04.08.2020 yildagi PQ-4797-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.06.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda aholiga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va yordamning manzilliligini yanada oshirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, aholini ijtimoiy himoya qilish tartib-taomillari bosqichma-bosqich raqamlashtirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, jahonda boʻlib oʻtayotgan koronavirus pandemiyasi aholining ehtiyojmand qismini qisqa muddatlarda aniqlash va ularni davlat tomonidan manzilli qoʻllab-quvvatlashning shaffof va samarali instrumentlari boʻlishini taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, ushbu sohada zarur idoraviy axborot tizimlari, elektron resurs va maʼlumotlar bazalari mavjud emasligi qogʻozda ish yuritishdan voz kechish, davlat ijtimoiy xizmati yoki yordamini taqdim etish vaqtini qisqartirish imkoniyatini bermayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, aholining ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlariga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etishning yagona tizimini yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yilning 1-oktabridan Sirdaryo viloyatida tajriba loyihasi doirasida bola ikki yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa, 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqalar va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam (keyingi oʻrinlarda — ijtimoiy nafaqalar) tayinlashni koʻrib chiqish va belgilash tartib-taomillari “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali amalga oshirilmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish YUNISEFning Oʻzbekistondagi Vakolatxonasining granti asosida beriladigan moliyaviy, texnik va ekspert koʻmagi asosida amalga oshirilmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini respublika boʻylab joriy etish uchun kompyuter uskunalari va periferiya qurilmalarini sotib olish Jahon banki imtiyozli krediti hisobiga amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi foydalanuvchisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hisoblanadi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 07/21/5144/0548-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yilning 1-sentabridan boshlab, ijtimoiy nafaqalarni tayinlash toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish va ularni tayinlash tartib-taomillari 1-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi vositasida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi “Elektron hukumat” tizimining tarkibiy qismidir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — shaxsiy identifikatsiya raqami) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida jismoniy shaxsning identifikatori hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy xizmatlari yoki yordamini taqdim etish doirasida davlat organlari va tashkilotlarining idoralararo elektron hamkorligi “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsion platformasi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini joriy etishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllash vositasida oʻzaro hujjat almashish jarayonini avtomatlashtirish orqali davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etish uchun zarur boʻlgan maʼlumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlar sonini tubdan qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan mezonlarga muvofiq kam taʼminlangan oilalarning ehtiyojmandlik darajasini obyektiv baholash, davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali qarorlarni qabul qilishda subyektiv yondashuvni bartaraf etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ehtiyojmand toifasi tarkibi oʻzgarishi dinamikasi monitoringi va tahlilini yuritish, ularni baholash mezonlarini respublika va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini hisobga olgan holda takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy xizmatlari va ijtimoiy yordam oluvchilarning doimiy yangilanib turadigan yagona maʼlumot bazasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik, idoralar va tashkilotlarning oʻzlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda xizmatlarni bepul yoki imtiyozli asosda taqdim etishi uchun maʼlumot bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etishda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 2-ilovada nazarda tutilgan hujjatlar va maʼlumotlar fuqarolardan talab etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali belgilangan tartibda kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan shaxslar yoki oilalar qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotnomalarni taqdim etmasdan 3-ilovaga muvofiq xizmatlar va imtiyozlarni ham olishga haqlidir;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi va oʻn ikki oy davomida amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi va manfaatdor vazirlik va idoralar axborot tizimlari oʻrtasida oʻzaro elektron hamkorlikni yanada yaxshilash va kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Dastur ijrosi ustidan doimiy monitoring oʻrnatsin va chora-tadbirlarni bajarish muddatlarining buzilishiga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga, uning hududiy boʻlinmalari va tuman (shahar) boʻlimlariga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi joriy etilishini va faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun 5-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlanadigan shtat birliklarini ajratish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, mazkur qarorning 5-ilovasida koʻrsatilgan shtat birliklarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
200 tasi mehnat organlarining inspektorlar va mutaxassislari shtat birliklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimi shtat birliklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100 tasi davlat soliq xizmati organlari shtat birliklari maqbullashtirilishi hisobidan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatida tasdiqlangan shtat birliklari doirasida fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalarni tayinlashga oid murojaatlari va shikoyatlarini qabul qilish boʻyicha shuʼbasi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2021-yilning 1-yanvariga qadar “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (keyingi oʻrinlarda — FHDY organlari) arxivlarida qogʻoz tashuvchilarda saqlanayotgan hujjatlarning elektron bazalari shakllantirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi 2020-yil 1-sentabrga qadar FHDY organlari arxivlarida qogʻoz tashuvchilarda saqlanadigan hujjatlarning elektron maʼlumotlar bazalarini shakllantirish uchun zarur boʻladigan qoʻshimcha xodimlarni vaqtincha ishga jalb etish va ularni joylashtirish choralarini koʻrsin, ularga zarur boʻlgan kompyuter va boshqa orgtexnika vositalari, ofis jihozlari, kanselyariya tovarlari, telefon va internet aloqasi bilan taʼminlasin, shuningdek, arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibiga qatʼiy rioya qilinishini nazorat qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq FHDY boʻlimlari arxivlarida qogʻoz tashuvchilarda saqlanadigan hujjatlarning elektron maʼlumotlar bazalarini shakllantirish, shuningdek, shartnoma asosida xodimlarni vaqtinchalik jalb etish hamda zarur kompyuter va boshqa orgtexnika vositalarini xarid qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan 30 mlrd soʻm mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan mazkur qaror doirasida kompyuter va boshqa orgtexnika vositalari, istisno tariqasida, eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali xarid qilinishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida FHDY organlarining arxivlarida qogʻoz tashuvchilarda saqlanadigan hujjatlarning elektron maʼlumotlar bazalarini shakllantirish boʻyicha tadbirlar toʻliq yakunlangandan keyin, ushbu qaror doirasida xarid qilingan kompyuter va boshqa orgtexnika vositalari, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining taqsimotiga muvofiq tegishli tumanlar (shaharlar) umumtaʼlim muassasalariga belgilangan tartibda begʻaraz oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashgan platformasi orqali “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan idoraviy axborot tizimlari va resurslari oʻrtasida sifatli va toʻlaqonli axborot almashinuvini taʼminlasin, bunda Moliya vazirligiga har tomonlama, shu jumladan zarur texnik koʻmak bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2020-yil yakuniga qadar Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish” loyihasi doirasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi toʻlaqonli va sifatli ishlashi uchun zarur boʻlgan serverlar, kompyuter va boshqa texnika vositalar, asbob-uskunalarni sotib olishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bosqichma-bosqich “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi funksional imkoniyatlarini kengaytirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida ariza beruvchining oila aʼzolari tarkibini aniqlash funksiyasi joriy etilganidan soʻng “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tomonidan ijtimoiy nafaqalarni tayinlash uchun arizalar elektron tarzda onlayn rejimida qabul qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat banklari bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar maʼlumotlar taqdim etish maxfiyligi va yopiqligini taʼminlash asosida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga ariza beruvchi va uning oila aʼzolari nomiga olingan pul oʻtkazmalari va ochilgan depozit hisobvaraqlaridagi qoldiqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olinganda ariza beruvchilar va ularning muomalaga layoqatli oila aʼzolari roziligi bilan taqdim etish imkoniyatini yaratish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi oʻzlarining hamda tarkibidagi tashkilotlarning xizmatchilari va xodimlari, ularning oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi va bolalari) tomonidan ijtimoiy nafaqalar va kam taʼminlangan oilalar uchun nazarda tutilgan boshqa davlat ijtimoiy xizmatlarini olish uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali arizalar taqdim etishini cheklash va ularning koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi 2021-yil 1-yanvarga qadar “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimidagi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga fuqarolarga tegishli boʻlgan shaxsiy identifikatsiya raqamini biriktirish orqali ariza beruvchining oila aʼzolari tarkibini aniqlash funksiyasi joriy etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, ijtimoiy nafaqalarni tayinlashda ustuvorlik daromadi nisbatan pastroq boʻlgan oilalarga berilishi nazarda tutilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etishning yagona tizimini joriy etish, ijtimoiy nafaqalarni, xizmatlarni va yordamni tayinlashda asos qilib olinadigan muhtojlikni aniqlash mezonlarini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilingunga qadar Sirdaryo viloyatining kam taʼminlangan oilalariga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi boshqa hududlarga ham tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ushbu qaror maqsadi va vazifalari ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmogʻida keng yoritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 4-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4797-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi PQ-4797-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning barcha hududlarida ijtimoiy nafaqalarni tayinlash toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish va ularni tayinlash jarayoniga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini bosqichma-bosqich joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JADVALI*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar nomi

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini joriy etish muddatlari

1.

Namangan viloyati

2020 yil sentabr oyidan

2.

Andijon viloyati

3.

Fargʻona viloyati

4.

Xorazm viloyati

2020 yil oktabr oyidan

5.

Qashqadaryo viloyati

6.

Surxondaryo viloyati

7.

Buxoro viloyati

2020 yil noyabr oyidan

8.

Navoiy viloyati

9.

Jizzax viloyati

10.

Samarqand viloyati

11.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

2020 yil dekabr oyidan

12.

Toshkent viloyati

13.

Toshkent shahri

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini joriy etish boʻyicha tashkiliy ishlar jadallashtirilganda, ushbu axborot tizimi mazkur jadvalda koʻrsatilgan muddatlardan oldin joriy etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi PQ-4797-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etishda fuqarolardan talab etilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan hujjatlar va maʼlumotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Doimiy yashash uchun roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oila tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, bolalar soni va ularning yoshi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, vafot etganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, turmush qurganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, ajrashganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Avtotransport vositasi mavjudligi va uning texnik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oilaning (oila aʼzolarning) rasmiy daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Koʻchmas mulkning mavjudligi, koʻchmas mulk hajmi, foydalanuvda boʻlgan yerning boniteti toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ish qidiruvchi, ishsiz, jamoat ishlari bilan bandlik maqomi berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Pensiya va nafaqa koʻrinishidagi daromadlari, 1 va 2 guruh nogironligi boʻlgan shaxslar ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mehnat faoliyati bilan vaqtincha shugʻullanish imkoniyatini bermaydigan kasallikning mavjudligi, nogironlik guruhining mavjudligi, doimiy parvarishga muhtoj oila aʼzosining mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bank plastik kartasining mavjudligi, toʻlovlar va vedomostlarni yuborish, toʻlangan mablagʻlar toʻgʻrisidagi hisobotlar, oila aʼzolariga kelib tushgan pul oʻtkazmalari, bank plastik kartasi qoldiqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oila aʼzolarining qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirgan operatsiyalari, dividendlar olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Talabalar safida mavjudligi, stipendiya miqdori, oʻqish shakli (kunduzgi, sirtqi), oʻqish turi (davlat granti, toʻlov kontrakt) toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi PQ-4797-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida kam taʼminlangan oila sifatida roʻyxatga olingan oilalarga bepul yoki imtiyozli shartlarda koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida ota-onalar toʻlovidan ozod etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maktabgacha taʼlim muassasalarida oʻrnatilgan miqdorlarda ota-onalar toʻlovini toʻlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida darsliklar ijara toʻlovlaridan ozod etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari uchun qishki kiyim-bosh berish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ayrim fanlarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta maktablar oʻquvchilarini ovqatlanish xarajatlaridan ozod etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sanʼat maktablari, musiqa maktablari, “Barkamol avlod” markazlari va boshqa maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida oʻqish xarajatlaridan ozod etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kam taʼminlangan oilalarning nogiron aʼzolarini protez — ortopediya buyumlari bilan taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida bepul maxsus (ambulator yoki kunduzgi) tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻllanma (order) olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali mazkur ilovada koʻrsatilmagan boshqa ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlar ham joriy etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi PQ-4797-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi va manfaatdor vazirlik va idoralar axborot tizimlari oʻrtasida oʻzaro elektron hamkorlikni yanada yaxshilash va kengaytirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

1.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlari va eʼlon qilingan daromadlari, jismoniy shaxslarning pasport maʼlumotlari boʻyicha, birinchi navbatda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va yashash guvohnomasi boʻlgan chet el fuqarolari boʻyicha maʼlumotlarning avtomatik tarzda toʻlaqonli va uzluksiz taqdim qilinishini taʼminlash.

2020-yil
5-avgustgacha

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Davlat personallashtirish markazi

(N. Toʻraxoʻjayev)

2.

FHDY arxivlarida qogʻoz tashuvchilarda saqlanadigan barcha hujjatlarni (nikoh tuzish, nikohdan ajralish, tugʻilish va oʻlim toʻgʻrisidagi yozuvlarni) raqamlashtirishni tugatish va “FHDY elektron arxivi” axborot tizimiga kiritish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil
1-yanvargacha

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Davlat xizmatlari agentligi

(N. Muxammadiyev)

3.

“FHDY elektron arxivi” axborot tizimi tomonidan fuqaroning oila aʼzolarining tarkibi, jumladan qarindoshlik darajasi va oilaviy holati toʻgʻrisida maʼlumotni taqdim etish va tasdiqlash hamda ushbu maʼlumotni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ATga arizachining davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini olish uchun shaxsiy identifikatsiya raqami yordamida taqdim etish orqali funksional imkoniyatlarini kengaytirish.

2021yil
1-yanvargacha

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Davlat xizmatlari agentligi

(N. Muxammadiyev),

Davlat personallashtirish markazi

(N. Toʻraxoʻjayev)

4.

16 yoshga yetmagan va biometrik pasporti boʻlmagan shaxslarga shaxsiy identifikatsiya raqami berishni taʼminlash.

2020 yil
1 noyabrgacha

Davlat personallashtirish markazi

(N. Toʻraxoʻjayev),

Davlat xizmatlari agentligi

(N. Muxammadiyev)

5.

2021-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda “labor-migration” dasturiy majmuasini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

2021-yil
1-yanvargacha

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

6.

Axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali FHDY organlari va sudlar oʻrtasida maʼlumotlar almashishning elektron shaklini joriy etish.

2021yil
1 yanvargacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh.Sadikov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti (B. Teshaboyev)

7.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tomonidan ijtimoiy nafaqalarni tayinlash toʻgʻrisidagi arizalarni elektron koʻrinishda onlayn rejimida qabul qilishni taʼminlash.

2021-yil
1-noyabrgacha

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (A. Xaydarov)

8.

Koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha, shu jumladan tomorqa yer uchastkasi va/yoki dehqon xoʻjaligining maydoni, mulkning turar maydoni toʻgʻrisidagi, idoraviy elektron maʼlumotlar bazasini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan elektron tarzda oʻzaro maʼlumot almashishni taʼminlash.

2020-yil
1-oktabrgacha

Davergeodezkadastr qoʻmitasi

(X. Toʻraxoʻjayev),

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (A. Xaydarov)

9.

Respublikaning barcha tumanlari (joylari) ball-boniteti (hosildorlik, suv bilan taʼminlanganlik darajasi va h.k.) boʻyicha muntazam ravishda yangilanadigan idoraviy elektron maʼlumotlar bazasini tashkil qilish.

2020-yil
1-oktabrgacha

Davergeodezkadastr qoʻmitasi
(X. Toʻraxoʻjayev)

10.

Undirilgan yoki toʻlangan alimentlar boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda uni aliment toʻlovchi va oluvchining shaxsiy identifikatsiya raqami orqali “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan integratsiyalash.

Alohida tuzilgan reja asosida 2021-yil 1-yanvargacha

Majburiy ijro byurosi
(B. Kudratxodjayev), “Oʻzbekiston pochtasi” AJ (A. Fayzullayev)

11.

Qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan elektron tarzda oʻzaro maʼlumot almashishni taʼminlash.

2020-yil
1-sentabrgacha

Kapital bozori agentligi

(A. Nazirov)

12.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi va Maktabgacha taʼlim vazirligining axborot tizimi oʻrtasida ularga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotni taqdim etish boʻyicha elektron tarzda idoralararo oʻzaro almashishni joriy qilish, jumladan:

kam taʼminlangan oilalarning farzandlari toʻgʻrisida;

kam taʼminlangan oilalarning farzandlari qatoridan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ovqatlanish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovidan ozod qilish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik doirasida faoliyatni amalga oshiruvchi xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlarida imtiyozli ota-onalar toʻlovi toʻgʻrisida.

2021-yil
1-sentabrgacha

Maktabgacha taʼlim vazirligi

(A. Shin),

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (A. Xaydarov)

13.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi va Xalq taʼlimi vazirligining axborot tizimi oʻrtasida ularga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotni taqdim etish boʻyicha elektron tarzda idoralararo oʻzaro almashishni joriy qilish, jumladan:

kam taʼminlangan oilalarning farzandlari toʻgʻrisida;

kam taʼminlangan oilalarning farzandlari qatoridan ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilarining ovqatlanish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovidan ozod qilish toʻgʻrisida;

umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilarining ayrim toifalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan darsliklar va qishki kiyim-bosh toʻplami bilan bepul taʼminlash toʻgʻrisida;

bolalar musiqa va sanʼat maktablari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari, shuningdek, boshqa maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida oʻqiganlik uchun ota-onalar toʻlovidan ozod qilingan bolalar toʻgʻrisida;

oilaga tarbiyaga olingan har bir farzand uchun tayinlangan va toʻlangan nafaqalar toʻgʻrisida;

yetim bolalar va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarga tayinlangan va toʻlangan bir martalik pulli nafaqalar hamda uy-joy berilishi toʻgʻrisida.

2021-yil
1-sentabrgacha

Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (A. Xaydarov)

14.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining axborot tizimi oʻrtasida talabalar safida mavjudligi, stipendiya miqdori, oʻqish shakli (kunduzgi, sirtqi), oʻqish turi (davlat granti, toʻlov kontrakt) toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni elektron tarzda idoralararo oʻzaro almashishni joriy qilish.

2020 yil
1-sentabrgacha

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (A. Xaydarov)

15.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi va Sogʻliqni saqlash vazirligining axborot tizimi oʻrtasida ularga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar boʻyicha idoralararo elektron oʻzaro axborot almashinuvini joriy qilish, jumladan:

kam taʼminlangan oilalar toʻgʻrisida;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga imtiyozli shaxslar kontingentiga berilgan orderlar va koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar toʻgʻrisida;

oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironlarni bepul asosda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlari bilan taʼminlash toʻgʻrisida.

Alohida tuzilgan reja asosida
2022
yil
31
dekabrgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (A. Xaydarov)

16.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi va Moliya vazirligining axborot tizimi oʻrtasida ularga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotni taqdim etish boʻyicha idoralararo elektron axborot almashinuvini joriy qilish, jumladan:

kam taʼminlangan oilalar toʻgʻrisida;

yashash sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan ijtimoiy jihatdan zaif va kam taʼminlangan aholi qatlamlaridan fuqarolarni hisobga olish va ularga uy-joy ajratish toʻgʻrisida;

amalga oshirilgan har oygi uy-joy kommunal xizmatlar uchun pullik kompensatsiya toʻlovlari toʻgʻrisida;

nogironligi (nogironlik darajalari kesimida) boʻlgan fuqarolar toʻgʻrisida.

2021-yil
1-iyulgacha

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (A. Xaydarov)

17.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi va Transport vazirligining axborot tizimi oʻrtasida ularga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan, jumladan aholining ayrim imtiyozli toifalariga fuqaro transport xizmatlarini bepul yoki imtiyozli asosda taqdim etish toʻgʻrisidagi maʼlumotning idoralararo elektron axborot almashinuvini joriy qilish.

2021-yil
1-oktabrgacha

Transport vazirligi (E. Ganiyev),

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (A. Xaydarov)

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 07/21/5144/0548-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi PQ-4797-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi faoliyatini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga, uning hududiy boʻlinmalari va tuman (shahar) boʻlimlariga bosqichma-bosqich ajratiladigan qoʻshimcha shtat birliklari soni*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Nomi

Ajratiladigan shtat

birliklari jami

shu jumladan quyidagilar uchun:

ijro etuvchi apparat va hududiy boshqarmalar

tuman (shahar) boʻlimlar

1.

Ijro etuvchi apparat

5

5

-

2.

Toshkent shahar

23

1

22

3.

Sirdaryo viloyati

23

1

22

4.

Buxoro viloyati

27

1

26

5.

Navoiy viloyati

23

1

22

6.

Jizzax viloyati

27

1

26

7.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

35

1

34

8.

Xorazm viloyati

25

1

24

9.

Namangan viloyati

25

1

24

10.

Andijon viloyati

33

1

32

11.

Fargʻona viloyati

39

1

38

12.

Surxondaryo viloyati

31

1

30

13.

Samarqand viloyati

33

1

32

14.

Qashqadaryo viloyati

31

1

30

15.

Toshkent viloyati

45

1

44

Jami:

425

19

406

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari hamda shahar va tumanlar boʻlimlariga qoʻshimcha shtat birliklari “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi joriy etilgan kundan boshlab ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2020-y., 07/20/4797/1138-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 07/21/5144/0548-son, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 30.06.2022-y., 07/22/299/0572-son; 28.07.2023-y., 06/23/117/0530-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)