Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.02.2011 07.06.2004 yildagi 263-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.02.2011
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUDJETDAN TAShQARI MAKTAB TA’LIMI JAMG‘ARMASINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 42-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armani tashkil etish to‘g‘risida” 2010-yil 10-noyabrdagi PQ-1432-son qarori, Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 10-dekabrdagi 291-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mablag‘lar jamlanishini ta’minlash, maktablarni tiklash, ularni zamonaviy o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, maktab partalari va mebellar bilan jihozlash ishlarini o‘z vaqtida moliyalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida” 2004-yil 21 maydagi PF-3431-son Farmoni bilan budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab ta’limini rivojlantirish uchun majburiy ajratmalar to‘lovidan tushadigan mablag‘larni budjet mablag‘larini hamda yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘larini, xorijiy kreditlar va grantlarni ularni keyinchalik ulardan 2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini ro‘yobga chiqarishda hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida belgilangan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda maqsadli foydalanish uchun jamlash;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab ta’limini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan buzib tashlanadigan maktablar o‘rniga yangi maktablar qurish, maktablarni mukammal rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash, ularni o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, maktab partalari va mebellar, sport anjomlari bilan jihozlash hajmlarini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘laridan Maktab ta’limini rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun qat’iy maqsadli foydalanilishi ustidan monitoring olib borilishini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasini boshqarish kengashi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati xodimlari sonini qo‘shimcha ko‘paytirish hisobiga, budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 10 nafar bo‘lgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab ta’limini rivojlantirish uchun majburiy ajratmalar to‘lovidan tushadigan mablag‘larni;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori asosida ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat budjetida alohida satrda nazarda tutilgan budjet mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjetlarning soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha prognozdan ortiqcha tushumlarni jalb etishdan olingan mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va kreditlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik yordami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘lari Jamg‘armaning g‘aznachilik hisob raqamida jamlanadi;
(3-bandning uninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan foizlar sifatida olinadigan daromadlarga daromad (foyda) solig‘i solinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamg‘armani boshqarish kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalar, grantlar va homiylik mablag‘larini jalb etishda Jamg‘armaga ko‘maklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etishga manfaatdor davlat tashkilotlarini, nodavlat tashkilotlarni va jamoat tashkilotlarini jalb etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining prognoz parametrlarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro etuvchi direksiya faoliyati, ayniqsa daromadlar manbalarini shakllantirish, o‘z vaqtida moliyalashtirish va Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanishga doir faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasining asosiy vazifalari hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari prognozini va uning bajarilishi to‘g‘risida hisobot tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya organlari, xalq ta’limi organlarining, shuningdek boshqa tashkilotlarning Maktab ta’limini rivojlantirish dasturini amalga oshirishga yo‘naltirilgan birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda har yili asosiy bo‘limlar (buzib tashlanadigan maktablar o‘rniga yangilarini qurish, maktablarni mukammal rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash, ularni o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, maktab partalari va mebellar, sport anjomlari bilan jihozlash) bo‘yicha nazarda tutilgan tadbirlarga Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlarini daromadlar manbalari bilan bog‘liq holda belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘laridan qat’iy maqsadli (yo‘nalishlar bo‘yicha) va samarali foydalanilishini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasiga rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining ijtimoiy masalalarga mutasaddi o‘rinbosari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ijtimoiy sohani moliyalashtirish bosh boshqarmasi tuzilmasida xodimlar soni 4 nafar bo‘lgan Maktab ta’limi, Maktab ta’limini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi monitoringi va nazorati bo‘limi tashkil etilsin, Moliya vazirligi markaziy apparati xodimlarining tasdiqlangan soni tegishli ravishda ko‘paytirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tuzilmasida xodimlarining belgilangan soni doirasida Maktab ta’limi sho’balari tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Umumta’lim maktablari tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) muvofiq tashkil etilgan budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘laridan Maktab ta’limini rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun foydalanishga ruxsat etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumta’lim maktablari uchun Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarorining 4-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati 2015-yil 1-yanvargacha uzaytirilsin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumta’lim maktablarining budjetdan tashqari daromadlari davlat maqsadli jamg‘armalariga — budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va Respublika yo‘l jamg‘armasiga, shuningdek budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan 2015-yil 1-yanvargacha ozod qilinsin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligi 2005-yildan boshlab Investitsiya dasturida Maktab ta’limini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan hajmlarda umumta’lim maktablarini qurish va mukammal rekonstruksiya qilish uchun Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga markazlashtirilgan resurslarni nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2005-yildan boshlab va keyingi yillarda Davlat budjeti parametrlarida Maktab ta’limini rivojlantirish dasturiga muvofiq tadbirlarni bajarishga zarur mablag‘larni, ushbu maqsadlar uchun jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar, grantlar va homiylik mablag‘larini hisobga olgan holda, alohida satrda nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, uyushmalar va boshqa xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari Jamg‘arma resurslarini shakllantirishda keng ko‘lamda ko‘mak va har tomonlama yordam bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylarning Dasturni ro‘yobga chiqarishdagi ishtiroki O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq ham pul shaklida, ham tovarlar, ishlar va xizmatlar tarzida amalga oshirilishi mumkinligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga, O‘zbekiston Teleradiokompaniyasiga, O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga, boshqa ommaviy axborot vositalariga Jamg‘arma faoliyatini keng yoritish, mamlakatimizda umumta’lim maktablarining moddiy bazasini rivojlantirishdagi ijobiy ish tajribasini targ‘ib qilish, shuningdek Jamg‘armaning faol homiylarining axborot jihatidan qo‘llab-quvvatlanishini, shu jumladan reklama qilinishini ta’minlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 7-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
263-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 7-iyundagi 263-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasining tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 7-iyundagi 263-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) faoliyatining maqsadi va asosiy vazifalarini, Jamg‘armani boshqarish tartibini, uning mablag‘larini shakllantirish manbalarini va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 21 maydagi PF–3431-son Farmoniga muvofiq 2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘larni Jamg‘armaning hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar moliya organlarining budjetdan tashqari maxsus hisob raqamlarida jamlash uchun tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslar, shu jumladan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, jamoat jamg‘armalari, vazirliklar, idoralar, xorijiy moliya tashkilotlari, shuningdek jismoniy shaxslar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishda ixtiyoriylik asosida qatnashishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Jamg‘armaning maqsadi va asosiy vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maktab ta’limini rivojlantirish dasturini amalga oshirish, shuningdek umumta’lim maktablariga ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha mablag‘lar jalb etish yuzasidan qo‘shimcha imkoniyatlar berish uchun moliyaviy va moddiy resurslarni, maktab ta’limini rivojlantirish uchun majburiy ajratmalar to‘lovidan tushadigan mablag‘larni, Davlat budjeti, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, xalqaro tashkilotlar va institutlar mablag‘larini jamlash Jamg‘armani tashkil etishning maqsadi hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab ta’limini rivojlantirish uchun majburiy ajratmalar to‘lovidan tushadigan mablag‘larni budjet mablag‘larini hamda yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘larini, xorijiy kreditlar va grantlarni ularni keyinchalik ulardan 2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini ro‘yobga chiqarishga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida belgilangan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda maqsadli foydalanish uchun jamlash;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab ta’limini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan buzilgan maktablar o‘rniga yangi maktablar qurish, maktablarni mukammal rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash, ularni o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, maktab partalari va mebellar, sport anjomlari bilan jihozlash hajmlarini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘laridan Maktab ta’limini rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun qat’iy maqsadli foydalanilishi ustidan monitoring olib borilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq ta’limi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda maktablarning moddiy-texnika bazasi holatini muntazam asosda doimiy o‘rganishni hamda uning monitoringini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘lari tushishi va sarflanishining har yillik va choraklik balanslarini shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda nazarda tutilgan buzilgan maktablar o‘rniga yangi maktablar qurish, maktablarni mukammal rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash, ularni o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, maktab partalari va mebellar, sport anjomlari bilan jihozlash hajmlarini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida belgilangan boshqa tadbirlarni moliyalashtirish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manbalar bo‘yicha daromadlarning yagona hisobini hamda Jamg‘arma mablag‘laridan yo‘nalishlar bo‘yicha foydalanish hisobotini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini moliyaviy nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Jamg‘armani boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jamg‘armani boshqarish kengashi Jamg‘armani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Boshqaruv kengashi majlislari zaruriyatga ko‘ra, biroq har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Kengash qarorlari oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi, ovozlar teng bo‘lib qolganda esa — boshqaruv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar Jamg‘arma boshqaruv kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumta’lim maktablarini rivojlantirishga tizimli yondoshuvni ta’minlaydigan Maktab ta’limini rivojlantirish dasturini amalga oshirishda davlat, nodavlat, jamoat tashkilotlari va xorijiy institutlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning daromadlari (manbalar bo‘yicha) va xarajatlari (yo‘nalishlar bo‘yicha) yillik prognozlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha manbalar hisobiga Jamg‘arma daromadlarini shakllantirishda Maktab ta’limini rivojlantirish dasturini amalga oshirishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma, Ijro etuvchi direksiya faoliyatini va uning mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamg‘armani joriy boshqarish Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Ijro etuvchi direksiyaning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Jamg‘arma mablag‘laridan ularni har qaysi yil bo‘yicha taqsimlagan holda buzilgan maktablar o‘rniga yangi maktablar qurish, maktablarni mukammal rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash, ularni o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, maktab partalari va mebellar, sport anjomlari bilan jihozlash uchun Maktab ta’limini rivojlantirish dasturiga muvofiq daromadlar manbalari va hududlar bo‘yicha foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari prognozi loyihasini hamda ularning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining mintaqalar bo‘yicha taqsimlanishini tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishini tahlil qilish va umumlashtirish, Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli sarflanishini nazorat qilish, shuningdek moliya organlari, xalq ta’limi organlari, shuningdek boshqa vazirliklar va idoralarning Dasturni amalga oshirishga yo‘naltirilgan birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari va jamlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab ta’limini rivojlantirish uchun majburiy ajratmalar to‘lashdan tushadigan mablag‘lar;
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-yanvardagi 16-sonli qarori asosida ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 5-son, 19-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetida alohida satrda nazarda tutilgan budjet mablag‘lari (shu jumladan Davlat budjetini ishlab chiqishda har yili nazarda tutiladigan stavka bo‘yicha majburiy ajratmalar tarzidagi tushumlar);
(10-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjetlarning soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha prognozdan ortiqcha tushumlarni jalb qilishdan olinadigan mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari va kreditlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik yordami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Jamg‘arma mablag‘lari Jamg‘armaning g‘aznachilik hisob raqamida jamlanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va mahalliy moliya organlari Ijro etuvchi direksiya tomonidan berilgan vakolatlar doirasida Jamg‘arma hisob raqamlarini boshqarishni amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, ko‘rib chiqish va tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, ko‘rib chiqish va tasdiqlash “Budjet tizimi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va ushbu Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tayyorlash bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ijro etuvchi direksiya har yili navbatdagi yil uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda Jamg‘armaga har yili Davlat budjetini ishlab chiqishda nazarda tutiladigan stavka bo‘yicha majburiy ajratmalar tarzidagi tushumlar, shuningdek boshqa budjet manbalari prognozini amalga oshiradi;
(14-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda budjetdan tashqari manbalardan, shu jumladan xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari va kreditlarini, O‘zbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning beg‘araz yordamini jalb etishdan tushumlar prognozlarini tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ijro etuvchi direksiya Jamg‘armaning budjet va budjetdan tashqari daromadlari prognozi asosida 1-iyungacha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga va Xalq ta’limi vazirligiga Jamg‘arma xarajatlari limitlarini keyingi yil uchun budjet va budjetdan tashqari manbalarga taqsimlagan holda yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda 1-iyulgacha Ijro etuvchi direksiyaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha xarajatlarning barcha asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha keyingi yil uchun Jamg‘arma xarajatlari prognozini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Jamg‘armaning keyingi yil uchun daromadlari va xarajatlari prognozlari Ijro etuvchi direksiya tomonidan Jamg‘armani boshqarish kengashiga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining yillik prognozlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari tasdiqlangan vaqtdan boshlab 5 kundan oshmaydigan muddatda Jamg‘armani boshqarish kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining yillik parametrlari tasdiqlangandan keyin Ijro etuvchi direksiya 5 kun mobaynida xarajatlarning yil choragi bo‘yicha taqsimotini Jamg‘arma mablag‘larini oluvchilarga (Xalq ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalariga va joylardagi yagona buyurtmachi xizmatiga) yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining yillik prognozlari Jamg‘armani boshqarish kengashi tomonidan tasdiqlangandan keyin 30 kun mobaynida Xalq ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalari budjet va budjetdan tashqari mablag‘larga bo‘lgan holda xarajatlar smetasini (qurilish va mukammal rekonstruksiya qilish xarajatlaridan tashqari) ishlab chiqadilar hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va joylardagi tegishli moliya organlariga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kiritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Agar mablag‘lar homiylar yoki grant beruvchi tomonidan Jamg‘armaga ulardan foylanishning jamg‘arma maqsadi va vazifalariga zid bo‘lmagan maqsadlari va shartlari ko‘rsatilgan holda taqdim etilsa, u holda ushbu mablag‘lardan homiylar yoki grant beruvchilar ko‘rsatmalariga muvofiq foydalanilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ijro etuvchi direksiya Jamg‘armaning bo‘sh mablag‘larini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat qisqa muddatli pul majburiyatlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday joylashtirish natijasida olingan daromadlar Jamg‘armaning tegishli hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Jamg‘arma mablag‘larini sarflash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Jamg‘arma mablag‘lari Jamg‘armaning g‘aznachilik hisob raqamidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar G‘aznachiligida ochiladigan g‘aznachilik hisob raqamlari orqali:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy loyihalardan foydalanilgan holda loyiha-smeta hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda faqat tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga muvofiq buzib tashlanadigan maktablar o‘rniga yangi maktablar qurishga, maktablarni mukammal rekonstruksiya qilishga, mukammal va joriy ta’mirlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktablarni zamonaviy o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
partalar va maktab mebellari sotib olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktablarni sport anjomlari bilan jihozlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida belgilangan boshqa tadbirlarga sarflanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Umumta’lim maktablariga Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘laridan Dasturni amalga oshirishda foydalanishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Jamg‘arma mablag‘laridan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi asosida;
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yagona buyurtmachi xizmatlari tomonidan tanlov savdolari (tenderlar) asosida va kapital qurilish sohasidagi amalda bo‘lgan qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq buzib tashlanadigan maktablar o‘rniga yangi maktablar qurish, ularni mukammal rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashni moliyalashtirish uchun foydalaniladi.
(23-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mablag‘larni (shu jumladan tovarlar yetkazib beruvchilar va xizmatlar ko‘rsatuvchilar tomonidan shartnomaviy majburiyatlarning bajarilmaganligi uchun jarima sanksiyalari qo‘llashdan olingan mablag‘larni) tasdiqlanmagan smetasiz, shuningdek Jamg‘arma xarajatlari prognozida nazarda tutilmagan tadbirlarga yoki ham umuman smetalar bo‘yicha, ham xarajatlarning alohida turlari bo‘yicha smetalarda belgilanganidan ortiqcha sarflash taqiqlanadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Jamg‘arma hisob raqamlaridan mablag‘larni mazkur Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlar uchun o‘tkazish va vaqtincha olib qo‘yish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Maktablar qurilishini, ularni mukammal rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashni moliyalashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Buzib tashlanadigan maktablar o‘rniga yangi maktablar qurish va mukammal rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan Jamg‘armaning maxsus hisob raqamlaridan mablag‘larni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yagona buyurtmachi xizmatlariga ajratish yo‘li bilan joylardagi moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Maktablarni mukammal ta’mirlash Jamg‘armaning maxsus hisob raqamlaridan tegishli xalq ta’limi boshqarmalariga mablag‘ ajratish vositasida moliyalashtiriladi, mablag‘lar keyinchalik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yagona buyurtmachi xizmatlariga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Buzib tashlanadigan maktablar o‘rniga yangi maktablar qurish va ularni mukammal rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashni moliyalashtirish buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlar asosida qat’iy ravishda kapital qo‘yilmalar limitlari va budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida va tuzilgan shartnomalarga muvofiq obyektma-obyekt amalga oshiriladi, tuzilgan shartnomalarda quyidagilar hisobga olinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktablar qurish, ularni mukammal rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning dastlabki ikki oyi mobaynida joriy yil uchun ishlar qiymatining30 foizi miqdorida avans to‘lovi ajratish;
(28-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy moliyalashtirishni har oyda ajratilgan avansni mutanosib tarzda ushlab qolish hisobga olingan holda bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Qolgan 5 foizni pudratchiga to‘lash shartnomada qayd etilgan kafolat muddati tamom bo‘lgandan keyin amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Jamg‘arma mablag‘larini hisobga olish, ular bo‘yicha hisobotlar va ulardan foydalanilishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ijro etuvchi direksiya Jamg‘arma faoliyati bo‘yicha buxgalteriya hisobi yuritilishi va hisobotlar tuzilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Maktab ta’limini rivojlantirish dasturiga kiritilgan umumta’lim maktablari mazkur Dasturni amalga oshirish doirasida olingan pul mablag‘lari, tovarlar, bajarilgan ishlar hamda tegishli tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida umumlashtirish hamda keyinchalik tuman (shahar) moliya bo‘limlariga taqdim etish uchun hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay hisobot taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Tuman (shahar) moliya bo‘limlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga hisobot oyidan keyingi oyning 8-kunidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl bo‘yicha hisobotlar taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Joylardagi yagona buyurtmachi xizmatlari tomonidan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 8-kunidan kechikmay, buzib tashlanadigan maktablar o‘rniga yangi maktablar qurishga va mukammal rekonstruksiya qilishga ajratilgan Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga, mukammal ta’mirlash bo‘yicha esa — xalq ta’limi hududiy boshqarmalariga hisobotlar taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari amalga oshirilgan xarajatlar fakti bo‘yicha har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ijtimoiy sohani moliyalashtirish bosh boshqarmasining maktab ta’limi, monitoring va nazorat bo‘limiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl bo‘yicha hisobot taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Jamg‘arma tomonidan moliyalashtiriladigan tadbirlarni bajarishi nazarda tutilgan vazirliklar va idoralar har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maktab ta’limi, monitoring va nazorat bo‘limiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl bo‘yicha hisobot taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Jamg‘arma hisob raqamiga mablag‘larning to‘liq tushishi ustidan nazorat Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Har yili Davlat budjetini va budjetdan ajratilgan maqsadli mablag‘larni sarflashni ishlab chiqishda nazarda tutiladigan stavka bo‘yicha majburiy ajratmalardan tushadigan mablag‘lar hisobi umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan moliyaviy nazorat Moliya vazirligining Ijtimoiy sohani moliyalashtirish bosh boshqarmasining maktab ta’limi, monitoring va nazorat bo‘limi va Nazorat-taftish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Jamg‘arma mablag‘laridan tasdiqlangan xarajatlar smetalariga qat’iy muvofiq ravishda maqsadli va samarali foydalanilishi uchun javobgarlik tasdiqlangan smetalarga muvofiq joylardagi yagona buyurtmachining tegishli xizmatlari va mablag‘larni oluvchi xalq ta’limi organlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Jamg‘armani tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Jamg‘armani qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Jamg‘arma tugatilgan taqdirda uning hisob raqamlaridagi mablag‘lar qoldig‘i O‘zbekiston Respublikasida ta’limni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga yo‘naltiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 22-23-son, 264-modda, 52-son, 523-modda; 2007-y., 52-son, 534-modda; 2008-y., 5-son, 19-modda; 2009-y., 52-son, 560-modda; 2010-y., 6-7-son, 52-modda)