Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.1997 07.02.1995 yildagi 34-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.1997
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNING MONOPOLISTIK FAOLIYATINI ChEKLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-sonli “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport xizmatlari koʻrsatish, ulgurji savdo sohasida raqobatli muhit yaratish va korxonalarning monopolistik faoliyatini cheklash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda xoʻjalik birlashmalarining transport xizmatlari koʻrsatish, ulgurji savdo sohasidagi faoliyatini tahlil qilsinlar hamda ayrim monopolistlarning tovar va xizmatlarning muayyan bozoridagi ustunlik mavqei zaminlarini bartaraf etish boʻyicha belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik birlashmalari ularning tarkibiga kiruvchi korxonalarga, tashkilotlarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga (ishlarga, xizmatlarga), oʻz faoliyati samaradorligini hisobga olgan holda, bozor konyunkturasi asosida erkin narxlarni shakllantirishda yordam koʻrsatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbeksavdo”, “Oʻzbekbirlashuv” uyushmalari, “Oʻzavtotrans” davlat-aksionerlik korporatsiyasi tizimidagi tovarlar va xizmatlar bozorida ustunlik mavqeini egallab turgan ombor xoʻjaliklari korxonalari, birlashmalari, ulgurji savdo va avtotransport korxonalari 1-ilovaga* muvofiq monopoliyadan chiqarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi va “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan tadbirlar maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Monopoliyadan chiqarish boʻyicha idoralararo komissiya tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaga quyidagilar yuklatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar va xizmatlar bozorida monopol mavqeni egallab turgan korxonalar faoliyatini ekspertiza qilish materiallarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza materiallari boʻyicha monopol korxonalarni maydalashtirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi bilan birgalikda, oʻzlarining ustunlik mavqeini suiisteʼmol qilishayotgan xoʻjalik yurituvchi monopolist subyektlarni aniqlash maqsadida, xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlaridagi raqobatli muhitni muntazam ravishda tadqiq qilib borishni amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadqiqotlar natijalari boʻyicha Idoralararo komissiyaga, yangi tadbirkorlarning bozorga kirishlari uchun zamin yaratish, raqobatni rivojlantirish uchun, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning monopolistik faoliyatini toʻxtatish va bartaraf qilishga doir takliflar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 7-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-son