Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.11.2024 27.08.2004 yildagi 669-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.11.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OLIY MAJLISNING INSON HUQUQLARI BO‘YICHA VAKILI (OMBUDSMAN) TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNIGA O‘ZGARTISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekistan Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi O‘RQ-1002-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 102-modda) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 27-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
669-II-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OLIY MAJLISNING INSON HUQUQLARI BO‘YICHA VAKILI (OMBUDSMAN) TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(yangi tahriri)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) huquqlarini, majburiyatlarini, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va kafolatlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) (bundan buyon matnda Vakil deb yuritiladi) mansabdor shaxs bo‘lib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar (bundan buyon matnda tashkilotlar va mansabdor shaxslar deb yuritiladi) tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini ta’minlash vakolatlari berilgan.
(1-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili instituti inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini to‘ldiradi. Vakil O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari to‘g‘risidagi qonunchiligini takomillashtirish va ularni xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, fuqarolarning inson huquqlari sohasidagi huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashadi.
(1-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Vakil faoliyatining huquqiy asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, boshqa qonunchilik hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga amal qiladi.
(2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe bo‘lmagan tarzda amalga oshiradi va u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobdordir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Vakilni saylash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan besh yil muddatga saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko‘rib chiqishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining Vakilni saylash to‘g‘risidagi qarori palatalarning majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senati a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida ko‘rib chiqilganidan keyin bu masala yuzasidan qabul qilingan uzil-kesil qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga qonunda belgilangan tartibda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil o‘zining vakolatlari muddati tugagach, yangi Vakil saylanguniga qadar o‘z vazifasini bajarishni davom ettirib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Vakil lavozimiga nomzodga qo‘yiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylanish kuni yigirma besh yoshga to‘lgan, kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi Vakil lavozimiga saylanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Vakil o‘rinbosari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan saylanadigan o‘rinbosari bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil o‘z lavozimidan muddatidan ilgari ozod qilingan taqdirda, Vakil o‘rinbosari uning vazifasini yangi Vakil saylanguniga qadar bajarib turadi va Vakil uchun belgilangan kafolatlar ana shu davrda unga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Vakil faoliyatining asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, adolatparvarlik, demokratizm, insonparvarlik, oshkoralik, har bir inson uchun ochiqlikdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Vakilning faoliyati to‘g‘risidagi hisobot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning faoliyati to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida har yili eshitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay, o‘z majlisida Vakilning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatida eshitish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning faoliyati to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo‘mitalari tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqiladi.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar Vakilga yuboriladi.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-441-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 916-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Vakil lavozimiga nomuvofiq bo‘lgan faoliyat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil siyosiy partiyaga a’zolikni yoki unda ishtirok etishni o‘z vakolatlari muddatiga to‘xtatib turishi yoxud tugatishi shart. Vakil ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Vakilni lavozimidan muddatidan ilgari ozod qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil lavozimdan quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan muddatidan ilgari ozod qilinishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida ariza bergan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning sog‘lig‘i holati barqaror tarzda buzilgan va bu tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan guvohnoma bilan tasdiqlangan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u qonunga ko‘ra Vakil faoliyatiga nomuvofiq bo‘lgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Vakil tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqadi. Vakil shikoyatlarni ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda, arizalar va takliflarni alohida qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi va u o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil uchinchi shaxslarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining muayyan bir kishining yoki bir guruh shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun, basharti ularning bunga roziligi bo‘lsa, qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatlar og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil qabul jadvallariga muvofiq jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabulini, shuningdek jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullarini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvallari, qabulni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish to‘g‘risidagi axborot, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi Vakilning rasmiy veb-saytida e’lon qilish, shuningdek uning ma’muriy binosida hamma kirishi mumkin bo‘lgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil sudning vakolat doirasiga kiradigan masalalarni ko‘rib chiqmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Anonim murojaatlar Vakil tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-441-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 916-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Vakil tomonidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil arz qiluvchiga o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ma’lum bo‘lib qolgan paytdan e’tiboran yoki arz qiluvchi, agar u huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning boshqa vositalaridan foydalangan hamda qabul qilingan qarorlardan qanoatlanmagan bo‘lsa, o‘z shikoyati bo‘yicha qabul qilingan oxirgi qarordan xabar topgan paytdan e’tiboran bir yil davomida berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqadi.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-441-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 916-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyat berishning uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati Vakil tomonidan tiklanishi mumkin.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-441-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 916-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Vakilga beriladigan shikoyatlarga qo‘yiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilga berilgan shikoyatda arz qiluvchining familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shikoyat nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan berilgan taqdirda esa, uning to‘liq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatda qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilotning nomi, mansabdor shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi) ko‘rsatiladi, arz qiluvchining fikricha, uning huquqlarini buzgan qarorlarning, harakatlarning yoki harakatsizlikning mohiyati bayon etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatlar davlat tilida yoki boshqa tillarda berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma shikoyat arz qiluvchining imzosi yoki nodavlat notijorat tashkilotining vakolatli shaxsi imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Yozma shikoyatni arz qiluvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, shikoyat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron shaklda berilgan shikoyat qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmaganlar, muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab shikoyatlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ularning qonuniy vakillari tomonidan berilishi mumkin.
(12-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lganda yoki himoyaning huquqiy vositalaridan mustaqil ravishda foydalanishga layoqatsiz shaxslarni himoya qilish uchun o‘z tashabbusi bilan faktlar tekshiruvini o‘tkazishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyat bo‘yicha ilgari qabul qilingan mavjud qarorlar yoki ularning ko‘chirma nusxalari, shuningdek uni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar shikoyatga ilova qilinishi mumkin bo‘lib, mazkur hujjatlar qaytarilmaydi, arz qiluvchi ularni qaytarish haqida yozma ariza bergan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arz qiluvchilar va ularning vakillari shikoyatni u ko‘rib chiqilguniga qadar va ko‘rib chiqilayotgan paytda shikoyat yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron shaklda ariza berish orqali qaytarib olishi mumkin. Shikoyatni qaytarib olish to‘g‘risidagi ariza qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha Vakil tomonidan choralar ko‘rilishini istisno etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilga berilgan shikoyat uchun davlat boji undirilmaydi.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-441-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 916-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Vakilning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyatni ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arz qiluvchi o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan vositalar va shakllarni ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyatni uning mohiyatiga ko‘ra hal qilishga vakolatli bo‘lgan tashkilot yoki mansabdor shaxsga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arz qiluvchini uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sababini albatta ko‘rsatgan holda shikoyatni ko‘rib chiqishni rad etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa chora-tadbirlarni ko‘rish.
(13-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Vakilning shikoyatlarni ko‘rib chiqish chog‘idagi huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil shikoyatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirish chog‘ida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlarni tekshirishda ko‘maklashishni so‘rab tashkilotlar va mansabdor shaxslarga murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlarni tekshirish uchun tashkilotlarning vakillarini va mansabdor shaxslarni taklif etish. Tekshirishni harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat berilgan tashkilotga yoxud mansabdor shaxsga topshirish mumkin emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlarga va mansabdor shaxslar huzuriga moneliksiz kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar va mansabdor shaxslardan hujjatlar, materiallar va boshqa ma’lumotlarni so‘rash hamda olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslardan tushuntirishlar olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlanishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan tashkilotlar va mutaxassislarga xulosalar tayyorlashni topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan tashkilotlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan o‘tkazilayotgan tekshirishlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlab turilgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxs bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
(14-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlarida inson huquqlari va erkinliklari buzilganligi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida tegishli organlarga iltimosnoma bilan kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar manfaatlarini ko‘zlab arizalar va da’volar bilan sudlarga davlat boji to‘lamasdan murojaat etish.
(14-moddaning birinchi qismi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-441-sonli Qonuniga asosan o‘ninchi, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 916-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini tekshirayotganda ma’lum bo‘lib qolgan, arz qiluvchining va boshqa shaxslarning shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlar ularning roziligisiz oshkor qilinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
141-modda. Ushlab turilgan va qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning Vakilga murojaat etishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilgan va qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar (bundan buyon matnda qamoqda turgan shaxslar deb yuritiladi) yozma shakldagi murojaatlarni (xatlar va telegrammalarni) ularning soni cheklanmagan holda Vakilning nomiga yuborish huquqiga ega. Vakil nomiga yuboriladigan murojaatlar senzura qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish muassasalarining, qamoqda saqlash joylarining va maxsus qabulxonalarning (bundan buyon matnda qamoqda saqlash joylari deb yuritiladi) ma’muriyati qamoqda turgan shaxslarning murojaatlarini Vakilga yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay, muhrlangan tarzda yuboradi, telegrammalarni esa darhol yuboradi. Vakilning javobi ko‘zdan kechirilishi mumkin emas va arz qiluvchiga zudlik bilan yetkazib beriladi.
(141-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-martdagi O‘RQ-530-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2019-y., 03/19/530/2769-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil shikoyatlar ko‘rib chiqilayotganda, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirayotganda qamoqda saqlash joylariga moneliksiz kirish huquqiga ega. Mazkur muassasalarning ma’muriyati Vakilning xavfsizligini ta’minlaydi.
(141-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-martdagi O‘RQ-530-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2019-y., 03/19/530/2769-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlash joylarining ma’muriyati Vakilga qamoqda turgan shaxslar bilan moneliksiz va xoli uchrashish hamda suhbatlashish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashi shart, uchrashuv va suhbat ushbu muassasalar xodimlari ularni ko‘rib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda xoli o‘tkaziladi.
(141-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-martdagi O‘RQ-530-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2019-y., 03/19/530/2769-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Vakilning faoliyatiga ko‘maklashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mansabdor shaxslar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligiga taalluqli, Vakil so‘ragan hujjatlar, materiallar hamda boshqa ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil o‘z faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha davlat organlarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan darhol qabul qilinish huquqidan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyati davlat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlar bilan bog‘liq tashkilotlar, muassasalar va korxonalarga Vakilning kirishi tartibi, shuningdek davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni Vakilga taqdim etish O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning faoliyatiga to‘sqinlik qilish belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
(15-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-441-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 916-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Vakilning shikoyatni tekshirish natijalaridan kelib chiqadigan majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil shikoyatni tekshirish natijalariga binoan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arz qiluvchiga ko‘rib chiqish natijalarini ma’lum qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlari yoki harakatsizligida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi aniqlangan tashkilot yoki mansabdor shaxsga buzilgan huquqlarni tiklash yuzasidan tavsiyalar bo‘lgan o‘z xulosasini yuborishi shart. Bunda Vakilning xulosasini olgan tashkilot yoki mansabdor shaxs uni ko‘rib chiqishi va bir oydan kechiktirmay asoslantirilgan javob yuborishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Vakilning xulosasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning xulosasida quyidagi tavsiyalar nazarda tutilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish tashkilot yoki mansabdor shaxs tomonidan oxiriga yetkazilishi zarurligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot yoki mansabdor shaxsning qarori o‘zgartirilishi yoxud bekor qilinishi kerakligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot yoki mansabdor shaxsning qarori asoslanishi zarurligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot yoki mansabdor shaxs qo‘shimcha qaror qabul qilishi lozimligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning xulosasida boshqa tavsiyalar ham bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Vakilning daxlsizlik huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil daxlsizlik huquqidan foydalanadi va u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilni majburiy keltirishga, ushlab turishga, shuningdek uning shaxsiy buyumlari, yuki, transporti, turar joyi va xizmat xonasini ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-441-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 916-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Vakil tomonidan shikoyatlar ko‘rib chiqilayotganda inson huquqlari himoya qilinishining kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilga shikoyat bergan shaxs, shuningdek Vakil tomonidan axborot to‘plash va uni tahlil etish yoki ekspert bahosi berish topshirilgan shaxslar bunday harakat uchun ta’qib qilinishi yoki huquqlari boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil tomonidan shikoyatlar ko‘rib chiqilayotganda jismoniy shaxsning jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyiga, shuningdek yuridik shaxslarning mulk shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), tashkiliy-huquqiy shakllari va boshqa holatlarga qarab kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-963-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan uning faoliyatiga ko‘maklashish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Kengashlari tomonidan Vakil raisligida Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibi nodavlat notijorat tashkilotlarining, ommaviy axborot vositalarining vakillari, inson huquqlari va erkinliklari sohasida kasbiy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan olimlar jumlasidan tuziladi. Komissiya tarkibiga ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakillari ham maslahat ovozi huquqi bilan kirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil Komissiya a’zosini o‘z vakili etib tayinlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya o‘z vakolatlari muddati tugagach, yangi Vakil saylanguniga qadar o‘z vakolatlarini bajarishni davom ettirib turadi.
(20-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-441-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 916-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
201-modda. Vakilning qonunchilikni takomillashtirishga doir faoliyati
(201-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil o‘z faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari ko‘rib chiqishi uchun qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish, qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarda ishtirok etishi yuzasidan takliflar kiritishga haqlidir.
(201-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etishi, loyihalarning huquqiy ekspertizasini o‘tkazishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida ishtirok etishi hamda muhokama etilayotgan qonun loyihalari bo‘yicha takliflar va mulohazalar kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.
(201-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
202-modda. Vakilning inson huquqlari va erkinliklari sohasida fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil fuqarolarning inson huquqlari va erkinliklari sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari va xalqaro shartnomalari, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari hamda normalari to‘g‘risidagi bilimi va xabardorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vositalari, usullari va mexanizmlariga o‘qitishga qaratilgan ma’rifiy va ta’lim dasturlarini, ilmiy-amaliy tadbirlar hamda seminarlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
203-modda. Vakilning inson huquqlari va erkinliklari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga doir faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirishga, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xorijiy institutlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalari bajarilishi to‘g‘risida inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy institutlarning xabardorligini oshirishga ko‘maklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalarning bajarilishiga doir ma’ruzalarini tayyorlashda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
204-modda. Vakilning parlament nazoratining boshqa subyektlari bilan hamkorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusiga ko‘ra tekshirish bilan bog‘liq materiallarni har chorakda umumlashtirib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq materiallarni umumlashtirish hamda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlari buzilishiga olib keluvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash natijalariga ko‘ra davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillarining axborotini eshitish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi taklif bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalariga murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining parlament nazoratini amalga oshirishga doir tadbirlarida ishtirok etishga, ularga ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan materiallar taqdim etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga doir ayrim masalalar yuzasidan ma’ruza kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
205-modda. Vakilning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan hamkorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi ko‘rib chiqishi uchun qonunga muvofiq masalalar kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etishi mumkin va sud tomonidan ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar yuzasidan o‘z nuqtai nazarini bayon etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
206-modda. Vakilning nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq va hududiy dasturlarni, shuningdek inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining Vakil tomonidan shakllantiriladigan ishchi va ekspert guruhlari, komissiyalar va boshqa jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlar yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil inson huquqlari va erkinliklari sohasida mavjud materiallar to‘g‘risida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan axborot almashuvini qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(206-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazishi, shuningdek ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bitimlar va shartnomalar tuzishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
207-modda. Vakil faoliyatining ochiqligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil manfaatdor shaxslarning, shuningdek ommaviy axborot vositalarining Vakil faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishini ta’minlaydi.
(207-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni Vakilning rasmiy veb-saytida joylashtiradi va yangilab turadi, Vakilning yillik hisobotini, inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalarning bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining ma’ruzalarini va boshqa materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil o‘z matbuot organini ta’sis etishi va boshqa matbuot nashrlarining hammuassisi bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
208-modda. Vakilning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil Komissiya a’zolari orasidan o‘zining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakilini (bundan buyon matnda Vakilning mintaqaviy vakili deb yuritiladi) tayinlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning mintaqaviy vakili quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli mintaqada yashovchi jismoniy shaxslarning yoki tegishli mintaqada joylashgan nodavlat notijorat tashkilotlarining murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashda ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga aniqlashtirilishi lozim bo‘lgan holatlar yuzasidan tekshiruv o‘tkazishda ko‘maklashishni so‘rab murojaat qilish, shuningdek ulardan ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha hujjatlar, materiallar va boshqa ma’lumotlarni so‘rash hamda olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni himoya qilish sohasida axborot-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning mintaqaviy vakili:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z faoliyati to‘g‘risida har chorakda Vakilga axborot taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arz qiluvchining shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek shikoyatlarni tekshirishga doir axborotni Vakilning ruxsatisiz va roziligisiz oshkor etmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning mintaqaviy vakili qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(208-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari Vakilning mintaqaviy vakili faoliyatiga ko‘maklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning mintaqaviy vakili inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir faoliyati to‘g‘risida har yili tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning mintaqaviy vakiliga Vakil tomonidan imzolanadigan guvohnoma beriladi.
(201 — 208-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-441-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 916-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
209-modda. Vakilning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olish bo‘yicha faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil qamoqda saqlash joylariga muntazam kirib turish orqali qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil qamoqda saqlash joylariga kirganida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda turgan shaxslarning soni haqida axborot oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda turgan shaxslarni saqlash va ular bilan muomalada bo‘lish sharoitlarini o‘rganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda turgan shaxslar bilan, shuningdek qamoqda saqlash joylari ma’muriyatining xodimlari bilan uchrashuvlar va suhbatlar, shu jumladan xoli uchrashuvlar va suhbatlar o‘tkazadi. Bunda mazkur uchrashuvlar va suhbatlar jarayoni borishining bayonnomasi yuritiladi, zarur bo‘lganda texnika vositalaridan foydalaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning qamoqda turishining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishadi va ularning ko‘chirma nusxalarini oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda saqlash joylarining ma’muriyatidan qamoqda turgan shaxsni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishni, unga tibbiy, psixologik va boshqa yordam ko‘rsatilishini talab qiladi, mazkur tadbirlar o‘tkazilayotganda ushbu shaxsning roziligi bilan hozir bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda saqlash joylarining ma’muriyati rahbarlaridan qamoqda turgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda saqlash joylari ma’muriyatining g‘ayriqonuniy harakatlariga (harakatsizligiga) chek qo‘yish uchun zudlik bilan choralar ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda turgan shaxslarni saqlash sharoitlari to‘g‘risida xulosa tuzadi va uni tegishli tashkilotlarga yoki mansabdor shaxslarga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat organlariga ularning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olishga doir faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil shaxslar turgan, o‘z ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan boshqa joylarda ham qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olish bo‘yicha mazkur moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan choralarni ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olish bo‘yicha faoliyatiga ko‘maklashish uchun Vakil tomonidan ekspert guruhi tuziladi. Ekspert guruhi to‘g‘risidagi nizom Vakil tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert guruhining tarkibi nodavlat notijorat tashkilotlarining, qoida tariqasida, yurisprudensiya, tibbiyot, psixologiya, pedagogika sohasida, shuningdek boshqa sohalarda kasbiy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘lgan vakillari orasidan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil ekspert guruhi a’zolarining qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olishga doir vazifalarini belgilaydi, shuningdek ularga qamoqda saqlash joylariga va shaxslar turgan, o‘z ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan boshqa joylarga moneliksiz kirish huquqini beruvchi maxsus yo‘llanmalar beradi. Maxsus yo‘llanma Vakil Kotibiyatining xodimlariga ham beriladi.
(209-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-martdagi O‘RQ-530-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2019-y., 03/19/530/2769-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Vakilning Kotibiyati hamda Vakil faoliyatining moddiy-texnika ta’minoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning faoliyatini ta’minlash uchun Kotibiyat tuziladi, mazkur Kotibiyat haqidagi nizom Vakil tomonidan tasdiqlanadi. Vakilning Kotibiyati yuridik shaxs hisoblanadi.
(21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-martdagi O‘RQ-530-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2019-y., 03/19/530/2769-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat tuzilmasida Vakilning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olish bo‘yicha faoliyatiga ko‘maklashuvchi sektor tuziladi.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-martdagi O‘RQ-530-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2019-y., 03/19/530/2769-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan o‘z muhri bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil faoliyatining moddiy va boshqa ta’minoti O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi hamda unda alohida satrda nazarda tutiladi.
(21-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-441-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 916-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Vakil to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 38-39-son, 420-modda; 2017-y., 35-son, 916-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2019-y., 03/19/530/2769-son, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)