Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 15.07.2020 yildagi PF-6027-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer resurslari va davlat mulki obyektlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalaridan, ayniqsa sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish, respublikaning turistik tumanlarida davlat mulki obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, 2020-yil 1-noyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan berilgan quyidagi imtiyozlar bekor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yer soligʻi boʻyicha quyidagilar tomonidan egallangan yer uchastkalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻlomlashtirish hamda dam olish joylari, xususan dam olish uylari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ommaviy dam olishi va turizm uchun joylar, agar ular tadbirkorlik faoliyati uchun ajratilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanatoriy-kurort obyektlari, agar ular turistik zonalarda joylashgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mol-mulk soligʻi boʻyicha sanatoriy-kurort xizmatlari koʻrsatish uchun foydalaniladigan koʻchmas mulk obyektlari, agar ular turistik zonalarda joylashgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga turistik zonalarda alohida sanatoriy-kurort obyektlari egallagan yerlar uchun mol-mulk soligʻi va yer soligʻining kamaytirilgan stavkalarini qoʻllash yoki ushbu soliqlarni toʻlashdan ozod qilish vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga mazkur banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish boʻyicha qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Davlat soliq qoʻmitasi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda foydalanilmayotgan sogʻlomlashtirish va rekreatsion yer maydonlari uchun oshirilgan soliq stavkalarini qoʻllash mexanizmi boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 1-sentabrga qadar budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi miqdori 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, ularning tarkibiy boʻlinmalariga tegishli boʻlgan Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashgan aholining dam olish va salomatligini tiklash bilan bogʻliq idoraviy dam olish uylari, pansionatlar, sanatoriylar va boshqa obyektlarni (bolalar dam olish lagerlaridan tashqari) belgilangan tartibda xususiy sektorga sotish boʻyicha taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda respublikaning boshqa hududlarida joylashgan shunga oʻxshash obyektlarni xususiy sektorga sotish boʻyicha takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021-yil uchun Davlat budjeti loyihasini tayyorlashda respublikaning turistik zonalaridagi alohida yer uchastkalari, shu jumladan jismoniy shaxslar foydalanishida boʻlgan 1 gektardan ortiq yer uchastkalari uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer soligʻining 3 baravarigacha oshirilgan stavkasini belgilash imkoniyatini koʻzda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5978-son Farmoni 4-bandining “v” kichik bandidagi “foydalanilmayotgan” soʻzi “yuridik yoki jismoniy shaxs oʻz faoliyatini koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklov choralari tufayli toʻxtatishga majbur boʻlgan hollarda, foydalanilmayotgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 15-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-6027-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2020-y., 06/20/6027/1071-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)