19.06.2020 yildagi PQ-4755-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm sohasini jadal surʼatlarda tiklash va mamlakatdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan soʻng uni rivojlantirishning yangi yoʻnalishlarini shakllantirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-maydagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6002-son Farmoniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) joylashtirish vositalari tomonidan, shu jumladan xalqaro bronlashtirish maydonlarida muvofiqlik belgisidan (yulduzlar) noqonuniy foydalanganlik holati mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish uchun berilgan sertifikatning amal qilishini qoidabuzarlikning belgilangan tartibda bartaraf etilguniga qadar toʻxtatib turish uchun asos boʻlib hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2020-yil 1-avgustdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyslar soni va yoʻnalishlari boʻyicha cheklovlarni bekor qilishni, shuningdek, xorijiy aviakompaniyalarga beshinchi darajadagi “havo erkinligi”ni taqdim etishni nazarda tutuvchi “Ochiq osmon” rejimi “Andijon”, “Buxoro” va “Urganch” xalqaro aeroportlarida xalqaro huquq normalariga muvofiq joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy aviakompaniyalar ularning tegishli hujjatlarini tekshirish natijalariga koʻra Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) uchish xavfsizligi va aviatsiya xavfsizligi boʻyicha standartlariga muvofiq boʻlishi sharti bilan havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimning mavjudligidan qatʼi nazar “Ochiq osmon” rejimi joriy etilgan xalqaro aeroportlarga doimiy qatnovlarni amalga oshira oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatning “Ochiq osmon” rejimi joriy etilgan xalqaro aeroportlariga qatnovlarni amalga oshirayotgan xorijiy aviakompaniyalarga tarif va yigʻimlar uch yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan aviakompaniyalar uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “v” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “v” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 31-dekabrga qadar “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” (“Oʻzbekiston. Xavfsiz sayohat KAFOLATLANGAN”) tizimining xavfsiz obyektlari reyestriga kiritilgan, turizm va yondosh infratuzilma obyektlarining bino va inshootlarida sanitariya-epidemiologiya xizmati tashkilotlari tomonidan dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya hamda yuqumli kasalliklar paydo boʻlishining oldini olish va darajasini pasaytirishga qaratilgan epidemiyaga qarshi kurashish profilaktik tadbirlarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan xoʻjalik subyektlarining xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar va tumanlar bosh rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash jarayonida ular turizm infratuzilmasini rivojlantirish qismida Turizm qoʻmitasi bilan majburiy kelishiladi;
(1-band “v” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarning xizmatlari oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlari roʻyxatiga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2020-yil 1-iyuldan 2023-yil 1-iyulga qadar nodavlat (xususiy) muzeylar, badiiy galereyalar va hunarmandchilik markazlarining asosiy faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi, mol-mulk va yer soliqlari hamda aylanmadan olinadigan soliq stavkalari belgilangan miqdorga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda turizm sohasi subyektlarining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistlar uchun “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan turoperator tomonidan “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi talablariga rioya qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan sayohat davomida xorijiy turistlar koronavirus (COVID-19) infeksiyasini yuqtirib olgan taqdirda, ularga 3 ming AQSH dollari miqdorida kompensatsiya toʻlovlarini toʻlab berish mexanizmlarini joriy qilgan holda Xavfsiz turizm jamgʻarmasini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq turoperatorlar tomonidan xorijiy turistlarga xizmat koʻrsatish karantin davrida faqat “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimining xavfsiz obyektlari reyestriga kiritilgan turizm va yondosh infratuzilma obyektlarida tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfsiz turizm jamgʻarmasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining 20 milliard soʻm miqdordagi dastlabki toʻlovi, shuningdek, “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi doirasida joriy etilayotgan ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan oʻtish uchun toʻlanadigan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi toʻlov hisobidan shakllantiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-yanvarga qadar Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan Xavfsiz turizm jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlarning qoldiq miqdori Turizm va sport vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladi hamda Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish tartibida belgilangan maqsadlar uchun yoʻnaltiriladi;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy turistlarga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarda “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi majburiy tartibda joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy turistlarga xizmat koʻrsatishda “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimida belgilangan shart va talablarning buzilishida aybdor boʻlgan tashkilotlarning mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda 2021-yil 1-yanvaridan boshlab xorijiy fuqarolar uchun viza rejimini yanada liberallashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun zarur boʻlgan salmoqli kapital, yuqori akademik bilimlar yoki oʻziga xos koʻnikmalarga ega shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qilishga jalb etishni nazarda tutuvchi “Uzbekistan — my second home” (“Oʻzbekiston — mening ikkinchi uyim”) immigratsiya dasturini joriy etish boʻyicha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Turizm qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq tuziladigan turistik-rekreatsion zonalarini (keyingi oʻrinlarda — turistik zonalar) rivojlantirish hamda ularning faoliyatini tashkil qilish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi va quyidagi qoʻshimcha vazifalarni amalga oshiradi:
(5-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik zonalarning samarali boshqaruvini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik zonalar hududida turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur investitsiyaviy shart-sharoitlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistlarning maqsadli toifalari orasida turistik zonalarning salohiyatini targʻib qilish boʻyicha marketing ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri turistik zonalar maʼmuriy kengashiga rahbarlik qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq turizm sohasidagi davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlarning 50 foizi Budjetdan tashqari jamgʻarmaga Turizm qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda koʻrsatilgan maqsadlar uchun yoʻnaltiriladi;
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) turistik zonalar hududida joylashgan va davlatga tegishli boʻlgan mulkiy komplekslarni sotishdan tushadigan mablagʻlarning 50 foizi hamda yer uchastkalarini sotishdan tushadigan mablagʻlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
(5-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75 foizi — tegishli turistik zonalar direksiyalari hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25 foizi — Budjetdan tashqari jamgʻarma hisobiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) turizm sohasidagi “startap” loyihalar va innovatsion biznes gʻoyalarni inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlariga qabul qilish uchun nomzodlarni tanlash boʻyicha Maslahat kengashi tarkibiga Turizm qoʻmitasi vakillari kiritiladi.
(5-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi maʼmuriy kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda koronavirus pandemiyasi va global inqirozli holatlarning mamlakat turizm sohasiga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yilda koronavirus pandemiyasi va global inqirozli holatlarning salbiy taʼsirini kamaytirish hamda mamlakatning ichki va tashqi turizm, sport salohiyatini targʻib qilish, kitoblar xarid qilish, turizm elchilari faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan Budjetdan tashqari jamgʻarmaga kamida 10 milliard soʻm mablagʻ ajratsin;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-iyulgacha “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetining professor-oʻqituvchilar, boshqaruv, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida 2020-yilning ikkinchi yarim yilligi uchun universitetning yarim yillik ish haqi fondi miqdoridagi mablagʻlarni Budjetdan tashqari jamgʻarmaga oʻtkazib bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Budjetdan tashqari jamgʻarmaga mamlakatning turizm salohiyatini targʻib qilishni moliyalashtirish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining asoslantirilgan talabnomasiga muvofiq mablagʻ ajratilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-oktabrgacha Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda turizm sohasi subyektlari xizmatlari tannarxini pasaytirish maqsadida ularga qoʻshimcha soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish, shuningdek, subsidiyalar ajratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Turizm qoʻmitasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan tashqari turizm infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish uchun ajratilgan salohiyatli oʻrmon fondi hududlarini rejalashtirish va loyihalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv omborlari va oʻrmon xoʻjaliklarida turizm turlarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan Hukumat qarorlarining ijrosini monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika kinolokatsiyalarini, shu jumladan jamoat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda xorijda targʻib qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Transport vazirligi, Madaniyat vazirligi, “Uzbekistan Airports” AJ va “Uzbekistan Airways” AJning “Andijon” xalqaro aeroportiga “Zahiriddin Muhammad Bobur” nomini berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Transport vazirligi va “Uzbekistan Airports” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda mamlakatning hududiy xalqaro aeroportlariga eng yaxshi nomlarni aniqlash boʻyicha ommaviy tanlovni eʼlon qilsin va uning natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan aviakompaniyalarning murojaatlariga koʻra ularga parvozlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha choralarga rioya qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo kelishuvlariga muvofiq tayinlangan (shu jumladan qoʻshimcha tarzda tayinlangan) aviakompaniya maqomini belgilangan tartibda bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi yagona tizimni yaratish va joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasini turistik yigʻim hisobini yuritishning yagona tizimi (keyingi oʻrinlarda — Yagona tizim) bilan integratsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan, shu jumladan bronlashtirish tizimining dasturiy mahsulotlarini tahlil qilish orqali joylashtirish vositalarining bandligini oʻrganish va turistik yigʻimlarning toʻliq tushumi ustidan kameral nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik yigʻim toʻlovini qabul qilish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan muvofiqlashtiriladigan axborot markazlarida Yagona tizimning faoliyat yuritishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona tizimni mahalliy mobil toʻlov dasturlari va xalqaro toʻlov tizimlari bilan integratsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari maʼlumotlari bazasini maʼlumotlarni uzatish rejimida Yagona tizim bilan integratsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona tizimdan foydalangan holda, turistik yigʻim toʻlovining toʻlanganligini tekshirish orqali xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning mamlakat hududida boʻlishi hamda undan oʻz vaqtida chiqib ketishini nazorat qilish mexanizmini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statsionar davolash xizmatlarini koʻrsatuvchi davolash muassasalarini Yagona tizimga ulash boʻyicha qoʻshimcha litsenziya talablarini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda ikki oy muddatda Yagona tizimni yaratishning texnik topshirigʻini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Yagona tizim loyihasi davlat organlarining axborot tizimlariga xizmat koʻrsatuvchi kompaniyalarni jalb qilgan holda, Budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida roʻyxatga olingan turoperatorlarga, istisno tariqasida, ushbu hududlarda xizmat koʻrsatish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam boʻlmagan yuqori oʻtish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojxona bojini amaldagi stavkaning 50 foizi miqdorida, qolgan qismini olib kirilgan sanadan boshlab 3 yil davomida toʻlashga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, bunda ushbu transport vositalariga davlatning roʻyxatga olish raqam belgilarining alohida seriyalari beriladi va ulardan tegishincha faqat Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari hududida foydalanishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Transport vazirligi, Energetika vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy va kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi uch oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hududida turistik zonani yaratish va rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi “Orom qirgʻogʻi” (“Leisure Coast”) turistik zonasida suvda dam olish turlari va plyaj turizmini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimiga yoʻlovchilarni tashish uchun temir yoʻllarni yotqizish qiymatining dastlabki hisob-kitoblarini qilish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, doimiy avtobus qatnovlarini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda turizm va unga yondosh infratuzilmani rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Navoiy va Buxoro viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Toʻdakoʻl koʻli hududida turistik zonani tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha suvda dam olish turlari va plyaj turizmini rivojlantirish, temir yoʻl stansiyalarini qurish maqsadga muvofiqligini oʻrganish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, koʻlga yoʻlovchilarni tashish uchun doimiy avtobus qatnovlarini yoʻlga qoʻyish, tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda turizm va unga yondosh infratuzilmani rivojlantirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilgan holda Zomin tumanida umummavsumiy, qishki va yozgi dam olish maskanlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligining quyidagi loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning faol dam olishini tashkil etish (shaharda yurish, terrenkur, trekking va xayking), kasallanish darajasini, shu jumladan yurak xastaliklarini kamaytirishni nazarda tutuvchi “Piyoda turistik marshrut”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlar fuqarolariga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarni tizimlashtirish va turlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi “Uzbekistan — hope and healing land” (“Oʻzbekiston — umidli va shifobaxsh zamin”) tibbiy turizm dasturini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning madaniy meros obyektlari hududlarida belgilanmagan joylarda chiqindi tashlaganlik uchun jarimalarni oshirish, elektr taʼminotiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish, chiqindini utilizatsiya qilish, suv resurslaridan unumli foydalanishni nazarda tutuvchi “Clean&Eco”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvardan boshlab “Gʻishtkoʻprik” (Toshkent viloyati) va “Xayraton” (Surxondaryo viloyati) xalqaro nazorat-oʻtkazish punktlarida mavjud infratuzilma doirasida chegaradan tezkor oʻtish mexanizmlari — “Fast track” xizmatini quyidagilarning tashkil etilishini nazarda tutgan holda joriy qilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtayotgan jismoniy shaxslarning navbatdan tashqari pasport va bojxona nazorati jarayonlarini tezlashtirgan tartibda amalga oshirish uchun alohida yoʻlak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarning dam olishi va hordiq chiqarishi uchun shart-sharoitlar, shu jumladan onalar va bolalar xonalari, ovqatlanish shoxobchalari hamda tijorat banklari filiallarini tashkil qilish va valyuta ayirboshlash uchun bankomatlar oʻrnatgan holda “VIP” zallar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “VIP” zallarni qurish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Fast track” xizmati pullik asosda, shu jumladan, chegarani kesib oʻtishdan oldin 90 kun mobaynida oldindan toʻlov qilish yoki mobil ilovalar orqali toʻlash imkoniyatini yaratgan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80 foizi — Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 foizi — Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari hisobiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa xalqaro nazorat-oʻtkazish punktlarida “Fast track” xizmatini joriy qilish, ularning oʻtkazish oqimini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan grafik asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining mamlakatdagi turistik zonalarga avtotransport vositalari (jamoat va maxsus transportlar, shuningdek, turistik zonalar hududida yashovchi aholining avtotransport vositalaridan tashqari) bilan kirish uchun yigʻim undirish mexanizmini joriy qilish boʻyicha takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy oshxona yoki alohida yoʻnalish boʻyicha ixtisoslashgan tematik ovqatlanish shoxobchalarini, ovqat va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, shuningdek, suvenir mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha xizmatlarni tashkil etish yuzasidan loyiha tashabbuskorlariga grantlar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi turizm mahsulotlari va yoʻnalishlarini ishlab chiqish va targʻib qilish uchun gid va turoperatorlarga grantlar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasi subyektlarining foiz xarajatlarini subsidiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylashtirish boʻyicha xizmatlar (mehmonxona xizmatlari) narxining 10 foizi miqdorida joylashtirish vositalarini subsidiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turoperatorlar va turagentlarga Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan va xizmat koʻrsatilgan har bir xorijiy turist uchun ragʻbatlantiruvchi subsidiyalar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo va temir yoʻl chiptalari uchun turoperatorlarning xarajatlarini qisman subsidiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehmonxonalarning toifa olish va uni koʻtarish uchun renovatsiya, rekonstruksiya hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash boʻyicha xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm maqsadida yoʻlovchi tashuvchi yangi dor yoʻllarini qurish va jihozlash uchun investorlar xarajatlarini qoplashga mablagʻ ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sayohat davomida xorijiy turistlar koronavirus (COVID-19) infeksiyasini yuqtirib olgan taqdirda, ularga kompensatsiya toʻlovlarini toʻlab berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi doirasida ixtiyoriy sertifikatlash, shuningdek, sertifikatlash uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimining xavfsiz obyektlari reyestrini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bir oy muddatda turizm hududlariga transport vositalari bilan kirish uchun yigʻim undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni yigʻimni undirishning aniq mexanizmlari va miqdorlarini, shuningdek, yigʻimni tegishli turistik zona Direksiyasiga yoʻnaltirishni nazarda tutgan holda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga quyidagi takliflarni kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ov qilish huquqiga doir ruxsatnoma berganlik uchun davlat boji miqdorini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ov qurolini va sportga moʻljallangan oʻqotar qurolni hamda uning oʻq-dorilarini, shuningdek, tigʻli qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdorini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirus pandemiyasining turizm sohasiga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishini inobatga olgan holda va xavfsiz turizmni tashkil qilishga alohida eʼtibor qaratib, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari tuzilmasiga umumiy belgilangan shtatlar soni doirasida oʻzgartirishlar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelajakda inqiroz holatlarini prognoz qilish va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatning rivojlanish ssenariylarini ishlab chiqish uchun, shuningdek, ularning mamlakat turizm sohasiga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha oldini olish choralarini amalga oshirish maqsadida har oyda yuzaga kelgan pandemiya bilan bogʻliq vaziyatni kompleks tahlil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Vazirlik va idoralar ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 19-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4755-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi maʼmuriy kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Maʼmuriy kengash raisi

2.

A.Oʻ. Aqqulov

Turizm qoʻmitasi raisi, Maʼmuriy kengash raisi oʻrinbosari

3.

Sh.J. Toʻxtaboyev

Bosh prokuror oʻrinbosari

4.

Sh.S. Hidoyatov

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

5.

B.F. Islamov

Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri

6.

F.J. Pulatov

Soliq qoʻmitasi raisi

7.

Lavozimiga koʻra

Kadastr agentligi direktori

8.

J.H. Babajanov

Toshkent viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari

9.

J.I. Axmedov

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani hokimi

10.

Lavozimiga koʻra

“Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi direktori, Maʼmuriy kengash masʼul kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼmuriy kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maʼmuriy kengash raisiga Maʼmuriy kengash tarkibiga yangi aʼzolarni kiritish, shuningdek, boshqa vazirliklar va idoralar ekspertlari va mutaxassislarini jalb qilish huquqi beriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 07/22/232/0378-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan 4-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4095-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bandining “b” kichik bandidagi “2022-yil 1-yanvargacha” soʻzlari “2023-yil 31-dekabrgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-band “mehmonxona brendlarining top-50” soʻzlaridan keyin “va mehmonxona tarmoqlarining top-5” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4583-son qarorining 6 va 9-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2020-y., 07/20/4755/0783-son; 10.02.2021-y., 09/21/6165/0104-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 30.04.2022-y., 07/22/232/0378-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 30.09.2023-y., 06/23/164/0737-son; 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son; 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son; 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)