va miqdorini koʻrsatgan holda olib kirish uchun ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi ariza.

Arizaga olib kirilayotgan uskunaning toʻliq texnik tavsifi, tovar-transport hujjatlari (invoys, yukxatlar va sh.k.) hamda talab etilganda “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK tomonidan REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun berilgan ruxsatnoma raqami va sanasini koʻrsatgan holda ilova qilinadi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

a) fuqarolik maqsadlardagi radioelektron vositalarni olib kirish ruxsatnomasi uchun:

7 ish kuni.

b) fuqarolik maqsadlardagi yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish ruxsatnomasi uchun:

5 ish kuni.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) fuqarolik maqsadlardagi radioelektron vositalarni olib kirish ruxsatnomasi uchun:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektri va REVdan foydalanish boʻyicha qonunchilik talablari va normalariga majburiy tarzda rioya qilish;

Kengash qarorlarida, RChO ruxsatnomalarida va foydalanish shartnomalarida koʻrsatilgan xatti-harakatlarni bajarish;

koʻrsatilgan faoliyatning ushbu turdagi faoliyat uchun belgilangan talablar, normalar va qoidalarga muvofiqligi;

mulkdor (egalik qiluvchi) — yuridik shaxs uchun talabgor oʻzgargan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, mulkdor (egalik qiluvchi) — jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat joyi oʻzgarganda qayta roʻyxatga olingandan keyin besh ish kuni davomida RChOni xabardor qilib tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berilishi shart;

radiochastota organi xizmatlari va (yoki) radiochastota spektridan foydalanganlik uchun toʻlovni amalga oshirish;

b) fuqarolik maqsadlardagi yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish ruxsatnomasi uchun:

turli xil qoʻllaniladigan YuChQdan foydalanish faqat Kengash qarorlarida koʻrsatilgan polosalar doirasida amalga oshirish;

EMMMning ruxsatisiz Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqarolik maqsadlardagi YuChQni sotib olish (berish), xorijdan olib kirish, shuningdek, ulardan foydalanishni boshlash va tugatish haqidagi xabarnomani taqdim qilmasdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi, xabarnoma talab qilinmaydigan YuChQ bundan mustasno;

Sanoat radioxalaqitlarining manbai boʻlishi mumkin boʻlgan YuChQ ular hosil qiladigan radioxalaqitlar bostirilishini taʼminlaydigan qurilmalar bilan jihozlanishi shart;

YuChQni xorijdan olib kirish uchun ruxsatnomalarni olishda talabgor oldin sotib olish (berish) uchun ruxsatnomani rasmiylashtirgan boʻlishi lozim.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

a) fuqarolik maqsadlardagi radioelektron vositalarni olib kirish ruxsatnomasi uchun:

agar talabgor fuqarolik maqsadlardagi barcha REVni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga sotish maqsadida olib kirayotgan boʻlsa, EMMMning olib kirish ruxsatnomasini olishdan oldin Kengashning radiochastota organlari bilan kelishish natijalari asosida olingan texnik xulosani taqdim qilishi kerak.

REVni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnat�sh (qurish) ruxsatnomasiga ega boʻlmasdan turib xorijdan olib kirish ruxsatnomasini berishga Kengashning tegishli qarori boʻlgan quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:

1) favqulodda vaziyatlarda;

2) Hukumat darajasida shoshilinch tadbirlar oʻtkazilganda;

3) talabgorning REVni keyin olib chiqish toʻgʻrisidagi majburiyati ostida radiochastotalardan vaqtinchalik foydalangan holda chora-tadbirlarni oʻtkazish;

4) REVdan oʻquv maqsadlarida foydalanish (efirga chiqish huquqisiz);

5) mobil aloqa operatorlari tomonidan olib kirilayotgan REV.

Bunday hollarda xorijdan olib kirish uchun ruxsatnomalarni berish uch ish kuni davomida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga fuqarolik maqsadlardagi radiohavaskorlik uskunasini olib kirish faqat EMMMning havaskorlik radiostansiyasidan foydalanish uchun ruxsatnomasi boʻlganda amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga radiohavaskorlik yangi turdagi va yangi raqamli modulatsiya uskunalarini olib kirish va foydalanish Kengashning alohida qarorlari asosida amalga oshiriladi.

Xorijdan olib kirish uchun ruxsatnoma radiochastotalardan va REVdan foydalanish uchun asos boʻlib hisoblanmaydi, havaskorlik radiostansiyalari bundan mustasno;

b) fuqarolik maqsadlardagi yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish ruxsatnomasi uchun:

turli xil qoʻllaniladigan yuqori chastotali qurilmadan foydalanish faqat Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi qarorlarida koʻrsatilgan polosalar doirasida amalga oshiriladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioelektron vositalardan foydalanish uchun ruxsatnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Radioelektron vositalardan foydalanish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Radioelektron vositalardan foydalanish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining radiochastota organi sifatidagi vakolatini bajaruvchi “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

1) harakatdagi, turgʻun, yoʻldoshli aloqa, televideniye va radioeshittirish REV uchun:

soʻrovnoma (turgʻun, tayanch, yoʻldoshli aloqa, televideniye va radioeshittirish REV uchun);

roʻyxatga olish qaydnomasi (transport vositasiga oʻrnatiladigan, koʻtarib yuriladigan REV va abonent terminallari uchun);

qabul qilish komissiyasining dalolatnomasi (televideniye va radioeshittirish, yoʻldosh aloqa REV uchun);

2) radiotelefonlar uchun:

radiotelefon egasining familiyasi koʻrsatilgan holda har bir radiotelefon uchun alohida toʻldirilgan soʻrovnoma;

radiotelefonni joylashtirish joyi toʻgʻrisida maʼlumot (manzili, sekundgacha aniqlik bilan geografik koordinatalari);

chastotalar rejasi (rejalashtirilayotgan radiochastota diapazoni yoki nominallari);

nurlanish tasnifi;

antennalar turi, ularning miqdori va yer sathi�a nisbatan osma balandligi, antenna tayanchlarining maksimal balandligi, nurlanish azimutlari va elektromagnit nurlanishga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa tavsiflar;

radiouzatish qurilmalarining miqdori, turlari va quvvati;

EMMM tomonidan oʻtkazilgan radiotelefon texnik tavsiflarini oʻlchash protokoli raqami va sanasi;

radiotelefon egasiga antennani oʻrnatish uchun inshoot tomidan foydalanishga ruxsat beruvchi obyektlar va inshootlar egalarining rozilik xati;

mobil (transport vositasiga oʻrnatiladigan) va koʻtarib yuriladigan (terminallar) REV uchun roʻyxatga olish qaydnomasi.

3) havaskorlik radiostansiyalari uchun:

tarjimayi hol— yakka tartibda foydalaniladigan havaskorlik radiostansiyalarining egalari uchun;

REVni joylashtirish joyi toʻgʻrisida — yakka tartibdagi va/yoki jamoaviy foydalanishdagi havaskorlik radiostansiyalarining egalari uchun radiostansiyaning joylashgan joyi tushirilgan va quyidagilar koʻrsatilgan holda maʼlumot:

antennalar turi, ularning soni va erga nisbatan osma balandligi, antenna tayanchlarining maksimal balandligi, nurlanishlar azimutlari va elektromagnit nurlanishga taʼsir koʻrsatadigan boshqa tavsiflar;

radiouzatish qurilmalarining soni, turlari va quvvati;

16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun qoʻshimcha ravishda radiostansiyani oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish uchun ota-onasining yozma roziligi majburiyati;

jamoa boʻlib foydalaniladigan havaskorlik radiostansiyasini ishga tushirish uchun qoʻshimcha ravishda bu radiostansiyalar uchun xonani ajratuvchi tashkilot yoki shaxsning roziligi hamda havaskorlik radiostansiyasi egasining roziligi.

4) xorijiy davlatlarning havaskorlik radiostansiyalari uchun:

xorijiy davlatlarning ruxsatnomasi (litsenziyasi) nusxasi;

xorijiy davlat fuqarosining pasporti nusxasi;

havaskorlik radiostansiyalariga taalluqli sport turlarini muvofiqlashtiruvchi vakolatli organining iltimosnomasi.

5) maxsus elektron tizimda hisobi olib boriladigan elektron shakldagi EMMM bilan radiochastota spektridan potensial foydalanuvchi oʻrtasidagi shartnoma raqami va sanasi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori:

T/R

Xizmatning nomi va qisqacha texnik tavsifi

Elektromagnit moslashuv xizmatlarining radioelektron vositalarni roʻyxatga olish va foydalanish uchun tariflar (QQS bilan) BHMdan % miqdorida

budjet tashkilotlari

xoʻjalik hisobini yurituvchi va boshqa korxonalar

1

Ruxsatnoma berishda elektromagnit moslashuviga taʼsir qiluvchi ochilayotgan (tashkil etilayotgan) radiotarmoq konfiguratsiyalari va parametrlari yoki radioaloqa tizimi oʻzgarganda har bir qurilmani (uzatkich)ni roʻyxatga olish uchun toʻlov:

0,40

0,90

2

Ruxsatnoma berishda ochilayotgan (tashkil etilayotgan) yoki radiotarmoq konfiguratsiyalari va parametrlari yoki radioaloqa tizimi oʻzgarganda har bir qabul qiluvchi qurilmani roʻyxatga olish uchun toʻlov:

0,10

0,20

3

Ruxsatnomani muddatini uzaytirishda radiotarmoq konfiguratsiyasi oʻzgarmaganda har bir radiostansiya (uzatgich va (yoki) qabul qiluvchi qurilma) uchun:

0,25

0,55

4

Ruxsatnomani muddatini uzaytirishda radiotarmoq konfiguratsiyasi oʻzgarmaganda har bir TV va radioeshittirish uzatkich uchun:

0,20

0,45

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektri va REVdan foydalanish boʻyicha qonunchilik talablari va normalariga majburiy tarzda rioya qilish;

ruxsatnomada belgilanmagan radiochastotalardan foydalanmaslik*;

axborot xavfsizligi va radioaloqaning konfidensialligi talablarini buzmaslik*;

Kengash qarorlarida, RChO ruxsatnomalarida va foydalanish shartnomalarida koʻrsatilgan xatti-harakatlarni bajarish;

koʻrsatilgan faoliyatning ushbu turdagi faoliyat uchun belgilangan talablar, normalar va qoidalarga muvofiqligi;

mulkdor (egalik qiluvchi) — yuridik shaxs uchun talabgor oʻzgargan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan holda, mulkdor (egalik qiluvchi) — jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat joyi oʻzgarganda qayta roʻyxatga olingandan keyin besh ish kuni davomida RChOni xabardor qilib tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart;

radiochastota organi xizmatlari va (yoki) radiochastota spektridan foydalanganlik uchun toʻlovni amalga oshirish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

3 yildan koʻp emas.

12.

Izoh:

Agar REVdan litsenziyalanadigan faoliyat turlarida foydalanilsa, u holda REVdan foydalanish ruxsatnomasining umumiy amal qilish muddati litsenziyaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.

*) Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-avgustdagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2023-y., 09/23/417/0648-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning oʻzaro hamkorligi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirliklar va idoralarning oʻzaro hamkorligini tartibga solish, shuningdek, radioaloqa vositalariga, televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishga taʼsir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), olib kirish va ulardan foydalanish boʻyicha ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) televideniye, radioeshittirish dasturlarini qabul qilish uchun moʻljallangan qurilmalar, maishiy radioelektronika mahsulotlari, agar bunday qurilmalar va mahsulotlarni savdo tarmogʻi orqali sotishga ruxsat berilgan boʻlsa hamda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) ruxsatisiz foydalanishga yoʻl qoʻyiladigan radioelektron vositalar (keyingi oʻrinlarda — REV) va yuqori chastotali qurilmalar (keyingi oʻrinlarda — YuChQ);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasining mudofaasi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan foydalaniladigan yoki foydalanishga moʻljallangan REV va YuChQ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) parvozlar va havo harakatdagi xizmatining radionavigatsiyasini taʼminlash maqsadida fuqaro aviatsiyasi korxonalari tomonidan foydalaniladigan yoki foydalanishga moʻljallangan, Xalqaro elektraloqa ittifoqining tavsiyalariga va Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotining standartlariga mos keladigan bortdagi va yer usti REV;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bilan oʻtadigan, bojxona nazorati ostida boʻladigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlish vaqti davomida foydalanilmaydigan REV va YuChQ.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota spektri — shartli ravishda uch ming gigagersdan kamroq qilib qabul qilingan oraliqdagi radiochastotalar toʻplami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota polosasi — radiochastota spektrining muayyan sharoitlarda radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish uchun moʻljallangan qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota spektridan foydalanuvchi — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish uchun radiochastota organining ruxsatnomasiga ega boʻlgan yuridik yoxud jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radioelektron vositalar — radiotoʻlqinlarni tarqatish va (yoki) qabul qilish uchun moʻljallangan texnik qurilmalar yoki tizimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota spektrining monitoringi — radiochastota spektrining holatini kuzatish, undan foydalanishni baholash, radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining oldini olish va bartaraf etish uchun moʻljallangan tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektromagnit moslashuv — radioelektron vositalarning ularga radioxalaqitlar taʼsir etib turgan bir vaqtning oʻzida mavjud ishlatish sharoitlarida talab darajasidagi sifat bilan ishlay olish qobiliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radioxalaqitlar — radioelektron vositalar yordamida radiosignallar qabul qilishni va ulardan foydali axborot ajratilishini qiyinlashtiradigan yoki umuman imkon bermaydigan elektromagnit nurlanishlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Radiochastota spektri, REV va YuChQdan foydalanishni monitoring qilish ishlarini oʻtkazish, shuningdek, radioxalaqitlarni, shu jumladan, industrial radioxalaqitlarning oldini olish “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — EMMM) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. REV va YuChQni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQni sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzkomnazorat) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQni sotish (berish)ning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish Oʻzkomnazorat tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi nazorati ostidagi avtomobillarda va boshqa transport vositalarida REVni oʻrnatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar borligini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududida noqonuniy ravishda foydalanilayotgan REV va YuChQni, shuningdek radioboshqaruv moslamasi bilan taʼminlangan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. REV va YuChQning bojxona chegarasi orqali harakatlanishining nazorat qilinishi amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. EMMM va uning joylardagi hududiy boʻlinmalari radiochastota spektridan foydalanish tartibi buzilishlarini aniqlash va oldini olish boʻyicha radiochastota spektri monitoringini amalga oshirishda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilmagan maʼlumotlar bilan yoki belgilangan qoidalarni buzgan holda uzatuvchi REVdan foydalanish, shuningdek, belgilangan talablarni buzgan holda davlat sirini tashkil qiluvchi axborot bilan ishlashni nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Noqonuniy ishlatilayotgan REV va YuChQni aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Noqonuniy ishlatilayotgan REV va YuChQni aniqlash quyidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EMMM va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan — radiochastota spektrining monitoringini oʻtkazishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzkomnazorat tomonidan — aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini belgilangan tartibda nazorat qilish, oʻrganish va tekshirishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati tomonidan — avtotransport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari tomonidan — belgilangan tartibda tekshiruvlarni, shuningdek, tezkor-qidiruv chora-tadbirlarini oʻtkazishda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat samaradorligini taʼminlash uchun Vazirlik va uning hududiy boshqarmalari yuqorida koʻrsatilgan organlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, shuningdek, belgilangan tartibda kelishilgan reja boʻyicha birgalikdagi chora-tadbirlarni oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. EMMM radiochastota spektrining monitoringini qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiochastota spektrining monitoringi boʻyicha maʼlumotlar ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq rasmiylashtiriladi, tahlil qilingandan va umumlashtirilgandan keyin Vazirlikka taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan organlar har yili birgalikda oʻtkaziladigan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlaydi, bu chora-tadbirlarning bajarilishi Vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Radiochastota spektrining monitoringi maʼlumotlari, shuningdek, ushbu Nizomda belgilangan tartibda aniqlangan noqonuniy ishlatilayotgan uzatkichlar boʻyicha maʼlumotlar asosida ushbu Nizomning 2-bobida koʻrsatilgan organlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, huquqbuzarlarga nisbatan choralar koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda REV va YuChQni sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibining buzilishi boʻyicha aniqlangan huquqbuzarlik faktlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 281-moddasiga muvofiq maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma belgilangan tartibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. REV va YuChQni tayyorlash, olish yoki doimiy yoxud vaqtincha foydalanishga berishda belgilangan tartibning buzilishlari aniqlanganda Ichki ishlar vazirligi organlari va Oʻzkomnazorat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 281 va 290-moddalariga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi tomonidan uskunani olib qoʻygan holda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma belgilangan tartibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Zarurat yuzasidan olib qoʻyilgan REV va YuChQ ekspert xulosasini tayyorlash uchun EMMMga yuborilishi mumkin. Bunda EMMM yoki uning tegishli hududiy boʻlinmalari mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklga koʻra dalolatnomani rasmiylashtirgan holda REV va YuChQ taqdim etilgan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay REV va YuChQni texnik ekspertizadan oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ish boʻyicha boshqa hujjatlar va ashyoviy dalillar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 282-moddasiga muvofiq huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan paytdan boshlab bir sutkadan kechiktirmay maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqayotgan vakolatli organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish), foydalanish hamda diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari — radiochastota spektridan foydalanuvchilari tomonidan ularni xorijdan olib kirish tartibining buzilishlari aniqlangan holda Tashqi ishlar vazirligi nazorat qiluvchi organlarining taqdimoti boʻyicha bu tashkilotlarni aniqlangan buzilishlar toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida koʻrsatilgan tartibning buzilishiga yoʻl qoʻygan xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolarga, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq choralar koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Radioaloqa vositalariga, televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishga taʼsir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Radiochastota organlari (keyingi oʻrinlarda — RChO) radiochastota spektri foydalanuvchilaridan har xil radioxizmat turlariga taʼsir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun buyurtmalarni qabul qiladi, shuningdek, ushbu radioxalaqitlar kelib chiqishiga sababchi boʻlgan REV va YuChQ egalariga ushbu manbalarning salbiy taʼsirini bartaraf etish toʻgʻrisida daʼvolarni taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Fuqarolik maqsadlardagi REVdan hamda televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishda hosil boʻladigan radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun buyurtmalarni koʻrib chiqish boʻyicha zarur tashkiliy-texnik chora-tadbirlar RChO — EMMM tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi mustaqil ravishda buyurtmani elektron shaklda toʻldirgan holda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali EMMMga murojaat etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali yuborilgan buyurtmalar avtomatik ravishda EMMM tomonidan ish kunlari qabul qilib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioaloqa vositalariga, televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishga taʼsir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun buyurtmalarni koʻrib chiqish boʻyicha davlat xizmati bepul koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Harbiy va hukumat tuzilmasining radioaloqa vositalari va tizimlariga taʼsir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish ishlari Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Xalaqitlarni tekshirish va bartaraf etish jarayonlari, bir RChO radiochastota taʼminotida boʻlgan REVga nisbatan radioxalaqit uchun buyurtmani boshqa RChO tomonidan koʻrib chiqish va eng muhim ahamiyatga ega murakkab xalaqitlarni tekshirish ikkita yoki barcha RChO tomonidan birgalikda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. REV egalari va boshqa RChOdan buyurtmalarni faqat oʻziga tegishli boʻlgan REV ushbu RChOda roʻyxatdan oʻtgan va foydalanish uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan radiochastota spektri foydalanuvchilaridan qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmalar ixtiyoriy shaklda rasmiylashtiriladi, radioxalaqitning paydo boʻlishi qisqa muddatli tusga ega boʻlsa, buyurtmada radioxalaqit paydo boʻlishining vaqti davri koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun buyurtmalar RChO tomonidan ularning kelib tushish tartibida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Quyidagi buyurtmalar navbatdan tashqari koʻrib chiqiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlash uchun moʻljallangan radioaloqa vositalari va tizimlariga taʼsir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidagi harbiy va fuqaro havo kemalari parvozlarining xavfsizligini taʼminlovchi radiotizimlar va radioaloqa vositalariga taʼsir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, davlat ichidagi konstitutsiyaviy tuzumni muhofaza qilish uchun foydalaniladigan radioaloqa tizimlari va vositalariga taʼsir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishga taʼsir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun buyurtmalarni koʻrib chiqish muddatlari quyidagilarni tashkil qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 ish kunidan koʻp emas — radioxalaqitlar manbaini aniqlash murakkab boʻlmagan hollarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12 ish kunidan koʻp emas — radioxalaqitlar manbaini qidirish va aniqlash zarur boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30 ish kunidan koʻp emas — radioxalaqitlar manbaini aniqlash, topish qiyin boʻlgan hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, 12 ish kunidan keyin talabgor buyurtmani koʻrib chiqish muddatlari uzaytirilganligi toʻgʻrisida xabardor qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun buyurtmani koʻrib chiqish muddati ushbu buyurtma tushgan va RChOda roʻyxatga olingan kundan boshlab radioxalaqitlar manbai aniqlangan va bartaraf etilgan kungacha hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioaloqa vositalariga, televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishga taʼsir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun buyurtma qabul qilish davlat xizmati mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Agar buyurtmani koʻrib chiqish davomida radioxalaqit manbai xorijiy (chegaradosh) davlat hududida joylashganligi aniqlansa, EMMM tegishli davlatning aloqa sohasidagi vakolatli organiga murojaatni tayyorlash uchun kerakli maʼlumotlar koʻrsatilgan axborotni Xalqaro elektraloqa ittifoqining (keyingi oʻrinlarda — XEI) PR-10 shaklida Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashining ishchi organi — Vazirlikka yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu buyurtma boʻyicha radioxalaqit manbai bartaraf etilganligi toʻgʻrisida Vazirlikdan axborot olingunga qadar EMMM tomonidan radioxalaqit boʻyicha radiochastota spektri monitoringi ishlari toʻxtatib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday holda EMMM buyurtma beruvchiga radioxalaqitlar manbaini aniqlash ishlarining natijalari toʻgʻrisida yozma ravishda xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EMMM Vazirlikdan axborotni olgandan keyin buyurtma beruvchiga radioxalaqitlar manbaini bartaraf etish ishlarining holati toʻgʻrisida yozma ravishda xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mazmunidan radio qabul qilish buzilishining sababi noaniq boʻlgan buyurtmalar boʻyicha RChO vakillari joyiga chiqib radiochastota spektri monitoringi ishlarini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EMMM faqat ushbu hududni radioeshittirish dasturlari bilan taʼminlash uchun moʻljallangan radiostansiyalardan signallarni qabul qilishda buzilishlar kuzatilgan hollarda uzun (UT), oʻrta (OʻT) va qisqa toʻlqinlarda (QT) radioeshittirish dasturlarini qabul qilishga taʼsir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish ishlarini oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. EMMM buyurtmachining qabul qilish qurilmasi ishonchli qabul qilish hududida boʻlgan holdagina televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishga taʼsir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish ishlarini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi radionurlanishlar taʼsirida radiochastota spektridan foydalanuvchilarining REVga xalaqitlar yuzaga kelganda ular RChO bilan birgalikda radioxalaqitlar manbaini qidirishda ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi radionurlanishlar va/yoki qabul qilgich (uzatkich)ning jamlamalari bilan bogʻliq boʻlgan nosozliklar va yetarlicha himoyalanmaganligi sababli REVning ishlashida salbiy holatlar aniqlanganda buyurtma beruvchiga asoslangan rad javobi yuboriladi va buyurtmani koʻrib chiqish toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Fuqarolik maqsadlardagi REV, YuChQ, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan turli texnik vositalar tomonidan hosil qilinadigan radioxalaqitlar manbai aniqlanganda EMMM vakillari tomonidan aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish muddati koʻrsatilgan holda radioxalaqitlar manbaining egasiga ogohlantirish xati topshiriladi. Ogohlantirish xatida koʻrsatmani bajarish muddati radioxalaqitlar turiga va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish murakkabligiga qarab belgilanadi, ammo uning maksimal muddati oʻn kundan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. EMMM buyurtma beruvchi bilan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha dalolatnoma tuzadi va radioxalaqitlar manbai aniqlanganligi, ushbu manba egasiga esa uning xalaqit qiluvchi taʼsirini bartaraf etish talabi qoʻyilganligi toʻgʻrisida xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EMMM tomonidan imzolangan dalolatnomaning elektron shakli va radioxalaqitning bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali ariza beruvchiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Radioxalaqitlar manbaining egasi tomonidan ogohlantirish xatidagi koʻrsatma belgilangan muddatda sababsiz bajarilmagan hollarda EMMM tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda REV yoki YuChQdan foydalanishni vaqtinchalik toʻxtatish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar radioxalaqitlarni bartaraf etish buyurtmasini koʻrib chiqish davomida RChO tomonidan REV yoki YuChQning ishlashi fuqarolarning sogʻligʻiga va atrof muhitga zararli taʼsir koʻrsatishi aniqlansa, bu vositalar va qurilmalarning faoliyati darhol toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Televideniye yoki radioeshittirishni qabul qilishning buzilishiga qabul qiluvchi yoki antenna-fider qurilmasining nosozligi sabab ekanligi aniqlanganda EMMM vakili tegishli taʼmirlash xizmatlariga murojaat qilish tavsiya qilingan yozma xulosani beradi, buyurtma boʻyicha keyingi ishlar toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Radioxalaqitlar paydo boʻlishi qisqa muddatli davriy tusga ega boʻlganda EMMM vakili radioxalaqit paydo boʻlishining taxmin qilingan vaqtidan 30 daqiqa oldin buyurtma beruvchining oldiga borishga va bir soat davomida ushbu radioxalaqitlarning paydo boʻlishini kutishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar buyurtmani tekshirish davomida davriy tusga ega boʻlmagan, uning taʼsir vaqti uni qidirish imkonini bermaydigan darajadagi qisqa muddatli radioxalaqit boʻlsa, ushbu buyurtma boʻyicha tekshiruv toʻxtatiladi, buyurtmachiga esa asoslangan tushuntirish beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Televideniye va radioeshittirish dasturlarini hamda radioaloqani qabul qilishga taʼsir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun buyurtmalarni koʻrib chiqishda EMMM birgalikda tekshirish uchun teleradioeshittirish va radioaloqa operatorlarini jalb qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Teleradioeshittirish va radioaloqa operatorlari EMMMga radioxalaqitlar manbalarini aniqlashda oʻzining radiouzatish vositalarini qisqa muddatga oʻchirib qoʻyishgacha boʻlgan kerakli yordamni koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar televideniye va radioeshittirish dasturlarini ishonchli qabul qilish hududidagi REV radioxalaqitlarni hosil qilsa, ularning egalari, garchi ular tomonidan foydalanilayotgan REV parametrlari va texnik xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan standartlar va texnik meʼyorlarga mos kelsa ham ushbu radioxalaqitlarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralarni koʻrishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Agar buyurtmani koʻrib chiqish davomida yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan radioxalaqitlar RChOning xatolari oqibatida kelib chiqqan boʻlsa, u holda ushbu RChO yuzaga kelgan radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun zarur choralarni koʻrishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Radioxalaqitning xalaqit qiluvchi taʼsirini oʻz kuchlari va vositalari bilan bartaraf etish imkoni boʻlmagan hollarda RChO, zarur boʻlganda, radioxalaqitlar manbalarini aniqlash va bartaraf etishda bir-birlariga koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Radiochastota spektridan foydalanishning belgilangan tartibi (REV va YuChQni xorijdan olib kirish, sotish, olish va ishlatish, shu jumladan, EMMM ruxsatnomasi talab etilmaydigan, Kengash qarori bilan foydalanayotgan REV hamda industrial radiohalaqit manbai) buzilishi bilan bogʻliq radioxalaqitlar manbalari aniqlanganda EMMM qonunchilikka muvofiq zarur boʻlgan maʼmuriy javobgarlik choralarini koʻrish uchun Oʻzkomnazoratga tegishli axborotni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Oʻzbekiston Respublikasi REV tomonidan hosil qilinadigan radioxalaqitlarga xorijiy davlatlar tomonidan daʼvolar kelib tushganda Vazirlik tomonidan RChO bilan birgalikda bu daʼvolarning huquqiy asosi, radioxalaqitlarni hosil qiluvchi REVning kimga tegishliligi aniqlanadi va agar ushbu daʼvolar asoslangan hamda tegishli kelishuvlar bilan mustahkamlangan boʻlsa, radioxalaqitlarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Agar Oʻzbekiston Respublikasidagi radioxalaqitlarga uchrayotgan REV Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa byurosida roʻyxatga olingan hamda radiochastota ajratilishi xalqaro muvofiqlashtirishni hisobga olib amalga oshirilgan boʻlsa, Vazirlik bu davlatga tegishli REV tomonidan hosil qilinadigan radioxalaqitlarni bartaraf etish zarur choralarini koʻrish talabi bilan xatni tayyorlaydi va belgilangan tartibda tegishli davlatning aloqa maʼmuriyatiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. RChO radioxalaqitlarning oʻz vaqtida aniqlanmaganligi va bartaraf etilmaganligi, shuningdek, REV elektromagnit moslashuvining xato ekspertiza qilinganligi sababli yuzaga kelgan radioxalaqitlar uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun telefon orqali ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda qabul qilingan buyurtmalarni RChOlarda koʻrib chiqish natijalarini birlamchi hisobga olish maqsadida buyurtmalarning tushishini va koʻrib chiqilishini hisobga olish jurnali yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtma boʻyicha koʻrilgan choralarni nazorat qilish buyurtma beruvchidan radioqabul qilishga taʼsir bartaraf etilganligining tasdigʻi olingunga qadar yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Radioqabul qilishning sifati toʻgʻrisida buyurtma beruvchiga soʻrov yuborilgandan keyin undan oʻn kun mobaynida javob kelmasa, buyurtma nazoratdan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Oʻtkazilgan ishlar natijalariga koʻra RChO tomonidan belgilangan shaklda radioqabul qilishga radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun berilgan buyurtmalarni koʻrib chiqishning yillik tahlili oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Hisobga olish va hisobot berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Yilning har choragida, chorakdan keyingi oyning beshinchi kunigacha Ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, shuningdek, Oʻzkomnazoratning hududiy boʻlinmalari va EMMMning hududiy boʻlinmalari aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha oʻzaro solishtirishlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Oʻzaro solishtirib chiqish yakunlari boʻyicha EMMMning hududiy boʻlinmalari tomonidan mazkur Nizomga 4-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha umumlashtirilgan axborot tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. EMMM tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQni sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilish ishlarining yakunlari boʻyicha umumlashtirilgan axborot chorakdan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay Vazirlikka Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) hisobotlariga kiritish uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning oʻzaro hamkorligi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioaloqa vositalariga, televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishga taʼsir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun buyurtmalarni koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabgor

1. Talabgor oʻzi va radioelektron vosita (REV) toʻgʻrisida tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza tayyorlaydi.

2. Arizani radiochastota organiga YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali taqdim etadi*.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Radiochastota organlari

1. Arizani tegishli radiochastota organidan roʻyxatdan oʻtgan va foydalanish uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan radiochastota spektri foydalanuvchilaridan YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali qabul qiladi*.

2. Aholidan televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishda yuzaga kelayotgan radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun buyurtmalar EMMM tomonidan qabul qilinadi.

Buyurtmalar ixtiyoriy shaklda rasmiylashtiriladi, radioxalaqitning paydo boʻlishi qisqa muddatli tusga ega boʻlsa, buyurtmada radioxalaqit paydo boʻlishining vaqti koʻrsatiladi.

1-2. Kelib tushgandan soʻng xalaqit 5 ish kunidan koʻp boʻlmagan radioxalaqitlar manbaini aniqlash murakkab boʻlmagan hollarda;

12 ish kunidan koʻp boʻlmagan xalaqitlar manbaini qidirish va aniqlash zarur boʻlganda;

30 ish kunidan koʻp boʻlmagan xalaqitlar manbaini aniqlash, topish qiyin boʻlgan hollarda.

3-bosqich

“Elektromagnit moslashuvi markazi” DUK

1. Agar buyurtmani koʻrib chiqish davomida radioxalaqit manbai xorijiy (chegaradosh) davlat hududida joylashganligi aniqlansa, EMMM tegishli davlatning aloqa sohasidagi vakolatli organiga murojaatni tayyorlash uchun kerakli maʼlumotlar koʻrsatilgan axborotni Xalqaro elektraloqa ittifoqining PR-10 shaklida Kengashining ishchi organi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga yuboradi.

Ushbu buyurtma boʻyicha radioxalaqit manbai bartaraf etilganligi toʻgʻrisida Vazirlikdan axborot olingunga qadar EMMM tomonidan xalaqit boʻyicha radiochastota spektri monitoringi ishlari toʻxtatib turiladi.

Bunday holda EMMM buyurtmachiga yozma ravishda xabar qiladi.

4-bosqich

Kengashning ishchi organi (Raqamli texnologiyalar vazirligi)

1. Boshqa davlatlar aloqa maʼmuriyatlariga xalaqitlarni bartaraf qilish uchun yuboradi.

Besh ish kuni ichida

5-bosqich

“Elektromagnit moslashuvi markazi” DUK

1. Fuqarolik maqsadlardagi REV, YuChQ, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan turli texnik vositalar tomonidan hosil qilinadigan radioxalaqitlar manbai aniqlanganda EMMM vakillari tomonidan aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish muddati koʻrsatilgan holda radioxalaqitlar manbaining egasiga ogohlantirish xati topshiriladi.

Uch ish kuni ichida

6-bosqich

Radiochastota organlari

1. Buyurtma beruvchi bilan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha dalolatnoma tuzadi va radioxalaqitlar manbai aniqlanganligi, ushbu manba egasiga esa uning xalaqit qiluvchi taʼsirini bartaraf etish talabi qoʻyilganligi toʻgʻrisida YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali buyurtmachiga xabar qiladi*.

Uch ish kuni ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Harbiy va hukumat tuzilmasining radioaloqa vositalari va tizimlariga taʼsir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish ishlari radiochastota organlari: Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan mazkur qaror asosida qabul qilingan ichki yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning oʻzaro hamkorligi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Namuna

Oʻrta toʻlqinlar, qisqa toʻlqinlar va ultra qisqa toʻlqinlar diapazonlarida radiochastota spektri monitoringi davomida va jamoaviy radiohavaskorlik stansiyalari tomonidan qayd qilingan noqonuniy radiouzatish qurilmalarining ishlashi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1. Radionazorat punktida (RNP) roʻyxatga olingan signallar, REV soni, jami ________

shu jumladan:

Oʻrta toʻlqinli va qisqa toʻlqinli diapazonlarda _____________________________________

Ultra qisqa toʻlqinli diapazonda _________________________________________________

xorijiy (chegaradosh) davlat (respublika)lar hududidan, jami ___________________________

2. Aniqlangan noqonuniy ishlatilayotgan uzatkichlar soni, jami ________ shu jumladan:

Oʻrta toʻlqinli va qisqa toʻlqinli diapazonlarda ishlatilayotganlari (radiohavaskorlik, yasama tayyorlangan) ______________________________________________________________________

Ultra qisqa toʻlqinli diapazonda ishlatilayotganlari, jami ____________________________

shu jumladan:

xorijiy (chegaradosh) davlat hududidan, jami ________________________________________

radiotelefonlar, radiouzaytirgichlar _______________________________________________

radiostansiyalar (radiotarmoq) _____________________________________________________

boshqa uzatish qurilmalari (TV uzatkichlar, va h.) ______________________________________

Boshliq _______________________

(F.I.O.)

sana

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning oʻzaro hamkorligi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Namuna

Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni texnik

ekspertizadan oʻtkazish __________-son

DALOLATNOMASI

_________sana

Ushbu dalolatnoma “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining ______________________________________________ mutaxassislari tomonidan tuzildi.

(dalolatnomani tuzgan shaxslarning F.I.O, lavozimi)

___________________________________________________________________ga muvofiq

(hujjat nomi (xat, ariza, REVdan foydalanish buzilganligi aniqlanganligi haqida dalolatnoma); hujjat raqami, sana)

_____________________________________________________________________ turidagi

(nomi va markasi; zavod raqami)

___________________________ga tegishli REV va/yoki YuChQ texnik ekspertizadan oʻtkazildi

(REV va/yoki YuChQ egasining F.I.O.)

va natijada shu aniqlandiki: ___________________________________________________

1. Qabul qilish/uzatishning ishchi chastotalari (kanallari)_____________________________

2. REV yoki YuChQ quvvati __________________________________________________________

Koʻrsatilgan qurilmadan radiouzatishlarni olib borish uchun foydalanilgan, foydalanilishi mumkin (keraklisining tagiga chizilsin).

Texnik ekspertiza xulosasi:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuqorida koʻrsatilgan REV va/yoki YuChQdan foydalanishga (ruxsat beriladi* yoki taqiqlanadi**)_________________________________.

(soʻzlar bilan yoziladi)

* Belgilangan tartibda REV va/yoki YuChQni oʻrnatish va REVdan foydalanish uchun tegishli ruxsatnomani rasmiylashtirish zarur.

* Nazorat qiluvchi organlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli choralar koʻriladi.

_______________________________________________________________________________

(Boʻlinma rahbarining familiyasi, ism va otasining ismi, imzosi)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) oʻrnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning oʻzaro hamkorligi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Namuna

____________________ hisobot davri uchun

Noqonuniy ishlatilayotgan uzatkichlarni aniqlash boʻyicha bajarilgan ish toʻgʻrisida maʼlumotlar

T/r

Bajarilgan ishlar

Koʻrsatkich

(birlikda)

1.

Oʻtkazilgan reydlar soni

2.

Aniqlangan REV yoki YuChQ soni

shundan:

xorijdan olib kirishda

sotishda, olish (berish)da

sotib olish (berish), oʻrnatish (qurish), foydalanishda

2.1

Shu jumladan OʻT va QT diapazonida ishlatilayotganlari

2.2

UQT diapazonida ishlatilayotganlari

3.

Aniqlangan REV yoki YuChQga nisbatan quyidagi choralar koʻrildi

3.1

Olib qoʻyilgan REV yoki YuChQ soni, shundan:

3.1.1

Maʼmuriy javobgarlikka (jarimaga) tortilgan REV yoki YuChQ egalari soni

3.2

Radiochastota organlari tomonidan berilgan ruxsatnomalari soni

3.3

Keyinchalik foydalanish taqiqlangan (davlat hisobiga musodara qilingan, yoʻq qilingan) REV yoki YuChQ soni

3.4

Materiallar radiochastota organi tomonidan rasmiylashtirish bosqichida

3.5

Sudga berilgan materiallar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy olib kirilgan, sotilayotgan mobil aloqa tizimlarining abonent mobil qurilmalarini (global va hududiy yoʻldosh tizimlarining mobil telefonlari, GSM shlyuz hamda mobil repitor kuchaytirgichlar bundan mustasno) aniqlash boʻyicha bajarilgan ishlar hisobi mazkur maʼlumotlarga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“EMMM” DUKning hududiy boshqarmasi boshligʻi

____________________ sana

(imzo, F.I.O.)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-avgustdagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2023-y., 09/23/417/0648-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi radiochastota biriktirishlarini xalqaro huquqiy himoya qilish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi radioelektron vositalariga biriktirilgan radiochastotalarni xalqaro huquqiy himoya qilish maqsadlari va tartibini, radiochastotalarni xalqaro huquqiy himoya qilish boʻyicha ishlarning bajarilishi jarayonida radiochastota spektridan foydalanuvchilari — yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, diplomatik vakolatxonalar, xorijiy davlatlarning konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari, xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning oʻzaro munosabatlari tartibi va asosiy majburiyatlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻrnatilgan turli radioxizmatlardagi radioelektron vositalar (keyingi oʻrinlarda — REV) uchun radiochastota biriktirishlarga ariza berish, muvofiqlashtirish, roʻyxatdan oʻtkazish kabi xalqaro huquqiy himoya qilish masalalarini hal qilishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan turli maqsadlar uchun radioaloqa vositalari va tizimlariga buyurtma beradigan, olib kiradigan, ishlab chiqadigan, ishlab chiqaradigan (sotib oladigan) va ulardan foydalanadigan radiochastota spektrining barcha foydalanuvchilari uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota spektri — shartli ravishda uch ming gigagersdan kamroq qilib qabul qilingan oraliqdagi radiochastotalar toʻplami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota polosasi — radiochastota spektrining muayyan sharoitlarda radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish uchun moʻljallangan qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota spektridan foydalanuvchi — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish uchun radiochastota organining ruxsatnomasiga ega boʻlgan yuridik yoxud jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radioelektron vositalar — radiotoʻlqinlarni tarqatish va (yoki) qabul qilish uchun moʻljallangan texnik qurilmalar yoki tizimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota spektrining monitoringi — radiochastota spektrining holatini kuzatish, undan foydalanishni baholash, radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining oldini olish va bartaraf etish uchun moʻljallangan tashkiliy-texnik chora-tadbirlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektromagnit moslashuv — radioelektron vositalarning ularga radioxalaqitlar taʼsir etib turgan bir vaqtning oʻzida mavjud ishlatish sharoitlarida talab darajasidagi sifat bilan ishlay olish qobiliyati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Radiochastota biriktirishlarni xalqaro huquqiy himoya qilishning asosiy maqsad va tamoyillari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Radiochastota biriktirishlarni xalqaro huquqiy himoya qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasining turli radioaloqa xizmatlari tomonidan cheklangan resurs hisoblangan radiochastota spektridan foydalanishning huquqiy taʼminoti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasining turli maqsadlardagi radioaloqa vositalari yoki muayyan qurilmalarning radiochastota polosalari yoki alohida radiochastota biriktirishlaridan foydalanish huquqining xalqaro miqyosda tan olinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasining turli maqsadlardagi vositalari va tizimlariga boshqa davlatlarning sunʼiy yoʻldosh va erusti radioaloqa xizmatlari REV tomonidan biror maqsadsiz yuzaga kelgan xalaqitlarini bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) istiqbolli aloqa tizimlari uchun radiochastota polosalaridan va yer sunʼiy yoʻldoshlarining orbital pozitsiyalaridan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi radioaloqa xizmatlari manfaatlarini himoya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Radiochastota biriktirishlarini xalqaro huquqiy himoya qilishning mahalliy va xorijiy erusti va sunʼiy yoʻldosh tizimlarining rivojlanish istiqbollari, shuningdek, radioxizmatlarning ehtiyojlarini qondirish uchun radiochastota spektridan foydalanishning xalqaro tartibga solish mexanizmi tahlil qilish asosida maqsadli ravishda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Radiochastota biriktirishlarini xalqaro huquqiy himoya qilish, Xalqaro elektraloqa ittifoqining (keyingi oʻrinlarda — XEI) Nizomi va Konvensiyasi, XEI Radioaloqa reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Radioaloqa reglamenti), radiochastota spektridan foydalanish masalalari boʻyicha mintaqaviy kelishuvlar, shuningdek, chegaradosh davlatlar bilan radiochastota biriktirishlarini muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Radiochastota biriktirishlarini xalqaro huquqiy himoya qilish oʻzaro bogʻliq boʻlgan tashkiliy-texnikaviy va xalqaro huquqiy xarakterdagi kompleks chora-tadbirlar oʻtkazish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasining ushbu sohadagi davlat siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Radiochastota biriktirishlarni xalqaro huquqiy himoya qilish boʻyicha asosiy tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Radiochastota biriktirishlarni xalqaro huquqiy himoya qilish boʻyicha asosiy tadbirlar quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) radiochastota biriktirishlarning xalqaro muvofiqlashtirilishi zaruriyatini aniqlash va oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) XEIning chastotalarni hisobga olish Xalqaro maʼlumot registrida radiochastota biriktirishlarga talabnoma berish va roʻyxatdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) talabnoma berayotgan xorijiy REVning amaldagi va rejadagi mahalliy REVga nisbatan zararli xalaqitlarni paydo qilishi ehtimolini va elektromagnit moslashuvni (keyingi oʻrinlarda — EMM) baholash texnik ekspertizasini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) radiochastota biriktirishlardan amalda foydalanish toʻgʻrisidagi xolisona maʼlumotlarni olish maqsadida REV nurlanishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) XEIda eʼlon qilingan va roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha radiochastota biriktirishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini yaratish va yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) turli xil radioaloqa vositalari va tizimlariga buyurtma berayotgan, ishlab chiqarayotgan va foydalanayotgan yuridik shaxslarni axborot bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) Oʻzbekiston Respublikasi aloqa maʼmuriyati tomonidan XEIning vakolatli, butunjahon va mintaqaviy konferensiyalarida va XEI Radioaloqa sektorining ilmiy-tadqiqot komissiyalari uchun takliflar (ulushlar) tayyorlash, ushbu konferensiyalarda ishtirok etish va boshqa davlatlarning konferensiyalarga takliflari va hissalarini ekspertizadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) XEIning vakolatli, butunjahon va mintaqaviy konferensiyalari tomonidan qabul qilingan tegishli qarorlarni bajarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi, radiochastota organlari va radiochastota spektridan foydalanuvchilarining asosiy majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirish va XEIda roʻyxatdan oʻtkazishga manfaatdor shaxslar hamda REVga buyurtma beruvchi, ishlab chiquvchi (modernizatsiyalovchi) va ulardan foydalanuvchi radiochastota spektridan foydalanuvchilarga quyidagilar yuklatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishlab chiqiladigan (modernizatsiyalanadigan) yoki olib kiriladigan REV uchun radiochastota biriktirishga Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq ariza tayyorlash va berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) REVga radiochastota biriktirishlarni muvofiqlashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish masalalari boʻyicha XEI va xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlariga materiallarni tayyorlash uchun texnik asoslangan takliflarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Radiochastota organlariga (keyingi oʻrinlarda — RChO) quyidagilar yuklatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishlab chiqiladigan, olib kiriladigan REV uchun radiochastota biriktirishlarga arizalarni koʻrib chiqish, ushbu radiochastota biriktirishni xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlari bilan xalqaro muvofiqlashtirish va XEIda roʻyxatdan oʻtkazish zaruriyatini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi REVga radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirishdan oʻtkazish uchun hujjatlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlari bilan muvofiqlashtirishga yuboriladigan REV radiochastota biriktirishlarini hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) XEIda roʻyxatdan oʻtkaziladigan REV tavsifnomalari haqidagi maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, qayta ishlash va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) muvofiqlashtirish uchun xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlaridan qabul qilingan (tushgan) REV radiochastota biriktirishlari, shuningdek XEI axborot sirkulyarlarida koʻrsatilgan, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi va rejalashtirilayotgan REV bilan EMMni baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) radiochastota biriktirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha boshqa davlatlarning aloqa maʼmuriyatlari bilan muzokaralarda qatnashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Kengash) quyidagilar yuklatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) radiochastota biriktirishlarni xalqaro huquqiy himoya qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Radioaloqa reglamenti, mintaqaviy kelishuvlar va chegaradosh davlatlar bilan ikki tomonlama kelishuvlarda koʻzda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi REV radiochastota biriktirishlarni xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlari bilan xalqaro muvofiqlashtirish va XEIda roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Radioaloqa reglamentida va XEIning boshqa hujjatlarida koʻzda tutilgan tartibda va muddatlarda REV radiochastota biriktirishlari boʻyicha materiallarni XEIga taqdim etishni nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) radiochastota spektridan foydalanish va rejalashtirish masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlar va XEI bilan oʻzaro aloqa va yozishmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) xalqaro huquqiy tavsifga ega XEI Nizomi va Konvensiyasi hamda boshqa xalqaro hujjatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlariga daxldor masalalarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishish (masalalarning texnik jihati boʻyicha talab va shartlar belgilanadigan Radioaloqa reglamenti va uni shakllantirishda tuziladigan aktlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) manfaatdor vazirliklar va idoralar vakillari ishtirokida xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlari bilan muzokaralar oʻtkazishni rejalashtirish, tashkil etish va radiochastotalardan foydalanish va muvofiqlashtirish boʻyicha shartnomalar tayyorlash, shuningdek, amaldagi shartnomalarda koʻrsatilgan qoidalarning bajarilishini nazoratga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) zarur boʻlganda XEI hujjatlarini, shu jumladan, ularga tegishli axborot sirkulyarlarini RChOga va Kengash aʼzolariga yetkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirish, talabnoma berish va roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. XEIda radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirish, talabnoma berish va roʻyxatdan oʻtkazish ularni huquqiy himoya qilishning asosiy chora-tadbirlaridan biri hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. XEIda radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirish, talabnoma berish va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ishlar Radioaloqa reglamenti hamda XEI boshqa hujjatlari asosida radioxizmatlar tomonidan radiochastotalarni taqsimlash va foydalanish, ularni xalqaro huquqiy himoya qilish masalalari mazkur Nizom va Kengashning tegishli qarorlariga, shuningdek, radiochastota biriktirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha xorijiy (chegaradosh) davlatlar bilan amaldagi mintaqaviy va ikki tomonlama kelishuvlariga asosan olib borilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. XEIda radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirish, talabnoma berish va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha asosiy chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) radiochastota biriktirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha ishlarni tayyorlash va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) elektromagnit moslashuv shartlarini belgilovchi Radioaloqa reglamenti talablarini, amaldagi va rejalashtirilayotgan mahalliy va xalqaro yoʻldoshli tizimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobga olingan REVning radiochastota polosalari va orbital holatlarini ajratish bosqichidagi tanlov;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi REV radiochastota biriktirishlari boʻyicha XEIga talabnoma berish va roʻyxatdan oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Quyidagi rejalashtirilayotgan chastota biriktirishlarining xalqaro muvofiqlashtirilishi majburiydir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Radioaloqa reglamentining Chastotalar taqsimlash jadvali izohiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi va unga chegaradosh davlatlarning aloqa maʼmuriyatlari oʻrtasida imzolangan radiochastota biriktirishlarni muvofiqlashtirishning texnik asoslari boʻyicha amaldagi hukumatlararo kelishuvga kiritilgan muvofiqlashtirilishi lozim boʻlgan stansiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) muvofiqlashtirish zonasi xorijiy davlatlar hududini oʻz ichiga olgan va/yoki xorijiy davlatlarning yoʻldosh va boshqa xizmat koʻrsatuvchi stansiyalariga qarama-qarshi yoʻnalishda uzatish tashkil etilgan yoʻldoshli aloqa xizmatlari stansiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) muvofiqlashtirish zonalari respublika hududi chegaralaridan tashqariga chiquvchi xalqaro radioaloqani, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrinishdagi radiorele liniyalari va troposfera aloqasini taʼminlovchi turgʻun xizmat stansiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) uzun, oʻrta va qisqa toʻlqinlar diapazonida radioeshittirish xizmatining Radioaloqa reglamenti tomonidan ajratilgan radiochastota polosalaridagi radioeshittirish xizmati stansiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) muvofiqlashtirish masofalaridan tashqarida Oʻzbekiston Respublikasining chegaradosh hududda joylashgan ultraqisqa toʻlqinlar diapazonidagi radioeshittirish xizmati stansiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) dengizdagi koʻchma xizmat stansiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) radioaniqlash, radionavigatsion va radiolokatsion xizmatlar stansiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) koʻchma havo xizmati stansiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) yordamchi meteorologiya radioxizmat va meteorologiya yoʻldosh xizmat stansiyalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. REVning quyidagi radiochastota biriktirishlari uchun XEIga talabnoma berilishi va roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) agar ushbu biriktirishdan foydalanish boshqa maʼmuriyat xizmatiga zararli xalaqitlarni keltirib chiqarsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) agar ushbu biriktirishlar xalqaro radioaloqa xizmatlarida foydalanilishi kerak boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) agar ushbu biriktirishlar radiochastota spektridan foydalanuvchining talabnomasi oldindan berilishi nazarda tutilmagan, radiochastotalarni ajratish yoki biriktirish qaysidir butunjahon yoki mintaqaviy rejasiga tegishli boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) agar ushbu biriktirishlar uchun mazkur Nizomning 14-bandiga asosan muvofiqlashtirish talab qilinsa yoki agar bunday muvofiqlashtirishga kiritilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) agar bunday biriktirishlar uchun xalqaro tan olinish maqsadga muvofiq boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) agar ushbu biriktirishlardan foydalanish radiochastotalarning taqsimlashni xalqaro jadvaliga mos kelmasa va aloqa maʼmuriyati faqat maʼlumot uchun XEIda roʻyxatdan oʻtkazishni istasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Nizomning 14-bandidan farqli boʻlgan radioxizmatlardagi REVning radiochastota biriktirishlarining XEIda roʻyxatdan oʻtkazilishi zarurligini mazkur Nizom talablarini hisobga olgan holda ushbu REVga buyurtma beruvchi va ulardan foydalanuvchi radiochastota spektridan foydalanuvchilar belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Hukumat tomonidan foydalaniladigan REVning radiochastota biriktirishlarini XEIda muvofiqlashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish zaruriyati tegishli radiochastota organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirish boʻyicha ishlar Kengash tomonidan Radiochastota organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. XEIda radiochastota biriktirishlarni xalqaro muvofiqlashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha materiallar tayyorlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. XEIda Oʻzbekiston Respublikasining REV radiochastota biriktirishlarini muvofiqlashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur materiallar ushbu Nizomga muvofiq tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Materiallarda matbuotda ochiq-oydin nashr qilish taqiqlangan maʼlumotlar boʻlmasligi kerak. Yerusti stansiyalarining koordinatalari belgilangan talablarga muvofiq koʻrsatilishi zarur. Ushbu talablarni bajarishda javobgarlik XEIda radiochastota biriktirishlarni muvofiqlashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ishlar olib borishda materiallarni taqdim etuvchi radiochastota spektridan foydalanuvchilari zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Materiallar REVga talabnoma beruvchi radiochastota spektridan foydalanuvchilari tomonidan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda ushbu materiallarni tayyorlashda roʻyxatdan oʻtuvchi REVni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar yoki loyihalash tashkilotlarini talabnoma beruvchi oʻz hisobidan jalb qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Radiochastota spektridan foydalanuvchilari tomonidan tayyorlangan materiallar tegishli radiochastota organiga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. RChO olingan materiallarning radiochastota biriktirishlarini belgilashda asosiy amal qilinuvchi hujjatlarga muvofiqligini koʻrib chiqadi, EMM tahlilini oʻtkazadi va boshqa radiochastota organlari bilan kelishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijobiy qaror qabul qilinganda Radioaloqa reglamentida koʻzda tutilgan shakl boʻyicha xorijiy davlatlarning aloqa maʼmuriyatlari va XEIga yuborish uchun Kengashga tegishli hujjatlar va materiallar tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Kosmik stansiyalar tizimlarining radiochastota biriktirishlarini xalqaro muvofiqlashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ishlarni olib borish uchun zarur materiallar kosmik tizimlarni ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan buyurtma beruvchi vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Agar kosmik tizimlar bir nechta vazirlik va idora manfaatlari boʻyicha rejalashtirilgan boʻlsa, koʻrsatilgan materiallar ushbu tizimning bosh ishlab chiqaruvchisi tomonidan buyurtmachi bilan hamkorlikda ushbu tizimda ishlash uchun moʻljallangan Yer stansiyalarini ishlab chiquvchi vazirlik va idoralar, shuningdek, boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirokida tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlaridan eʼtirozlar tushganda RChO ularni tegishli vazirlik, idoraga ishlab chiquvchi va foydalanuvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda ushbu eʼtirozlarni koʻrib chiqish uchun yuboradi va ushbu eʼtirozlarni hisobga olgan holda radiochastota biriktirishlarning texnik tavsiflarini taklif qilinayotgan oʻzgarishlar boʻyicha boshqa radiochastota organlari bilan kelishilgandan keyin qayta muvofiqlashtirish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlariga javob berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tayyorlangan takliflar boshqa vazirlik va idoralarga, agar ularning manfaatlariga taʼsir qilmasa, kelishish uchun yuborilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Xorijiy davlatlarning aloqa maʼmuriyatlari bilan belgilangan tartibda olib borilayotgan yozishmalar REVning radiochastota biriktirishlarini muvofiqlashtirishga olib kelmasa, manfaatdor vazirliklar va idoralarning takliflariga binoan Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlari oʻrtasida ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama muzokaralar oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-avgustdagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2023-y., 09/23/417/0648-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-avgustdagi 417-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2023-y., 09/23/417/0648-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-avgustdagi 417-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2023-y., 09/23/417/0648-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2020-y., 09/20/801/1657-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 27.08.2022-y., 09/22/476/0780-son; 23.08.2023-y., 09/23/417/0648-son)