Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2017 20.10.1992 yildagi 484-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori , 20.10.1992 yildagi 484-son
Kuchga kirish sanasi
20.10.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘ZBEKTURIZM” MILLIY KOMPANIYASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PQ–2666-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 27-iyuldagi Farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-avgustdagi 346-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2—5-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi 360-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 30-son, 346-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddat ichida amaldagi qonunchilikka muvofiq korxonalar va tashkilotlar mulki egalari bilan o‘zaro hisob-kitoblar masalalarini ko‘rib chiqsin, shuningdek, 1-ilovaga muvofiq “O‘zbekturizm” kompaniyasiga berilgan davlat mulkidan ayrim tijorat tuzilmalarining foydalanish huquqi to‘g‘risida qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zbekturizm” kompaniyasining tashkil etilishiga amaliy yordam ko‘rsatish va uning samarali faoliyatini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-1993-yillarda kompaniyaning taklifi bilan O‘zbekistonga keluvchi xorijiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ularning yashashi va transport xarajatlari uchun so‘mlarda haq to‘lashga ruxsat berilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi o‘rtasida Hindistonning “Tata” va “Larsen” firmalari ishtirokida Toshkent, Buxoro, Samarqand shaharlarida mehmonxona komplekslari qurilishini to‘la tugallash uchun zarur bo‘lgan tovarlar almashish to‘g‘risidagi protokolni bajarish hisobidan “O‘zbekturizm” kompaniyasiga valyuta mablag‘lari o‘tkazsin. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “O‘zbekturizm” kompaniyasi bilan birgalikda 10 kun muddat ichida ushbu masala bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zshartnomasavdo” uyushmasi va respublikaning boshqa ta’minot-sotish tashkilotlari birkitilgan turlar bo‘yicha kvota qilinadigan moddiy resurslar turlarini ajratishni nazarda tutsinlar, mahsulot yetkazib beruvchilar bilan xo‘jalik aloqalari o‘rnatishda kompaniyaga yordam ko‘rsatsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi kompaniyaning Moskva shahridagi vakolatxonasini joylashtirishga ko‘maklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kompaniya uchun 4 ta yengil avtomashinani saqlashga limit ajratsin, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi esa shartnoma asosida transport vositalari bilan ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi kompaniyaning talabnomasi bo‘yicha telefon, hukumat, teleks va telefaks aloqasini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekturizm” kompaniyasi boshqaruvi va uning ishchi apparati Madaniy-axborot markazining Toshkent shahar, Hamza ko‘chasi, 45-uydagi binosiga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarordan kelib chiquvchi vazifalarni hisobga olgan holda kompaniya Ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 oy muddat ichida, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlarni hamda turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xususiy shaxslarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 20-oktabrdagi 351-son qarorining 3 va 4-bandlari, O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 9-apreldagi 168-son qarorining 1 va 7-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari o‘rtoq E.S. Samandarov zimmasiga yuklatilsin. Uning qanday bajarilayotganligi 1993-yil aprel oyida ko‘rib chiqilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 20-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
484-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-avgustdagi 346-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-avgustdagi 346-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)