1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda onalik va bolalikni qoʻllab-quvvatlash, bolalarning maʼnaviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi talablariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularning barkamol avlod boʻlib yetishishini taʼminlash borasidagi faoliyatning institutsional va huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish zarurati tobora ortib bormoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya talablarini har tomonlama hayotga tatbiq etish, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutilgan bolalarning huquqlarini amalda kafolatlash, ularning jismoniy, intellektual, ruhiy va maʼnaviy yetuk avlod boʻlib yetishishini taʼminlash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarga munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi oʻzlari yashab turgan turar joylarni ular “Mehribonlik” uylariga joylashtirilgan, vasiylik yoki homiylik organining roziligiga koʻra vasiylikka yoki homiylikka oluvchi bilan birga yashayotgan butun vaqt mobaynida, oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar bronlashtirish huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning roʻyxatda turish joyi va fuqaroligidan qatʼi nazar, ularga barcha ijtimoiy xizmatlar koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning davlat organlariga bevosita qilgan murojaatlarini toʻliq koʻrib chiqish kafolatlanadi va bola toʻliq muomala layoqatiga ega emasligi vajlari bilan bu turdagi murojaatlarni koʻrmasdan qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga aliment toʻlash haqida ota-ona oʻrtasida kelishuv boʻlmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda toʻlanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish toʻgʻrisida sudga murojaat qilmagan hollarda 14 yoshga toʻlgan bola oʻzining taʼminoti uchun ota yoki onadan yoxud ota-onasi bilan birga yashamayotgan boʻlsa, bir vaqtning oʻzida ota-onaning har ikkalasidan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatishga haqli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni himoya qilish maqsadida sudlarga ariza bilan murojaat qilgan daʼvogar davlat boji va boshqa toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.05.00 Huquq va erkinlikning kafolati va himoyasi. Ombudsman]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va keng jamoatchilikning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari — Bola huquqlari boʻyicha vakil lavozimini joriy etish va Kotibiyat tuzilmasida bola huquqlarini taʼminlash faoliyatiga koʻmaklashuvchi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 2 nafardan iborat sektor tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-sentabrdan Oʻzbekiston Respublikasida erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshini oʻn sakkiz yosh etib belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida oilaviy munosabatlarni tartibga solishga oid tegishli normalar boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari tamoyillari va umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq tamoyillariga zid boʻlmagan mahalliy urf-odat va anʼanalar qoʻllanilishi haqidagi takliflari maʼqullansin.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.04.00.00 Ota-onalar va bolalarning hamda boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlari. Aliment majburiyatlari / 04.04.03.00 Bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, oilada bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda, shuningdek, har qanday sud muhokamasi yoki maʼmuriy muhokama davrida bola oʻz fikrini ifoda qilishga haqlidir. Bunda qaror qabul qilishga vakolatli organlar (shaxslar) bolaning manfaatiga taalluqli masalani hal qilishda oqilona va mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bolaning fikrini, uning yoshidan qatʼi nazar, jiddiy omil sifatida koʻrib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlarini nazarda tutuvchi qarorni qabul qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi va Oliy sudi uch oy muddatda bolaning oqilona va mustaqil fikrlash qobiliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsni, agar uning ota-onasidan biri, vasiylikka yoki homiylikka olgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy asosga koʻra yashash huquqiga ega boʻlsa, quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzgan, yaʼni Oʻzbekistonda yashash huquqini beruvchi hujjatlarsiz yoki haqiqiy boʻlmagan hujjatlar bilan yashagan, yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish, koʻchish yoki turar joy tanlash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etmagan, boʻlish muddati tugagach chiqib ketishdan boʻyin tovlagan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit tarzda oʻtish tartibiga rioya qilmagan hollarda;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etgan jinoyati uchun sud tomonidan belgilangan jazo ijro etib boʻlingan yoki oʻtab boʻlinganidan keyin yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan hollarda.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining beshinchi boʻlimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mehribonlik uylari, kichik hajmli bolalar uylari, bolalar shaharchalari, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylarining bitiruvchilari boʻlgan, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar hamda ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi, bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi sababli ota-ona yoki yolgʻiz ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, shuningdek, topib olingan (tashlab ketilgan) ota-onasi nomaʼlum boʻlgan bolalar hamda nikohda boʻlmagan onaning (yolgʻiz onaning) vafot etganligi natijasida boquvchisiz qolgan bolalar (yigirma besh yoshga toʻlganlar bundan mustasno) uchun oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga qoʻshimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari ajratiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi ikki oy muddatda ilovaga muvofiq onalik va bolalikka oid statistik maʼlumotlarni “stat.uz” veb-saytiga joylashtirishni va maʼlumotlarni doimiy ravishda yangilab borishni taʼminlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda FHDY organlari bilan tugʻilish va oʻlim toʻgʻrisida elektron maʼlumotlar almashish tizimining toʻliq ishlashini taʼminlashga hamda muassasalarga optik tolali aloqa tarmogʻini oʻrnatishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin hamda yil yakuniga qadar mazkur tizimning toʻliq joriy etilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.05.00 Huquq va erkinlikning kafolati va himoyasi. Ombudsman]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonunga ushbu qarordan kelib chiqadigan hamda uning faoliyatini yanada takomillashtirishga va jamoatchilikning keng ishtirok etishini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirishlarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini belgilangan tartibda kiritish tavsiya etilsin.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.04.00.00 Ota-onalar va bolalarning hamda boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlari. Aliment majburiyatlari / 04.04.02.00 Voyaga etmagan bolalarning shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlari;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik;
3.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi 2019-yil 1-sentabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz va Adliya vazirligi bilan birgalikda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-huquqiy maqomi hamda bunday bolalarni tarbiyalash uchun joylashtirish shakllari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farzandlikka oluvchi oilalarni tayyorlash va ularga koʻmaklashish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarning ijtimoiy himoyasi, mulkiy va nomulkiy huquqlarining kafolatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarning huquqiy yordam olish va sud himoyasida boʻlish huquqlarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar “Mehribonlik” uylari va internatlarni oʻqib tugatganidan keyin ularning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Adliya vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarga munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi oʻzlari yashab turgan turar joylarni ular “Mehribonlik” uylariga joylashtirilgan, vasiylik yoki homiylik organining roziligiga koʻra vasiylikka yoki homiylikka oluvchi bilan birga yashayotgan butun vaqt mobaynida, oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar bronlashtirish tartibini belgilovchi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda bolalar uylari, nogiron bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari, sil kasalligiga qarshi bolalar sanatoriysi, “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va maktabgacha taʼlim muassasalarida suiisteʼmolchiliklarning oldini olish va qonuniylikni taʼminlashga qaratilgan jamoat nazoratini oʻrnatishni nazarda tutuvchi amaliy mexanizmni joriy qilishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz bilan birgalikda uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaga nisbatan ishlatiladigan tazyiq va zoʻravonliklar turlari hamda uning oldini olishga oid choralarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudgacha va sud jarayonida jinoyat protsessi ishtirokchisi boʻlgan bolalarni himoya qilishga qaratilgan qoʻshimcha kafolatlarni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarni huquqbuzarlik sodir etganligi uchun profilaktik hisobga olish oʻrniga, ularning jamiyatga moslashuvini taʼminlovchi mexanizmlarni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxsni yollanma sifatida jalb etish, oʻqitish, moliyalashtirish yoki unga boshqa moddiy taʼminot berish, xuddi shuningdek undan harbiy toʻqnashuv yoki harbiy harakatlarda foydalanish jinoyati uchun javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi normalar bilan toʻldirishni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining odam savdosi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 135-moddasini Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasiga doir Fakultativ protokolga (2000-yil 25-may, Nyu-York) implementatsiya qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda xodimlarning oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar bilan ishlashi boʻyicha metodik qoʻllanma ishlab chiqsin hamda oʻz xodimlarining malakasini tizimli ravishda oshirib borsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura, Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda vasiylik va homiylik organlari tizimini qayta koʻrib chiqib, ularning maqomini belgilash hamda faoliyatini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning huquqiy munosabatlar subyekti sifatida qatnashishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida qonun hujjatlaridagi “voyaga yetmagan” va “bola” kabi tushunchalarni birxillashtirish yuzasidan oʻzgartish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasining oʻttiz yilligini keng nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Bolalar huquqlarini himoya qilish va ularga qulay shart-sharoit yaratishga oid milliy harakatlar dasturini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha idoralararo komissiya (O.B. Murodov) hamda Jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha idoralararo ekspert guruhi (A.Yu. Mavlonov) bir oy muddatda tegishli kodekslar ishlab chiqilishida foydalanish va milliy qonunchilikni takomillashtirish maqsadida yuvenal adliya tizimini joriy etish boʻyicha konsepsiya loyihasini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda mehnat qonunchiligiga koʻra ishga kirish huquqiga ega boʻlgan bolalarning mehnatidan foydalanishda ularning huquqlari kafolatlanishini taʼminlovchi qoidalarni keng jamoatchilik oʻrtasida targʻib qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.A. Abduhakimov va T.K. Narbayeva zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 22-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4296-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi PQ-4296-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“stat.uz” veb-saytiga joylashtirilishi lozim boʻlgan minimal koʻrsatkichlar va boshqa maʼlumotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Koʻrsatkichlar nomlanishi
Maʼlumotlarni shakllantirish uchun masʼul organ
1.
Besh yoshga toʻlmagan bolalar oʻlimi soni (nafar kishi).
Milliy statistika qoʻmitasi
2.
Tugʻilishda kutilayotgan umr davomiyligi.
Milliy statistika qoʻmitasi
3.
Onalar oʻlimi koeffitsiyenti (100 000 tirik tugʻilganga nisbatan).
Sogʻliqni saqlash vazirligi
4.
Vazn ogʻirligi yetishmasligi mavjud besh yoshgacha boʻlgan bolalar ulushi (%).
Sogʻliqni saqlash vazirligi
5.
Immunizatsiya bilan qamrab olingan bolalar ulushi (%).
Sogʻliqni saqlash vazirligi
6.
Shahar va qishloqlar kesimida sifati yaxshilangan ichimlik suvidan foydalanayotgan aholi foizi.
Milliy statistika qoʻmitasi
7.
Qiz bolalarning maktabda taʼlim olish davomiyligi.
Xalq taʼlimi vazirligi
8.
Oʻgʻil bolalarning maktabda taʼlim olish davomiyligi.
Xalq taʼlimi vazirligi
9.
Taʼlim sohasida gender paritet indeksi.
Xalq taʼlimi vazirligi
10.
Bolalar mehnati (18 yoshga toʻlmagan shaxs).
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
11.
Oʻsmirlik davrida tugʻish soni.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
12.
Tugʻilishi bilan roʻyxatga olingan bolalar foizi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
13.
Bolalar (18 yoshga toʻlmagan shaxs) orasida jinoyatlarni profilaktika qilish boʻyicha koʻrilgan choralar soni.
Ichki ishlar vazirligi
14.
Bolalar (18 yoshga toʻlmagan shaxs) tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni va xususiyatlari.
Ichki ishlar vazirligi
15.
Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan bolalar (18 yoshga toʻlmagan shaxs) soni.
Oliy sud
16.
Odil sudlov tizimiga kirmaydigan taʼsir choralari koʻrilgan bolalar (18 yoshga toʻlmagan shaxs) soni.
Ichki ishlar vazirligi
17.
Sudlangan bolalar (18 yoshga toʻlmagan shaxs) soni.
Oliy sud
18.
Bolalarga (18 yoshga toʻlmagan shaxs) nisbatan qoʻllanilgan jazo choralari xususiyati.
Oliy sud
19.
Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirilgan bolalar (18 yoshga toʻlmagan shaxs) soni.
Xalq taʼlimi vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: “stat.uz” veb-saytiga joylashtirilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi taqdim qilinadi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 07/19/4296/3001-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son; 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)