26.10.2001 yildagi 429-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA RADIOCHASTOTA SPEKTRIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN HAQ TO‘LASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq va respublika radiochastota resursidan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.O‘zbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2002-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan, aloqa xizmatlari ko‘rsatish huquqisiz o‘z ehtiyojlari uchun, shuningdek davlat teleradio dasturlari tarqatilishini ta’minlovchi operatorlar tomonidan radiochastota spektridan foydalanish tekin amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 26-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
429-son

Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 26-oktabrdagi 429-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan va aloqa xizmatlari ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalarga ega bo‘lgan hamda ulardan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lashning asosiy prinsiplari va shartlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Radiochastota resursidan foydalanganlik uchun haq to‘lash radiochastota spektridan foydalanishga har bir ruxsatnoma bo‘yicha alohida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Radiochastota spektridan foydalanuvchilarga radiochastota organlarining tegishli ruxsatnomalariga asosan radiochastota spektridan birgalikda foydalanish huquqi beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-avgustdagi 476-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2022-y., 09/22/476/0780-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining qarorlari asosida beriladigan radiochastotalar biriktirilgan holda radioelektron vositalardan va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi)ning ruxsatnomalari radiochastota spektridan foydalanganlik uchun to‘lov undirishga asos hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-martdagi 127-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 09/23/127/0168-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Elektromagnit muvofiqlik ekspertizasi, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish bo‘yicha xizmatlarga tariflar erkin hisoblanadi hamda “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan tasdiqlanadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-martdagi 127-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 09/23/127/0168-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakat mudofaasi va xavfsizligi maqsadlarida foydalaniladigan radioelektron vositalarning elektromagnit muvofiqligi bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish radiochastota organlari tomonidan tekin amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Radiochastota spektridan foydalanganlik uchun to‘lovni hisoblash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. To‘lov miqdori foydalanilayotgan chastotalar polosasining kengligiga, radioelektron vositalar tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan hududga, shuningdek foydalanilayotgan chastotalar polosasi qimmatiga bog‘liq bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xalqaro Elektr Aloqasi Ittifoqining Radio aloqa shu’basining (XEAI-R SM.2012) tavsiyasiga muvofiq yillik to‘lovlar quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
F=BxGx(ExT), bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
F – foydalanuvchi to‘lashi kerak bo‘lgan to‘lov;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
B – chastota polosasi kengligi, MGs hisobida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
G – xizmat ko‘rsatiladigan geografik zonani hisobga oluvchi koeffitsiyent;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
E – foydalaniladigan radiochastota spektrining tijorat qimmatini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T – O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori.
(7-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 697-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2019-y., 09/19/697/3599-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat ko‘rsatiladigan geografik zona uchun respublikaning mavjud ma’muriy-hududiy bo‘linishi qabul qilinadi, bunda bitta mintaqa (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar) uchun G=1 qabul qilinadi. Toshkent shahri uchun =3 koeffitsiyenti qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajratilgan radiochastota spektridan bir nechta viloyatlar hududida yoki butun respublikada foydalanilgan taqdirda G koeffitsiyenti mintaqalarning tegishli soniga binoan tegishli ravishda oshadi. Ajratilgan radiochastota spektridan bir viloyatning tumani yoki shahri hududida foydalanilgan taqdirda pasaytiruvchi koeffitsiyent =0,1 qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiochastota spektrining tijorat qimmati koeffitsiyenti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Aloqa turi

E koeffitsiyenti

1.

Ko‘chma radiotelefon aloqasi (tranking aloqa)

30

2.

Umumiy foydalaniladigan uyali radiotelefon aloqasi

85

3.

Ko‘chma radio aloqa

15

4.

Yo‘ldosh aloqa (O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan markazni yer stansiyasi* va konsentratori** orqali telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun mo‘ljallangan yo‘ldoshli aloqa tarmoqlari; havo transportida ma’lumot uzatish xizmatlarini taqdim etish uchun mo‘ljallangan yo‘ldoshli aloqa tarmoqlari bundan mustasno, ya’ni radiochastota spektridan foydalanganlik uchun to‘lov belgilanmaydi)

55

5.

MMDS, NMDS va MVLS turidagi tizimlardan foydalangan holda televizion dasturlarni tarqatish

50

6.

Televideniye va radioeshittirish nodavlat dasturlarini tarqatish, televideniye va radioeshittirish dasturlarining tijorat translyatsiyasi

40

7.

Ma’lumotlarni simsiz uzatish (2400 — 2483,5 MGs va 5000 — 5999 MGs radiochastotalari polosalaridagi wi-fi texnologiyalari bundan mustasno)

70

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, * Markaziy yer stansiyasi — sun’iy yo‘ldosh aloqasi orqali abonent stansiyalariga xizmat ko‘rsatuvchi va ularni sun’iy yo‘ldosh tarmog‘iga birlashtiruvchi yer stansiyasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Konsentrator — yo‘ldosh aloqa abonent stansiyalarini yer usti telekommunikatsiya tarmoqlari (telefon tarmoqlari, ma’lumot uzatish tarmoqlari) bilan bog‘lovchi uskuna hisoblanadi.
(jadval matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-martdagi 127-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 09/23/127/0168-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. To‘lovni hisoblashda Vazirlikning ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan chastotalar polosasi kengligidan va hududdan hamda bazaviy hisoblash miqdorining amaldagi darajasidan foydalaniladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 697-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2019-y., 09/19/697/3599-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lash
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Radiochastota spektridan foydalanganlik uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki to‘lov — foydalanuvchi tomonidan Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish to‘g‘risidagi tegishli qarori olinganidan so‘ng 90 kun ichida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyingi to‘lovlar — Vazirlikka beriladigan hisob-kitoblar asosida yil choragi birinchi oyining 15-kunidan kechikmay har chorakda to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur to‘lov quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi Davlat budjetiga yo‘naltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi Radiochastota spektridan foydalanishni boshqarish va monitoringi Vazirlik xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tegishli summani ular tushgan kundan boshlab 3 kundan kechikmay Davlat budjetiga o‘tkazadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-martdagi 127-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 09/23/127/0168-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Radiochastota spektridan foydalanish huquqi radiochastota spektridan foydalanganlik uchun belgilangan to‘lov to‘lanmagan taqdirda to‘xtatib qo‘yilishi yoki cheklanishi mumkin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 20-son, 143-modda; 2002-y., 17-18-son, 139-modda; 2009-y., 25-son, 288-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2014-y., 15-son, 167-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2019-y., 09/19/697/3599-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 27.08.2022-y., 09/22/476/0780-son; 25.03.2023-y., 09/23/127/0168-son)