1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.03.00 Monopoliyaga qarshi siyosat (shuningdek, 09.02.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat to‘g‘risida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOVAR BOZORLARIDA MONOPOLISTIK FAOLIYATNI ChEKLASh VA RAQOBAT TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvardagi O‘RQ-319-sonli “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun tovar bozorlarida monopolistik faoliyat va insofsiz raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilab beradi, raqobat munosabatlarining shakllanishi va samarali amal qilishi uchun sharoitlar ta’minlashga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Qonunni tatbiq etish sohasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik shaxslar, davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari qatnashadigan tovar bozorlaridagi raqobatga ta’sir ko‘rsatuvchi munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Qonun mazkur shaxslar va organlarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi tegishincha harakatlari yoki tuzayotgan bitimlari O‘zbekiston Respublikasi tovar bozorlaridagi raqobatning cheklanishiga olib kelayotgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan yoxud boshqa salbiy oqibatlarga sabab bo‘layotgan hollarda ham qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun ixtirolar, sanoat namunalari, tovar belgilari, seleksiya yutuqlari va mualliflik huquqlarini huquqiy jihatdan himoya qilish normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi, tegishli huquqlardan qasddan foydalanish raqobatning cheklanishiga olib keladigan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat, qimmatli qog‘ozlar va moliyaviy xizmat bozorlaridagi monopolistik faoliyat va insofsiz raqobat bilan bog‘liq munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi, bu bozorlarda vujudga keladigan munosabatlar tovar bozorlaridagi raqobatga ta’sir ko‘rsatadigan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarida tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda tartibga solish nazarda tutilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning qoidalari tabiiy monopoliyalar subyektlariga nisbatan bu qoidalarning qo‘llanilishi ana shu subyektlarning o‘ziga xos vazifalarini bajarishini cheklamaydigan qismigina qo‘llaniladi.
(2-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar — sotish (almashtirish) uchun mo‘ljallangan faoliyat mahsuli bo‘lib, ishlar va xizmatlar ham shunga kiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlar — belgilangan vazifasi, qo‘llanilishi, sifati va texnikaviy tavsiflari, narxi va boshqa jihatlariga ko‘ra taqqoslanishi mumkin bo‘lgan tovarlar guruhi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar bozori — tovarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo‘lib, u respublikaning ma’muriy-hududiy bo‘linishiga mos kelishi yoki mos kelmasligi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlar — tovarlar ishlab chiqarish, sotish, sotib olish va xizmatlar ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik shaxslar, ularning birlashmalari, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobat — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning musobaqalashuvi bo‘lib, bunda ularning mustaqil harakatlari har bir subyekt tomonidan tegishli tovar bozoridagi tovarlar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini cheklaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insofsiz raqobat — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tadbirkorlik faoliyatida ustunlikni qo‘lga kiritishga qaratilgan, qonun hujjatlariga va ish muomalasi odatlariga zid bo‘lgan, ular o‘rtasida musobaqalashuvni istisno etadigan va amalga oshirilishi natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli tovar bozorida tovarlar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradigan harakatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustun mavqe — o‘rnini bosuvchisi bo‘lmagan tovar bozorida yoki bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlar bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning (bir guruh shaxslarning) o‘ziga (o‘zlariga) raqobatni cheklashga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirish erkinligini qiyinlashtirish yoki ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan hukmron mavqe. Bozordagi ulushi oltmish besh va undan ortiq foizni tashkil etadigan xo‘jalik yurituvchi subyektning (bir guruh shaxslarning) mavqeyi ustun mavqe deb e’tirof etiladi.
(3-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning bozordagi ulushi o‘ttiz besh foizdan oltmish besh foizgacha bo‘lib, bu hol monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozordagi raqobatchilarga tegishli ulushlarning nisbiy miqdoriga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu bozorga yangi raqobatchilarning kirishi mumkinligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan tovar bozorini tavsiflovchi boshqa mezonlarga qarab aniqlangan bo‘lsa, uning bozordagi mavqeyi ustun mavqe deb hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutlaq monopoliya — xo‘jalik yurituvchi subyekt tovar bozorida yagona sotuvchi yoki xaridor bo‘lgan vaziyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopolistik faoliyat — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining monopoliyaga qarshi kurash haqidagi qonun hujjatlariga xilof bo‘lgan, raqobatga yo‘l qo‘ymaslikka, uni cheklash yoki bartaraf etishga qaratilgan harakatlari yoki harakatsizligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narx sohasida kamsitish — mahsulot yetkazib beruvchining boshqa sharoitlar teng bo‘lgani holda o‘z mahsulotini muayyan bir xaridorga boshqa xaridorlarga nisbatan yuqoriroq yoki pastroq narxda sotishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kamsituvchi shartlar — mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonaning iste’molchilarga shartnoma mohiyatiga daxli bo‘lmagan turli shartlarni majburan qabul qildirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noto‘g‘ri taqqoslash — muayyan raqobatchini yoki umuman barcha raqobatchilarni, shuningdek ishlab chiqarilayotgan va (yoki) sotilayotgan tovarlarni boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tovarlariga nisbatan yomonlab taqqoslash yoki fikr bildirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopol qimmat narx — tovar bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘laligicha foydalanmaslik tufayli qilgan asossiz xarajatlarini qoplash yoki tovar sifatini pasaytirish natijasida qo‘shimcha foyda olish maqsadida tovarga belgilagan narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopol arzon narx — tovar bozorida xaridor sifatida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektning sotib olayotgan tovariga qo‘shimcha foyda olish yoki qilingan asossiz xarajatlarni sotuvchi hisobiga qoplash maqsadida belgilaydigan narxi yoxud tovar bozorida sotuvchi sifatida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektning sotayotgan tovariga ongli ravishda shu tovarni sotishdan zarar ko‘radigan darajada belgilaydigan narxi bo‘lib, uni belgilash natijasida bozordan raqobatchilarni siqib chiqarish yo‘li bilan raqobat cheklanadi yoki cheklanishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxslar guruhi — shaxslar yig‘indisi, ularga tatbiqan quyidagi bir yoki bir necha shartlar bajariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim yoki kelishib olingan harakatlar natijasida, shu jumladan oldi-sotdi, mol-mulkni ishonchli boshqarish, birgalikdagi faoliyat, topshiriqnoma, ijara shartnomalari asosida yoki boshqa bitimlar asosida hal etuvchi ta’sir ko‘rsatish uchun yetarli bo‘lgan aksiyalar nazorat paketini yoki ovozlar sonini bevosita yoki bilvosita birgalikda tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan shaxs yoki bir necha shaxslar. Bunda yuridik shaxsning ovozlarini bilvosita tasarruf etish deganda bu ovozlarni uchinchi shaxslar orqali amalda tasarruf etish imkoniyati tushuniladi, birinchi shaxs uchinchi shaxslarga nisbatan yuqorida sanab o‘tilgan huquq va vakolatga ega bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki yoki undan ortiq shaxslar o‘rtasida shartnoma tuzilib, unga ko‘ra shartnoma qatnashchilaridan biri yoki bir qanchasining yoxud boshqa shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini yuritish shartlarini belgilash yoinki ular ijroiya organi vazifalarini bajarish huquqi qo‘lga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs yuridik shaxs ijroiya organi va (yoki) direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) tarkibining ellik foizidan ortig‘ini tayinlash huquqiga ega bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayni bir jismoniy shaxslarning o‘zi ikki va undan ortiq yuridik shaxs ijroiya organi va (yoki) direktorlar kengashi tarkibining ellik foizdan ortiqrog‘ini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadlarini nazarda tutgan holda shaxslar guruhiga yagona xo‘jalik yurituvchi subyekt deb qaraladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Xalqaro shartnomalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida tovar bozorlaridagi raqobat va ularda monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, unda xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat to‘g‘risida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. MONOPOLISTIK FAOLIYAT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z ustun mavqeyini suiiste’mol qilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektning raqobatni cheklaydigan va (yoki) boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning manfaatlarini kamsitgan yoxud kamsitishi mumkin bo‘lgan quyidagi harakatlari taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni muomaladan olib qo‘yish, bundan ko‘zlangan maqsad yoki erishilgan natija bozorda taqchillikni keltirib chiqarish yoki saqlab turishdan yoxud narxlarni oshirishdan iborat bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopol qimmat yoki monopol arzon narxlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontragentga shartnoma mohiyatiga taalluqli bo‘lmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy mablag‘lar, boshqa mol-mulk, mulkiy huquqlarni o‘tkazishga doir asossiz talablarni majburan qabul qildirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontragentni boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan teng bo‘lmagan vaziyatga solib qo‘yadigan kamsituvchi shartlarni shartnomaga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontragent tomonidan boshqa tovarlarni sotib olish yoki sotish yoxud kontragentning boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlardan tovarlar sotib olishdan yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tovarlar sotishdan o‘zini tiyish sharti bilangina shartnoma tuzishga rozilik berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tovarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish imkoniyatlari mavjud bo‘lgan taqdirda shartnoma tuzishdan asossiz bosh tortish;
(5-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishiga to‘sqinlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektning ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan harakatlari monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan to‘g‘ri deb topilishi mumkin, basharti xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z harakatlarining ijobiy samarasi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi ijobiy samarasi ko‘rib chiqilayotgan tovar bozori uchun salbiy oqibatlardan ortiq bo‘lishini isbotlay olsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklaydigan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan tovar bozorida jami o‘ttiz besh va undan ortiq foiz ulushga ega bo‘lgan o‘zaro raqobatlashayotgan yoki raqobatlashishi mumkin bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklab qo‘ygan yoki cheklab qo‘yishi mumkin bo‘lgan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari), shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qat’iy narxlar, tariflar, chegirmalar, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar yoki ortiqcha narxlar belgilash yoki ularni saqlab turishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin bozor narxlari qaror topishiga to‘sqinlik qilib, ularni sun’iy ravishda o‘stirish yoki pasaytirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish, mahsulot sotish bozorlari va kapital qo‘yilmalar ustidan nazorat o‘rnatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif hajmini sun’iy ravishda o‘zgartirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini kelishib olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksionlar, birjalar va boshqa kim oshdi savdolarida narxlarni oshirish, pasaytirish yoki saqlab turishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narx sohasida kamsitishlarni belgilashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorni hudud bo‘yicha, sotuv yoki xarid hajmi, tovarlar xillari bo‘yicha, sotuvchilar va xaridorlar, buyurtmachilar doirasi bo‘yicha bo‘lib olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan tovarlarning sotuvchilari yoki ularning xaridorlari, buyurtmachilari sifatida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklab qo‘yish yoki ularni bozordan chetlatishga qaratilgan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari) taqiqlanadi va belgilangan tartibda to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar biri ustun mavqeni egallab turgan, boshqa biri esa uning mahsulot yetkazib beruvchisi yoki xaridori bo‘lgan o‘zaro raqobatlashmayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bitimlari (kelishib qilingan harakatlari) raqobatni cheklab qo‘ysa yoki cheklab qo‘yishi mumkin bo‘lsa, bunday bitimlar (kelishib qilingan harakatlar), shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridorlar hududi yoki doirasini cheklaydigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zidan xaridor sotib olgan tovarlarni qayta sotish uchun narxga cheklashlar belgilaydigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga raqobatchilar ishlab chiqargan tovarlarni sotishni man etadigan bitimlar (kelishib qilingan harakatlar) taqiqlanadi va belgilangan tartibda to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ushbu moddada nazarda tutilgan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari) alohida hollarda monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan qonuniy deb hisoblanishi mumkin, basharti xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z harakatlarining bozorda savdo qilish sharoitlarini yaxshilashga, tovarning raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashuvchi, xaridorlarga sezilarli naf keltiruvchi ijobiy samarasi ko‘rib chiqilayotgan tovar bozori uchun salbiy oqibatlardan ortiq bo‘lishini isbotlab bera olsalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslar birlashmalari (ittifoqlari, uyushmalari), xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarining uyushmaga kirgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar xo‘jalik faoliyatiga raqobatni cheklaydigan yoxud cheklashi mumkin bo‘lgan tarzda aralashishi taqiqlanadi. Ushbu talabni buzish monopoliyaga qarshi davlat organi (o‘z vakolatlari doirasida hududiy organ)ning da’vosiga binoan yuridik shaxslar birlashmasi (ittifoqi, uyushmasi)ning, xo‘jalik shirkati yoki jamiyatining sud orqali tugatilishiga asos bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari va harakatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biror-bir faoliyat sohasida yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil qilishga cheklashlar joriy etish, shuningdek ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish yoki muayyan bir tovarlarni ishlab chiqarishni taqiqlash, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektga shartnomalar tuzishda kimgadir ustunlik berish, iste’molchilarning muayyan doiralariga tovarlarni birinchi navbatda yetkazib berish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ba’zi bir xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ayni bir tovar bozorining o‘zida ishlaydigan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan ustunlik beruvchi soliq yoki boshqa imtiyozlarni, litsenziyalash bo‘yicha huquqlarni asossiz ravishda berib qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalarini (ulushlarini) sotib olish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(7-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati uchun boshqa kamsituvchi yoki imtiyozli shart-sharoitlarni belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim hollarda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tabiiy ofatlar, falokatlarning oqibatlarini tugatish hamda kasalliklar tarqalib ketishining oldini olish maqsadida ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan mazmundagi qarorlarni qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv organining boshqa bir boshqaruv organi bilan yoxud xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan bozorning me’yorida faoliyat ko‘rsatishiga, raqobatni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi va iste’molchilarning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazuvchi bitimlariga (kelishib olingan harakatlariga), shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narxlar yoki tariflarni oshirish, pasaytirish, saqlab turishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorni hududiy prinsip bo‘yicha, sotuvlar va xaridlar hajmi, tovar xillari yoxud sotuvchilar yoki xaridorlarning, buyurtmachilarning doirasi bo‘yicha taqsimlab olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklash yoki ularni bozordan chetlatishga qaratilgan bitimlariga (kelishib qilingan harakatlariga) yo‘l qo‘yilmaydi va ular belgilangan tartibda to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslar va boshqaruv organlarining tovarlar ishlab chiqarish yoki sotishni monopoliyalash maqsadida birlashishi, mavjud davlat boshqaruvi organlariga raqobatni cheklab qo‘yishi mumkin bo‘lgan vakolatlarni berish, shuningdek boshqaruv organlarining vazifalarini xo‘jalik yurituvchi subyektlar vazifalari bilan qo‘shib yuborish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga mazkur organlarning vazifalari va huquqlarini, shu jumladan davlat boshqaruvi organlarining vazifalari va huquqlarini berish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Insofsiz raqobatni taqiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Insofsiz raqobatga, chunonchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektga zarar keltiradigan yoki uning tadbirkorlik obro‘siga putur yetkazadigan yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning intellektual faoliyati natijalaridan va ularga tenglashtirilgan individuallashtirish vositalaridan, mahsulotni, xizmatlar bajarishni individuallashtirish vositalaridan qonunsiz foydalanib tovar sotishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarning xususiyati, uni tayyorlash usuli va joyi, iste’mol xossalari, sifati xususida iste’molchilarni chalg‘itishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektning, shu jumladan uning reklama faoliyati jarayonida ham, o‘zi ishlab chiqaradigan yoki sotadigan tovarlarni boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tovarlari bilan qo‘pol taqqoslashiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish yoki savdo axborotini, shu jumladan tijorat sirini egasining roziligisiz olish, undan foydalanish, uni oshkor etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi xo‘jalik yurituvchi subyektning tovarlar va xizmatlar bozoriga kirishini to‘sishga yo‘l qo‘yilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat to‘g‘risida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. MONOPOLIYAGA QARShI DAVLAT ORGANI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar bozorlarida raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining monopolistik faoliyatini va insofsiz raqobatini cheklash hamda to‘xtatib qo‘yish sohasida davlat siyosatini monopoliyaga qarshi davlat organi olib boradi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-fevraldagi PF-4191-sonli “Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi monopoliyaga qarshi davlat organi bo‘lib hisoblanidi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi davlat organi o‘z faoliyatida boshqa boshqaruv organlaridan mustaqildir, uning qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi davlat organining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iboratdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini boshqarish davlat organi bilan birgalikda tovar bozorlarida raqobat muhitini yaratishga, monopoliyadan holi qilishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni muvofiqlashtirishga nisbatan yagona uslubiy yondashuvni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobat va tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bozor munosabatlarini shakllantirishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopolistik faoliyatning, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tovar bozorlaridagi o‘z ustun mavqeyini suiiste’mol qilishining oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik, insofsiz raqobatga va iste’molchilar manfaatlari kamsitilishiga chek qo‘yish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopoliyachi birlashmalar (korxonalar)ning O‘zbekiston Respublikasi Davlat reyestrini yuritish (bundan keyin reyestr deb ataladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishda oshkoralikni ta’minlash, iqtisodiyotni monopoliyadan holi qilish, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishning borishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan maxsus davriy nashrlar orqali fuqarolarni xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi chet el tajribasini tahlil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar bozorlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeyi mavjudligini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishlarini tugatish yoki bunday buzilishlarning oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘risida, dastlabki holatni tiklash haqida, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof shartnomalarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzuvchi o‘zlari qabul qilgan qarorlarni, hujjatlarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish va berilgan ko‘rsatmalarning ijrosini nazorat qilish;
(10-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘zlari qabul qilgan va monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan hujjatlarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlardan monopolistik faoliyat natijasida asossiz olingan daromadni (foydani) olib qo‘yish va jarima solish haqida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qilish;
(10-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida, shu jumladan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof shartnomalarni to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb hisoblash to‘g‘risida arizalar bilan sudga murojaat qilish, shuningdek monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini qo‘llash va ularni buzish bilan bog‘liq ishlarni sudda ko‘rib chiqishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun materiallarni tegishli organlarga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalashni joriy etish yoki uni bekor qilish, bojxona tariflarini o‘zgartirish, kvotalar joriy etish yoki ularni bekor qilish, shuningdek soliq imtiyozlari, imtiyozli kreditlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlarini tatbiq etish yoki bekor qilish to‘g‘risida tegishli organlarga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning reyestrini shakllantirish tartibini belgilash;
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining qarori bilan tasdiqlangan “Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat. № 1064, 15.09.2001-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risida”gi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Axborot olish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi davlat organining mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektning hududiga kirish hamda so‘rov asosida zarur hujjatlar va ma’lumotlardan foydalanish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organiga axborot taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, ularning rahbarlari, shuningdek mansabdor shaxslar monopoliyaga qarshi davlat organining talabiga binoan unga kerakli hujjatlar va boshqa axborotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishi shart.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining tijorat sirini saqlash borasidagi majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi davlat organi ushbu Qonunga muvofiq o‘ziga berilgan vakolatlarni amalga oshirish chog‘ida olgan tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi davlat organi xodimlari tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni oshkor etganlari taqdirda, ular yetkazgan zarar qonun hujjatlariga muvofiq undirib olinishi lozim.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat to‘g‘risida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. RAQOBAT USTIDAN DAVLAT NAZORATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Xo‘jalik subyektlarini tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish ustidan davlat nazorati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagilar ustidan nazoratni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar birlashmalarini tashkil etish, qo‘shib yuborish va birlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va birlashtirish, moliya-sanoat guruhlari, xolding kompaniyalari tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarni tugatish va bo‘lish ustidan, agar bu bozorda ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektning paydo bo‘lishiga olib keladigan bo‘lsa, tugatish sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga muvofiq amalga oshirilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik subyektlarini qo‘shib yuborish, birlashtirish va tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan shaxslar yoki organlar monopoliyaga qarshi davlat organiga quyidagilarni taqdim etadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatishga rozilik berish to‘g‘risidagi iltimosnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlashayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan har birining asosiy faoliyat turlari, ularning tegishli tovar bozoridagi ulushi va birlashmaga kirishga roziligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi davlat organi qaror chiqarish uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotlarni ham so‘rab olishga haqlidir. Ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni taqdim etish xususiyati va shakllariga qo‘yiladigan talablar monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi davlat organi zarur hujjatlarni olgan vaqtdan boshlab o‘ttiz kundan kechiktirmay arizachiga qabul qilingan qaror haqida yozma ravishda ma’lum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar iltimosnomaning qondirilishi tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning ustun mavqeyi yuzaga kelishi yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatni cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lsa, agar taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish chog‘ida ularda bayon etilgan va qaror qabul qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan axborot ishonchsiz bo‘lsa, monopoliyaga qarshi davlat organi iltimosnomani rad etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi davlat organi iltimosnomani qondirishni raqobatni ta’minlashga qaratilgan talablarni bajarishga bog‘liq qilib qo‘yishga haqlidir. Bunda mazkur talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari monopoliyaga qarshi davlat organining ushbu modda birinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish uchun rozilik berishi to‘g‘risidagi qarorida aks etmog‘i lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilayotgan shaxslar va organlar o‘zlarining harakatlari bozorda savdo sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilishini, xaridorlarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersalar, monopoliyaga qarshi davlat organi hatto yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan noxush oqibatlar yuz berishi mumkin bo‘lganida ham iltimosnomani qondirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish, qo‘shib yuborish, birlashtirish tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning ustun mavqeyi yuzaga kelishi yoki kuchayishiga yoxud raqobatning cheklanishiga olib kelgan hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektning muassislari, qo‘shib yuborish, birlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan shaxslar yoki organlar monopoliyaga qarshi davlat organining talabiga binoan raqobat uchun zarur sharoitlarni tiklash chora-tadbirlarini ko‘rishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar tugatilishi munosabati bilan ularni reyestrdan chiqarish to‘g‘risida yozib qo‘yish ro‘yxatga oluvchi organ tomonidan faqat monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olib amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddada belgilangan tartibni buzgan holda yuridik shaxslarni tashkil etish, qo‘shib yuborish yoki birlashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborib va birlashtirib, moliya-sanoat guruhlari, xolding kompaniyalar tashkil etish, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq monopoliyaga qarshi davlat organi qo‘ygan talablarni bajarmaslik davlat ro‘yxatiga olishni monopoliyaga qarshi davlat organining da’vosiga binoan sud tartibida haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar qo‘shib yuborilgan, birlashtirilgan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyektning muassislari, qo‘shib yuborish, birlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan shaxslar yoki organlar bu haqda faoliyatning turini, mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hajmlarini ko‘rsatgan holda monopoliyaga qarshi davlat organini o‘n besh kunlik muddat ichida xabardor qilishlari lozim.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga muvofiq o‘n birinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Aksiyalar, ulushlar va boshqa mulkiy huquqlarni olish vaqtida monopoliyaga qarshi kurashga doir qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan olingan roziligi bilan xo‘jalik yurituvchi subyektning iltimosnomasi asosida quyidagilar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir shaxsning, bir guruh shaxslarning xo‘jalik yurituvchi subyektning aksiyalarini, ustav kapitalidagi ovoz huquqiga ega bo‘lgan ulushlarini olishi, bunda ushbu shaxs, bir guruh shaxslar mazkur aksiyalar, ulushlarning o‘ttiz besh foizdan ortig‘ini tasarruf etish huquqini oladi. Ushbu talab xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish chog‘ida uning ta’sis etuvchilariga tatbiq etilmaydi, moliya-sanoat guruhlari, xolding kompaniyalarni tashkil etish hollari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir shaxsning, bir guruh shaxslarning xo‘jalik yurituvchi subyektning tadbirkorlik faoliyatini olib borish yoxud uning ijroiya organi vazifalarini amalga oshirish shartlarini belgilash imkonini beruvchi huquqlarni olishi, shu jumladan bitimlar, shartnomalar, topshiriqnomalar, kontraktlar vositasida yoki boshqa yo‘llar bilan olishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli bitimda qatnashuvchi shaxslar aktivlarining jami balans qiymati eng kam ish haqining to‘rt ming barobari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoki bitim qatnashchilaridan biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa yoxud ushbu xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini nazorat qiluvchi bir guruh shaxslar sotib oluvchi bo‘lsa, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olinishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan bitimlarni tuzish uchun shaxslar monopoliyaga qarshi davlat organiga bunday bitimlarni tuzish uchun rozilik berish haqida iltimosnoma taqdim etishlari va qaror chiqarish uchun zarur bo‘lgan axborotni ma’lum qilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bitim qatnashchilari o‘z harakatlarining bozorda savdo sharoitlarini yaxshilashga, tovarning raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashuvchi, xaridorlarga sezilarli tarzda naf keltiruvchi ijobiy samarasi ko‘rib chiqilayotgan tovar bozori uchun kelib chiqadigan salbiy oqibatlardan ustun bo‘lishini isbotlasalar, hatto raqobatni cheklash ehtimoli bo‘lgan taqdirda ham monopoliyaga qarshi davlat organi iltimosnomani qondirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxs aktivlarining jami balans qiymati eng kam ish haqining ikki ming barobari miqdoridan ortiq bo‘lgan ikki va undan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yoki ayni bir turdagi tovar guruhi bo‘yicha reyestrga kiritilgan yoxud ayni bir turdagi ishlab chiqarish-sotish jarayonining turli bosqichidagi tovarlar guruhi bo‘yicha reyestrga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ijroiya organlari, direktorlar kengashlari yoki kuzatuv kengashlarida ishtirok etgan taqdirda bu shaxs ko‘rsatilgan organlarga yoki kengashlarga kirgani yoki saylanganidan so‘ng o‘n besh kun ichida monopoliyaga qarshi davlat organiga xabar berishi zarur. Monopoliyaga qarshi davlat organiga xabar berilayotganida arizachi unga ariza bilan birga ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan axborotni ham taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddada belgilangan tartibni buzgan holda tuzilgan, ustun mavqening vujudga kelishi yoki kuchayishiga yoki raqobatning cheklanishiga olib keladigan bitimlar yoki harakatlar haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Xo‘jalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalari, ulushlarini olish ustidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1896, 05.02.2009-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lib yuborish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, monopoliyaga qarshi davlat organi raqobatni rivojlantirish maqsadida uni majburiy tarzda bo‘lib yuborish yoki undan tarkibiy bo‘linmalar negizida bir yoki bir necha yuridik shaxsni ajratib chiqarish haqida sudga da’vo arizasi berishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lib yuborish quyidagi shartlarning hammasi bo‘lganida, ya’ni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘lib yuborilayotgan tarkibiy bo‘linmalar tashkiliy va hududiy jihatdan ajralib chiqishi mumkin bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida texnologiya jihatidan o‘zaro uzviy bog‘lanish bo‘lmaganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘lib yuborish natijasida tarkibiy bo‘linmalar muayyan tovar bozorida mustaqil ishlash imkoniyatiga ega bo‘lganida amalga oshirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat to‘g‘risida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.04.00 Monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. MONOPOLIYAGA QARShI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish oqibatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopoliyaga qarshi davlat organining ko‘rsatmalarini belgilangan muddatda bajarishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy, jinoiy va boshqa tarzda javobgarlikka tortilishi mumkin.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagi qoidabuzarliklar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarimalar solishga haqlidir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishlarini tugatish, dastlabki holatni tiklash, shartnomalarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarishdan bo‘yin tovlaganlik yoki o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun, shuningdek monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olmay turib, ushbu Qonun 15-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirganlik yoki bitimlar tuzganlik uchun quyidagi miqdorlarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va yuridik shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda va yetkazilgan zararning besh foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) monopoliyaga qarshi davlat organiga axborot taqdim etmaganlik yoki ataylab noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik uchun quyidagi miqdorlarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va yuridik shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklashga olib kelgan kelishuvi (kelishilgan harakatlari) uchun quyidagi miqdorlarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining oltmish baravaridan sakson baravarigacha miqdorda va yetkazilgan zararning besh foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining yuz ellik baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jarima solish sud tomonidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda esa, monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jarima davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan monopoliyaga qarshi davlat organining jarima solinganligi to‘g‘risidagi qarori olingan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun muddatda to‘lanadi va budjetga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jarima to‘lash monopoliyaga qarshi davlat organining qarori yoki ko‘rsatmasini bajarish yoki monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish majburiyatidan ozod qilmaydi.
(18-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar davlat boshqaruvi organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi, shu jumladan monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof ravishda qabul qilingan normativ hujjat tufayli xo‘jalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga zarar keltirilsa, zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanishi lozim.
(19-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar xo‘jalik yurituvchi subyektning monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzuvchi harakati yoki harakatsizligi tufayli boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga zarar keltirilgan bo‘lsa, u zarar yetkazgan xo‘jalik subyekti tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq to‘lanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. MONOPOLIYAGA QARShI DAVLAT ORGANINING QARORLAR QABUL QILIShI, ULAR USTIDAN ShIKOYAT QILISh VA ULARNI IJRO ETISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risida monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi davlat organi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish faktlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida qarorlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish uchun monopoliyaga qarshi davlat organining o‘z tekshiruvlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining arizalari hamda prokuraturaning taqdimnomalari asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishlarni qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risida ishlarni qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror manfaatdor tomonlarga ushbu qaror qabul qilinganidan so‘ng besh kundan kechiktirmay yozma ravishda jo‘natiladi. Qabul qilingan qaror asosida beriladigan ko‘rsatma ham xuddi shu muddatda jo‘natiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarorlarini ijro etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (ko‘rsatmasi) unda belgilangan muddatda ijro etilishi lozim. Qarorni (ko‘rsatmani) belgilangan muddatida ijro etmaslik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oqibatlarga sabab bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarorlari ustidan shikoyat qilish tartibi va asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar monopoliyaga qarshi davlat organi qabul qilgan qarordan norozi bo‘lganlari taqdirda bunday qarorni to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topish yoxud bekor qilish yoki iqtisodiy jazolarni qo‘llashga doir qarorni o‘zgartirish to‘g‘risida ariza bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (ko‘rsatmasi) ustidan ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan jamoat nazorati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘z ustavlariga muvofiq raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish va iste’molchilarning manfaatlarini monopolistik faoliyatdan himoya qilish maqsadini ko‘zlovchi jamoat birlashmalari tegishli organlar bilan birgalikda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 27-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
355-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 54-modda; 1999-y., 9-son, 229-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda)