Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.10.2010 31.03.1997 yildagi 165-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.10.2010
Hujjat 10.11.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TOVAR BOZORLARIDA MONOPOLISTIK FAOLIYATNI ChEKLASh VA RAQOBAT TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida” 1996-yil 27-dekabrdagi qarorini bajarish yuzasidan hamda monopoliyaga qarshi davlat siyosatini oʻtkazish, raqobat muhiti yaratilishini taʼminlash va respublikada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qoʻllanilishini nazorat qilish tartibi tasdiqlansin (1-ilova).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin (shartnomaviy) narxlar va tariflarni shakllantirish va ularning qoʻllanishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda monopol mahsulotlarga narxlar (tariflar)ni va rentabellikni deklaratsiyalash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qarori tahririda — OʻR HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopoliyaga qarshi qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlarni qoʻzgʻash va ularni koʻrib chiqish tartibi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi tovar bozorlarini tartibga solish maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari uchun har choraklik davlat statistika hisoboti shaklini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qarori tahririda — OʻR HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga monopoliyaga qarshi siyosatni olib borish boʻyicha vazifalarni yuklash toʻgʻrisida” 1993-yil 6-fevraldagi 63-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1993-yil 30-martdagi 160-son qarori 1-bandining uchinchi — oltinchi xatboshilari, 2, 3, 4, 8-bandlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning monopolistik faoliyatini cheklash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 7-fevraldagi 34-son qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining tovar bozorlarida monopolistik mavqeni egallagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestri toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 1996-yil 19-sentabrdagi 323-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 31-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
165-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qoʻllanishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Tartib “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Tartib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopolistik korxonalar davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlari, tovarlari va xizmatlariga;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narxlari Hukumat tomonidan yoki oʻz vakolatlari doirasida joylardagi davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlari, tovarlari va xizmatlariga narxlarni shakllantirishda qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat mablagʻlari yoki Hukumat kafolatlari ostidagi kreditlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan qurilish obyektlarida foydalaniladigan tovarlari (ishlar va xizmatlari).
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qolgan mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar)ga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar) qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Tartib birjalarning birja bitishuvlaridan undiriladigan vositachilik yigʻimlari miqdorini shakllantirishda ham qoʻllanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-avgustdagi 384-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2004-y., 32-son, 364-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Narxlarni davlat yoʻli bilan tartibga solish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopolist korxonalarning mahsulotlari, tovarlari va xizmatlariga narxlar (tariflar), ustamalar yoki rentabellikning cheklangan darajalarini deklaratsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga koʻra belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylardagi davlat hokimiyati organlari, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar belgilash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik bilan belgilangan tartibda narxlarni tartibga solishning boshqa usullari ham qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, mahsulotlari (tovarlari, xizmatlari)ga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar)ni, shu jumladan, tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning toʻgʻri qoʻllanilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. MONOPOLIST KORXONALARNING MAXSULOTLARIGA NARXLARNI DAVLAT YOʻLI BILAN TARTIBGA SOLISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Monopol yuqori va monopol past narxlar belgilanishining (demping narxlar belgilanishining), xaridorgir mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar)ga narxlar asossiz oshirilishi (pasaytirilishining, ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan oʻz natijasiga koʻra raqobatning cheklanishiga va (yoki) boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning manfaatlari kamsitilishiga sabab boʻlgan yoki sabab boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa suiisteʼmolchiliklarning oldini olish, cheklash va ularga barham berish maqsadida monopolistlarning mahsulotlari (xizmatlari)ga narxlar (tariflar)ni davlat tomonidan tartibga solish joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Muayyan sifat va turdagi mahsulotlar, xizmatlar va xalq isteʼmol tovarlari aniq guruhlari va turlarining tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar Oʻzbekiston Respublikasining tovar bozorlarida harakat qiluvchi Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Davlat reyestri deb ataladi) kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar Davlat reyestriga kiritilgan paytda amalda boʻlgan va xoʻjalik yurituvchi subyekt mahalliy yoki respublika bozorlarida ular boʻyicha monopolist hisoblangan mahsulotga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar) yoki rentabellik oshirilishi toʻgʻrisida asosiy isteʼmolchi bilan yangi narxlar (tariflar) kelishilgandan keyin tegishli moliya organlariga deklaratsiya taqdim etishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Monopolist korxonalar tomonidan narxlarning pasaytirilishi mustaqil amalga oshiriladi. Bunda raqobatni cheklash maqsadida monopolist tomonidan shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflar pasaytirilishiga (demping narxlar belgilanishiga) yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bir xil mahsulot (xizmat)ning oʻzi bir necha isteʼmolchiga (buyurtmachiga) yetkazib berilgan taqdirda, unga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar (xizmatlar)ning kamida 50 foizi sotilayotgan asosiy isteʼmolchi (buyurtmachi) boʻyicha narxlar (tariflar) oshishi, yoki hammasi boʻlib mazkur mahsulotlar (xizmatlar)ning kamida 50 foizi sotiladigan bir necha isteʼmolchi (buyurtmachi) boʻyicha oldingi oyda shakllangan oʻrtacha narxlar (tariflar) toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Monopol mahsulotlarga narxlar (tariflar) va rentabellikka deklaratsiya taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Deklaratsiya uchun taqdim etilgan materiallar boʻyicha tegishli moliyaviy organ bir hafta muddatdan kechikmay qaror qabul qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi cheklangan deklaratsiya taqdim etilgan narxlar (tariflar) yoki rentabellik joriy etilishi sanasi etib uning tegishli moliya organida roʻyxatga olingan sana hisoblanadi. Deklaratsiya nusxasi yoki narxlar (tariflar)ni roʻyxatga olish rad etilganligi toʻgʻrisidagi qaror tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektga va davlat monopoliyaga qarshi organiga yuboriladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 94-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Monopol mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt moliya organlaridan hujjatlar olingandan keyin bir hafta muddatda isteʼmolchilarni moliya organlari tomonidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Moliya organlariga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar) deklaratsiya qilinishi boʻyicha materiallarni taqdim etgan korxonalar, agar moliya organlari tomonidan narxlar (tariflar)ni taqdim etilgan loyihadan past darajada roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda isteʼmolchilar bilan keyinchalik hisob-kitob qilgan holda ular bilan kelishilgan narxlar (tariflar) boʻyicha mahsulotlar ishlab chiqarish va sotishni davom ettiradilar. Agar moliya organlari tomonidan monopolist tomonidan pirovard isteʼmolchiga emas, balki vositachi korxonalar, va tashkilotlarga yoki savdoga sotilgan mahsulotga loyihalashtirilayotgan narxlar (tariflar)ni pasaytirish yoki ilgari amalda boʻlganlarini saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda haqiqatda sotilgan narxlar bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan narxlar oʻrtasidagi farq summasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi”ga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. BELGILANGAN NARXLAR (TARIFLAR) VA USTAMALAR BELGILASh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarning ayrim turlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda oʻz vakolatlari doirasida joylardagi davlat hokimiyati organlari, shuningdek davlat boshqaruvi organlari tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishuv boʻyicha ularning ijtimoiy va iqtisodiy asoslanishi hollarida belgilangan narxlar (tariflar) va ustamalar belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. MAHSULOTLAR, TOVARLAR (IShLAR, XIZMATLAR)GA NARXLAR ShAKLLANIShI VA QOʻLLANILIShI USTIDAN DAVLAT NAZORATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Belgilangan va boshqariladigan narxlar (tariflar) va ustamalarni shakllantirish va qoʻllashning toʻgʻriligi ustidan davlat nazorati monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Monopoliyaga qarshi davlat organi oʻtkazilgan tekshirishlar asosida xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlarni davlat yoʻli bilan tartibga solish tartibi buzilishi natijasida olingan summalarni isteʼmolchilarga qaytarish toʻgʻrisida yoxud isteʼmolchilarni aniqlash mumkin boʻlmaganda, Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” hisob raqamiga undirib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish yuzasidan sudga murojaat qiladi, olib qoʻyilishi kerak boʻlgan va amalda tushgan jarimalar hisobini yuritadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Narxlar (tariflar) va ustamalarni shakllantirish va qoʻllash tartibi buzilishiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan va cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalarni oshirish, birja savdolari va auksionlar natijasida shakllangan monopolist korxonalar mahsulotlari narxlari bundan mustasno;
(20-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya organlariga narxlar (tariflar) toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etish yoki rentabellik, ularning oshib ketishiga olib keluvchi ustamalarning cheklangan darajasini belgilash uchun ishonchsiz axborot taqdim etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar) qiymatiga ularning narxida hisobga olingan amalda foydalanilmagan materiallar yoki bajarilmagan ishlarni kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qaroriga muvofiq chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin (shartnomaviy) narxlar va tariflarning buyurtmachi yoki pudratchi tomonidan iqtisodiy jihatdan asoslanmagan holda shakllantirilishi va ularning oshirilishi, davlat mablagʻlari va Hukumat kafolatlari ostidagi kreditlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan qurilish obyektlarida bajarilgan ishlar hajmiga qoʻshib yozish.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja bitishuvlaridan undiriladigan vositachilik yigʻimi cheklangan miqdorining tovar-xomashyo birjalari tomonidan oshirib yuborilishi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-avgustdagi 384-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2004-y., 32-son, 364-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan texnologik jarayonlarni takomillashtirish hamda resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan yoqilgʻi-energetika resurslari, xomashyo va materiallarni tejash natijasida qoʻshimcha daromad (foyda) olish mazkur Tartibning buzilishi hisoblanmaydi hamda ushbu daromad (foyda) olib qoʻyilmaydi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-apreldagi 63-sonli qaroriga muvofiq toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2006-y., 15-son, 126-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlarni shakllantirish va qoʻllash tartibi buzilishi natijasida olingan mablagʻlar oshirilgan narxlar va tariflar (qoʻshimcha haq, ularga chegirmalar va boshqalar hisobga olingan holda) boʻyicha mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan amaldagi tushum bilan amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq shakllangan narxlar va tariflar (ularga qoʻshimcha haq, chegirmalar va boshqalar hisobga olingan holda) boʻyicha mana shu mahsulot (ishlar, xizmatlar) qiymati oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot (tovarlar)ning sotish narxlarini sotish narxlariga savdo, taʼminot-sotish, ulgurji va boshqa ustamalarni qoʻshib shakllantiruvchi va qoʻllovchi savdo, umumiy ovqatlanish, taʼminot-sotish korxonalari, vositachilik tashkilotlari va tashkilotlar uchun olib qoʻyilishi kerak boʻlgan summa quyidagicha belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oshirilgan ustamalar qoʻllangan hollarda — mahsulotlar (tovarlar)ni sotishdan olingan ustamaning amaldagi summasi bilan amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq aniqlangan ustama summasi oʻrtasidagi tafovut sifatida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narx belgilashning amaldagi tartibi buzilgan holda belgilangan narxlarga belgilangan ustamalar qoʻllanilgan hollarda — oshirilgan narxlar boʻyicha sotilgan mahsulotning butun hajmiga hisoblab chiqilgan ustama summasi bilan amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq hisoblab chiqilgan sotilgan mahsulotning xuddi shu hajmiga ustama summasi oʻrtasidagi tafovut sifatida.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulotlariga, isteʼmolchilarga qaytarish rentabelligining cheklangan darajalari belgilangan korxonalar uchun umuman mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar) guruhlari (turlari) boʻyicha rentabellikning cheklangan darajasini oshirish hisobiga olingan va isteʼmolchilarga qaytarilmagan yoxud korxonalar tomonidan choraklik hisob-kitoblar asosida Moliya vazirligining budjetidan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” hisob raqamiga kiritilmagan summa olib qoʻyilishi kerak.
(21-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ushbu Tartibni buzish natijasida olingan mablagʻlar (mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ning deklaratsiya qilinmagan narxini qoʻllashdan olingan tafovutdan tashqari) isteʼmolchilarga qaytariladi yoxud isteʼmolchilarni aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” hisob raqamiga undirib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ning deklaratsiya qilinmagan narxini qoʻllashdan olingan tafovut isteʼmolchilarga qaytariladi yoxud, isteʼmolchilarni aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda, tegishli budjetga undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qoʻllanishini nazorat qilish tartibini buzganlik uchun ushbu Tartibning 28-bandida belgilangan hollarda va miqdorlarda jarima undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopolist korxonalar tomonidan monopol mahsulotlarni birja savdolari va kimoshdi savdolari orqali, shuningdek toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha birja (kimoshdi savdolari) kotirovkalarining oʻrtacha olingan narxlarida sotishda ularga nisbatan deklaratsiya qilingan cheklangan narxni oshirganlik uchun sanksiyalar qoʻllanmaydi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Jarima qonunni buzishning butun davriga qoʻllaniladi va xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidan va uning budjet bilan oʻzaro munosabatlaridan qatʼi nazar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin, xoʻjalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladigan foydadan undiriladi, mazkur Tartibning 28-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 94-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Qonunsiz olingan mablagʻlar olib qoʻyilishi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga jarima solinishi ularning mazkur Tartib buzilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarini amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod qilmaydi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 94-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” hisob raqamiga olib qoʻyilishi kerak boʻlgan summani hisoblab chiqishda soliqlarning oshirilishiga olib kelgan mazkur Tartib buzilishiga yoʻl qoʻygan korxonalarda soliqlarning va boshqa toʻlovlarning ortiqcha toʻlangan summasi korxonadan olib qoʻyiladigan summa pasaytirilishi hisobiga oʻtkazilmaydi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 94-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Moliya organlari amaldagi Tartibga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noqonuniy olingan mablagʻlarni undirish va ushbu Tartibni buzganlik uchun jarima solish toʻgʻrisida sud qarori olingach bir oy muddatda ushbu mablagʻlarni Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” hisob raqamiga yoxud tegishli budjetga undirib olish chora-tadbirlarini koʻradilar;
(26-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda undirilgan vaqt va uning summasi toʻgʻrisida maʼlum qiladilar.
(26-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Nazorat organlari mazkur Tartib buzilganligi aniqlangan taqdirda tekshirish materiallarini tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun tegishli monopoliyaga qarshi davlat organiga yuboradilar.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Tartibning buzilganligini mustaqil ravishda aniqlagan va buning natijasida ortiqcha summa olgan xoʻjalik yurituvchi subyekt ularni isteʼmolchilarga qaytaradi yoxud isteʼmolchilarni aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda Moliya vazirligining budjetidan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi hisob raqamiga yoki tegishli budjetga oʻtkazadi. Bu holda jarima qoʻllanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Tartibning buzilganligi monopoliyaga qarshi organ tomonidan aniqlangan taqdirda 10 foizdan 20 foizgacha miqdorda jarima qoʻllanadi, xuddi shunday buzilish jarima qoʻllangandan keyin bir yil mobaynida takroran aniqlangan taqdirda ushbu Tartibning 22-bandi birinchi va ikkinchi xatboshiga muvofiq qaytariladigan (olib qoʻyiladigan) summaning 20 foizdan 50 foizigacha miqdorda jarima qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jarima solish sud tartibida amalga oshiriladi, tayyorlovchilar (ijrochilar, sotuvchilar) tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi aybi tan olingan va jarima ixtiyoriy ravishda toʻlangan hollarda esa — davlatning vakolatli organi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik faoliyati subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq boʻlgan miqdordagi jarimani undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida toʻlovlarni har oyda boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Davlat boshqaruvi organining koʻrsatmasi boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyekt narxlar (tariflar)ni davlat tomonidan boshqarish tartibi buzilishiga yoʻl qoʻygan taqdirda mablagʻlarni olib qoʻyish bunday qarorni qabul qilgan organning hisob-kitob schyotidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (yozma koʻrsatmasi) ustidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” hisob raqamiga notoʻgʻri undirilgan mablagʻlar va jarimalarni qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha foizlar qoʻshilgan xolda monopoliyaga qarshi davlat organining yoki sudning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 94-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)