O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Qarori
Maktab ta’limini rivojlantirishga majburiy ajratmalarini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 31-yanvarda 1446-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 8-maydagi 39, 2014-20-sonli “Maktab ta’limini rivojlantirishga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror va unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1446-6, 16.05.2014-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-iyundagi 263-sonli “Budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 22-23-son, 264-modda) va 2004-yil 28-dekabrdagi 610-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 52-son, 523-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Maktab ta’limini rivojlantirishga majburiy ajratmalarini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 14-yanvar,
3-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 14-yanvar,
2005-3-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 5-6-son, 37-modda, 39-son, 300-modda; 2006-y., 6-7-son, 44-modda, 28-29-son, 278-modda; 2007-y., 9-10-son, 94-modda; 2008-y., 12-13-son, 74-modda)