29.05.2020 yildagi PQ-4736-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash va ushbu sohadagi xalqaro majburiyatlarni bajarishning taʼsirchan tizimini yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4296-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari — Bola huquqlari boʻyicha vakil lavozimi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bola huquqlari boʻyicha vakilning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasini bajarish strategiyasini va bola huquqlari masalalari boʻyicha boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar va ularning qonuniy vakillari orasida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tushuntirish, bola huquqlari va Bola huquqlari boʻyicha vakil faoliyati haqidagi xalqaro hamda milliy normalar qoidalarini targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi oʻrtasida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari masalalari boʻyicha huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, bolalar hamda ular qonuniy vakillarining bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi toʻgʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiqish orqali bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining ijrosini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida bola huquqlari va erkinliklari xalqaro standartlarini qonun hujjatlariga tatbiq etishni hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatida bola huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish holatidan jamoatchilikni xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imkoniyati cheklangan bolalar, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar tarbiya muassasalarini tamomlagandan keyin ularning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiya muassasalarini tamomlagan uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning maqsadli kommunal uy-joy fondidagi belgilangan sanitariya va texnik meʼyorlarga hamda qonun hujjatlarining boshqa talablariga javob beradigan turar-joy bilan taʼminlanishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga koʻmaklashish, bunda bolaning eng ustun manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan normalarni qabul qilish, shu jumladan, bola huquqlari va erkinliklari masalalari boʻyicha xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maslahat, tavsiya va xulosalar berish orqali davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish sohasidagi faoliyatini takomillashtirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bola huquqlari boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda — Vakil) oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga tobe boʻlmagan tarzda bajaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil daxlsizlik huquqidan foydalanadi va u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoga tortilishi mumkin emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilga nisbatan jinoyat ishi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilni majburiy keltirishga, ushlab turishga, shuningdek, uning shaxsiy buyumlari, yuki, transporti, turar joyi va xizmat xonasini koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Vakilning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan rioya qilinishi holati haqida maʼruza taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bola huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning ayrim jihatlariga eʼtiborni kuchaytirish zarur boʻlganda Vakil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Vazirlar Mahkamasiga huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar koʻrishga qaratilgan maxsus maʼruzalar taqdim etishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻzining jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi mintaqaviy vakillariga ega boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Vakil bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vakilga oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlaridan oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan statistik, tahliliy va boshqa axborot va materiallar soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlarining maʼlumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bola huquqlari, erkinliklari va manfaatlari buzilgan holatlar haqidagi xabarlarni vakolatli davlat organlari, mansabdor shaxslar va nodavlat tashkilotlar vakillari bilan birgalikda tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi koʻrib chiqishi uchun qonunga muvofiq masalalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etish va sud tomonidan koʻrib chiqilayotgan barcha masalalar yuzasidan oʻz nuqtai nazarini bayon etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bola huquqlari sohasidagi vaziyatni monitoring qilish va murojaatlar koʻrib chiqish doirasida davlat organlari va tashkilotlar rahbarlariga bola huquqlari sohasidagi qonun hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlarida bola huquqlari va erkinliklari buzilganligi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tegishli organlarga iltimosnoma bilan kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunda nazarda tutilgan hollarda bolaning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi arizalar va daʼvolar bilan sudlarga murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda tiklash maqsadida sud jarayonlarida qonunda belgilangan hollar va shakllarda shaxsan yoki oʻz vakili orqali ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi oʻrtasida bola huquqlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha soʻrovnomalar oʻtkazish, shuningdek, bola huquqlari amalga oshirilishi toʻgʻrisida statistik maʼlumotlar yigʻish va maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bola huquqlari masalalari boʻyicha oʻquv dasturlari tayyorlashda ishtirok etish, uning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning dolzarb jihatlari yuzasidan oʻquv-seminarlar va treninglar tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bola huquqlarini himoya qilishga doir ekspert va ilmiy-tahliliy ishlarni amalga oshirish uchun ilmiy va boshqa tashkilotlarni, shuningdek, olimlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda, shu jumladan, shartnoma asosida jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar haqida gʻamxoʻrlik qilish va ularni himoya qilish uchun masʼul boʻlgan muassasalar, xizmatlar, organlarga, shu jumladan, taʼlim, tibbiyot muassasalari, qamoqda saqlash joylari va jazoni ijro etish muassasalariga muntazam ravishda va moneliksiz kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston fuqarosi hisoblangan va xorijiy davlat hududida boʻlgan bolaning huquqlarini himoya qilish uchun oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi kelishuvlarga va boshqa shartnomalarga muvofiq boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi, sud organlariga va ombudsmanlariga soʻrovnomalar yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatish, ularning aʼzoligiga kirish, shuningdek, boshqa davlatlar ombudsmanlari bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro anglashuv va hamkorlik toʻgʻrisida memorandum, kelishuvlar tuzish, qoʻshma dasturlar va loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, bola huquqlari masalalari yuzasidan xalqaro forumlarda muntazam ravishda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini monitoring qilish maqsadida Vakil huzurida Bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha jamoatchilik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash va himoya qilish sohasida davlat organlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimidagi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash holati hamda Vakil faoliyati yuzasidan jamoatchilikni xabardor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Kengash tarkibiga obroʻ-eʼtiborli fuqarolar, olimlar, ekspertlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda uch oy muddatda bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tajribani inobatga olgan holda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonunga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) hamda Vakilni davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadigan jismoniy va yuridik shaxslarning qatʼiy roʻyxatiga qoʻshish boʻyicha oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini belgilangan tartibda kiritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vakil 2020-yil 1-noyabrga qadar bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi holatni tanqidiy oʻrganish asosida mavjud muammolarni hal etish va sohani takomillashtirish boʻyicha takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyatini zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan alohida bino (xonalar) bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyati Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari hamda rasmiy statistik toʻplamlari, shu jumladan, ularning elektron shakllari majburiy ravishda yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 29-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4736-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 07/20/4736/0680-son)