Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2017 20.10.1992 yildagi 484-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori , 20.10.1992 yildagi 484-son
Kuchga kirish sanasi
20.10.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2017
Hujjat 08.08.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻZBEKTURIZM” MILLIY KOMPANIYASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 2-dekabrdagi PQ–2666-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 27-iyuldagi Farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-avgustdagi 346-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik uyushmasi hisoblanadi, 1-ilovada qayd etilgan korxonalar va tashkilotlar uning muassislari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi, oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, kompaniyaning umumiy yigʻilishida qabul qilinadigan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Ustav asosida amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston hududida turizm sohasidagi yagona siyosatni ishlab chiqib, uni amalga oshirishni taʼminlaydigan muvofiqlashtiruvchi bosh idora hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻla xoʻjalik hisobi, valyuta bilan oʻzini oʻzi qoplash va oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash qoidalari asosida moliyaviy-iqtisodiy, xoʻjalik va ijtimoiy faoliyat masalalarini mustaqil hal etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompaniyaning korxonalari va tashkilotlari mol-mulkini boshqaradi, ularni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda belgilangan tartibda qatnashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekturizm” kompaniyasini boshqarishning yuqori organi uning Kengashi hisoblanadi, u Boshqaruvni va taftish komissiyasini saylaydi, xodimlarga, mehnat haqi toʻlash shartlari va tizimini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi ishchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, apparat xodimlarining cheklangan soni 118 nafar etib belgilansin (binoni qoʻriqlash va unga xizmat koʻrsatish xodimlarisiz). “Oʻzbekturizm” kompaniyasi ishchi apparatini va uning hududiy boʻlimlarini mablagʻ bilan taʼminlash kompaniyaga kiruvchi tashkilotlar ajratadigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekturizm” kompaniyasiga raisning toʻrt nafar oʻrinbosariga, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosariga ega boʻlishga ruxsat berilsin. Kompaniya raisi va uning oʻrinbosarlariga Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining tegishli rahbarlari uchun nazarda tutilgan moddiy-maishiy va tibbiy xizmat koʻrsatish shartlari joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda kompaniyaning turizm boʻyicha tegishli hududiy boʻlimlarini tashkil etsin. Kompaniya boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi va xodimlari soni 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Bir oy muddat ichida hududiy boʻlimlar toʻgʻrisidagi namunaviy nizom ishlab chiqilsin va tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda yangi tashkilotlar tashkil etish, mavjud boʻlinmalarni qayta tashkil etish va tugatish, respublika butun turistik majmuilarining samarali ishlashini taʼminlash uchun xoʻjalik mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika Hukumatining topshirigʻiga koʻra xalqaro turistik tashkilotlarga aʼzo boʻlish, chet elda vakolatxonalar, tijorat markazlari, axborot-reklama byurolari ochish;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-avgustdagi 346-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dam olish, turizm, hordiq chiqarish va xizmatlar koʻrsatishning jahon amaliyotida qabul qilingan va foyda keltiradigan yangi turlarini tashkil etish. Kompaniyaga birkitilgan turdagi tovarlar bilan belgilangan eksport-import aʼmollarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga berilgan vakolatlar doirasida barcha vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy hokimiyat organlari, tashkilotlar va korxonalar, idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, bajarishi majburiy boʻlgan meʼyoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddat ichida amaldagi qonunchilikka muvofiq korxonalar va tashkilotlar mulki egalari bilan oʻzaro hisob-kitoblar masalalarini koʻrib chiqsin, shuningdek, 1-ilovaga muvofiq “Oʻzbekturizm” kompaniyasiga berilgan davlat mulkidan ayrim tijorat tuzilmalarining foydalanish huquqi toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbekturizm” kompaniyasining tashkil etilishiga amaliy yordam koʻrsatish va uning samarali faoliyatini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-1993-yillarda kompaniyaning taklifi bilan Oʻzbekistonga keluvchi xorijiy delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish boʻyicha ularning yashashi va transport xarajatlari uchun soʻmlarda haq toʻlashga ruxsat berilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi oʻrtasida Hindistonning “Tata” va “Larsen” firmalari ishtirokida Toshkent, Buxoro, Samarqand shaharlarida mehmonxona komplekslari qurilishini toʻla tugallash uchun zarur boʻlgan tovarlar almashish toʻgʻrisidagi protokolni bajarish hisobidan “Oʻzbekturizm” kompaniyasiga valyuta mablagʻlari oʻtkazsin. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Oʻzbekturizm” kompaniyasi bilan birgalikda 10 kun muddat ichida ushbu masala boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzshartnomasavdo” uyushmasi va respublikaning boshqa taʼminot-sotish tashkilotlari birkitilgan turlar boʻyicha kvota qilinadigan moddiy resurslar turlarini ajratishni nazarda tutsinlar, mahsulot yetkazib beruvchilar bilan xoʻjalik aloqalari oʻrnatishda kompaniyaga yordam koʻrsatsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi kompaniyaning Moskva shahridagi vakolatxonasini joylashtirishga koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kompaniya uchun 4 ta yengil avtomashinani saqlashga limit ajratsin, Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi esa shartnoma asosida transport vositalari bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi kompaniyaning talabnomasi boʻyicha telefon, hukumat, teleks va telefaks aloqasini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekturizm” kompaniyasi boshqaruvi va uning ishchi apparati Madaniy-axborot markazining Toshkent shahar, Hamza koʻchasi, 45-uydagi binosiga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarordan kelib chiquvchi vazifalarni hisobga olgan holda kompaniya Ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 oy muddat ichida, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarni hamda turistik faoliyat bilan shugʻullanuvchi xususiy shaxslarni qayta roʻyxatdan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 20-oktabrdagi 351-son qarorining 3 va 4-bandlari, Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 9-apreldagi 168-son qarorining 1 va 7-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq E.S. Samandarov zimmasiga yuklatilsin. Uning qanday bajarilayotganligi 1993-yil aprel oyida koʻrib chiqilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 20-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
484-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-avgustdagi 346-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-avgustdagi 346-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)