O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qarori)
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotni eksport qilishda tashish xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 10-avgustdagi 660-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ― investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-iyul,
437-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 437-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 6-maydagi 373-son qaroriga kiritilayotgan qo‘shimchalar
1. 1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temir yo‘l transportida eksportga tashish, garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda sug‘urta mukofotini to‘lash, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarning qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarini yangi texnologiyalarga o‘rgatish, agrotexnik tadbirlar monitoringi va marketing tadqiqotlarini o‘tkazish hamda vakolatli organlarning mahsulotlarni eksport qilish uchun zarur bo‘lgan ruxsatnoma va sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yoki qonunchiliqda nazarda tutilgan boshqa manbalardan Agentlikka ajratiladigan subsidiyalar hisobidan kompensatsiya qilish”.
2. Ilovada:
a) 6-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temir yo‘l transportida eksportga tashish, garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda sug‘urta mukofotini to‘lash, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarning qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarini yangi texnologiyalarga o‘rgatish, agrotexnik tadbirlar monitoringi va marketing tadqiqotlarini o‘tkazish hamda vakolatli organlarning mahsulotlarni eksport qilish uchun zarur bo‘lgan ruxsatnoma va sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yoki qonunchiliqda nazarda tutilgan boshqa manbalardan Agentlikka ajratiladigan subsidiyalar hisobidan kompensatsiya qilish”;
b) 7-bandga quyidagi mazmundagi “i” kichik band qo‘shilsin:
“i) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yoki qonunchiliqda nazarda tutilgan boshqa manbalardan Agentlikka ajratiladigan subsidiyalar hisobidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rsatish sohasida:
eksport qiluvchi mahalliy tadbirkorlik subyektlari (ularning vakolatli vakillari)ga mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish bo‘yicha transport xarajatlarining 50 foizigacha qismini qoplash uchun kompensatsiyalar taqdim etadi;
eksport qiluvchilarga ular garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda sug‘urta mukofotini qoplash uchun kompensatsiyalar taqdim etadi;
meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarning qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarini meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga o‘rgatish, qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarda sotishga qaratilgan marketing tadqiqotlarini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun kompensatsiyalar taqdim etadi;
vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur bo‘lgan ruxsatnoma va sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar taqdim etadi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2020-y., 09/20/437/1065-son)