O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni, shuningdek, strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga va chet davlatlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari (keyingi o‘rinlarda — oliy darajadagi tashriflar) davomida imzolash uchun hujjatlarni tayyorlash ishlarini tizimli tashkil etish, strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar (keyingi o‘rinlarda — strategik korxonalar) ishtirokidagi investitsiya loyihalarini to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga ko‘maklashishni ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oliy darajadagi tashriflar muddatlari aniqlanishiga qarab bir kun muddatda bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini yozma ravishda xabardor qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun, shu jumladan, investitsiya loyihalari bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorida nazarda tutilgan tashkiliy tadbirlarning o‘z vaqtida ijro qilinishi ustidan nazorat o‘rnatadi;
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlar loyihalari tashrif boshlanishidan bir oy avval Inspeksiya bilan birga batafsil ko‘rib chiqilganidan so‘ng Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladi.
Inspeksiya har oyda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari ijrosining borishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Belgilab qo‘yilsinki, Inspeksiya oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga ko‘maklashish doirasida:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi tuzilmalari bilan — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlarni tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan asosiy huquqiy muammolarni aniqlash, ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan;
Iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi tuzilmalari bilan — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, investitsiyaviy va tashqi savdo siyosatini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan tizimli muammolarni aniqlash yuzasidan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati bilan — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun tashqi siyosiy hamkorlik sohasidagi hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, ularni kelgusida ijro etish masalalari yuzasidan;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan — oliy darajadagi tashriflarga tayyorgarlikni tashkil etish, shu jumladan tashrif davomida imzolash uchun hujjatlarni tayyorlash, shuningdek, ularni kelgusida ijro etish masalalari yuzasidan;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan — oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha ishlab chiqiladigan va amalga oshiriladigan aniq investitsiya loyihalari, xalqaro moliya institutlarining qarzlari, kreditlari, texnik ko‘mak mablag‘larini (grantlarini) jalb qilish hamda xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari yuzasidan;
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan — tegishli hududlarda investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish yuzasidan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Inspeksiya va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan yuzaki (aniq amaliy natijalarga erishilmasdan) ijro etilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rsin;
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari ijrosining borishi to‘g‘risidagi axborotning vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Ijro.gov.uz” tizimi) orqali o‘z vaqtida taqdim etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin;
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar ijrosining borishi, shuningdek, strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida har oyda ko‘rib chiqilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritilishini ta’minlasin;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini ijro etishda byurokratizm va masalalarni hal qilish muddatlarining cho‘zilishi holatlarini bartaraf etish orqali doimiy ravishda ko‘maklashsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va boshqa mas’ul idoralar oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari bo‘yicha, shu jumladan ularning ijro holati to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun “Ijro.gov.uz” tizimiga integratsiya qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan elektron materiallarni Inspeksiyaga taqdim etib borsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari ijrosini nazorat qilish jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini, kelgusida ularning “Ijro.gov.uz” tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining “Ijro.gov.uz” tizimiga monitoring rejimida kirish imkoniyatini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Hisob palatasi va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari hamda xorijiy hamkorlar o‘rtasida videokonferens-aloqa o‘rnatish imkonini beruvchi “teleko‘prik” ishga tushirilishini bepul asosda ta’minlasin.
9. Quyidagilarga shaxsiy javobgarlik yuklatilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Inspeksiyaga — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari ijrosiga ko‘maklashish va uni nazorat qilish uchun;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Kudratov) va boshqa manfaatdor vazirliklar rahbarlariga — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarda avvaldan qo‘yilgan maqsadlarga erishish va amalga oshirish bo‘yicha ko‘tarilgan masalalarni va yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga qaratilgan vazifalar ijrosi natijalarini o‘z vaqtida va sifatli taqdim etish uchun;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
vazirlik va idoralarga — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqish, shuningdek, Inspeksiyaga ushbu Farmonga muvofiq materiallarni o‘z vaqtida, asoslantirilgan holda va to‘liq taqdim etish uchun;
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni ijro etish doirasida qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish, shu jumladan, investorlar va tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda yer uchastkalarini ajratish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishda ko‘maklashish uchun.
10. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar ijrosi uchun mas’ul vazirlik va idoralar bilan bir xilda shaxsiy javobgar hisoblanadi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligi tegishli ravishda hukumat va idoralararo darajada xalqaro tashriflar davomida imzolangan hujjatlarning ma’lumotlar bazasini yaratsin hamda kelgusida uning “Ijro.gov.uz” tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining raisi M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-oktabr,
PF-5565-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5565-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son Farmoniga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son)
2. 3-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq”.
3. 4-banddagi “70” raqami “81” raqami bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son)
6. 1-ilova qo‘yidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining
TUZILMASI
TUZILMASI
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi boshqaruv xodimlarining umumiy soni xizmat ko‘rsatish va texnik xodimlardan tashqari 81 shtat birligini tashkil etadi”.
7. 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2018-y., 06/18/5565/2138-son; 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son; 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)