Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.12.2016 27.07.1992 yildagi PF-447-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.12.2016
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

“OʻZBEKTURIZM” MILLIY KOMPANIYASINI TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda jahon meʼyorlariga muvofiq keladigan sayyohlik tizimini vujudga keltirish, bu sohani boshqarishni takomillashtirish, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida, shuningdek sobiq Ittifoqqa boʻysunuvchi turistik korxonalar va muassasalar respublikaning huquqiy tasarrufiga oʻtganligi munosabati bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekistonda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi turizm va ekskursiyalar Respublika Kengashining, “Sputnik” Xalqaro yoshlar turizmi Byurosining “Intur-Toj” qoʻshma korxonasining, respublika xoʻjalik hisobidagi “Sayyohintur” birlashmasining sobiq SSSR Davlat chet el turizmi komiteti korxonalarining shular negizida “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Oʻzbekturizm” faoliyatining bosh vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasida respublikaning yagona siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizmning xoʻjalik tarmoqlari majmuini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizmning barcha turlarini rivojlantirish uchun huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarni hamda shart-sharoitlarni vujudga keltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik markazlaridan oqilona foydalanish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish yoʻli bilan zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekskursiyalar uchun tarixiy meʼmorchilik inshootlarini taʼmirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik ajnabiy firmalar va kompaniyalar bilan birga qoʻshma turistik xizmatlar va korxonalarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon bozorida talab qilinayotgan yangi turistik marshrutlar va xizmatlarning turlarini tatbiq qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm tarmoqlari uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston hududida ish yurituvchi barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga turizm sohasida shugʻullanish huquqini beradigan sertifikatlarni topshirish hamda ular faoliyatini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzining ishlab chiqarish va tijorat tuzilmasini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet ellardagi oʻz vakolatxonalari va byurolari orqali respublikaning turizm sohasidagi gʻoyat katta imkoniyatlarini reklama qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi Oʻzbekiston hududida turizm sohasidagi yagona siyosat ishlab chiqilib, amalga oshirilishini taʼminlaydigan muvofiqlashtiruvchi bosh organ deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddat ichida ushbu Farmonni roʻyobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlarini koʻzda tutuvchi qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 27-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-447-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 375-modda)