|
“ |
2106909803 |
Mikronutriyenti dlya obogosheniya muki |
0 |
”. |
1-ILOVA
T/r | Tadbirlar nomi | Ijro muddati | Mablag‘ miqdori | Moliyalashtirish manbai | Ijro uchun mas’ullar | Ijro mexanizmi |
I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda xalqaro me’yorlar va standartlarni implementatsiya qilish | ||||||
1. | Tayyor va yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlari retsepturasini o‘zgartirish, shuningdek davolash va ta’lim muassasalarida, ish joylarida natriyni past miqdorda taqdim etish orqali aholi tomonidan tuz iste’molini kamaytirish. | 2021 — 2025-yillar | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Chora-tadbirlar dasturi |
2. | Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi bo‘yicha amaldagi canitariya qoidalari va me’yorlarini hamda davlat standartlarini va texnik reglamentlarni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (keyingi o‘rinlarda — JSST)ning tavsiyalari va Alimentarius Kodeksi normalariga muvofiqlashtirish. | 2021 — 2023-yillar | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Davlat standartlari, texnik reglamentlar, canitariya qoidalari |
3. | Chakana savdo shoxobchalarida xalq iste’moli tovarlari nazorat xaridini amalga oshirish va tovar (ish, xizmat)larni ekspertizadan (laboratoriya sinovlaridan) o‘tkazish tartiblarini ishlab chiqish. | 2020-yil noyabr | — | — | Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
4. | “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahririni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. | 2020-yil dekabr | — | — | Vazirlar Mahkamasi, | Qonun loyihasi |
5. | Oliy nav bug‘doy unini vitamin va mikronutriyentlar bilan boyitish bo‘yicha davlat standarti va texnik reglamentni tasdiqlash hamda unni boyitish davlat dasturiga o‘zgartirish kiritish. Shuningdek, un mikronutriyentlar bilan boyitilgan taqdirda import qilishga ruxsat berish tartibini o‘rnatish. | 2021-yil yanvar | — | — | “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov), | Davlat standarti |
6. | Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish, jumladan unga yuqori malakali va ilmiy salohiyatli kadrlarni jalb etish, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalar, vivariy va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha yangi klinika tashkil etish. | 2021-yil yanvar | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Ijrochilar qarorlari, |
7. | Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar indikatorlarini va reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalar ovqatlanishidagi muammolarni kuzatish imkoniyatini beruvchi statistik hisobotlarning davlat va idoraviy shakllarini qayta ko‘rib chiqish. | 2021-yil I chorak | — | — | Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), | Statistik hisobotlar |
8. | JSSTning tavsiyalari asosida oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori inson sog‘lig‘i uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini belgilovchi me’yorlarni ishlab chiqish. | 2021-yil 1-mart | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Texnik reglament, |
9. | Respublika hududida realizatsiya qilish uchun olib kiriladigan va mahalliy ishlab chiqariladigan ozi?-ovqat mahsulotlarini tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori inson sog‘lig‘i uchun foyda yoki zararli ekanligini hisobga olgan holda tamg‘alash bo‘yicha “Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. | 2021-yil 1-mart | — | — | “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov), | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
10. | Aholi orasida yod tanqisligining ommaviy profilaktikasini amalga oshirish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlarini yod bilan boyitish bo‘yicha joriy etilgan davlat standartlari va texnik reglamentlarni takomillashtirish. | 2021-yil II chorak | — | — | “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov), | Davlat standartlari |
11. | JSSTning tavsiyalariga asosan bolalarga qaratilgan oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar marketingini tartibga solish. | 2021-yil III chorak | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Ijrochilar qarori |
12. | Biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish. | 2022-yil I chorak | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Ijrochilar qarori |
13. | Raqamli va chakana savdo muhitida bolalar va o‘smirlar uchun tuz, qand va yog‘ miqdori belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va kuchli gazlangan, rangli, shirin hamda energetik ichimliklarning marketingini tartibga solish. | 2022-yil II chorak | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
14. | Sog‘lom, tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori inson sog‘lig‘i uchun xavfsiz me’yor doirasidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dastur ishlab chiqish. | 2022-yil III chorak | — | — | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), | Ijrochilar qarori, |
II. Noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni kamaytirish bo‘yicha profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish | ||||||
15. | JSSTning xavfsiz ovqatlanishni ta’minlash bo‘yicha “besh kalit dasturi”ni targ‘ib qilish. | 2020 — 2025-yillar | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), | Amaliy |
16. | Ota-onalar va bolalar uchun interfaol usulda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha “Sog‘lom ovqatlanaylik” turkum ko‘rsatuvlarini tayyorlash va tizimli ravishda efirga uzatish. | 2021-yil yanvardan boshlab doimiy | — | — | MTRK (A. Xadjayev), | Teleko‘rsatuv |
17. | Aholining yosh, jins, fiziologik holat va kasb bo‘yicha turli guruhlari uchun ovqatlanishning maqbul me’yorlarini ishlab chiqish. | 2021-yil | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Ijrochilar qarorlari |
18. | Aholini qarorning 1-bandida nazarda tutilgan vitamin va minerallar bilan bepul ta’minlash bo‘yicha davlat dasturini qabul qilish. | 2021-yil | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Hukumat qarori |
19. | Quyidagilarni amalga oshirish: 6 — 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan; 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni “A” vitamini bilan; 2 — 10 yoshli bolalarni gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan; homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3 — 15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan; 35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollarni temir va foliy kislotasi preparati bilan bepulta’minlash. Bunda, 35 yoshgacha bo‘lgan homilador va bola emizuvchi ayollarni alohida me’yor asosida ta’minlash. | 2021-yil
| Hisob-kitoblar asosida | Budjet mablag‘lari, | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Amaliy |
20. | Noqulay mehnat sharoiti ishlarida band bo‘lgan ishchilar uchun profilaktik ovqatlantirish normalarini ishlab chiqish. | 2021-yil | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Ijrochilar qarorlari |
21. | Tibbiyot muassasalarida bemorlar uchun mo‘ljallangan ovqatlanish me’yor va taomnomalarini, jumladan parhez taomlarini qayta ko‘rib chiqish. | 2021-yil | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Ijrochilar qarorlari |
22. | Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish tizimini takomillashtirish. Xususan, maktab oshxonalarini sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlari talablariga mos holatga keltirish, taomlar sifati va xavfsizligini nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish. | 2021-yil II chorak | — | — | Xalq ta’limi vazirligi(Sh. Shermatov), | Normativ-huquqiy hujjat |
23. | Umumiy ovqatlanish, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida band bo‘lgan mutaxassislar uchun sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. | 2021-yil | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Targ‘ibot materiallari |
24. | Noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha laboratoriya test sinovlari standartlarini qayta ko‘rib chiqish. Laboratoriya test sinovlari standartlari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari laboratoriyalarini zarur uskuna, sarf materiallari va reaktivlar bilan ta’minlash. | 2021-yil
| Hisob-kitoblar asosida | Sog‘liqni saqlash vazirligi uchun ajratilgan budjet mablag‘lari, | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Amaliy |
25. | Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga oid diagnostika va davolash standartlari hamda klinik qo‘llanma va protokollarni to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini yuritish bo‘yicha JSSTning tavsiyalari asosida qayta tasdiqlash. | 2021-yil | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Davolash |
26. | Respublika bo‘yicha patronajning universal progressiv modelini ishlab chiqish yo‘li bilan homilador ayollar va 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onalariga ovqatlanish masalalari bo‘yicha maslahat berib borish tizimini yaratish. | 2021-yil | 1 mln. AQSH doll. | YUNISEF mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Universal progressiv modelni amaliyotga |
27. | Aholi, xususan bolalar uchun mahalliy meva, sabzavot va boshqa xomashyolar asosida ilmiy asoslangan oziq-ovqat va ichimliklar retsepturalarini ishlab chiqish. | 2022-yil | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Retsepturalar ishlab chiqish |
III. Ovqatlanish gigiyenasi va uning nutritsiologiya, diyetologiya kabi yo‘nalishlarida kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish hamda sog‘lom ovqatlanishni shakllantirish sohasida ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash | ||||||
28. | Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining tibbiy xodimlarini JSSTning tavsiyalariga ko‘ra yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga chalingan bemorlarni o‘zlarini parvarishlash va o‘z salomatligini nazorat qilishga o‘rgatish bo‘yicha o‘qitish. | 2021 — 2025-yillar | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), | Amaliy |
29. | Homilador, emizikli onalar va 2 yoshgacha bolalarning sog‘lom ovqatlanishiga oid JSSTning “Birinchi 1000 kunlik” dasturi asosida shifokor va hamshiralar malakasini oshirish. | 2021 — 2025-yillar | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi | Amaliy |
30. | Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida JSSTning tavsiyalariga ko‘ra 40 va undan katta yoshdagi fuqarolarda yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning xavf omillarini aniqlash. | 2021 — 2025-yillar | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Amaliy |
31. | Keng turdagi ma’lumotlarni tahlil qilish orqali respublika aholisining turmush tarzi, ovqatlanishi va yondosh kasalliklariga bog‘liq holatda ularning metabolomikasini o‘rganish. | 2021-2022-yillar | Hisob-kitoblar asosida | Tanlov natijalariga | Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), | Ilmiy-tadqiqot ishlari |
32. | Tibbiyot ta’limi tizimida ayol va bolalarning ovqatlanishi bo‘yicha o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish. Oilaviy shifokor, pediatr, bolalar tor mutaxassislari, akusher-ginekolog, diyetolog va nutritsiologlar tayyorlash dasturlariga reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar, bolalar va o‘smirlarning to‘g‘ri ovqatlanishi mavzusini kiritish. | 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab | 50 ming AQSH doll. | YUNISEF mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), | O‘quv dasturlari |
33. | Davlat muassasa va tashkilotlarida diyetologiya mutaxassisini jalb qilgan holda tizimli ravishda to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha seminar-mashg‘ulotlar o‘tkazib borish. | 2021-yildan boshlab doimiy | — | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Seminar mashg‘ulotlari |
34. | Dekretiv kontingent vakillari uchun sog‘lom turmush tarzi, sanitariya-gigiyena ko‘nikmalarini hosil qilish bo‘yicha maxsus kurslarni tashkillashtirish va tizimli ravishda amalga oshirish. | 2021-yildan boshlab doimiy | — | Ijrochilarning mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Seminar mashg‘ulotlari |
35. | Nutritsiologiya va diyetologiya mutaxassislarini tayyorlashda diplomgacha, diplomdan keyingi va malaka oshirish dasturlarini qayta ko‘rib chiqish. | 2021-yil | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | O‘quv dasturlari |
36. | Oliy ta’lim muassasalarida “Oziq-ovqat texnologiyasi”, “Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi”, “Oziq-ovqat xavfsizligi”, “Agrobiotexnologiya”, “Meva-sabzovotchilikda biotexnologiya”, “Qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsizlik”, “Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlashning an’anaviy hamda innovatsion texnologiyasi va sertifikatsiyasi”, “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini sifat va standart nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish. | 2021-yil | — | — | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), | O‘quv dasturlari |
37. | Yoshlar orasida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish bo‘yicha global tekshiruv (GYTS) tadqiqot dasturini amalga oshirish. | 2021-yil aprel | 10 ming AQSH doll. | JSST mablag‘lari (kelishuv asosida) | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Amaliy |
38. | Bolalar va ayollar holatini baholash bo‘yicha YUNISEFning multiindikatorli “MICS” tadqiqot dasturini amalga oshirish. | 2021-yil sentabr | 295,0 ming AQSH doll. 700,0ming AQSH doll. | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lar YUNISEF mablag‘lari | Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Amaliy |
39. | Bolalarda semizlikni epidemiologik nazorat qilish bo‘yicha Yevropa tashabbusi (COSI) dasturini 5 yilda bir marta amalga oshirish. | Dastlab 2021/2022 o‘quv yilida | 20 ming AQSH doll. | JSST mablag‘lari (kelishuv asosida) | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi (kelishuv asosida) | Amaliy |
40. | O‘zbekiston aholisi orasida JSST va YUNISEFning tavsiya va metodikalari asosida har 5 yilda quyidagilarni nazarda tutuvchi tadqiqotlar o‘tkazish: anemiya kasalligi, yod, foliy kislotasi va “A” vitamini yetishmasligini o‘rganish; homilador va 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanishdarajasini o‘rganish; aholi tomonidan tuz iste’mol qilish darajasini o‘rganish; yuqumli bo‘lmagan kasalliklar xavf omillariring tarqalganlik darajasi va sabablarini o‘rganish. | 2022-yildan boshlab | Hisob-kitoblar asosida | Grantlar, | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), | Amaliy |
IV. Respublika hududida sotish maqsadida tayyorlan?digan va olib kiriladigan oziq-?vqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishida | ||||||
41. | Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi to‘yingan yog‘ kislotalari miqdorini kamaytirish va ularni to‘yinmagan yog‘ kislotalari, transyog‘larni to‘yinmagan yog‘lar bilan almashtirish, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarda erkin qand miqdorini kamaytirish choralarini ko‘rish. | 2021 — 2025-yillar | — | — | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), | Davlat standartlari va texnik reglamentlar |
42. | Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha biotexnologik jarayonlarni takomillashtirish, shu jumladan ferment preparatlari va biologik faol moddalar yordamida yangi turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish. | 2021 — 2025-yillar | Hisob-kitoblar asosida | Grantlar, ijrochilar mablag‘lari | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), | Ilmiy tadqiqotlar |
43. | Korxonalarda mahsulotlarning xavfsizlik ko‘rsatkichlarini belgilovchi yangi qabul qilinayotgan davlat standartlari va texnik reglamentlari asosida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. | 2021 — 2025-yillar | — | — | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), | Amaliy |
44. | Oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish zanjirida ishtirok etuvchi korxonalarda xavf-xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari (HACCP) tamoyillari asosida xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich joriy etish. | 2021 — 2025-yillar | — | — | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), | Chora-tadbirlar dasturi |
45. | Import va mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida sanoat transyog‘lari, jumladan texnik palma yog‘i bo‘lmasligi ustidan nazorat o‘rnatish. | 2021 — 2025-yillar | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi (B. Yusupaliyev), | Amaliy |
46. | Maktab o‘quvchilarining aqliy rivojlanishini o‘rganib borish maqsadida ular orasida har yili IQ-testlarini o‘tkazib borish hamda test natijalarini respublika miqyosida umumlashtirish. | 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab | — | — | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), | Amaliy |
47. | Oziq-ovqat mahsulotlari qadoqlarida ko‘rsatiladigan ma’lumotlarni xalqaro standartlar va Alimentarius Kodeksi umumiy tamoyillariga muvofiqlashtirish. | 2021-yil | — | — | “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov), | Texnik reglamentlar |
48. | Oziq-ovqat mahsulotlariga umumiy xavfsizlik talablarini belgilovchi “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament”ni ishlab chiqish. | 2021-yil II chorak | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
49. | JSSTning tavsiyalariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda transyog‘lardan, jumladan palma va kokos yog‘laridan foydalanishni cheklash. | 2021-yil | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Texnik reglament, |
50. | Ilg‘or xorijiy tajriba asosida oziq-ovqat mahsulotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2021-yil III chorak | — | — | “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov), | Tahliliy ma’lumot, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
51. | Ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan oshxonalardagi oshpaz va oshpaz yordamchilari uchun sog‘lom ovqatlanish mavzulari bo‘yicha maxsus malaka oshirish kurslarini tashkil etish. | 2021-yil | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | O‘quv kurslar |
V. Sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish sohasiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish | ||||||
52. | O‘zbekiston Respublikasining “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq ona suti bilan oziqlantirishning afzalliklari to‘g‘risida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish. | 2020 — 2025-yillar | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Amaliy |
53. | Kasalliklar profilaktikasi, jumladan sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish bo‘yicha qisqa maslahatlar berib borish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda maxsus kanallar ochish. | 2020-yil | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Ijtimoiy tarmoqlarda maxsus kanallar |
55. | Xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari va ularni ishlab chiqaruvchilarning ochiq elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish. | 2021-yil | Hisob-kitoblar asosida | Ijrochilar mablag‘lari, | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Elektron ma’lumotlar bazasi |
56. | Mahallalar kesimida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bo‘yicha “aholining salomatlik profili”ni yaratish. “Aholining salomatlik profili” asosida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bo‘yicha xavf guruhiga kiruvchi aholi bilan manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish. | 2022-yil | Hisob-kitoblar asosida | Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratiladigan budjet mablag‘lari, | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Aholining salomatlik profili |
2-ILOVA
|
T/r |
Ko‘rsatkichlar |
Ma’lumotlar manbai |
2019-yil |
2025-yil |
|
Kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligini oshirish | ||||
|
1. |
Tug‘ilishdan kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi (ikkala jinsda) (yillarda) |
Statistika ko‘rsatkichi |
75,1 |
76,4 |
|
2. |
Erkaklarning umr ko‘rish davomiyligi (yillarda) |
Statistika ko‘rsatkichi |
72,8 |
74,1 |
|
3. |
Ayollarning umr ko‘rish davomiyligi (yillarda) |
Statistika ko‘rsatkichi |
77,4 |
78,7 |
|
Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, jumladan to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish va kasalliklar profilaktikasi | ||||
|
4. |
Anemiya bilan kasallanish (100 ming aholiga) |
Idoraviy statistika hisoboti |
5 278,8 |
4 587,8 |
|
5. |
Yod yetishmasligi bilan bog‘liq kasallanish (100 ming aholiga) |
Idoraviy statistika hisoboti |
902,2 |
760,5 |
|
6. |
Ichak infeksiyalari bilan kasallanish (100 ming aholiga) |
Idoraviy statistika hisoboti |
140,8 |
80,0 |
|
7. |
Aholi tomonidan iste’mol qilinayotgan kunlik tuz miqdori (gr.) |
YUNISEF tadqiqotlari |
15,1 |
10,5 |
|
8. |
Bo‘y o‘sishi kechikishi mavjud bo‘lgan 5 yoshgacha bolalar ulushi (foiz) |
YUNISEF tadqiqotlari |
8,7 (2017-y.) |
6,1 |
|
9. |
Vazn og‘irligi yetishmasligi mavjud 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar ulushi (foiz) |
YUNISEF tadqiqotlari |
2,6 (2017-y.) |
1,5 |
|
10. |
Ortiqcha vazni mavjud 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar ulushi (foiz) |
YUNISEF tadqiqotlari |
4,6 (2017-y.) |
4,0 |
|
11. |
Ortiqcha vaznga ega (BVI≥25 kg/m²) katta yoshdagi aholi ulushi (foiz) |
STEPS tadqiqotlari |
56,4 |
56,4 (o‘sishini to‘xtatish) |
|
12. |
Semizligi (BVI≥30 kg/m²) mavjud aholi ulushi (foiz) |
STEPS tadqiqotlari |
23,5 |
23,5 (o‘sishini to‘xtatish) |
|
13. |
Yurak qon-tomir kasalliklarining xavf omillari yuqori bo‘lgan 40 va undan katta yoshdagi aholining ulushi (foiz) |
STEPS tadqiqotlari |
20,2 |
20,2 (saqlab qolish) |
|
14. |
30 — 69 yoshdagi aholining o‘lim sabablarida yurak qon-tomir kasalliklarining ulushi (foiz) |
Davlat statistika hisoboti |
52,8 |
43,0 |
|
15. |
30 — 69 yoshdagi aholining o‘lim sabablarida saraton kasalliklarining ulushi (foiz) |
Davlat statistika hisoboti |
15,1 |
14,0 |
|
16. |
30 — 69 yoshdagi aholining o‘lim sabablarida qandli diabet kasalligining ulushi (foiz) |
Davlat statistika hisoboti |
5,7 |
5,0 |
|
17. |
30 — 69 yoshdagi aholining o‘lim sabablarida nafas a’zolari surunkali kasalligining ulushi (foiz) |
Davlat statistika hisoboti |
1,1 |
0,9 |
3-ILOVA
| Mahsulot turi | Standart soni | Standart indeksi | |
| 2021-yilda — 39 ta standart | |||
| 1. | Qayta ishlangan meva va sabzavotlar (margimush tarkibini aniqlash, patulin tarkibini aniqlash, tanin tarkibini aniqlash usuli) | 20 | ISO 17239, ISO 8128-2, ISO 21803, ISO 3959, ISO 5500, ISO 6557-1, ISO 6557-2, ISO 6560, ISO 6636-2, ISO 6636-3, ISO 6637, ISO 7952, ISO 6661, ISO 6638-1, ISO 6638-2, ISO 5377, ISO 6664, ISO 6665, ISO 939, ISO 6477 |
| 2. | Yog‘-moy mahsulotlari (linolen kislotaning murakkab va metil efirlari, yog‘ kislotalarining metil efirlarida erkin va umumiy glitserin va mono, di-triglitseridlarni aniqlash) | 6 | EN 14105, EN 14106, EN 14107, EN 14108, EN 14109, EN 14538 |
| 3. | Bolalar uchun sutli aralashmalar (“E” va “A” vitaminlarini aniqlash, “B (12)” vitaminini aniqlash, mio-inozitni aniqlash, umumiy yod miqdorini aniqlash) | 5 | ISO 20633, ISO 20635, ISO 20636, ISO 21446, ISO 23293 |
| 4. | Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligining majburiy dasturlari (oziq-ovqat xavfsizligi uchun zaruriy dasturlar, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tashish uchun texnik shartlar) | 5 | ISO/TS 22002-1, ISO/TS 22002-2, ISO/TS 22002-3, ISO/TS 22002-4, ISO/TS 22002-5 |
| 5. | Yog‘siz mahsulotlar (ditiokarbamat va tiuram disulfid qoldiqlarini aniqlash) | 2 | EN 12396-1, EN 12396-2 |
| 6. | Iste’mol uchun arzon oziq-ovqatlar (parhezbop oziq-ovqat mahsulotlari) | 1 | EN 16814 |
| 2022-yilda — 51 ta standart | |||
| 7. | Qo‘shimchalar tarkibini aniqlash (sulfit, “A” vitamin tarkibini, nitrat, oxratoksin “A”, toksin T-2ni aniqlash) | 39 | EN 1785, EN 1786, EN 1988-1, EN 1988-2, EN 12823-2, EN 15829, EN 15890, EN 12014-7, CWA 16255, CEN/TS 15634-5, EN 14177, EN 16857, EN 1377, EN 1378, EN 1379, EN 15911, EN 1376, CEN/TS 15634-3, CEN/TS 15634-4, EN 15634-2, EN 17251, EN 1164, CEN/TS 16233-1, CEN/TS 16233-2, CEN/TS 17303, CWA 16960, EN 16924, EN 16995, EN 14332, EN 16801, EN 16802, EN 17266, CEN/TS 17083, EN 16620, EN 17250, EN 16852, EN 15890, EN 16187, EN 16923 |
| 8. | Sirka (2H-NMR, C-IRMS sirka kislotalarining tahlili) | 5 | EN 13188, EN 13189, EN 16466-1, EN 16466-2, EN 16466-3 |
| 9. | Don va don mahsulotlari (oxratoksin A miqdorini, xom kleykovina tarkibini, yashirin hasharotlar zararlanishini aniqlash) | 4 | ISO 16624, ISO 5530-3, ISO 7971-1, ISO 7305 |
| 10. | Go‘sht va go‘sht mahsulotlari (umumiy fosfor miqdorini aniqlash, nitritni aniqlash usuli, L-(+) -glutamin kislota miqdorini aniqlash) | 2 | ISO 4134, ISO 1442 |
| 11. | Oziq-ovqat tarkibiy qismlarini aniqlash va texnik mezonlari (oziq-ovqat moddalari uchun texnik mezonlar) | 1 | ISO/TS 19657 |
| 2023-yilda — 68 ta standart | |||
| 12. | Meva va sabzavot sharbatlari (pHni aniqlash, natriy, kaliy, kalsiy | 30 | EN 1131, EN 1133, EN 1134, EN 1135, EN 1136, EN 1138, EN 1139, EN 1140, EN 1141, EN 1142, EN 12133, EN 12134, EN 12135, EN 12136, EN 12137, EN 12138, EN 12143, EN 12144, EN 12145, EN 12146, EN 12147, EN 12148, EN 12630, EN 12631, EN 12632, EN 12742, ENV 12140, ENV 12141, ENV 12142, ENV 13070 |
| 13. | Qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari (sirop ko‘rinishidagi glukoza, | 15 | ISO 1741, ISO 1742, ISO 1838, ISO 1871, ISO 18787, ISO 13495, ISO 21983, ISO 22855, ISO 2295, ISO 24276, ISO 26642, ISO 6541, ISO 7304-2, ISO 6540, ISO 7002 |
| 14. | Sut va sut mahsulotlari (atom emissiyasi spektrometriyasi usuli, sut yog‘ining titrlangan kislotaliligini aniqlash) | 8 | ISO 15151, ISO 21422, ISO 21424, ISO 23291, ISO 8086, ISO 9874, ISO 5764, ISO 488 |
| 15. | Molekulyar biomarker tahlil (SSR kungaboqar tahlili, SSR marker yordamida makkajo‘xori tahlili) | 6 | ISO/TR 17622, ISO 16577, ISO 16578, ISO 20813, ISO/TR 17623, ISO/TS 16393 |
| 16. | Gorizontal molekulyar biomarkerlarni tahlil qilish usullari (genetik o‘zgartirilgan organizmlarni aniqlash uchun tahlil usullari, PCRga asoslangan real vaqtdagi skrining usul) | 5 | ISO/TS 21569-2, ISO/TS 21569-3, ISO/TS 21569-4, ISO/TS 21569-5, ISO/TS 21569-6 |
| 17. | Hayvonlar va o‘simliklarning yog‘ moylari (sterol va stanol tarkibini aniqlash, oksidlanishga chidamlilikni aniqlash) | 3 | ISO 23349, ISO 6463, ISO 18363-2 |
| 18. | Kraxmal (oltingugurt dioksidi tarkibini aniqlash) | 1 | EN 1185 |
4-ILOVA
| T/r | Yo‘nalish nomi | SanQvaM soni | shundan: | |||||
| 2021-yil | 2022-yil | 2023-yil | ||||||
| soni | indeksi | soni | indeksi | soni | indeksi | |||
| 1. | Fiziologik ehtiyojlar normalari | 11 | 2 | № 0036-95, | 4 | № 0107-01, № 0126-01, № 0132-02, № 0135-03 | 5 | № 0140-03, № 0333-16, № 0347-17, № 0348-17, № 0353-18 |
| 2. | Oziq-ovqat korxonalari uchun o‘rnatilgan va ishlab chiqarish jarayoni qoidalari | 15 | 2 | № 0048-95, № 0066-96 | 6 | № 0084-98, № 0265-09, № 0281-09, № 0106-01, № 0290-11, № 0257-08 | 7 | № 0301-12, № 0309-14, № 0308-14, № 0328-16, № 0344-17, № 0367-19, № 0369-19 |
| 3. | Oziq-ovqat mahsulotlari xomashyosi va qo‘shimchalari | 3 | 1 | № 0070-97 | 1 | № 0338-16 | 1 | № 0366-19 |
| 4. | Oziq-ovqat sifati | 8 | 2 | № 0060-96, № 0067-96 | 3 | № 0085-98, № 0087-99, № 0093-99 | 3 | № 0108-01, № 0200-06, № 0362-18 |
| Jami | 37 | 7 | 14 | 16 | ||||
5-ILOVA
T/r | Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | ||
Respublika darajasida | Viloyat darajasida | Tuman (shahar) darajasida | ||
1. | Aholini qarorning 1-bandida nazarda tutilgan vitamin, mineral va dori vositalari bilan ta’minlash. | 1. Aholini vitamin, mineral va dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqish. mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) muddat: 3 oy | ||
2. Keyingi yil uchun davlat dasturini moliyalashtirish maqsadida respublika budjetining xarajatlar smetasida zarur mablag‘larni nazarda tutish. mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (Sh. Shoraxmedov), Moliya vazirligi (J. Abruyev) muddat: har yili 1-aprelga qadar | 1. Davlat dasturi bilan qamrab olinadigan aholi sonining prognoz ko‘rsatkichini tahlil qilish va umumlashtirish. mas’ullar: viloyat tibbiyot boshqarmalari, viloyat statistika boshqarmalari muddat: har yili 1-fevralga qadar | 1. Davlat dasturi bilan qamrab olinadigan aholi sonining keyingi yil uchun prognoz ko‘rsatkichini aniqlash. mas’ullar: tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, tuman (shahar) statistika bo‘limlari muddat: har yili 1-yanvarga qadar | ||
3. Davlat dasturi bilan qamrab olingan aholining elektron reyestrini shakllantirish. mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (elektron reyestrni ishlab chiqish A. Azizov, unga kontingentni kiritib borish A. Inoyatov) muddat: 2021-yil 1-may | 2. Elektron reyestrga kiritilgan aholini tahlil qilish va ular sog‘lig‘ini monitoring qilib borish. mas’ullar: viloyat tibbiyot boshqarmalari muddat: tahlil qilish — har yili 15-aprelga qadar, monitoring qilish — doimiy | 2. Elektron reyestrga davlat dasturi bilan qamrab olinadigan aholi kontingentini kiritish. mas’ullar: tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari muddat: dastlab — 2021-yil 15-mart, keyinchalik — kontingent aholi aniqlangan kun davomida | ||
4. Davlat dasturi bo‘yicha zarur vitamin, mineral va dori vositalarini markazlashgan tartibda xarid qilish va hududlarga yetkazish. mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (Sh. Shoraxmedov) muddat: har yili 1-iyunga qadar | 3. Davlat dasturi bo‘yicha xarid qilingan vitamin, mineral va dori vositalarini birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalariga yetkazish hamda preparatlarning aholiga manzilli yetkazilishi ustidan nazorat olib borish. mas’ullar: viloyat tibbiyot boshqarmalari, viloyat hokimliklari, viloyat prokuraturalari muddat: yetkazish — tuman (shahar) tibbiyot bo‘limidan talab tushgach 3 kun ichida, nazorat — doimiy | 3. Davlat dasturi bo‘yicha hududlarga yetkazilgan vitamin, mineral va dori vositalarini aholiga bevosita yetkazish. mas’ullar: tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari muddat: kontingent aholi aniqlangan kunda | ||
3. | Bolalarning 5 yoshgacha bo‘lgan davrda optimal rivojlanishi va o‘sishini ta’minlash maqsadida patronajning universal-progressiv modelini 2022-yil 1-yanvarga qadar to‘liq joriy etish. | 1. YUNISEFning tavsiyalari asosida patronaj hamshiralarini universal-progressiv model bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish dasturini ishlab chiqish. mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) muddat: 1 oy | 1. Mazkur model bo‘yicha ishlaydigan patronaj hamshiralarini saralab olish. mas’ullar: viloyat tibbiyot boshqarmalari muddat: 2021-yil davomida | 1. Mazkur model bo‘yicha ishlaydigan patronaj hamshiralarining nomzodlari bo‘yicha takliflar kiritish. mas’ullar: tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari muddat: har chorak yakunida |
2. Hamshiralarni o‘qitish tarmoq rejasini tuzish va unga asosan o‘qitish ishlarini amalga oshirish hamda patronaj hamshirasining yuklamasini qayta ko‘rib chiqish. mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) muddat: 2021-yil davomida | 2. Mazkur model bo‘yicha patronaj hamshiralarini dastur bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish. mas’ullar: viloyat tibbiyot boshqarmalari, o‘rta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish markazlari muddat: 2021-yil davomida | 2. Mazkur model bo‘yicha ishlaydigan patronaj hamshiralari uchun zarur sharoitlar yaratish. Hududlar kesimida homilador va tug‘ruqdan keyingi davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha bolalari mavjud oilalar reyestrini shakllantirish va ularni belgilangan me’yorlar asosida kuzatib borish mas’ullar: tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari muddat: tarmoq rejasiga muvofiq | ||
4. | Aholiga to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollik masalalarida yakka tartibda profilaktik tadbirlarni olib borish bo‘yicha “Sirdaryo eksperimenti”ni o‘tkazish. | 1. “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” xonalarini tashkil etish uchun tizimning amaldagi shtat me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish. mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) muddat: 2021-yil 1-yanvar | 1. “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” xonalarida faoliyat yuritadigan shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarini maxsus dastur bo‘yicha qayta tayyorlash. mas’ullar: Sirdaryo viloyati tibbiyot boshqarmasi (R. Yuldashev), Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazining Guliston filiali (M. Qarshiboyeva) muddat: 2021-yil 1-may | 1. Sirdaryo viloyatining tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” xonalarini tashkil etish va jihozlash. mas’ullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) hokimliklari va tibbiyot birlashmalari muddat: 2021-yil 1-yanvar |
2. “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” xonalari faoliyat yuritadigan shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarining funksional vazifalari, tibbiy-sanitariya yordam hajmi va ular faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish. mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) muddat: 2021-yil 1-yanvar | 2. “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” xonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, tibbiyot xodimlari faoliyatini baholash natijalarini tahlil qilish. mas’ullar: Sirdaryo viloyati tibbiyot boshqarmasi (R. Yuldashev) muddat: har oyda, 2022-yil 1-iyulga qadar | 2. “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” xonalari tibbiyot xodi��lari faoliyati samaradorligini baholab borish. mas’ullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari muddat: har oyda, 2022-yil 1-iyulga qadar | ||
3. Eksperiment natijasini atroflicha tahlil qilib, uni takomillashtirish va respublikaning boshqa hududlariga bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) muddat: 2022-yil 1-iyul | 3. Eksperiment natijasini umumlashtirib borish, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish. mas’ullar: Sirdaryo viloyati tibbiyot boshqarmasi (R. Yuldashev) muddat: har chorakda, 2022-yil 1-iyulga qadar | 3. “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” xonalarida profilaktik tadbirlardan o‘tgan aholining takliflarini umumlashtirish. mas’ullar: Sirdaryo viloyatining tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari muddat: doimiy, 2022-yil 1-iyulga qadar | ||
5. | Oziq-ovqat mahsulotlarining inson sog‘lig‘i uchun foyda yoki zararli ekanligini hisobga olgan holda ularni tamg‘alash tizimini joriy etish. | 1. Oziq-ovqat mahsulotlarining inson sog‘lig‘i uchun foyda yoki zararli ekanligini hisobga olgan holda ularni tamg‘alash belgilarini ishlab chiqish. mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev), “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov), JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi (kelishuv asosida) muddat: 2021-yil 1-fevral | ||
2. Tamg‘alash belgilarini hisobga olgan holda JSSTning tavsiyalari asosida oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori inson sog‘lig‘i uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini belgilovchi me’yorlarni ishlab chiqish. mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev), JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi (kelishuv asosida) muddat: 2021-yil 1-mart | 1. “Nazorat xaridi” orqali aniqlangan oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alash qoidalariga rioya etmaydigan ishlab chiqaruvchilar to‘g‘risida keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazish. mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari muddat: doimiy ravishda | 1. Oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alash qoidalariga rioya etilishini “nazorat xaridi” orqali o‘rganib borish. mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘limlari, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (Sh. Sharaxmetov) muddat: doimiy ravishda | ||