02.12.2020 yildagi 762-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universitetini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-dekabrdagi PQ-4553-son qarorida belgilangan vazifalar hamda oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ta’lim jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribani tatbiq etish, umume’tirof etilgan xalqaro standartlar asosida ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda oliy ma’lumotli malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan “Digital Knowledge Co., Ltd.” kompaniyasi (Yaponiya) o‘rtasida 2020-yil 17-aprelda “JDU — Japan Digital Universities” satellit kampusini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma (keyingi o‘rinlarda — Shartnoma) imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda muassis sifatidagi “Digital Knowledge Co., Ltd.” kompaniyasining (Yaponiya) Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universitetini (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish hamda iqtisodiyotning ehtiyoj yuqori bo‘lgan boshqa sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli raqobatbardosh kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning oliy ta’lim tizimiga o‘quv jarayonini zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish, ochiq axborot-ta’lim muhitining rivojlanishiga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalaridagi dolzarb muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borishda respublika va xorijiy yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish hamda modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan yangi ta’lim dasturlari, o‘qitishning masofaviy shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim va ilm-fan sohalarida xorijiy mamlakatlarning, xususan Yaponiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda biznes hamjamiyatlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetda o‘qitish Yaponiyaning Otemaye universiteti, Tokio onlayn universiteti va boshqa nufuzli oliy ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda — Yaponiya universitetlari) hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablari inobatga olingan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va fan dasturlariga muvofiq yapon va o‘zbek tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi va masofaviy ta’lim shakllarida kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish “Digital Knowledge Co., Ltd.” kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda — Muassis) hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma shartlariga muvofiq Universitet bitiruvchilariga oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Yaponiya universitetlari hamda O‘zbekiston Respublikasining belgilangan namunadagi diplomlari beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet rektori Muassis tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetda talabalar o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari miqdori Muassis tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan litsenziya olingandan so‘ng ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Muassisning quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning moddiy-texnik va o‘quv bazasini shakllantirish bo‘yicha tashkiliy tadbirlarni, shu jumladan ta’mirlash-tiklash ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetni zamonaviy laboratoriya uskunalari, o‘quv va ilmiy adabiyotlar, mebel, kompyuter texnikasi bilan ta’minlash hamda o‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetni tanlov asosida malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan to‘ldirish hamda Yaponiya universitetlari ta’lim dasturlari asosida sifatli ta’lim jarayonini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul (Universitet granti asosida) 10 nafardan kam bo‘lmagan abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent shahridagi Yaponiya raqamli universitetining Vasiylik kengashi tarkibi ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha Universitet faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamoatchilik organi ekanligi inobatga olinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet faoliyatini tashkil etishni ta’minlash, to‘laqonli yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq tashkiliy, moliyaviy, huquqiy, iqtisodiy, o‘quv-metodik, moddiy-texnik va boshqa masalalarni hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetni moddiy-texnik jihatdan ta’minlash uchun moliyaviy yordam tashkil etish, budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning tuzilmasini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur loyiha, qurilish-montaj va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, Universitetni jihozlash, uning infratuzilmasini yaratish, moddiy-texnik ta’minlashga doir tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan tarmoq jadvallarida belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan muntazam nazorat va monitoring olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim jarayonini, talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini Yaponiya va O‘zbekistondagi tegishli tashkilotlarda samarali tashkil etish va takomillashtirish, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash sifatini tizimli ravishda oshirish, Universitet bitiruvchilarini ishga joylashtirish, mehnat bozorining keyingi rivojini hisobga olgan holda mutaxassislar va ilmiy-texnik kadrlar tayyorlashning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashda ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-iqtisodiy sohaning yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, 2020/2021 o‘quv yili hamda keyingi o‘quv yillarida Universitetga qabul qilish parametrlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash uchun homiylik hayriyalari, texnik ko‘mak mablag‘larini (grantlarni) va boshqa budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning moddiy-texnik, o‘quv-metodik bazasini mustahkamlash, shu jumladan uni zamonaviy axborot-kommunnikatsiya vositalari va jihozlari, o‘quv-laboratoriya uskunalari hamda o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlashga, Universitet infratuzilmasini yaxshilashga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim dasturi asosida Yaponiyadagi yetakchi universitetlarda talabalar o‘qishini davom ettirishni, shuningdek, maxsus stipendiyalar berish orqali xorijdagi boshqa yetakchi ta’lim muassasalariga malakaviy amaliyot o‘tashga yuborish uchun iqtidorli talabalarni tanlov asosida saralab olishni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qo‘yilsinki, “Muhandis-dasturchi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Universitetga talabalarni qabul qilish 2020/2021 o‘quv yilidan, “Kompyuter grafikasi va dizayn” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha — keyingi o‘quv yilidan boshlab amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, kelgusi yillarda, respublika iqtisodiyot tarmoqlarining yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda, Universitetda Vasiylik kengashi qaroriga asosan zarur yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Universitet O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi, 21-a uy manzilidagi 3-o‘quv binosining birinchi qavatiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mazkur bino va inshootlar hamda unga tegishli hududni saqlash bilan bog‘liq barcha xarajatlar, jumladan, kommunal to‘lovlar Universitet mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan birgalikda Universitetda yapon tili, ingliz tili, O‘zbekiston tarixi va boshqa fanlar bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borish uchun respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining yuqori malakali o‘qituvchilari va mutaxassislarini jalb etsin hamda istiqbolda ularning stajirovka o‘tashi va malaka oshirishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassis mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(10-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Muassisga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet ustavini tasdiqlash hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet tuzilmasini tasdiqlashda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetni tanlov asosida malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan ta’minlashda zarur yordam ko‘rsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Universitetga o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlariga taklif qilinadigan xorijiy professor-o‘qituvchilarning yashash hamda transport xarajatlarini tuziladigan shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflarda to‘lashga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Universitetda ta’lim sifatini ta’minlash hamda qonunchilikka rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 2-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
762-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 762-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi Yaponiya raqamli universitetining Vasiylik kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

X. Xaga

“Digital Knowledge Co., Ltd.” aksiyadorlik jamiyati (Yaponiya) prezidenti, Vasiylik kengashi raisi

2.

U. Begimkulov

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari

3.

O. Pekos

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari

4.

U. Azizov

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori

5.

S. Babaxodjayev

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori

6.

Ch. Kobayashi

“Digital Knowledge Co., Ltd.” aksiyadorlik jamiyati (Yaponiya) loyiha menejeri (kelishuv asosida)

7.

X. Torigoye

Otemaye universiteti (Yaponiya) prezidenti (kelishuv asosida)

8.

Y. Muraoka

Tokio onlayn universiteti (Yaponiya) prezidenti (kelishuv asosida)

9.

lavozimi bo‘yicha

Toshkent shahridagi Yaponiya raqamli universiteti rektori, Vasiylik kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga, ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/762/1584-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)