O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-son Farmoni)
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-son Farmoni)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari ― O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 12-avgust,
481-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 481-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy sport targ‘ibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 4-noyabrdagi 484-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 21-son, 205-modda) 9-bandi birinchi xatboshisidan “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 6-son, 44-modda) bilan tasdiqlangan Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizomda:
a) 23-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“respublika kalendar rejasini shakllantirishda ― O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining, sport turlari bo‘yicha respublika sport federatsiyalari (uyushmalari)ning, sport turlari bo‘yicha respublika oliy mahorati maktablarining, shuningdek, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining vakillari kiritiladi. Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasini shakllantirish va sport turlari bo‘yicha moliyaviy mablag‘larni taqsimlash komissiyasi tarkibi tegishli Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Shuningdek, komissiya qarorlari tegishli Bosh vazir o‘rinbosari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi”;
b) 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Oliy mahorat sport maktablari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 28-yanvardagi 18-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 7-modda) 4-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 18-noyabrdagi 388-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 46-son, 532-modda) bilan tasdiqlangan Sportning gimnastika turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining I bo‘limi 6-pozitsiyasida:
a) “Moliyalashtirish manbai” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) “Mas’ul bajaruvchilar” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 17-yanvardagi 15-son qarorining 2-bandida:
a) beshinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
b) yettinchi ― o‘n ikkinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi ― o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi basseynlar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-yanvardagi 8-son qarorining 3-bandidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Suzish sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-maydagi 333-son qarorining 3-bandidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi sportchilarning olimpiya tayyorgarligi markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyundagi 485-son qarorining 7-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Investitsiya dasturi doirasida davlat budjeti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-avgustdagi 688-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining o‘rinbosarlari ― yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomning 5-bandidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 7-yanvardagi 6-son qarorida:
a) 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 17-bandidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish to‘g‘risida” 2019-yil 29-yanvardagi 65-son qarorida:
a) 4-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 32-bandidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-ilovada:
2, 8 va 9-pozitsiyalarning “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7 va 10-pozitsiyalarda:
“Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “davlat budjeti mablag‘lari doirasida, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami mablag‘lari, homiylik xayriyalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Ijro uchun mas’ullar” ustuniga “Toshkent shahar hokimliklari” so‘zlaridan keyin “, Moliya vazirligi” so‘zlari qo‘shilsin;
11-pozitsiyada:
“Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Ijro uchun mas’ullar” ustunidan “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
14. Vazirlar Mahkamasining “2019 ― 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini to‘g‘risida” 2019-yil 13-fevraldagi 118-son qarorida:
a) quyidagi mazmundagi 31-band qo‘shilsin:
“31. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqamining yillik harajatlar smetasi tegishli Bosh vazir o‘rinbosari bilan kelishiladi”;
b) 1-ilovaning 44-bandidagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning 21, 37 va 49-pozitsiyalari “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
16. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-iyuldagi 614-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy soha infratuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha investitsiya loyihalari manzilli ro‘yxatining Sport majmualari bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
|
Sport majmualari |
||||||
|
2. |
Yangi qurilish |
7 000 |
0 |
7 000 |
|
|
||
|
1. |
Dehqonobod tumani Bolalar-o‘smirlar sport maktabi uchun yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport majmuasi qurish. |
7 000 |
0 |
7 000 |
Investitsiya dasturi doirasida markazlashgan mablag‘lar |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Moliya vazirligi |
”. | |
17. Vazirlar Mahkamasining “2020 ― 2024-yillarda respublikada bolalar va o‘smirlar sport maktablari, umumta’lim maktablarida sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 31-iyuldagi 637-son qarorining 4-bandi “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 481-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida” 2008-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 8-9-son, 40-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) ilovaning 50-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining valyuta mablag‘larini jalb etgan holda bolalar sporti uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-maydagi 114-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 5-son, 41-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oliy mahorat sport maktablari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 28-yanvardagi 18-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 7-modda) 5-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xuquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ–2833-son qarori)” 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 292-modda) ilovaning 39-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-apreldagi 274-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 86-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyuldagi 507-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qarori)” 2018-yil 5-iyuldagi 508-son qaroriga 1-ilovaning 28-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 22-avgustdagi 680-son qaroriga ilovaning 20-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 15-yanvardagi 32-son qaroriga 1-ilovasi 6-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)