1-ILOVA
|
Tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish | |||||
|
1. |
Respublikada sportning jamoaviy oʻyin turlarini yanada rivojlantirish. |
1. Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlash. 2. Qaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil may |
Ijrochilar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Umumtaʼlim maktablarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish |
1. Ijrochilarning hamkorlikdagi qoʻshma qarorini qabul qilish. Bunda, quyidagilarni nazarda tutish: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan holda sportchi yoshlarni saralash va katta sportga iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya), yoshlar orasida sportni ommalashtirishda yuqori natijalarga erishish maqsadida hududlarning oʻziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishi va xohish-istaklaridan kelib chiqib, umumtaʼlim maktablarini kamida bittadan ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan, shu jumladan milliy sport turlariga ixtisoslashtirish; umumtaʼlim maktablarining sport turlariga ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ularning har birida har oyda kamida bitta sport turi boʻyicha sport musobaqalar oʻtkazilishini taʼminlash; musobaqalarning quyi (umumtaʼlim maktablari) va tuman (shahar), respublika bosqichlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi. |
2020-yil dekabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Xalq taʼlimi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi |
|
3. |
Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sinovlarini joriy qilish. |
1. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritish. Bunda: jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlovchi mezonlarni murakkablik darajasini maxsus jismoniy tayyorgarlik talab etiladigan vazirlik va idoralar uchun alohida hamda aholining barcha qatlamlari uchun yosh toifalarini inobatga olgan holda alohida belgilash; aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlarni sogʻlom boʻlishga, ularning sport bilan chiniqishiga, jismoniy tarbiya va sportni kundalik turmush tarziga aylantirish; aholining jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishi boʻyicha bilim va koʻnikmalarni oshirish; respublikaning chekka hududlarida sogʻlomlashtirish ishlarini rivojlantirish; oʻsib kelayotgan yosh avlodning sogʻlom turmush tarziga amal qilishini nazarda tutish. 2. “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” jismoniy tayyorgarlik sinovlarini oʻtkazishni joriy etish orqali 6,1 mln nafar (jami aholi soniga nisbatan 18 foiz) aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini oshirish. |
2021-yil may |
Ijrochilar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari |
|
4. |
Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb qilish hamda paralimpiya harakatini rivojlantirish |
1. Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlash. 2. Qaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil iyun |
Budjet mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
5. |
22-sentabr “Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan tadbirlar oʻtkazish |
22-sentabr “Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan: qoʻshimcha ravishda xalq deputatlari mahalliy kengashlari qarorlari asosida tumanlar va shaharlarda “Avtomobilsiz kun” tadbirlarini oʻtkazishni belgilash; “Avtomobilsiz kun” tadbirlarini oʻtkazilishini hamda jamoat tartibi saqlanishini va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash. |
2021-yildan sentabrdan boshlab har yili |
Ijrochilar mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ichki ishlar vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy gvardiya, vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari va tashkilotlar |
|
6. |
Barcha darajadagi rahbarlarning aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularni sport bilan shugʻullanishi uchun sharoit yaratishdagi faoliyatiga reyting asosida baho berish amaliyotini joriy etish |
Quyidagilarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Xalq salomatligi kengashiga kiritish: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularni sport bilan shugʻullanishi uchun sharoit yaratishdagi faoliyatiga reyting asosida baho berish tartibini; sport inshootlari va tashkilotlari rahbarlarining aholining keng qatlamini jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, zarur sharoitlarni yaratish, yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash va boshqa yoʻnalishlardagi ish faoliyati samaradorligini baholash tartibini. |
2021-yil yanvar |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) |
|
7. |
Respublikada sportning “Gimnastrada” (Gimnastika barcha uchun) turini yanada rivojlantirish. |
1. Vazirlar Mahkamasining bayoni loyihasini tayyorlash. 2. Bayon loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil iyul |
Ijrochilar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiyava sport vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Gimnastika federatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
II. Hududlarda sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirishga qaratilgan sport tadbirlarini tashkil etish | |||||
|
8. |
Hududlarda sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish. |
Sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish. Shu jumladan: 1) qishki sport turlari boʻyicha “Chimgan challenge” (Toshkent viloyati); 2) milliy va xalq oʻyinlari boʻyicha “Boysun bahori” festivali (Surxondaryo viloyati); 3) ayollar oʻrtasida “Sport-nafislik va salomatlik manbai” sport musobaqalari (Respublika hududlarida) 4) badminton boʻyicha “Bahor malikalari” sport musobaqalari (Respublika hududlarida) 5) xalqaro olimpiya kuniga bagʻishlab “Olimpiya oyligi” sport tadbirlari (Respublika hududlarida); 6) aholi, shu jumladan yoshlar oʻrtasida ommaviy yurish, yugurish, badminton, mini futbol, velosport voleybol, basketbol, stol tennisi, stritbol, “WorkOut” boʻyicha “Sogʻlom oila — yangi Oʻzbekiston tayanchi!” sport musobaqalari (Respublika hududlarida); 7) kurash boʻyicha “Maxallamiz pahlavonlari” sport musobaqalari (Respublika hududlarida); 8) oʻquvchilar oʻrtasida “Temurbeklar”, “Yosh chegarachilar” harbiy sport musobaqalari 9) “Avtomobilsiz kun” aksiyalari (Respublika hududlarida); 10) “Yoshlar tur” velomarafoni (Respublika hududlarida) 11) xalqaro velosiped kuniga bagʻishlab “Xalqaro velosiped kuni” velomarafonlar (Respublika hududlarida) |
Har yili
|
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalariga (uyushmalariga) ajratilgan mablagʻlar doirasida |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlar, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) |
|
9. |
Oʻzbekiston hududida xalqaro ommaviy sport tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish. |
Xalqaro sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish. Shu jumladan: 1) “Tashkent Marathon” xalqaro marafoni (Toshkent shahri); 2) “Samarkand half marathon” xalqaro hayriya marafoni (Samarqand viloyati); 3) “Save Aral” xalqaro velomarafoni (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand va Xorazm viloyatlari, Toshkent shahri); 4) “Oqtosh-Charvoq mountains” xalqaro velo turnirini (Toshkent viloyati) 5) “Bahodirlar oʻyini” xalqaro “Strongman” sport-turizm loyihasi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi); 6) “Sogʻlom hayot” xalqaro yugurish sport musobaqalari (Respublika hududlarida) 7) “Save Aral” xalqaro marafoni (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand va Xorazm viloyatlari, Toshkent shahri); 8) “World Strongmen CUP” va Etnosport chellenj xalqaro turniri (Respublika hududlarida); 9) triatlon boʻyicha Oʻrta Osiyo Iron man musobaqasi (Respublika); 10) velosiped sportining BMX yoʻnalishi boʻyicha “ZAMIN CUP” xalqaro musobaqasi (Jizzax viloyati) |
Har yili
|
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalariga (uyushmalariga) ajratilgan mablagʻlar doirasida |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlar, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) |
|
10. |
Beshta muhim tashabbusni amaliyotga joriy etishni taʼminlash. |
1. Ikkinchi tashabbus doirasida tizimli ravishda “Yoshlar haftaligi”, “Mahalla va nuroniylar haftaligi”, “Taʼlim muassasalari haftaligi”, “Xotin-qizlar haftaligi” musobaqalarining kalendar rejasini tasdiqlash. 2. Mahallalar, taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlarda aholi oʻrtasida 5500 dan ortiq ommaviy sport musobaqalari va tadbirlarini tizimli ravishda oʻtkazish orqali aholining keng qatlamlarini ommaviy jismoniy tarbiya va sportga jalb etilishini taʼminlash. Oʻtkaziladigan musobaqalarga aholining 30 foizini qamrab olish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanadigan aholining umumiy sonini 20 foizga yetkazish. |
Har yili yanvar
|
Ijrochilar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlar |
|
11. |
Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari hamda hududlardagi yirik korxonalar va tashkilotlarda xodimlarni jismoniy rivojlantirish, sogʻlom turmush tarziga oʻrgatish, jismoniy tarbiya koʻnikmasini shakllantirish va sportning ommaviyligini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. Hududlar kesimida barcha korxona va tashkilotlar, davlat muassasalari xodimlari oʻrtasida sport turlari boʻyicha “Bosh vazir kubogi”, “Hokim kubogi”, “Rahbar kubogi”, “Doʻstlik spartakiadasi” sport musobaqalarini oʻtkazish. 2. Tizimli ravishda har bir tuman shaharda “Maktablar ligasi”, mahalla yoshlari oʻrtasida “Mahallada futbol”, “Futbolimiz kelajagi”, “Charm toʻp” futbol musobaqalarini oʻtkazish. 3. Tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha hududlar, vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari hamda korxona va tashkilotlar rahbarlari faoliyatining natijadorligini har chorakda bir marta muhokama qilish. |
Har yili sentabr — noyabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik irlashmalari, yirik korxona va tashkilotlar |
|
12. |
Joylardagi urf-odat tusiga kirgan milliy xalq oʻyinlari hamda milliy qadriyatlarni qayta tiklash, aholining keng qatlamini ayniqsa, yoshlarni milliy sport turlari va xalq oʻyinlariga boʻlgan qiziqishlarini oshirish. |
1. Mamlakatning bayram sanalarida, jumladan, 21-mart “Navroʻz” umumxalq bayrami arafasida milliy va xalq oʻyinlari boʻyicha barcha hududlarda sport musobaqalari va festivallarini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi bayoni loyihasini kiritish. 2. Yoshlar oʻrtasida milliy sport turlari va xalq oʻyinlarini keng targʻib qilish maqsadida milliy kurash, uloq-koʻpkari, chillak, mindi, qarabtep, beshtosh, varrak uchirish va boshqa xalq oʻyinlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish. |
Har yili 20-fevralga qadar mart-aprel |
Ijrochilar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari, sport federatsiyalar |
|
13. |
Sportchi yoshlarni saralash va iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya), sport zaxirasini shakllantirish tizimini yoʻlga qoʻyish, yoshlar orasida ommalashtirish, yuqori natijalarga erishishni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. Oʻquvchi-yoshlarni sport bilan muntazam shugʻullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida 7 ta shahar, 18 ta chekka tuman, qishloqlarda yangidan 25 ta bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va ularning filiallarini tashkil etish. 2. 625 nafar trenerlarni ish bilan taʼminlash, bir kunda qoʻshimcha ravishda 34375 nafar oʻquvchi-yoshlarni sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishga jalb qilishni nazarda tutish. 3. Sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionatlari hamda ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazish nizomlarida mazkur musobaqalarni toʻrt bosqichli “tashkilot — tuman (shahar) — hudud — respublika” bosqichlarida oʻtkazish nazarda tutiladi. |
2021-yil 1-sentabrga qadar
|
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi |
|
III. Xalqaro musobaqalarida sportchilarning muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash | |||||
|
14. |
Sport turlari boʻyicha xalqaro kompleks musobaqalarda sportchilarning muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash |
Sport turlari boʻyicha xalqaro kompleks musobaqalarda sportchilarning muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish. Shu jumladan: 1) Gangvon shahrida (Koreya) Qishki Osiyo oʻyinlari; 2) Lyutsern shahar (Shveysariya) Qishki Butunjahon talabalar Unversiada oʻyinlari; 3) Sanya shahrida (Xitoy) Osiyo sohil boʻyi oʻyinlari; 4) Bangkok va Pattaya shaharlarida (Tailand) Yopiq inshootlarda va jang sanʼatlari boʻyicha Osiyo oʻyinlari; 5) Chengdu shahrida (Xitoy) Butunjahon talabalar Unversiada oʻyinlari; 6) Konya shahrida (Turkiya) Islom davlatlari hamdustliklari oʻyinlari; 7) Shantou shahrida (Xitoy) oʻsmirlar Osiyo oʻyinlari; 8) Qozon shahrida (Rossiya) Birinchi MDX oʻyinlari. |
kalendar reja asosida
kalendar reja asosida |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalariga (uyushmalariga) ajratilgan mablagʻlar doirasida |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlar, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) |
|
15. |
Tokio shahrida (Yaponiya) 2021-yilda oʻtkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlarida sportchilarning muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash. |
1. Oʻzbekiston delegatsiyasini Tokio shahrida (Yaponiya) oʻtkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlarida qatnashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritish. 2. Sportchilarning muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrish. |
2021-yil may
|
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Moliya vazirligi |
|
16. |
Parij shahrida (Fransiya) 2024-yilda oʻtkaziladigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritish. Bunda, shu jumladan Oʻzbekiston sportchilarini Parij shahrida (Fransiya) 2024-yilda oʻtkaziladigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga tayyorlash toʻrt yillik dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2021-yil dekabr |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Moliya vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiya va uyushmalar |
|
17. |
Nufuzli xalqaro musobaqalar va turnirlarda Oʻzbek velosportchilarining toʻlaqonli ishtirokini taʼminlash orqali Reyting ochkolarni yutib olish hamda 2024-yildagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashish imkoniyatini beruvchi Kvotalar (Litsenziyalar)ni sonini maksimal darajada koʻproq miqdorini qoʻlga kiritish. |
1. Velosiped sportining shosse yoʻnalishi boʻyicha “UZBEKISTAN CYCLING PROJEKT” Komandasini (Erkaklar va Ayollar jamoalari) Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi (UCI) meʼyorlari va talablariga javob beradigan hamda rivojlangan mamlakatlar tajribasi va andozalariga asoslangan holda tashkil etib taʼsis etish; 2. Velosiped sportining trek yoʻnalishi boʻyicha “UZBEKISTAN CYCLING PROJEKT” Komandasini Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi (UCI) meʼyorlari va talablariga javob beradigan hamda rivojlangan mamlakatlar tajribasi va andozalariga asoslangan holda tashkil etib taʼsis etish; 3. “UZBEKISTAN CYCLING PROJEKT” Komandalarini taʼsis etish, faoliyatini olib borish bilan bogʻliq masalalarni moliyalashtirish manbaasi Milliy Olimpiya Qoʻmitasi mablagʻlari hamda Oʻzbekiston velosiped sporti Federatsiyasining xomiylik mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishini belgilash. |
2020-yil dekabr |
Milliy Olimpiya qoʻmitasi mablagʻlari, Oʻzbekiston velosiped sporti Federatsiyasining mablagʻlari |
Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosiped sporti Federatsiyasi |
|
IV. Sport infratuzilmasini rivojlantirish, soha mutaxassislarini tayyorlash va ragʻbatlantirish | |||||
|
18. |
Sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish. |
Bir kunda 27 500 nafar yoshlarni qamrab olish imkoniyatiga ega boʻlgan 48 ta zamonaviy sport inshootlarini foydalanishga topshirish va xalqaro talablar asosida asbob-uskuna va inventarlar bilan jihozlash |
Belgilangan muddatlarda |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari |
|
19. |
Har bir tuman (shahar)larning madaniyat va istirohat bogʻlari, manzarali ochiq bogʻlar, sohil boʻyi va boshqa aholi uchun qulay boʻlgan hududlarda aholinining jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish |
1. 3 — 5 kilometrdan kam boʻlmagan masofada zamonaviy “Salomatlik yoʻlaklari”, “Velosiped yoʻlaklari”, “WorkOut” — mahalla (koʻcha) fitnesi, “skandinavcha yurish”, yurish, yugurish yoʻlaklari tashkil etish; 2. Hududlardagi yirik sport inshootlarining boʻsh turgan yer maydonlariga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida sport maydonchalari, sport sogʻlomlashtirish maskanlari |
belgilangan reja asosida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
20. |
Takliflar asosida hududlarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, har bir umumtaʼlim maktabini maʼlum bir sport turiga ixtisoslashtirish. |
1. Hududlarning oʻziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishi va xohish-istaklaridan kelib chiqib, har bir umumtaʼlim maktabini maʼlum bir sport turiga ixtisoslashtirish. 2. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktablarini sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar) tomonidan metodik taʼminlash va sport infratuzilmasini rivojlantirishga koʻmaklashish. |
1-iyunga qadar 1-avgustga qadar |
Ijrochilar mablagʻlari |
Xalq taʼlimi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
21. |
Ilgʻor xalqaro taʼlim standartlari va talablarini inobatga olgan holda jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va sifatini oshirish. |
1. Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda sport texnologiyalarini texnik taʼminoti bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturi asosida kadrlarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. 2. Xitoy hamda yevropa davlatlarining jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlaydigan nufuzli oliygohlari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlarni tayyorlash choralarini koʻrish. 3. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda sport turizmi boʻyicha kadrlar tayyorlash maqsadida 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida kafedra tashkil etish. 4. Sport taʼlim muassasalarini oliy maʼlumotli trenerlar bilan taʼminlash darajasini 58 foizga yetkazish. |
2021/2022 oʻqu? yilidan boshlab
|
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
22. |
Aholining jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimli monitoring olib borish. |
1. Monitoring olib borish tartibini belgilash. 2. Monitoring natijalarini hududlar kesimida umumlashtirish hamda monitoring natijalarini muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
har chorakda bir marta |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
|
V. Ommaviy axborot vositalari, Internet tarmogʻining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, Dasturning mazmun-mohiyati hamda uni amalga oshirish jarayoni toʻgʻrisida keng axborot-tushuntirish ishlarini olib borish | |||||
|
23. |
Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet jahon tarmogʻi orqali jismoniy tarbiya va sportni keng targʻib qilish choralarini amalga oshirish. |
1. Mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat saboqlarini oʻtkazish; 2. “Olimpiya harakati” mavzusida seminarlar va konferensiyalar tashkil etish; 3. Jismoniy tarbiya va sport musobaqalarini ijtimoiy reklamali axborot sifatida bepul joylashtirish tizimini va tartibini joriy etish; 4. Jismoniy tarbiya va sport sohasida jahonning yetakchi olimlari, ekspertlari ishtirokida xalqaro Forumlar, konferensiyalar oʻtkazilishini tashkil etish; 5. Sportda erishayotgan yorqin gʻalabalari orqali Vatanimiz dovrugʻini yuqori koʻtarib kelayotgan sportchi hamda sport faxriylari (trenerlar)ning ibratli hayot yoʻli yoshlarga namuna qilib koʻrsatiladigan badiiy filmlar yaratish; 6. Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni keng targʻib etishga qaratilgan turli radioviktorinalarni tashkil etish; 7. Davlat va xususiy telekanallar orqali efirga uzatilayotgan hamda katta auditoriyani qamrab olayotgan teleseriallarning reklama bloklari orasida aholi salomatligini mustahkamlash va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan ijtimoiy videoroliklar namoyish etilishini taʼminlash; 8. Barcha telekanallar, shu jumladan xususiy telekanallar efirida har kuni uch marta (soat 7.00, 12.00 va 17.00 da) nufuzli sport musobaqalari gʻolib va sovrindorlari ishtirokidagi 5 daqiqadan iborat ommaviy badantarbiya mashgʻulotlari hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan ijtimoiy videoroliklar namoyish etilishini taʼminlash; 9. Yoshlarni, hususan bogʻcha yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya va sport tushunchasini paydo qilish va ularni qiziqtirish maqsadida “Bolalikdan sportga” sport mashgʻulotlarini “Bolajon”, “Sport”, “MY5”, “Sevimli”, UzREPORT TV va “ZoʼrTV” telekanallarida namoyish etilishini taʼminlash. |
Yil davomida 2020-yil dekabr oyidan boshlab |
Ijrochilar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, |
|
24. |
Sport tadbirlarining keng yoritilishini taʼminlash. |
Mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzi targʻibotini yanada kuchaytirish, xususan yuqori natijalarga erishib kelayotgan sportchilarimiz hayoti va faoliyatini yoshlarga namuna qilib koʻrsatishga qaratilgan oyma-oy media-rejani tasdiqlash. Media-rejada quyidagilarni nazarda tutish: jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, qabul qilingan hujjatlar ijrosiga bagʻishlangan brifing va matbuot anjumanlarini oʻtkazish; yuksak natijalarga erishib kelayotgan sportchilarning shaxsiy hayoti (turmush tarzi) va sport faoliyatiga bagʻishlab “Sportchining bir kuni”, “Sportdan topgan baxtim” ruknidagi telekoʻrsatuvlarni efirga berish; milliy sport turlari va xalq oʻyinlari targʻibotini kuchaytirishga qaratilgan koʻrsatuvlar, ushbu yoʻnalishdagi musobaqalar namoyishini (teletranslyatsiyasi)ni yoʻlga qoʻyish; Oʻzbekistonda sport inventarlari va jihozlarini ishlab chiqarayotgan korxona va tashkilotlar faoliyatini keng yoritib borish (Andijon, Namangan, Samarqand va Chirchiq shaharlari misolida); yoshlar orasida milliy sport turlari va xalq oʻyinlari (milliy kurash, uloq-koʻpkari, chillak, mindi, lanka, beshtosh, varrak uchirish va h.k.)ni keng targʻib qilishga qaratilgan turkum ijtimoiy videoroliklar tayyorlash; Tokio-2021 olimpiadasiga sportchilarning tayyorgarlik jarayoni, bu borada ularga yaratilayotgan sharoitlar toʻgʻrisida koʻrsatuvlarni efirga berish (Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga litsenziyani qoʻlga kiritgan sportchilar toʻgʻrisida). |
Yil davomida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi |
|
25. |
Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash, jismoniy faolligini oshirish sohasida targʻibot ishlarini amalga oshirish |
1. “Sogʻlom hayotga qadam tashla!”, “Sogʻlom muhitni (tamaki va alkogoldan xoli) tanlaymiz!” shiorlari ostida konsertlar, teatr tomoshalari oʻtkazish; 2. Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, taʼlim muassasalari, savdo obyektlari, umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqa tashkilotlarda sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollik darajasini oshirish va sogʻlom turmush tarzini olib borish boʻyicha davra suhbatlari, seminarlar oʻtkazish; 3. Sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash, jismoniy faollik darajasini oshirish boʻyicha bannerlar, plakatlar, bukletlar va boshqa axborot-maʼrifiy materiallarni tayyorlash, shu jumladan, ularni savdo obyektlari, umumiy ovqatlanish korxonalari, tibbiy va taʼlim muassasalari, shahar va tumanlarning markaziy koʻchalari, odamlar koʻp toʻplanadigan joylar, jamoat transportida joylashtirish yoʻli bilan tarqatish; 4. Sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash maqsadida uyali telefon foydalanuvchilariga har kuni sms-xabarlarni joʻnatish. |
2021-yildan boshlab Har haftada bir marta |
Ijrochilar mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
“8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilanidoralar va xoʻjalik birlashmalari hamda hududlardagi yirik korxonalar va tashkilotlarda ishlaydigan xotin-qizlarni jismoniy rivojlantirish, sogʻlom turmush tarziga oʻrgatish, jismoniy tarbiya koʻnikmasini shakllantirish va sportning ommaviyligini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. Hududlar kesimida barcha korxona va tashkilotlar, davlat muassasalarida ishlaydigan xotin-qizlarning oʻrtasida sport turlari boʻyicha “Bahor malikalari” sport musobaqalarini oʻtkazish. 2. Tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha hududlar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari hamda korxona va tashkilotlar rahbarlari faoliyatining natijadorligini har chorakda bir marta muhokama qilish. |
2021-yil mart |
Ijrochilar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlar |
|
2. |
“Jonajon Oʻzbekistonim mangu boʻl omon!” shiori ostida 50 yoshgacha boʻlgan uy bekalari hamda 10 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida “Gimnastrada” sport festivalini oʻtkazish hamda sportga keng targʻib qilish choralarini amalga oshirish. |
Festivalni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish. Shu jumladan: 1. “Jonajon Oʻzbekistonim mangu boʻl omon!” shiori ostida “Gimnastrada” sport festivali oʻtkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi bayoni loyihasini tayyorlash; 2. Mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat saboqlarini oʻtkazish; 3. Festivalni ijtimoiy reklamali axborot sifatida bepul joylashtirish. |
2021-yil avgust |
Ijrochilar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
3. |
Xotin-qizlar sogʻligini mustahkamlash, ijtimoiy faolligini oshirish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, sportning ommaviyligini va shugʻullanuvchilar sonini oshirish hamda jismoniy tarbiya va sportni xotin-qizlarning kundalik turmush hayoti tarziga aylanishi ishlarini amalga oshirish. |
1. Xotin-qizlar oʻrtasida sportning 6 ta turi boʻyicha “Ayollar sport festivali” tashkil etish va oʻtkazish choralarini koʻrish; 2. 2021-yil uchun sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari respublika kalendar rejasi asosida hududiy (viloyat, tuman, shahar) kalendar rejasiga kiritish; 3. Qoʻshma chora-tadbirlar reja loyihasini tayyorlash; 4. Chora-tadbirlar rejasi loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish. |
2021-yil noyabr |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi , Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
4. |
Xotin qizlar oʻrtasida respublikamiz boʻyicha ommaviy badan tarbiya va yurish kuni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
“Biz sogʻlom turmush tarzini tanlaymiz” shiori ostida “Ommaviy yurish” va “Salomatlik startlari” ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish. |
2021-yil avgust |
Ijrochilar mablagʻlari |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi , Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
5. |
Imkoniyati cheklangan xotin-qizlarnisportga keng jalb etish, ular salomatligini yaxshilash, oʻziga ishonch, qatʼiyat, maqsad sari dadil intilish kabi fazilatlarni mustahkam qaror toptirish, turli xil sport musobaqalarini tashkil etish choralarini koʻrish. |
1. Imkoniyati cheklangan xotin-qizlar oʻrtasida turli sport musobaqalari, xususan, “Gimnastrada” sport festivalini tashkil etish va oʻtkazish choralarini koʻrish; 2. Chora-tadbirlar rejasi loyihasini tasdiqlash. |
2021-yil dekabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi , Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston nogironlari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
6. |
Mazkur Qaror doirasida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash borasida qabul qilingan chora-tadbirlarning samaradorligini oʻrganish va bu yoʻnalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan asoslangan takliflarni kiritish. |
Tahliliy maʼlumotnoma, zarurat boʻlganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqish. |
2021-yil yanvar |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi , Oila ilmiy tadqiqot markazi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
7. |
Joylarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash hamda sport bilan muntazam shugʻulanishlariga koʻmaklashish choralarini koʻrish. |
1. Xotin-qizlar bandligini taʼminlash, shu jumladan, oilaviy sport bilan shugʻulanishlari boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish; 2. Fahriy sporchi xotin-qizlarning roʻyxatini shakllantirish va doimiy yangilab borish; 3. “Ustoz — shogird” tizimini rivojlantirish; 4. Koʻplab yutuqlarga erishgan sportchi xotin-qizlarga uzoq muddatli va imtiyozli kreditlar ajratish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish. |
2021-yil mart |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi , Oila ilmiy tadqiqot markazi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
8. |
“Sogʻlom ayol — millat gʻururi” deb nomlangan ilmiy amaliy konferensiyalarda bu boradagi dolzarb masalalar ijrosini samarali hal qilish mexanizmlarini ishlab chiqish. |
1. Mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat saboqlarini oʻtkazish; 2. Jismoniy tarbiya va sport musobaqalarini ijtimoiy reklamali axborot sifatida bepul joylashtirish tizimini va tartibini joriy etish; 3. Jismoniy tarbiya va sport sohasida jahonning yetakchi olimlari, ekspertlari ishtirokida xalqaro Forumlar, konferensiyalar oʻtkazilishini tashkil etish; 4. Sportda erishayotgan yorqin gʻalabalari orqali Vatanimiz dovrugʻini yuqori koʻtarib kelayotgan sportchiayollar hamda sport faxriylari (trenerlar)ning ibratli hayot yoʻli yoshlarga namuna qilib koʻrsatiladigan badiiy filmlar yaratish. |
2021-yil yanvar |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi , Oila ilmiy tadqiqot markazi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
9. |
Sogʻlom oila qurish, sogʻlom farzandni dunyoga keltirish, sogʻlom turmush tarzini yuritish (toʻgʻri ovqatlanish, gigiyena, tibbiy madaniyat, sport bilan shugʻullanish va boshqalar) asoslarini xotin-qizlar orasida manzilli targʻib etish maqsadida yakka tartibda tushuntirish ishlari, ochiq muloqot, sayyor qabul va davra suhbatlarini tashkil etish choralarini koʻrish. |
1. Chora-tadbir rejasini ishlab chiqish; 2. Ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida ishlarni olib borish. |
har yili |
Ijrochilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Oila ilmiy tadqiqot markazi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
10. |
Xotin-qizlarning jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimli monitoring olib borish. |
1. Monitoring olib borish tartibini belgilash. 2. Monitoring natijalarini hududlar kesimida umumlashtirish hamda monitoring natijalarini muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
har chorakda bir marta |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
|
11. |
Xotin-qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan sport tadbirlarining keng yoritilishini taʼminlash. |
Mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzi targʻibotini yanada kuchaytirish, xususan yuqori natijalarga erishib kelayotgan ayol sportchilarimiz hayoti va faoliyatini yoshlarga namuna qilib koʻrsatishga qaratilgan oyma-oy media-rejani tasdiqlash. Media-rejada quyidagilarni nazarda tutish: jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, qabul qilingan hujjatlar ijrosiga bagʻishlangan brifing va matbuot anjumanlarini oʻtkazish. |
Yil davomida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi |
3-ILOVA
| Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Bajarish uchun masʼullar | |
| 1. | Oʻzbekistonda ekstremal turizmni rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha jahon tajribasini oʻrganish. | 1. Ekstremal turizm yoʻnalishi rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish; 2. Oʻrganilgan maʼlumotlar asosida Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekistonda ekstremal turizmni rivojlantirish boʻyicha asoslantirilgan tahliliy maʼlumot kiritish. | 2020-yil dekabr | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Ekstremal va togʻ turizmi federatsiyasi |
| 2. | 2021-2022-yillar uchun ekstremal turizm boʻyicha Respublikada oʻtkaziladigan xalqaro va mahalliy musobaqalar va tadbirlar kalendar rejasini shakllantirish va tasdiqlash. | 1. 2021-2022-yillar uchun ekstremal turizm boʻyicha respublikada tashkil etiladigan xalqaro va mahalliy musobaqalar va tadbirlar kalendar rejasi boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralardan takliflar olish; 2. Takliflarni umumlashtirgan holda kalendar rejani shakllantirish va oʻrnatilgan tartibda kelishish hamda tasdiqlash. | 2021-yil yanvar | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Ekstremal va togʻ turizmi federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 3. | Respublikaning ekstremal turizm salohiyatini keng targʻib qilish maqsadida markaziy va mahalliy teleradiokanallar, OAV (bosma va internet nashrlari) orqali turkum koʻrsatuv va eshittirishlarni efirga uzatish choralarini koʻrish. | 1. Mamlakatning ekstremal turizm salohiyatining oʻrganishni tashkil etish va mutaxassislarni jalb qilgan holda maʼlumotlarni yigʻish; 2. Markaziy va mahalliy OAV orqali ekstremal turizm yoʻnalishidagi tele va radio koʻrsatuvlarni tayyorlash va efirga uzatish reja-jadvalini tasdiqlash; 3. Tayyorlangan tele va radio materiallarni muntazam ravishda internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish choralarini koʻrish. | doimiy | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Ekstremal va togʻ turizmi federatsiyasi |
| 4. | Respublikaning ekstremal turizm salohiyatini xorijda keng targʻib qilish. | 1. Mamalakatning ekstremal turizm salohiyati, joylari vaobyektlari haqida tarqatma materiallar (videorolik, foto va flayerlar) tayyorlash; 2. Tayyorlangan tarqatma materiallarni Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalari va konsulliklari orqali targʻibotini amalga oshirish choralarini koʻrish; 3. Xorijiy davlatlarning ekstremal turizm boʻyicha mashxur OAV vakillari va turoperatorlari uchun info turlar tashkil etish. | Tasdiqlanadigan reja asosida | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Ekstremal va togʻ turizmi federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 5. | Ekstremal sport boʻyicha sportchilarni xalqaro darajada tashkil etiladigan musobaqalarda munosib ishtirokini taʼminlash. | 1. Oʻzbekistonda ekstremal sport yoʻnalishida faoliyat yurituvchi barcha sport majmualari, inshootlari, davlat va xususiy sport klublari va sport turlarini xatlovdan oʻtkazish; 2. Ekstremal turizm yoʻnalishida xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan xalqaro musobaqa va turnirlarni oʻrganish orqali tavsiya etiladigan sport musobaqalari roʻyxatini shakllantirish; 3. Oʻzbekistonda faoliyat yurituvchi sportchilar va sport jamoalarini xalqaro musobaqalar va turnirlarda ishtirok etishi uchun zaruriy shart-sharoitini yaratish va ularni munosib ishtirokini taʼminlash choralarini koʻrish. | 2021-yildan doimiy | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Ekstremal va togʻ turizmi federatsiyasi |
| 6. | Ekstremal sport boʻyicha reytingli va nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, gʻolib boʻlgan sovrindorlar toʻgʻrisida turkum koʻrsatuvlar va teledasturlartayyorlash hamda onlayn tarzda aholiga yetkazish hamda tagʻribot ishlarini olib borish. | 1. Xalqaro tadbirlarda qatnashib sovringa ega boʻlgan sportchilarni roʻyxatini shakllantirish; 2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida sportchilar haqida turkum koʻrsatuvlarni tashkil etish; 3. Tayyorlanadigan turkum koʻrsatuvlar va teleshoularni efirga uzatish ishlarini tashkil etish. | 2021-yildan doimiy | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
| 7. | Respublikaning Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida parashut sporti va dor yoʻlini (ziplayn) rivojlantirish. | 1. Rivojlangan xorijiy davlatlarning parashut sporti va dor yoʻlini (ziplayn) boʻyicha tajribasini oʻrganish; 2. Oʻrganishlar natijasida zaruriy tavsiyalarni ishlab chiqish va ajratildigan yer maydonlarini aniqlash. 3. Ajratilgan yer maydonlarini oʻrnatilgan tartibda elektron savdo maydonchasiga joylashtirish choralarini koʻrish; 4. Tadbirkorlik subyektlari va tashabbuskorlar bilan oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash, barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish. | 2020-yil dekabr | Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 8. | Respublikaning Jizzax, Navoiy, Xorazm va Toshkent viloyatlarida avto va moto ralli musobaqalarini tashkil etish. | 1. Rivojlangan xorijiy davlatlarning avto va moto ralli musobaqalarini tashkil etish boʻyicha tajribasini oʻrganish; 2. Oʻrganishlar natijasida Jizzax, Navoiy, Xorazm va Toshkent viloyatlarida avto va moto ralli musobaqalarini oʻtkazish joylarini aniqlash; 3. Avto va moto ralli yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqa va turnirlar nizomni ishlab chiqish va idoralararo tasdiqlash; 4. 2021-yilda avto va moto ralli yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqa va turnirlar jadvalini tasdiqlash; 3. Avto va moto ralli musobaqalarini oʻtkazish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish; 5. Musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish choralarini koʻrish. | Tasdiqlanadigan reja asosida
| Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jizzax, Navoiy, Xorazm va Toshkent viloyatlari hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston avto va moto turizm federatsiyasi |
| 9. | Toshkent, Jizzax va Surxondaryo viloyatilarining togʻli hududlarida havo sharlar festivalini oʻtkazish. | 1. Dunyo mamlakatlarida xavo sharlari festivallarini tashkil etish boʻyicha tajribasini oʻrganish; 2. Oʻrganishlar natijasida respublikaning Toshkent, Jizzax va Surxondaryo viloyatilarida xavo sharlari festivallarini tashkil etish joylarini aniqlash; 3. Festivalni yuqori saviyada tashkil qilish uchun Vazirlar Mahkamasining tegishli yigʻilish bayon loyihasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash uchun kiritish; 4. Festival haqida OAVlarda eʼlon berish va keng targʻibot ishlarini olib borish. | 2021-yil davomida | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Aeronavtika federatsiyasi Toshkent, Jizzax va Surxondaryo viloyatilari hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turimzni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
| 10. | Toshkent viloyatida ekstremal turizm boʻyicha xalqaro yoshlar festivalini tashkil etish. | 1. Festivalni yuqori saviyada tashkil qilish uchun Vazirlar Mahkamasining tegishli yigʻilish bayon loyihasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash uchun kiritish; 2. Festival haqida OAVlarda eʼlon berish va keng targʻibot ishlarini olib borish. | 2020-yil dekabr
| Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Changʻi sporti federatsiyasi |
| 11. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarida ekstremal turizmning “Kayaking” va “Rafting” turlari boʻyicha Oʻzbekiston ochiq turnirini tashkil etish. | 1. Hududlarning salohiyatidan kelib chiqib, turnirni tashkil etish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash; 2. Turnirni yuqori saviyada tashkil qilish uchun Vazirlar Mahkamasining tegishli yigʻilish bayon loyihasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash uchun kiritish; 3. Turnir haqida OAVlarda eʼlon berish va keng targʻibot ishlarini olib borish. | Tasdiqlangan reja asosida
| Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Surxondaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 12. | Respublikaning Samarqand va Toshkent viloyatlarida ekstremal turizmning “Mountain bike” yoʻnalishi boʻyicha musobaqalar tashkil etish. | 1. Musobaqani yuqori saviyada tashkil qilish uchun Vazirlar Mahkamasining tegishli yigʻilish bayon loyihasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash uchun kiritish; 2. Tadbir haqida OAVlarda eʼlon berish va keng targʻibot ishlarini olib borish. | Tasdiqlangan reja asosida | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Samarqand va Toshkent viloyatlari hokimliklari, Oʻzbekiston Ekstremal va togʻ turizmi federatsiyasi |
| 13. | Toshkent shahri hamda Toshkent, Jizzax viloyatlari xududlarida velosiped sportining BMX yoʻnalishi boʻyicha Respublika va xalqaro musobaqalar tashkil etish | 1. Musobaqani yuqori saviyada tashkil qilish uchun Vazirlar Mahkamasining tegishli yigʻilish bayon loyihasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash uchun kiritish; 2. Tadbir haqida OAVlarda eʼlon berish va keng targʻibot ishlarini olib borish. | Tasdiqlangan reja asosida | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahri hamda Toshkent va Jizzax viloyatlari hokimliklari, Oʻzbekiston Oʻzbekiston velosiped sporti Federatsiyasi |
| 14. | Toshkent viloyatining Buloqsuv va Xojikent daralarida muzni zabt etish va draytuling boʻyicha Oʻzbekiston musobaqasini oʻtkazish. | 1. Musobaqani yuqori saviyada tashkil qilish uchun Vazirlar Mahkamasining tegishli yigʻilish bayon loyihasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash uchun kiritish; 2. Tadbir haqida OAVlarda eʼlon berish va keng targʻibot ishlarini olib borish. | Har yili yanvar-fevral oylarida | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
| 15. | Respublikadagi majud ekstremal turizm yoʻnalishi obyektlari, joylarini turizm marshrutlarga kiritish. | 1. Ekstremal turizm obyektlari va joylarini xatlovdan oʻtkazish va ularni pasportlarini shakllantirish; 2. Shakllantirilgan maʼlumotlar asosida turoperatorlar bilan birgalikda turizm marshrutlariga kiritish va turistlar tashrifini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish. | 2021-yildan doimiy | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 16. | Togʻ changʻisi sporti, snoubord, konkida figurali uchish, short-trek, xokkey boʻyicha shugʻullanuvchi sportchilarining sifatli sport kiyimlari, zamonaviy sport asbob-uskunalari va jihozlar bilan taʼminlash. | 1. Rivojlangan xorijiy davlatlarni togʻ changʻisi sporti, snoubord, konkida figurali uchish, short-trek, xokkey yoʻnalishdagi tajribasini oʻrganish; 2. Xorijiy tajribaga koʻra va mamlakatimizda sportchilarini sifatli sport kiyimlari, zamonaviy sport asbob-uskunalari va jihozlari bilan taʼminlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga tadbirkorlik subyektlariga bojxona va soliq imtiyozlari berish yuzasidan asoslantirilgan taklif kiritish. | 2020-yil dekabr | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Changʻi sporti federatsiyasi, Ekstremal va togʻ turizmi federatsiyasi |
| 17. | Respublikada ekstremal turizm obyektlarini tashkil qilish. | 1. Respublikada ekstrimal turizm obyektlarini tashkil qilish yuzasidan hududlarni xatlovdan oʻtkazish; 2. Oʻrganish natijasida namunaviy investitsion loyihalar pasportini ishlab chiqish; 3. Tadbirkorlik subyektlari va investorlarga targʻibot qilish choralarini koʻrish. | 2021-2022-yillar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 18. | Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarida qoya toshlarga chiqish (skaladrom) trenajyorlarini tashkil etish. | 1. Hududlarda qoya toshlarga chiqish (skaladrom) trenajyorlarini tashkil etish mumkin boʻlgan hududlarni oʻrganish; 2. Oʻrganishlar natijasida aniqlangan yer maydonlarini oʻrnatilgan tartibda elektron savdo maydonchasiga qoʻyish; 3. Tashabbuskorlarga zaruriy shart-sharoitlarni yaratish. | 2021-2022-yillar | Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
| 19. | Surxondaryo (Boysun va Sariosiyo tumanlari), Jizzax (Baxmal va Zomin tumanlari) viloyatlarining togʻli hududlarida togʻ-changʻi majmualarini barpo etish. | 1. Hududlarda togʻ-changʻi majmualarini barpo etish mumkin boʻlgan yer maydonlarini aniqlash; 2. Aniqlangan yer maydonlarini oʻrnatilgan tartibda elektron savdo maydonchalariga joylashtirish; 3. Tadbirkorlik subyektlari va tashabbuskorlar uchun zaruriy shart sharoit yaratish. | 2021-2022-yillar | Surxondaryo, Jizzax, viloyatlari hokimliklari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo sanoat palatasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
| 20. | Ekstremal turizm obyektlari va xizmatlarini tashkil qilayotgan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash. | 1. Rivojlangan xorijiy davlatlarni ekstremal turizm obyektlari va xizmatlarini tashkil etish borasidagi tajribasini oʻrganish; 2. Xorijiy tajribaga koʻra ekstremal turizm obyektlari va xizmatlarini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga bojxona va soliq imtiyozlari berish yuzasidan asoslantirilgan taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2020-yil dekabr | Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
4-ILOVA
| Tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Ijro uchun masʼullar | |
| 1. | Oʻzbekistondagi mavjud milliy sport turlarini va xalq oʻyinlarni ilmiy talqin qilinishini nazariy jihatdan tartibga soluvchi qoʻllanma ishlab chiqish. | 1. Ushbu yoʻnalishda ilmiy izlanish olib borayotgan olimlar ishtirokida ishchi guruh tashkil qilish; 2. Ilmiy asoslangan xulosalar asosida ushbu yoʻnalishdagi oʻyinlar va sport turlarini toʻgʻri talqin qilishni tartibga soluvchi ilmiy qoʻllanma ishlab chiqish. | 2020-yil dekabr | Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, ixtisoslashgan ilmiy va oliy taʼlim muassasalari Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, ommaviy axborot vositalari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. | Oʻzbekiston hududlarida milliy sport turlari va xalq oʻyinlar toʻgʻrisida maʼlumot toʻplash metodikasini tasdiqlash. | 1. Oʻyin va sport turlarining tarqalish geografiyasi va anʼana sifatidagi davomiyligidan kelib chiqib maʼlumot yigʻish shakllarini ishlab chiqish 2. Oʻyin va sport turlarining xususiyati va tarqalishidan kelib chiqib, maʼlumot toʻplashning maqbul yoʻllarini nazarda tutuvchi metodika ishlab chiqish. | 2020-yil dekabr | Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
| 3. | Milliy sport turlari va xalq oʻyinlarining barcha turlari boʻyicha yagona reyestrni yaratish. | 1. Yetuk mutaxassislarni jalb qilgan holda milliy sport turlari va xalq oʻyinlar barcha turlari boʻyicha etnografik maʼlumotlarni shakllantirish; 2. Mahalliy aholi oʻrtasida xalq oʻyinlar toʻgʻrisida soʻrov oʻtkazish orqali maʼlumotlarni shakllantirish; 3. Shakllantirilgan maʼlumotlar asosida yagona reyestrni yaratish choralarini koʻrish. | 2020-yil dekabr, boshlangʻich maʼlumotlar toʻplash, nihoyasiga yetkazilgandan soʻng doimiy ravishda yangilab borish | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, mintaqaviy federatsiyalar, manfaatdor vazirliklar va idoralar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi |
| 4. | Respublikaning har bir hududdagi xalq oʻyinlarning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda kadrlar tanlash va oʻqitish tizimini joriy etish. | 1. Xorijiy davlatlarning anʼanaviy va etnik sport turlari boʻyicha kadrlarni tanlash va oʻqitish boʻyicha tajribasini oʻrganish; 2. Hududlardagi milliy oʻyinlarning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganish olib borish va zaruriy materiallarni toʻplash; 3. Toʻplangan materiallar asosida kadrlarni tanlash va oʻqitish boʻyicha tizim yaratish. | 2020-yil dekabr | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
| 5. | Korporativ oʻyinlar (corporate games), jamoaviy oʻyinlar uchun moʻljallangan xalq oʻyinlar qoʻllanmasini va toʻplamini yaratish. | 1. Korporativ va jamoaviy oʻyinlarning anʼana sifatidagi davomiyligidan kelib chiqib maʼlumot yigʻish shakllarini ishlab chiqish 2. Oʻyin va sport turlarining xususiyati va tarqalishidan kelib chiqib, maʼlumot toʻplashning maqbul yoʻllarini nazarda tutuvchi metodika ishlab chiqish. | 2021-yil yanvar | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
| 6. | “Navroʻz” bayramiga bagʻishlangan milliy sport turlari boʻyicha milliy umumxalq ommaviy tadbirini tashkillashtirish. | 1. Tadbirni yuqori saviyada tashkil qilish uchun Vazirlar Mahkamasining tegishli yigʻilish bayon loyihasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash uchun kiritish; 2. Tadbir haqida OAVlarda eʼlon berish va keng targʻibot ishlarini olib borish; 3. Tadbirni tashkil etish, Oʻzbekistondagi xorijiy diplomatik korpus vakillari va turistlarni jalb etish choralarini koʻrish. | 2021-yil mart | Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “UzReport” yangiliklar agentligi, joylardagi davlat hokimiyati organlari |
| 7. | Xalq oʻyinlarning qishki va yozgi turlarini rivojlantirish. | 1. Qishda va yozda tashkil qilish mumkin boʻlgan xalq oʻyinlarini xatlovdan oʻtkazish; 2. Xatlov natijasiga koʻra ularni sinfga boʻlgan holda turistik mavsumda sayyohlik oqimini faollashtirish maqsadida, tashkillashtirish va OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish; 3. Rejaga muvofiq, yil davomida tashkil etish choralarini koʻrish. | 2021-yil davomida | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
| 8. | Oʻzbekistonda milliy sport turlari va xalq oʻyinlar boʻyicha tadbirlar roʻyxatini shakllantirish. | 1. Yil davomida tashkil etiladigan tadbirlar roʻyxatini shakllantirish, tegishli vazirlik va idoralardan takliflarni olish; 2. Umumlashgan tadbirlar reja jadvalini oʻrnatilgan tartibda kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish; 3. Tasdiqlangan reja-jadval asosida tadbirlarni tashkil etish choralarini koʻrish. | 2021-yil yanvar | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
| 9. | Respublikadagi mavjud xalq oʻyinlarini ommalashtirish choralarini koʻrish. | 1. Respublikadagi majud xalq oʻyinlarini xatlovdan oʻtkazish; 2. Yoʻqolib borayotgan milliy oʻyin turlarini ommalashtirish maqsadida ilmiy asoslarini yaratish va metodika ishlab chiqish; 3. Xalq oʻyinlarini namunaviy logotip va piktogrammalarni ishlab chiqish hamda jamoatchilik fikrini bilish; 4. Xalq oʻyin turlarini ommalashtirish va keng targʻib etish maqsadida foto-video materiallarni (eskisini) yigʻish va (yangisini) tayyorlash; 5. Oʻyinlarning har bir turi uchun alohida koʻrgazma materiallarini tayyorlash (video, maʼlum bir etnik sport tarixi haqida kitoblar, qoʻllanmalar va boshqalar). 6. Ushbu sport turlarini ommalashtirish uchun taniqli shaxslarni jalb qilish; 7. Milliy kiyimlar elementlari bilan oʻyinlarda ishtirok etadigan erkaklar va ayollar uchun namunaviy kiyimlar yaratish. | 2021-yil fevral | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi |
| 10. | Milliy sport turlari va xalq oʻyinlar muzeyi konsepsiyasini ishlab chiqish. Milliy sportning turlari tarixi, qoidalari va xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish. | 1. Namunaviy milliy sport turlari va xalq oʻyinlar muzeyi konsepsiyasini ishlab chiqish; 2. Milliy sportning turlari tarixi, qoidalari va xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirsh; 3. Muzeyni xalq oʻyinlarda ishlatiladigan asbob va uskunalar hamda kitob, qoʻllanma va boshqa narsalar bilan toʻldirish choralarini koʻrish. | 2021-yil yanvar | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar Madaniyat vazirligi |
| 11. | Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi Sheroz qalʼasi tarixiy yodgorligida turli mamlakatlarning harbiylar jamoalari oʻrtasida “Amir Temur oʻyinlari” musobaqasini oʻtkazish. | 1. Xorijiy davlatlardagi harbiylar ishtirokidagi sport oʻyinlarini oʻrganish; 2. “Amir Temur oʻyinlari” musobaqasini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasini tegishli yigʻilish bayonini ishlab chiqish, kelishish va oʻrnatilgan tartibda kiritish; 3. Musobaqani tashkil etish choralarini koʻrish. 4. Musobaqani OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish hamda turistlarni jalb etish choralarini koʻrish. | 2021-yil may | Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “UzReport” yangiliklar agentligi, Samarqand viloyati hokimligi |
| 12. | “Kamondan yoy otish — merganlik” oʻyinini rivojlantirish. | 1. Rivojlangan davlatlarning kamondan oʻq otish boʻyicha tajribasini oʻrganish; 2. Oʻrganish natijasida “Kamondan yoy otish — merganlik” oʻyinini yuqori savida tashkil etish uchun Vazirlar Mahkamasining tegishli yigʻilish bayoni loyihasini ishlab chiqish, kelishish va kiritish; 3. Tadbirlarni viloyatlar va yakuniy bosqichini respublika darajasida tashkillashtirish; 4. Tadbirlarni OAV orqali keng yoritish choralarini koʻrish. | 2021-yil iyun | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
| 13. | Tizimli ravishda milliy sportning ayrim turlari boʻyicha mahorat darslarini tashkil etish. | 1. Tizimli ravishda mahorat darslarini tashkil etish uchun milliy sportning ayrim turlari roʻyxatini shakllantirish; 2. Mahorat darslarini tashkil etish boʻyicha reja grafik ishlab chiqish; 3. Reja grafik asosida mahorat darslarini tashkil etish; 4. Tashkil etilgan va etilishi rejalashtirilgan mahorat darslari haqida maqolalar tayyorlash, ularni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish hamda dasturlar tayyorlash choralarini koʻrish. | 2021-yildan boshlab muntazam ravishda | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
| 14. | Forishda “Jizzah Ethnosport Challenge” turnirini oʻtkazish. | 1. Turnirni yuqori saviyada oʻtkazish uchun Vazirlar Mahkamasining tegishli yigʻilish bayoni loyihasini ishlab chiqish, kelishish va oʻrnatilgan tartibda kiritish; 2. Turnirda oʻtkaziladigan oʻyinlar roʻyxatini tuzish va turnir ishtirokchilarini turnir boshlanishiga qadar jismoniy tayyorgarligini oshirish choralarini koʻrish. 3. Turnirni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish hamda turistlarni jalb etish choralarini koʻrish. | 2021-yil iyun | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, “UzReport” yangiliklar agentligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
| 15. | Xivada Paxlavon Maxmud xotirasiga bagʻishlangan “Baxodirlar oʻyini” II xalqaro turnirini tashkil etish. | 1. Turnirni yuqori saviyada oʻtkazish uchun Vazirlar Mahkamasining tegishli yigʻilish bayoni loyihasini ishlab chiqish, kelishish va oʻrnatilgan tartibda kiritish; 2. Turnir boshlanishidan uch oy oldin turnir haqida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon berish; 3. Turnirda ishtirok etuvchi sportchi, hakamlar va mehmonlar roʻyxatini shakllantirish; 4. Turnirni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish hamda turistlarni jalb etish choralarini koʻrish. | 2021-yil iyun | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “UzReport” yangiliklar agentligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimiyati, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
| 16. | Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida togʻ xalq oʻyinlarini oʻtkazish. | 1. Tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish uchun Vazirlar Mahkamasining tegishli yigʻilish bayoni loyihasini ishlab chiqish, kelishish va oʻrnatilgan tartibda kiritish; 2. Togʻ xalq oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish hamda turistlarni jalb etish choralarini koʻrish. | 2021-yil iyul | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “UzReport” yangiliklar agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
| 17. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq shaharchasida sahro oʻyinlarini oʻtkazish. | 1. Sahro oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish; 2. Oʻrganishlar natijasida Vazirlar Mahkamasining tegishli yigʻilish bayoni loyihasini ishlab chiqish, kelishish va oʻrnatilgan tartibda kiritish; 3. Sahro oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish hamda turistlarni jalb etish choralarini koʻrish. | 2021-yil avgust | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
5-ILOVA
ROʻYXATI
| T/r | Hudud nomi | Obyekt nomi | Manzil |
| 1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Nukus maishiy xizmat va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji sport zali | Nukus shahri, A. Utepov koʻchasi, raqamsiz uy |
| Nukus shahar 1-sonli kasb-hunar maktabi | Nukus shahar A.Utepov koʻchasi | ||
| Nukus shahar 2-sonli kasb-hunar maktabi | Nukus shahar A.Utepov koʻchasi | ||
| 2. | Andijon viloyati | Andijon shahri 2-bolalar va oʻsmirlar sport maktabi tennis majmuasi | Andijon shahri, 1-kichik daxa, 21b-uy |
| Andijon shahri 32-umumtaʼlim maktabi sport zali | Andijon shahri, Saloxiyat koʻchasi, 110-uy | ||
| Andijon mashinasozlik akademik litseyi sport zali | Andijon shahar A. Temur koʻchasi 5 uy | ||
| 3. | Buxoro viloyati | “Xumo” sport majmuasi badminton sport zali | Buxoro shahri, M. Iqbol koʻchasi, 16-uy |
| Buxoro neft va gaz sanoati kolleji sport zali | Buxoro shahar “Namozgoh” koʻchasi 103-uy | ||
| 4. | Jizzax viloyati | Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji sport zali (18x36) | Jizzax shahri, Sayiljoy mahallasi, Istiklol koʻchasi, 12-uy |
| Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetining Jizzax filiali sport zali | Jizzax shahri, Sh. Rashidov koʻchasi, 259-uy | ||
| Jizzax Tibbiyot kollejining sport zali | Jizzax shahar Sh.Rashidov shoh koʻchasi, Toshloq mahallasi 212-uy | ||
| Jizzax shahar 19-umumtaʼlim maktabning sport zali | Jizzax shahri, Zargarlik mahallasi | ||
| 5. | Navoiy viloyati | Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi sport zali | Navoiy shahri, Gʻalaba shox koʻchasi, 44-uy |
| Navoiy davlat konchilik instituti huzuridagi akademik litseyining sport zali | Navoiy shahri, Gʻalabashox koʻchasi 186-uy | ||
| 6. | Namangan viloyati | Namangan viloyati yuridik kolleji sport zali | Namangan shahri, Islom Karimov koʻchasi, 2-uy |
| Namangan shahar 1-son Bolalar-oʻsmirlar sport maktabining sport zali | Namangan shahri, 5A-kichik tuman tennis korti | ||
| Namangan muxandislik-qurilish instituti qoshidagi “Doʻstlik” akademik litseyining sport zali | Namangan shahri, I.Karimov koʻchasi | ||
| 7. | Samarqand viloyati | Samarqand viloyati sportning uyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi sport zali | Samarqand shahri, Rudaki koʻchasi, 243-uy. |
| Payariq tumani 1-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabining sport zali | Payariq tumani, Qumchiq mahallasi, Oʻyingoh koʻchasi 19-uy | ||
| 8. | Sirdaryo viloyati | “Alpomish” sport majmuasi | Guliston shahri, Guliston koʻchasi |
| Madaniyat saroyi sport zali | Guliston tumani, Turkiston koʻchasi, 16-uy | ||
| Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi sport zali | Xovos tuman, Xovos shaxarchasi, “Bunyodkor” mahallasi, Katta Oʻzbek Trakti M-34, Samarqand koʻchasi | ||
| Guliston shahar 8-sonli umumtaʼlim maktabining sport zali | Guliston shahri, 3-mavze “Obod yurt” mahallasi | ||
| Guliston shahar Qurilish texnikumining sport zali | Guliston shahri, “Bogʻi shamol” mahallasi | ||
| 9. | Surxondaryo viloyati | Termiz shahri Ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi sport zali | Termiz shahri, A.Navoiy koʻchasi, 699-uy |
| Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti filialining sport zali | Termiz shahri, Islom Karimov koʻchasi, 288 b-uy | ||
| Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining sport zali | Termiz shahri, I.Karimov koʻchasi 63-uy | ||
| 10. | Fargʻona viloyati | Fargʻona shahri 1-bolalar va oʻsmirlar sport maktabi qoʻp tarmoqli sport majmuasi sport zali | Fargʻona shahri, Oxunboboyev koʻchasi |
| Qoʻqon shahar 2-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabining sport zali | Qoʻqon shahri, Istiqlol koʻchasi 77-uy | ||
| Beshariq tumani 2-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabining filiali | Beshariq tumani, Rapqon qishlogʻi 22A- uy | ||
| 11. | Xorazm viloyati | Xorazm tennis va badminton markazi | Urganch shahri, Yangiariq koʻchasi |
| Koʻshkoʻpir tumani 2-sonli umumtaʼlim maktabining sport zali | Koʻshkoʻpir tumani, Madaniyat mahallasi, Mustaqillik koʻchasi 29-uy | ||
| Bogʻot tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga qarashli filialning sport zali | Bogʻot tumani, Oltin-Qum shaharchasi, Buyuk maqsad 1-tor koʻcha | ||
| 12. | Qashqadaryo viloyati | Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi akademik litseyi sport zali | Qarshi shahri, A. Navoiy koʻchasi, 64-uy |
| Shaxrisabz shahar 14-umumtaʼlim maktabi sport zali | Shaxrisabz shahri, S. Ayniy koʻchasi, 56-uy | ||
| Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji sport oʻyinlari zali — asosiy badminton sport bazasi | Qarshi shahar, Mustaqillik koʻchasi, 13-uy | ||
| Toshkent shahri | |||
| 13. | Bektemir tumani | Bektemir tumani I.M. Gubkin nomli Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi akademik litseyi sport zali | Bektemir tumani, Suvsoz qoʻchasi, 89-uy |
| 14. | Mirobod tumani | Mirobod tumani 175-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali | Mirobod tumani, Sarakulskaya koʻchasi, 24-uy |
| 15. | Mirzo Ulugʻbek tumani | Mirzo Ulugʻbek tumani 211-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali | Mirzo Ulugʻbek tumani, Gulsanam koʻchasi, 1-uy |
| M.Ulugʻbek tumani 279-umumtaʼlim maktabining sport zali | A.Yugnakiy mavzesi | ||
| 16. | Olmazor tumani | Olmazor tumani 196-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali | Olmazor tumani, Qora-Qamish 2/1 mavzesi, 5a-uy |
| Olmazor tumani 1-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabining sport zali | Namuna koʻchasi 54-uy | ||
| 17. | Sergeli tumani | Sergeli tumani 300-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali | Sergeli tumani, 7 mavzesi, Jahonaro koʻchasi |
| Sergeli tumani 68-umumtaʼlim maktabining sport zali | Sergeli-3 mavzesi | ||
| 18. | Uchtepa tumani | Toshkent Soliq kolleji sport zali | Uchtepa tumani, kichik xalqa yoʻli, 3-uy |
| Uchtepa tumani 238-umumtaʼlim maktabining sport zali | Uchtepa tumani 21-mavze | ||
| Toshkent shahar Sport oʻyinlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi filiali — asosiy badminton sport bazasi | Uchtepa tumani, Jurjoniy mahallasi, Yu.Sakkokiy koʻch. 4b | ||
| 19. | Yashnobod tumani | Yashnobod tumanidagi Mehmonxona xoʻjaligi kasb-hunar kolleji sport zali | Yashnabod tumani, Tarakiyot kuchasi 2 proyezd 1-uy |
| 20. | Chilonzor tumani | Chilonzor Tibbiyot kolleji sport zali | Chilonzor tumani, Nurxon koʻchasi, 16-uy |
| Chilonzor tumani 181-umumtaʼlim maktabining sport zali | Chilonzor 10-mavze | ||
| 21. | Shayxontohur tumani | Shayxontohur tumani 254-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali | Shayxontoxur tumani, Nuvza MFY, Ok tepa daxasi, 12-uy |
| Shayhontoxur tumani 299-umumtaʼlim maktabining sport zali | Jarariq mavzesi | ||
| 22. | Yunusobod tumani | Yunusobod tumani 271-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali | Yunusobod tumani, Chimkent yoʻli koʻchasi |
| Yunusobod tumani 21-umumtaʼlim maktabining sport zali | Yunusobod 6-mavze | ||
| 23. | Yakkasaroy tumani | Yakkasaroy tumanidagi toʻqimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi akademik litseyi sport zali | Yakkasaroy tumani, Shoxjahon koʻchasi 5/4 |
| 24. | Yangi hayot tumani | Yangi hayot tumani 231-umumtaʼlim maktabining sport zali | 9-qurilish hududi |
| Toshkent viloyati | |||
| 24. | Angren shahri | Angren shahri Transport va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji sport zali | Angren shahri, Istiqbol MFY, Bunyodkor koʻchasi, 5/1a-uy |
| 25. | Bekobod tumani | Bekobod tumani 7-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali | Zafar shahri, Guliston MFY |
| 26. | Bekobod shahri | Bekobod shahri 12-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali | Bekobod shahri, “Qosim ota Farmonov” MFY |
| Oʻzbekiston metal zavodining tennis korti | Oʻzbekiston koʻchasi | ||
| 27. | Boʻka tumani | Boʻka tumani Boʻka Agrosanoat va transport kasb-hunar kolleji sport zali | Boʻka tumani, A. Ikromov koʻchasi, 39-uy |
| 28. | Boʻstonliq tumani | Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi “Abay” BSM sport zali | Boʻstonliq tumani, Qoramanas qishlogʻi, Boyterak MFY, Ipak-yoʻli koʻchasi |
| 29. | Zangiota tumani | Zangiota tumani Bolalar oʻsmirlar sport maktabi sport zali | Eshonguzar qoʻrgʻoni, X. Noʻmon koʻchasi |
| 30. | Qibray tumani | Qibray tumani 8-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali | Qibray tumani, Qadirlik koʻchasi |
| 31. | Nurafshon shahri | Nurafshon shahri 1-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali | Obod turmush MFY, Shon shuxrat koʻchasi, 1-uy |
| 32. | Oqqurgon tumani | Oqqurgon tumani 6-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali | Okkurgon tumani, Birlik MFY |
| 33. | Olmaliq shahri | Olmaliq shahri Bolalar oʻsmirlar sport maktabi sport zali | Olmaliq shahri, Ulugʻbek koʻchasi, 59a-uy |
| 34. | Ohangaront umani | Ohangaron tumani 12-sonli umumtalim maktabi sport zali | Ohangaron tumani, Qoroxtoy MFY |
| 35. | Parkent tumani | Parkent tumani 45-sonli umumtalim maktabi sport zali | Parkent tumani, Surxi MFY |
| 36. | Pskent tumani | Pskent tumani 8-sonli umumtalim maktabi sport zali | Pskent tumani, Gulshan koʻchasi, raqamsiz uy |
| 37. | Toshkent tumani | Toshkent tumani Bolalar oʻsmirlar sport maktabi | Keles shahar, M.Qashqariy koʻchasi, 1-uy |
| Universal sport majmuasi | Keles yoʻli koʻchasi | ||
| 38. | Oʻrta Chirchiq tumani | Oʻrta Chirchiq Pedagogika va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji sport zali | Oʻrta Chirchiq tumani, Koʻtarma-2 MFY |
| 39. | Chinoz shahri | Chinoz shaxri 40-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali | Chinoz shaxri, Beshkapa MFY |
| 40. | Chirchiq shahri | Chirchiq shahri 16-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali | Chirchiq shahri, 8-kichik noxiya |
| 41. | Yuqori Chirchiq tumani | Yuqori Chirchiq tumani 37-sonli umumtaʼlim maktabi zali sport zali | Yuqori Chirchiq tumani |
| 42. | Yangiyoʻl tumani | Yangiyoʻl tumani Gulbaxor sanoat kasb-hunar kolleji sport zali | Yangiyoʻl tumani, Sharof Rashidov koʻchasi, 6-uy |