Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasiga muvofiq:
1. 2012-yil 20-sentabr kuni Seul shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi maxfiy harbiy maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ichki davlat tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli xabarnomani yuborsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan xalqaro shartnomadan kelib chiqadigan Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi B. Tashmatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-dekabr,
PQ-1876-son