09.10.2020 yildagi 641-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi konsepsiyasi va Inson huquqlari bo‘yicha Samarkand forumini o‘tkazish reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoniga muvofiq Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumini o‘tkazish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumini o‘tkazishning maqsadi va vazifalarini, forumning tashkilotchilari va ishtirokchilarini, Samarqand forumini tashkil etish va o‘tkazish, uning dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash, forumni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tartibini nazarda tutuvchi Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumini tashkil qilish va o‘tkazish tartibi, bu borada tayyorgarlik va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish, Samarqand forumining Tashkiliy qo‘mitasining hamda davlat organlari va tashkilotlarining asosiy vazifalari, forumning ishtirokchilari va unda ishtirok etish shakllarini nazarda tutuvchi Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumini o‘tkazish reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand forumini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.X. Saidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 9-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
641-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 641-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KONSEPSIYASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur konsepsiya Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumini (keyingi o‘rinlarda — Samarqand forumi) o‘tkazishning maqsadlari, vazifalari va tartibini belgilaydi hamda ularni amalga oshirishga qaratilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Samarqand forumining asosiy maqsadi inson huquqlari sohasida xalqaro tajriba almashish orqali mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf qilish choralarini ko‘rish bilan inson huquqlarini ta’minlanishiga erishish, inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadigan yangi usul va vositalarni qo‘llash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi O‘zbekistonning ijobiy xalqaro imidjini yanada yaxshilashdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Samarqand forumining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonning inson huquqlari sohasida erishilgan yutuqlari va tashabbuslarini dunyo hamjamiyati o‘rtasida targ‘ib etish va shu orqali mamlakatning xalqaro obro‘-e’tiborini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlarini dolzarb masalalari bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy va milliy muhokamalar tashkil qilish hamda bu yo‘ldagi sa’y-harakat va imkoniyatlarni birlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning turli toifalar vakillarini (kam ta’minlanganlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, mehnat migrantlari, bolalar, yoshlar, xotin-qizlar, qariyalar va boshqalar) huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohalarida halqaro standartlar va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari sohasidagi masalalarni xorijiy olimlar, ekspert va mutaxassislar, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokama qilish hamda bu borada nazariy va amaliy tajriba almashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Samarqand forumi tashkilotchilari va ishtirokchilari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi Samarqand forumining asosiy milliy tashkilotchilari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi o‘rinlarda — BMT) Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (keyingi o‘rinlarda — EXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha Byurosi, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili, EXHTning O‘zbekistondagi Loyihalar koordinatori, xalqaro va xorijiy tashkilotlar Samarqand forumining xalqaro hamkorlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Samarqand forumida BMTning tarkibiy tuzilmalari (organlari va qo‘mitalari), inson huquqlari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, parlamentlar, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, xalqaro va mahalliy ekspertlar, olimlar, soha mutaxassislari, jurnalistlar va boshqa jamoatchilik vakillari ishtirok etish uchun taklif qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchilar tarkibini shakllantirish uchun tashkilotchilar tomonidan manfaatdor xalqaro tashkilotlar, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, parlamentlar, sud va huquqni muxofaza qiluvchi organlari, fuqarolik jamiyati institutlariga Samarqand forumi haqida ma’lumot xati yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Samarqand forumining kun tartibi, yalpi va shu’ba majlislari mavzusi va ma’ruzachilar ro‘yxatini shakllantirish maqsadida Ilmiy jamoatchilik kengashi tuziladi. Kengash tarkibiga inson huquqlari va xalqaro huquq sohasidagi yetakchi olimlar va mutaxassislar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Samarqand forumini yuksak darajada o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik va kompleks tashkiliy tadbirlar rejasini ta’minlovchi chora-tadbirlarni tayyorlash hamda o‘z vaqtida amalga oshirish Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan Samarqand forumini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Samarqand forumini amalga oshirishdan kutiladigan natijalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Samarqand forumini amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishish nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari sohasidagi masalalarni xorijiy olimlar, ekspert va mutaxassislar, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokama qilinadi hamda bu borada nazariy va amaliy tajriba almashiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizning inson huquqlari sohasida erishilgan yutuqlari va tashabbuslari dunyo hamjamiyati bilan muhokama qilinadi, targ‘ib etiladi va shu orqali O‘zbekistonning xalqaro reytingi va obro‘-e’tibori yaxshilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni bajarish yuzasidan xalqaro tashkilotlarning inson huquqlari sohasidagi tavsiyalarini bajarish bo‘yicha ijobiy tajriba to‘planadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlarining dolzarb masalalari bo‘yicha tashkil qilingan xalqaro, mintaqaviy va milliy muhokamalar orqali bu yo‘ldagi sa’y-harakat va imkoniyatlar birlashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (kam ta’minlanganlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, mehnat migrantlari, bolalar, yoshlar, xotin-qizlar, qariyalar va boshqalar) huquqlari himoya qilish sohalarida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 641-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumini o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REGLAMENTI

1. Mazkur Reglament Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumiga (keyingi o‘rinlarda — Samarqand forumi) tayyorgarlik ko‘rish va uni tashkiliy jihatdan yuqori saviyada o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Samarqand forumi har ikki yilda yilning oktyabr-noyabr oylarida yoki Samarqand forumini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda — Tashkiliy qo‘mita) taklifiga asosan boshqa vaqtlarda ham o‘tkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Samarqand forumi, qoida tariqasida, Samarqand shahrida yoki Tashkiliy qo‘mita taklifiga asosan boshqa shaharda o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Samarqand forumining ishchi organi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tashkiliy qo‘mita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Samarqand forumini yuksak darajada o‘tkazishga qaratilgan barcha tayyorgarlik va tashkiliy tadbirlar kompleksini ta’minlovchi chora-tadbirlarni tayyorlash va o‘z vaqtida amalga oshirish Tashkiliy qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Tashkiliy qo‘mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand forumini yuqori saviyada o‘tkazishga qaratilgan barcha tayyorgarlik va tashkiliy tadbirlar kompleksini ta’minlovchi chora-tadbirlar rejasini (“yo‘l xaritasi”) tayyorlash va o‘z vaqtida amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand forumi ishtirokchilarining kelib-ketishi, vizalarining rasmiylashtirilishi, transport bilan ta’minlanishi va ularga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish masalalarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-tahliliy va boshqa hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlashni ta’minlash, tadbirning axborot hamkorligini tashkillashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirlar o‘tkaziladigan joylarning texnik va telekommunikatsiyalar bilan ta’minlanishini, obodonlashtirish va yo‘l-ta’mirlash ishlarini olib borishni tashkillashtirish, shuningdek, Toshkent va Samarqand (yoki boshqa) shaharlarida zarur mehmonxonalarning tayyor bo‘lishi va band (bron) qilinishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand forumi o‘tkaziladigan joylarda qat’iy sanitariya-epidemiologik nazorat o‘rnatish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chora-tadbirlar rejasini (“yo‘l xaritasi”) o‘z vaqtida va sifatli ijro etish bo‘yicha vazirlik va idoralar faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, Samarqand forumiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tashkiliy masalalarni hal qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tashkiliy qo‘mita taklifiga asosan Samarqand forumini o‘tkazish bilan tashkiliy ishlarga xalqaro tashkilotlar, xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlar jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Samarqand forumini tashkil etish va o‘tkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Samarqand forumi o‘tkaziladigan yilning iyul oyida Markaz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Samarqand (yoki boshqa) viloyati hokimligining takliflari asosida tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy chora-tadbirlarni va Samarqand forumining xarajatlar smetasini nazarda tutadigan Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tashkiliy qo‘mita Samarqand forumini o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarga munosib tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar rejasini (“yo‘l xaritasi”) tegishli yil fevral oyida ishlab chiqib, amalga oshirish tizimini joriy etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Samarqand forumini o‘tkazish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlariga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — Markazning viza talabnomalariga binoan kelishilgan ro‘yxatlarga muvofiq Samarqand forumida ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislar uchun belgilangan tartibda kirish vizalarini konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undirilmasdan, zarur hollarda Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida rasmiylashtirilishini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar vakillarining onlayn formatdagi ishtirokini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi — Samarqand forumida ishtirok etishi uchun O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi delegatsiya va delegatlarning bojxona rasmiylashtiruvidan o‘z vaqtida o‘tishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya — O‘zbekiston Respublikasida delegatsiya va delegatlarning xavfsizligi hamda Toshkent va Samarqand (yoki boshqa) shaharlarida tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda xavfsizlikni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi — Samarqand forumini o‘tkazish davrida tadbirlar o‘tkazilishi va mehmonlar yashashi kerak bo‘lgan joylarda samarali sanitariya-epidemiologik nazorat o‘rnatish va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Samarqand davlat chet tillari instituti — Samarqand forumi tashkillashtirish va o‘tkazish jarayoniga yuqori kurs talabalari, magistrant va doktorantlarni volontyorlar sifatida jalb qilinishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi “O‘zbekkino” milliy agentligi bilan birgalikda — Samarqand forumining ochilish tadbirida, tanaffus va tushlik vaqtida milliy fon (jonli), tadbir ishtirokchilari uchun Hukumat nomidan tashkil etiladigan rasmiy qabulda konsert dasturi va multimedia taqdimotini tashkil etishda yuksak professional mahorat va tajribaga ega bo‘lgan yosh san’atkorlarni o‘rnatilgan tartibda shartnoma asosida keng jalb etishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz — Samarqand forumiga bag‘ishlangan www.asianforum.uz saytining doimiy faoliyatini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar va Samarqand (yoki boshqa) viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi — Samarqand forumi qatnashchilari va mehmonlar uchun mehmonxonalardan joy ajratish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi — Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti, Samarqand xalqaro aeroporti, Toshkent va Samarqand temir yo‘l vokzallarini va ulardagi VIP-zallarni delegatsiyalarni kutib olish, kuzatish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand (yoki boshqa) viloyati hokimligi — Samarqand (yoki boshqa) shahrida keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, Samarqand forumi o‘tkaziladigan bino va hududlarni talab darajasida tayyorlashni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekkino” milliy agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi — Samarqand forumini targ‘ib qiladigan qisqa metrajli hujjatli filmlarni ishlab chiqish va ularning namoyish etilishini tashkil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Badiiy akademiya va “Hunarmand” uyushmasiga Samarqand forumini xorijiy ishtirokchilari uchun esdalik sovg‘alari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Tashkiliy qo‘mitaga kiritish tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Samarqand forumi o‘tkaziladigan yilning iyul oyida ushbu tadbirlarning maqsad va vazifalarini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritish media-rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Tashkiliy qo‘mitaga taqdim qilish tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlangan media-reja asosida Samarqand forumini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Samarqand forumi formati yalpi, shu’ba majlislar, turli tadbirlar (seminar, “davra suhbati”, mahorat darslari, taqdimotlar va boshqa) shaklida o‘tkaziladi. Samarqand forumi, qoida tariqasida, ikki kun davomida tashkillashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand forumi videokonferensaloqa shaklida ham o‘tkazilishi mumkin. Samarqand forumi ishtirokchilari uchun madaniy dasturlar ham tashkillashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Samarqand forumi o‘zbek, ingliz va rus tillarida ish olib boradi. Tashkiliy qo‘mita taklifiga asosan tadbir boshqa tillarda ham olib borilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Samarqand forumi dasturi Ilmiy jamoatchilik kengashi a’zolari va Tashkiliy qo‘mita takliflari asosida shakllantiriladi va tadbir boshlanishidan kamida bir oy oldin tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi yig‘ilishlar reglamenti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’ruzalar — 20 daqiqa. Chiqishlar — 10 daqiqa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu’ba yig‘ilishlar reglamenti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’ruzalar — 15 daqiqa. Chiqishlar — 7 daqiqa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Samarqand forumini axborot bilan ta’minlash quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish, jonli efirga uzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlarni www.asianforum.uz veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
matbuot anjumanlari o‘tkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand forumini o‘tkazish bo‘yicha Matbuot markazi tuziladi, uning faoliyatida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Samarqand forumi yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar tomonidan inson huquqlarini ta’minlash va ro‘yobga chiqarish bo‘yicha tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lgan deklaratsiya, rezolyutsiya yoki boshqa hujjat qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand forumining yakuniy hujjatlari BMT, EXHT va boshqa xalqaro tashkilotlar, parlamentlar, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarga yuboriladi, shuningdek, tashkilotchilarning veb-saytlarida va ommaviy axborot vositalarida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Samarqand forumi ishtirokchilari va unda ishtirok etish shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Samarqand forumida Birlashgan Millatlar Tashkilotining tarkibiy tuzilmalari (organlari va qo‘mitalari), inson huquqlari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, parlamentlar, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, xalqaro va mahalliy ekspertlar, olimlar, soha mutaxassislari, jurnalistlar va boshqa jamoatchilik vakillari ishtirok etish uchun taklif qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ishtirokchilar Samarqand forumining yalpi va shu’ba majlislari, tadbirlari (seminar, davra suhbati, “mahorat darslari”, taqdimotlar va boshqa) va madaniy dasturlarida qatnashishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Samarqand forumida ishtirok etish, ma’ruza bilan chiqish qilish, “mahorat darslari” o‘tish, munozaralarda qatnashish yoki tinglovchi sifatida qatnashish va boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Samarqand forumida ishtirok etish shartlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchilarning oldindan elektron ro‘yxatdan o‘tishi yoki ishtirokini boshqacha tarzda tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki ekspertizadan o‘tkazish uchun ma’ruzalar matnlari yoki boshqa materiallarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand forumiga shaxsan tashrif buyurish (agarda videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilmayotgan bo‘lsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tashkiliy qo‘mita taklifiga asosan Samarqand forumida ishtirok etganligini tasdiqlovchi sertifikat berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Samarqand forumining dasturi u boshlanishidan kamida bir oy oldin Tashkiliy qo‘mita tomonidan berilgan takliflarga asosan shakllantiriladi va ishtirokchilarga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Samarqand forumini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar mablag‘lari yoki homiylik hayriyalari, tashkilotchilarning mablag‘lari yoki qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ishtirokchilarga Forum doirasida mamlakat ichidagi ichki transport va ovqatlanish, ayrim xorijiy ishtirokchilar uchun transport va mehmonxona bilan bog‘liq xarajatlarni qoplaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 641-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand forumini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

A.X. Saidov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi direktori, Tashqiliy ko‘mita raisi

kelishuv asosida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati mas’ul xodimi

F.N. Arziyev

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

Sh.U. Sobirov

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

O.Z. Nasritdinxodjayev

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

A.M. Xadjibayev

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari

O.A. Pekos

O‘zbekiston Respublikasi axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari

I.R. Mahkamov

O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi o‘rinbosari v.b.

A.X. Qo‘ldoshev

O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari

A.O‘. Aqqulov

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

A.J. Toshqulov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirio‘rinbosari

U.Sh. Begimqulov

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari

J.Sh. Nosirov

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari

A.Z. Sa’dullayev

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori

J.O. Ortiqxo‘jayev

Toshkent shahar hokimi

E.O. Turdimov

Samarqand viloyati hokimi

A.A. Xodjayev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

A.J. Xodjayev

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi

A.K. Ko‘chimov

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori

Sh.T. Kudratho‘jayev

Xalqaro press-klub rahbari

F.F. Abduxalikov

“O‘zbekkino” milliy agentligi direktori, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi

S.L. Suyarov

“Dunyo” Axborot agentligi direktori

A.I. Ikramov

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi

A.V. Nuridinov

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi

E.S. Tulyakov

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori

B.M. Bekmurodov

“Yuksalish” umummilliy harakat raisi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 142-sonli qarori tahririda)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/641/1367-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)