1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 28-maydagi PF-6002-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 17-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
722-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 5-yanvardagi 3-son qarorining rus tilidagi matnida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovaga quyidagi mazmundagi 12-pozitsiya qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
№
Gosudarstvennie organi i drugiye organizatsii
Predmet soglasovaniya
12.
Gosudarstvenniy komitet po razvitiyu turizma Respubliki Uzbekistan
Voprosi planirovaniya i proyektirovaniya na potensialnix territoriyax, a takje turistskix zonax i turistskix ulitsax dlya razmesheniya obyektov turistskoy infrastrukturi
”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12 — 19 pozitsiyalar tegishli ravishda 13 — 20 pozitsiya deb o‘qilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-maydagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining Ustavining rus tilidagi matnida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-bandi uchinchi xatboshisidagi “predostavleniya v arendu” degan so‘zlardan keyin “i realizatsii” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 566-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlari Ro‘yxati”ni quyidagi mazmundagi 25-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
25.
Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarning xizmatlari
”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan mablag‘ ajratish tartibi haqidagi nizomning 9-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “turoperator va turagentning” so‘zlari “turoperatorlarning” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 6-banddagi “Turoperator va turagentlarning” so‘zlari “Turoperatorlarning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(7-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “turistik xizmatlarning alohida turlari, shu jumladan,” degan so‘zlardan keyin “turoperator xizmatlari,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Joylashtirish vositasi, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlari bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish faqat belgilangan tartibda tegishli sertifikatlar olingandan keyin va ularning amal qilish muddati davomida ko‘rsatish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatning amal qilish muddati, berilgan sertifikatning amal qilish muddati davrida 1-marta (har 2,5 yilda) inspeksiya nazoratini o‘tkazgan holda besh yildan iborat bo‘ladi. Sertifikatning asl nusxasi bevosita sertifikatlashtirish obyektida turadi va u uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaldagi sertifikatsiz joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlari bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda ariza beruvchi tomonidan turoperator xizmatini tashkillashtirish uchun tuzilgan shartnomalar (transport va ekskursiya xizmatiga, joylashtirish, gid-tarjimonlar xizmatiga, ovqatlanish, ko‘ngilochar va dam olish, turagentlik xizmatlariga hamda turistlarni qabul qiluvchi davlatlardagi xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalar va boshqalar) ro‘yxati.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-banddagi “uch” so‘zi “bir” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Komissiya Markaz rahbariyatining buyrug‘i tasdiqlangan kundan boshlab besh ish kuni davomida baholashni o‘tkazishni boshlashi kerak. Baholash muddati joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyajlarda ikki ish kunidan, turoperatorlar xizmatlarida bir ish kunidan oshmasligi lozim.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-banddagi “bayonnoma” degan so‘zi “dalolatnoma” degan so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-banddagi “ikki” so‘zi “bir” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Turistik xizmatlarni standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
Ariza beruvchi
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlarni tayyorlaydi va pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUKga (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) sertifikatlashtirish uchun ariza beradi.
Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra
Markaz
Arizani ko‘rib chiqadi va sertifikatlashtirishni o‘tkazish yoki sertifikatlashtirish o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
1 ish kuni davomida
Markaz
Ariza beruvchiga sertifikatlashtirish o‘tkazish to‘g‘risida shartnomani ilova qilib sertifikatlashtirish o‘tkazish to‘g‘risida yoki rad etish sabablari ko‘rsatib o‘tilgan sertifikatlashtirish o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni yuboradi
Qaror qabul qilingan kunning o‘zida
Ariza beruvchi
Markazning bank hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha haq to‘lashni amalga oshiradi.
30 kun davomida
Markaz
Komissiya tarkibi va sertifikatlashtirish dasturini tasdiqlaydi
1 ish kuni davomida
Markaz
Komissiya Markaz rahbariyatining buyrug‘i tasdiqlangan kundan boshlab baholashni o‘tkazishni boshlaydi.
5 ish kuni davomida
Markaz
Komissiya sertifikatlashtirish obyektini normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholaydi, baholash dalolatnomasini rasmiylashtiradi va baholash dalolatnomasini Markazga taqdim qiladi.
3 ish kunidan ko‘p emas, turoperator xizmati uchun — 2 ish kunidan ko‘p emas
Markaz
Sertifikat berish yoki sertifikat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
1 ish kuni davomida
Ariza beruvchi
Sertifikat berish rad etilganda nomuvofiqliklarni bartaraf etadi. Nomuvofiqliklarni bartaraf etilganini tasdiqlovchi barcha hujjatlar bilan ularni bartaraf etish to‘g‘risidagi arizani taqdim etadi.
30 kun davomida
Markaz
Sertifikat berishni rad etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan sabablar ariza beruvchi tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilganda — qayta baholashni amalga oshiradi.
2 ish kunidan ko‘p emas
Markaz
Sertifikat berish yoki sertifikat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
1 ish kuni davomida
Markaz
Ariza beruvchiga sertifikat berish (sertifikat va muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqini berish to‘g‘risidagi bitimni ilova qilgan holda) yoki sertifikat berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni yuboradi.
Qaror qabul qilingan kunning o‘zida
Ariza beruvchi
Sertifikat berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda — sertifikat va muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqini berish to‘g‘risida bitim tuzadi.
30 kun davomida
Markaz
Sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestrida sertifikatni rasmiylashtiradi va ro‘yxatdan o‘tkazadi. Ariza beruvchi vakiliga sertifikatni beradi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan kunning o‘zida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun TO‘LOV MIQDORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Nomi
To‘lov miqdori (BHMda)
Turoperator xizmatlari
1.
Kirish (turistlarni qabul qilish) turizmi
1,7
2.
Chiqish (turistlarni yuborish) turizmi
1,8
3.
Ichki turizm
0,8
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xizmatlarning bittadan ortig‘ini sertifikatlashtirishda to‘lov miqdori sertifikatlashtirishning umumiy summasidan 35% ga kamayadi.
Mehmonxona xizmatlari
4.
Sig‘imi 10 ta joygacha bo‘lgan joylashtirish vositalari
2,7
5.
Sig‘imi 25 ta joygacha bo‘lgan joylashtirish vositalari
3,8
6.
Sig‘imi 50 ta joygacha bo‘lgan joylashtirish vositalari
6,0
7.
Sig‘imi 100 ta joygacha bo‘lgan joylashtirish vositalari
6,8
8.
Sig‘imi 150 ta joygacha bo‘lgan joylashtirish vositalari
10,7
9.
Sig‘imi 200 ta joygacha bo‘lgan joylashtirish vositalari
12,1
10.
Sig‘imi 350 ta va undan yuqori joygacha bo‘lgan joylashtirish vositalari
13,6
Tog‘ chang‘isi trassasi xizmatlari
11.
Tog‘ chang‘isi trassasi xizmatlari
9,2
Plyaj xizmatlari
12.
Plyaj xizmatlari
9,2
Turistik industriya obyektlarining toifasini aniqlash va uni berish vaqtida sertifikatlashtirish bo‘yicha xizmatlarga to‘lov miqdori yuqorida ko‘rsatib o‘tilganning 200% miqdorida belgilanadi.
Sanatoriylar, pansionlar va yashash uchun joy bilan ta’minlagan holda meditsina xizmati ko‘rsatish faoliyatni amalga oshiruvchi joylashtirish vositalarida sertifikatlashtirish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lov yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan to‘lovlarning 50% miqdorida belgilanadi.
Inspeksiya nazorati uchun to‘lov miqdori yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan to‘lovning 50% miqdorida belgilanadi.
13.
Sertifikatni qayta rasmiylashtirish
0,5
14.
Sertifikat dublikatini berish
0,5
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sertifikatlashtirish bilan bog‘liq ishlarni o‘tkazishda to‘lanadigan to‘lov miqdorini hisoblash uchun sertifikatlashtirish shartnomasi rasmiylashtirilgan kunda belgilangan BHM (Bazaviy hisoblash miqdori) qo‘llanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlar (xizmatlar) narxi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun to‘lov miqdorini ushbu Nizomning 5b-ilovasida ko‘rsatilgan tegishli koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Inspeksiya nazoratini o‘tkazishda to‘lanadigan to‘lov miqdorini hisoblash uchun inspeksiya nazoratiga to‘lov to‘langan kunda belgilangan BHM (Bazaviy hisoblash miqdori) qo‘llanadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-oktabrdagi 602-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar berishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-banddagi “joylashtirish vositalariga subsidiyalar” degan so‘zlardan keyin “2020-yil 1-iyundan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Turizm sohasining alohida subyektlari faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni qisman kompensatsiya qilish va xo‘jalik subyektlarining epidemiyaga qarshi kurashish profilaktik tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan xarajatlarini qoplashning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-bandning birinchi xatboshidagi “Tadbirkorlik subyektlariga” degan so‘zlardan oldin “2020-yil 1-iyundan 2021-yil 31-dekabrga qadar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-bandning birinchi xatboshidagi “Grantlar gidlar (gid-tarjimon)” degan so‘zlardan oldin “2020-yil 1-iyundan 2021-yil 31-dekabrga qadar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)