1-ILOVA
T/r | Vakolatli organning nomi | Hamkorlik masalalari |
1. | Oliy sud | Jinoyat, fuqarolik va oilaviy ishlar bo‘yicha sudda ish yuritish bilan bog‘liq masalalar; sud hujjatlarini topshirishga doir topshiriqlarni yuborish va ko‘rib chiqish hamda ularni topshirishni tasdiqlash; sud protsessual harakatlarini yuritish va ularni ijro etish bo‘yicha topshiriqlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish; fuqarolik va oilaviy ishlar bo‘yicha qarorlar, shuningdek shunday ishlar bo‘yicha sud tomonidan tasdiqlangan yarashuv bitimlarini tan olish va ijro etish; sud organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar. |
2. | Bosh prokuratura | Sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinadigan protsessual harakatlarni amalga oshirish; hukmni tan olish va ijro etish bo‘yicha iltimosnomalar; topshiriqni ijro qilish jarayonida huquqiy yordam so‘rayotgan davlatning vakolatli vakillari ishtirok etishi haqidagi iltimoslarni jo‘natish va ko‘rib chiqish; prokurorning fuqarolik protsessida ishtirok etishi to‘g‘risidagi so‘rovlarini yuborish va ko‘rib chiqish; jinoiy ta’qibni amalga oshirish, shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish va (yoki) hukmni ijro etish uchun ushlab berish; dastlabki tergovni amalga oshirish bilan bog‘liq topshiriqlar; ish yurituvdagi jinoyat ishlari bilan bog‘liq masalalar; qamoqda saqlanayotgan yoki jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasida o‘tayotgan shaxsni vaqtincha topshirish, shuningdek uni tranzit tarzida o‘tkazish; prokuratura organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar. |
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti | Jinoiy yo‘l bilan olingan pul mablag‘lari va mol-mulkni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qidirish va xatlash (tortib olish) bo‘yicha iltimoslarni jo‘natish va ko‘rib chiqish; ish yurituvdagi jinoyat ishlari bilan bog‘liq masalalar; Departamentning vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar. | |
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi | Jinoyat, fuqarolik va oilaviy ishlar bo‘yicha mol-mulk da’volari berilgan so‘ralayotgan ahdlashuvchi tomonlar hududida istiqomat qiluvchi shaxslarning manzillari, ish joyi va daromadlarini aniqlash haqida huquqiy yordam berish to‘g‘risidagi so‘rovlarni yuborish va ko‘rib chiqish; jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning hukmlari (qarorlari)ni zararni qoplash qismi bo‘yicha tan olish va ijro etish bo‘yicha iltimosnomalarni jo‘natish va ko‘rib chiqish; ish yurituvdagi ijro hujjatlari bilan bog‘liq masalalar. | |
3. | Ichki ishlar vazirligi | Sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinadigan protsessual harakatlarga taalluqli bo‘lmagan ish yurituvdagi jinoyat ishlari bilan bog‘liq masalalar; sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinmaydigan protsessual harakatlar bilan bog‘liq topshiriqni (so‘rovnomani) ijro qilish jarayonida huquqiy yordam ko‘rsatishni so‘rayotgan davlatning vakolatli vakillari ishtirok etishi haqidagi iltimoslarni jo‘natish va ko‘rib chiqish; ahdlashuvchi tomonlar fuqarolarining huquqlarini amalga oshirish uchun, zarur bo‘lganda, jismoniy shaxslarning ro‘yxatga olingan joylari (manzillari)ni aniqlash bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish; shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish; fuqarolikka tegishlilikni aniqlash bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish; sudlanganlik haqida ma’lumotlarni taqdim qilish va ayblov hukmlari haqida xabar berish; ichki ishlar organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar. |
4. | Davlat xavfsizlik xizmati | Sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinmaydigan protsessual harakatlarni amalga oshirish; dastlabki tergovni amalga oshirish bilan bog‘liq topshiriqlar va ish yurituvdagi jinoiy ishlar bilan bog‘liq masalalar; Davlat xavfsizlik xizmati organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar. |
5. | Adliya vazirligi | Notarial harakatlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni talab qilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish; pul majburiyatlariga nisbatan notarial hujjatlar va notariuslarning ijro xatlarini tan olish va ijro qilish haqidagi iltimosnomalarni jo‘natish va ko‘rib chiqish; adliya organlari sohasiga oid, shuningdek mazkur Ro‘yxatda ko‘rsatilmagan boshqa fuqarolik va oilaviy masalalar. |
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish haqida hujjatlarni yuborish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish; yuridik shaxslar va boshqa tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxatdan o‘tganligi bilan bog‘liq ma’lumotlarni talab qilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish. | ||
6. | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi | Umumiy o‘rta ta’lim haqidagi ma’lumotlarni talab qilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish. |
61. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi | Vasiylik va homiylikni belgilash va bekor qilish bilan bog‘liq masalalar; farzandlikka olishni belgilash va bekor qilish bilan bog‘liq masalalar. |
7. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim haqidagi ma’lumotlarni talab qilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish. |
8. | Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi | Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotlarni talab qilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish. |
9. | “O‘zarxiv” agentligi | Arxiv ma’lumotnomalari va boshqa arxiv hujjatlari haqida ma’lumotlarni talabqilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish. |
10. | Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi | Pensiya va nafaqalar berish bilan bog‘liq ma’lumotlarni talabqilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish. |
2-ILOVA
T/r | Vakolatli organning nomi | Hamkorlik masalalari |
1. | Oliy sud | Jinoyat, fuqarolik, oilaviy va iqtisodiy sud ishlarini yuritish bilan bog‘liq masalalar; sud hujjatlarini topshirishga doir topshiriqlarni yuborish va ko‘rib chiqish hamda ularni topshirishni tasdiqlash; sud protsessual harakatlarini yuritish va ularni ijro etish bo‘yicha topshiriqlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish; fuqarolik, oilaviy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha qarorlar, shuningdek shunday ishlar bo‘yicha sud tomonidan tasdiqlangan yarashuv bitimlarini tan olish va ijro etish; sud organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar. |
2. | Bosh prokuratura | Sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinadigan protsessual harakatlarni amalga oshirish; hukmni tan olish va ijro etish bo‘yicha iltimosnomalar; topshiriqni ijro qilish jarayonida huquqiy yordam so‘rayotgan davlatning vakolatli vakillari ishtirok etishi haqidagi iltimoslarni jo‘natish va ko‘rib chiqish; prokurorning fuqarolik protsessida ishtirok etishi to‘g‘risidagi so‘rovlarini yuborish va ko‘rib chiqish; qo‘shma tezkor-qidiruv guruhlarini tashkil qilish bo‘yicha takliflarni jo‘natish va ko‘rib chiqish; jinoiy ta’qibni amalga oshirish, shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish va (yoki) hukmni ijro etish uchun ushlab berish; qamoqda saqlanayotgan yoki jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasida o‘tayotgan shaxsni vaqtincha topshirish, shuningdek uni tranzit tarzida o‘tkazish; jinoyat ishlarini birlashtirish bo‘yicha iltimosnomalarni jo‘natish va ko‘rib chiqish; dastlabki tergovni amalga oshirish bilan bog‘liq topshiriqlar; ish yurituvdagi jinoyat ishlari bilan bog‘liq masalalar; prokuratura organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar. |
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti | Jinoiy yo‘l bilan olingan pul mablag‘lari va mol-mulkni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qidirish va xatlash (tortib olish) bo‘yicha iltimoslarni jo‘natish va ko‘rib chiqish; ish yurituvdagi jinoyat ishlari bilan bog‘liq masalalar; Departamentning vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar. | |
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi | Fuqarolik, oilaviy, iqtisodiy va jinoyat ishlari bo‘yicha mol-mulk da’volari berilgan so‘ralayotgan ahdlashuvchi tomonlar hududida istiqomat qiluvchi shaxslarning manzillari, ish joyi va daromadlarini aniqlash haqida huquqiy yordam berish to‘g‘risidagi so‘rovlarni yuborish va ko‘rib chiqish; jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning jinoyat ishlari yuzasidan hukmlari (qarorlari)ni zararni qoplash, jarimani undirish hamda noqonuniy yo‘l bilan olingan buyumlar, mulk va daromadni davlat foydasiga undirish (konfiskatsiya qilish) qismi bo‘yicha, shuningdek jinoyat sodir qilish orqasidan topilgan mulkka, shu jumladan bank hisob varaqalaridagi pul mablag‘lariga (da’volarni qondirish maqsadida, agar da’volar mulkiy huquqiy maqomni yoki mulk huquqini belgilash bilan bog‘liq bo‘lsa) band solish haqidagi sud qarorlarini tan olish va ijro qilish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish va yuborish; ish yurituvdagi ijro hujjatlari bilan bog‘liq masalalar. | |
3. | Ichki ishlar vazirligi | Sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinadigan protsessual harakatlarga taalluqli bo‘lmagan ish yurituvdagi jinoyat ishlari bilan bog‘liq masalalar; sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinmaydigan protsessual harakatlar bilan bog‘liq topshiriqni (so‘rovnomalarni) ijro qilish jarayonida huquqiy yordam ko‘rsatishni so‘rayotgan davlatning vakolatli vakillari ishtirok etishi haqidagi iltimoslarni jo‘natish va ko‘rib chiqish; ahdlashuvchi tomonlar fuqarolarining huquqlarini amalga oshirish uchun, zarur bo‘lganda, jismoniy shaxslarning ro‘yxatga olingan joylari (manzillari)ni aniqlash bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish; shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish; fuqarolikka tegishlilikni aniqlash bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish; sudlanganlik haqida ma’lumotlarni taqdim qilish va ayblov hukmlari haqida xabar berish; aliment undirish ishlari bo‘yicha javobgarni qidirish; ichki ishlar organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar. |
4. | Davlat xavfsizlik xizmati | Sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinmaydigan protsessual harakatlarni amalga oshirish; dastlabki tergovni amalga oshirish bilan bog‘liq topshiriqlar va ish yurituvdagi jinoiy ishlar bilan bog‘liq masalalar; Davlat xavfsizlik xizmati organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar. |
5. | Adliya vazirligi | Notarial harakatlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni talab qilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish; pul majburiyatlariga nisbatan notarial hujjatlar va notariuslarning ijro xatlarini tan olish va ijro qilish haqidagi iltimosnomalarni jo‘natish va ko‘rib chiqish; mulkni meros qilib qoldirish holatlari bo‘yicha ekspert tadqiqotlarini o‘tkazish; adliya organlari sohasiga oid, shuningdek mazkur Ro‘yxatda ko‘rsatilmagan boshqa fuqarolik va oilaviy masalalar. |