26.05.2020 yildagi PQ-4730-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.05.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6000-son Farmoniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Madaniyat vazirligi) faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Axborot va kompyuter texnologiyalari markazi” davlat muassasasi “Yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash va axborot-multimedia markazi” davlat muassasasi etib qayta nomlansin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va sanʼat koʻrgazmasi hamda Yoshlar madaniyat va sanʼat markazi tugatilsin, ularning budjetdan moliyalashtiriladigan shtat birliklari, balansida boʻlgan binolar hamda boshqa moddiy-texnika vositalari Madaniyat vazirligiga oʻtkazilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) va uning barcha hududiy boshqarmalari tuzilmasida tegishlicha yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Badiiy ekspertiza boshqarmasi hamda badiiy ekspertiza boʻlimlari tashkil etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertiza boshqarmasi, uning hududiy boʻlimlari tugatilsin, ularning mavjud shtat birliklari hamda mol-mulklari moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda tegishlicha Departament hamda uning hududiy boshqarmalariga, pul mablagʻlari esa — Departamentning budjetdan tashqari Madaniy meros jamgʻarmasiga oʻtkazilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat vazirligi huzuridagi “Madaniy meros taʼmirlash-tiklash” davlat unitar korxonasi hamda Departament huzuridagi “Meros chashmasi” davlat unitar korxonasi tugatilsin, ularga xoʻjalik yuritish, operativ boshqaruv va doimiy foydalanish huquqi bilan tegishli boʻlgan binolar hamda boshqa moddiy-texnika vositalari belgilangan tartibda Madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutiga oʻtkazilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi xizmatining nomi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi etib qayta nomlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Guliston”, “Teatr” va “Moziydan sado” jurnallari tahririyatlari yagona tahririyatga birlashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”, “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”, “Muzeylar toʻgʻrisida”, “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunlarida Madaniyat vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifa, funksiya hamda vakolatlar Departament va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament va uning hududiy boshqarmalari faoliyati 2021-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Madaniyat vazirligi 2020-yil oxiriga qadar Departament va uning hududiy boshqarmalariga operativ boshqaruv huquqi bilan berilgan moddiy madaniy merosning barcha koʻchmas mulk obyektlarini tegishli hududiy madaniyat boshqarmalari va muzey-qoʻriqxonalarga operativ boshqaruv huquqi bilan oʻtkazilishini taʼminlasin, Departament va uning hududiy boshqarmalari joylashtirilgan binolar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Moddiy madaniy meros obyektlariga egalik qiluvchi va ulardan foydalanuvchi davlat organlari va boshqa yuridik shaxslar rahbarlari hamda jismoniy shaxslar zimmasiga moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament va uning tegishli hududiy boshqarmalari tegishincha tugatilayotgan Badiiy ekspertiza boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlarining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament va uning hududiy boshqarmalari tarkibidagi Badiiy ekspertiza boshqarmasi va badiiy ekspertiza boʻlimlari boshliqlari oʻz lavozimiga koʻra tegishincha Departament va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament va uning hududiy boshqarmalari tarkibidagi Badiiy ekspertiza boshqarmasi va badiiy ekspertiza boʻlimlarining shtat birliklari tugatilayotgan Badiiy ekspertiza boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlarining shtat birliklari hamda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha shtat birliklarini ajratish orqali shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan oʻtkazganlik uchun maxsus yigʻimlar Departamentning Madaniy meros jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutiga (keyingi oʻrinlarda — Institut) qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda, arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish, geodeziya va kartografiya faoliyati, moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyat turlarini tegishli litsenziyalarni olmasdan amalga oshirish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarida nazarda tutilgan mablagʻlar, oʻz faoliyatidan olgan mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut tugatilayotgan “Madaniy meros taʼmirlash-tiklash” va “Meros chashmasi” davlat unitar korxonalarining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha vorisi hisoblanadi, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari boʻyicha majburiyatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi mavjud shtat birliklari va moddiy-texnika bazasi bilan toʻliq hajmda, moliyalashtirish, mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda Madaniyat vazirligi tizimiga oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat vazirligi 2020-yil 1-sentabrga qadar Madaniyat vazirligi huzuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv xodimlari cheklangan soni 81 kishidan iborat Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy madaniyat organlari xodimlarining cheklangan soni 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziriga xodimlarning umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi doirasida hududiy madaniyat organlari tuzilmalarini tasdiqlash, shuningdek, zarur hollarda, ushbu tuzilmalar hamda vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandga muvofiq Madaniyat vazirligi va hududiy madaniyat organlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha 51 ta shtat birliklari Madaniyat va sanʼat koʻrgazmasining tugatilishi hamda Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlarning qayta tashkil etilishi hisobiga boʻshaydigan shtat birliklari hisobidan ajratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash 4-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6000-son Farmonida belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq hajmda va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” hamda mazkur qarorning ijrosini taʼminlashda masʼul vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali tashkil etish hamda muvofiqlashtirish, aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur bandda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining doimiy monitoringi va tahlilini olib borish hamda ularning natijalari yuzasidan har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot va asoslantirilgan takliflar kiritib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Madaniyat vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri oʻrinbosarlarining ular masʼul boʻlgan aniq yoʻnalish va vazifalarni nazarda tutuvchi funksional vazifalarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy madaniyat boshqarmalari tuzilmalarida xodimlarning mazkur qaror bilan belgilangan cheklangan soni doirasida moddiy madaniy meros obyektlaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish boʻlimlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, Madaniyat vazirligi markaziy apparati va yangi tuzilgan boʻlinmalarni zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini yuqori professional darajada taʼminlashga qodir boʻlgan malakali mutaxassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan konsert-tomosha xizmatlarining tariflarini shakllantirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament faoliyatini takomillashtirish va barqaror ravishda moliyalashtirish, xodimlari mehnatini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish, shu jumladan ularga xizmat qilgan umumiy ish staji, ilmiy unvon va darajaga ega boʻlgani uchun ustamalar belgilash, moddiy-texnika bazasini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy boyliklarni realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi qaror loyihalarini kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) uch oy muddatda Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga madaniyat va sanʼat muassasalarida Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda Ommaviy tashrif buyuriladigan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari va muzeylar roʻyxatini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-iyulga qadar oʻz tizimidagi teatrlarning kirib-chiqish joylarida teatrlarning oʻz mablagʻlari va Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda tadbirkorlik subyektlarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilinadigan mablagʻlari hisobiga elektron turniketlar yoki tashrif buyuruvchilarni avtomatik hisobga olishga moʻljallangan boshqa moslamalar oʻrnatilishi va ularning Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatchilari uchun mehnatga haq toʻlashning yagona tizimi joriy etilguniga qadar Madaniyat vazirligi, hududiy madaniyat boshqarmalari, tuman va shahar madaniyat boʻlimlari xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ushbu xarajatlar uchun Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirishning quyidagi turlari joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp yillik mehnati uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda qoʻshimcha pul toʻlash: 2 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan ortiq — 0,4;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar faoliyatining natijadorligiga koʻra ish beruvchining alohida buyrugʻi bilan oʻrnatiladigan, lavozim maoshidan (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) 100 foizgacha boʻlgan miqdorda har oylik shaxsiy ustama;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oylik oziq-ovqat uchun xarajatlarni qoplash boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida toʻlovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oylik yoʻlkira uchun xarajatlarni qoplash boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlovlar, xizmat avtotransporti biriktirilgan xodimlardan tashqari.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni koʻzda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-sentabrdagi “Toshkent shahrida barpo etilgan madaniyat va sanʼat koʻrgazmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-467-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Madaniyat vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 26-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4730-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi markaziy apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Maʼmuriy boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 81 nafar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy madaniyat organlari xodimlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
cheklangan soni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni

shu jumladan:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi,
viloyat madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasida

Tumanlar (shaharlar) madaniyat boʻlimlarida

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

76

16

60

2.

Andijon viloyati

77

13

64

3.

Buxoro viloyati

65

13

52

4.

Jizzax viloyati

65

13

52

5.

Qashqadaryo viloyati

70

14

56

6.

Navoiy viloyati

53

13

40

7.

Namangan viloyati

61

13

48

8.

Samarqand viloyati

78

14

64

9.

Sirdaryo viloyati

57

13

44

10.

Surxondaryo viloyati

69

13

56

11.

Toshkent viloyati

86

14

72

12.

Fargʻona viloyati

90

14

76

13.

Xorazm viloyati

58

14

44

14.

Toshkent shahri

60

16

44

Jami:

965

193

772

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

B.A. Musayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi

O.A. Nazarbekov

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari

R.T. Mamatov

Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri

A.V. Shin

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri

Sh.X. Shermatov

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri

I.U. Majidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri

N.F. Arziyev

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

Sh.Sh. Sharaxmetov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

K.B. Akilova

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining oʻrinbosari — Madaniy meros departamenti boshligʻi

A.U. Akkulov

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

F.F. Abduxolikov

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori

D.M. Saidjonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

S.N. Babaxodjayev

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori

B.S. Yuldashev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti

A.V. Nuridinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi direktori

S.S. Sayidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

R. Abdullayev

Oʻzbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi raisi

Yo. Axmedov

Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasi raisi

lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari

lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlashtiruvchi kengash ishiga kelishilgan holda boshqa vazirliklar, idoralar, xoʻjalik jamiyatlari va fuqarolik jamiyati institutlari rahbarlari va mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-son qaroriga 35-ilovaning rus tilidagi matnidagi izohning 1-bandi “detey iz maloobespechennix semey” soʻzlaridan keyin “i detey s ogranichennimi vozmojnostyami” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2778-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi-toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi-toʻrtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazining tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziriga, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazining tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 1 — 6 va 8-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3219-son qarorining 3-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga mustaqillik yillarida yaratilgan, yuksak badiiy qiymatga ega boʻlgan tasviriy va amaliy sanʼat asarlarini sotib olish uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 2 milliard soʻm mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi taklif maʼqullansin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3325-son qarorining rus tilidagi matnida 1-ilovaning 3-banddagi “Sredstva AO “Uzsharobsanoat”, yejegodno videlyayemie v poryadke blagotvoritelnosti po sobstvennoy initsiative” soʻzlari “Sredstva Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan, yejegodno videlyayemie” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4068-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“madaniy boyliklarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shu jumladan madaniy boyliklarni ekspertizadan oʻtkazish va sertifikatlar berish;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishlicha oʻninchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-bandning “v” kichik bandidagi “bosh meʼmor va bosh inspektor” soʻzlari “bosh meʼmor, bosh inspektor va Badiiy ekspertiza boshqarmasi boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Madaniyat vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat muzey qoʻriqxonalariga tegishli moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berishdan tushgan mablagʻlarning 90 foiz miqdori”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mazkur qarorda nazarda tutilgan hollarda moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari va muzey-qoʻriqxonalarda chiptalar sotilishidan tushgan pul mablagʻlarining 50 foiz miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorda nazarda tutilgan hollarda muzeylarda chiptalar sotilishidan tushgan pul mablagʻlarining 10 foiz miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan oʻtkazganlik uchun maxsus yigʻimlar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“71. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy tashrif buyuriladigan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari va muzeylar roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) kiritilgan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari va muzeylarga kirish-chiqish joylarida 2021-yil 1-iyulga qadar elektron turniketlar yoki tashrif buyuruvchilarni avtomatik hisobga olishga moʻljallangan boshqa moslamalar oʻrnatilishi va ular Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimiga integratsiya qilinishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatga kiritilgan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari va muzey-qoʻriqxonalarda elektron turniketlar tizimi va elektron chiptalar savdosini joriy etish xarajatlari Madaniyat vazirligi va balansda saqlovchilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, Jamgʻarma hamda tadbirkorlik subyektlarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilinadigan mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatga kiritilgan muzeylarda elektron turniketlar tizimi va elektron chiptalar savdosini joriy etish muzeylarning oʻz mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatga kiritilgan va Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimiga integratsiya qilingan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari va muzey-qoʻriqxonalarda chiptalar sotilishidan tushgan pul mablagʻlarining 50 foizi Jamgʻarmaga, 50 foizi esa balansda saqlovchilarga saqlash xarajatlari uchun yoʻnaltiriladi, bunda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi shartnomada xususiy sherik tomonidan qilingan xarajatlarni qoplash uchun muayyan davr mobaynida pul mablagʻlarini taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatga kiritilgan va Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimiga integratsiya qilingan muzeylarda chiptalar sotilishidan tushgan pul mablagʻlarining 10 foizi Jamgʻarmaga, 90 foizi esa muzeylarning oʻziga yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-iyuldan boshlab Roʻyxatga kiritilgan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari va muzeylarda hamda Madaniyat vazirligi tizimidagi teatrlarda chiptalar savdosini Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimiga integratsiya qilmagan holda amalga oshirish nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qoʻllash tartibini buzish deb baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxat rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn kun ichida Roʻyxatga kiritilgan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarining balansda saqlovchilari va muzeylarning muassislari bilan ularni 2021-yil 1-iyulga qadar Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimiga bosqichma-bosqich integratsiya qilish grafiklarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimiga integratsiya qilingan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari va muzeylarda elektron chiptalar sotilishidan tushgan pul mablagʻlarining tegishli qismini Jamgʻarmaga yoʻnaltirish haqida Moliya vazirligi Gʻaznachiligining oʻz vaqtida xabardor qilinishini taʼminlasin”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (toʻlash) tartibining 29-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari “budjet tashkilotlarida” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat markazlarida” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari quyidagi mazmundagi 141-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“141. Sotuvchi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi mumkin boʻlmagan madaniy boyliklarni sotish vaqtida bu boyliklarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi mumkin emasligi toʻgʻrisida xaridorni yozma ravishda ogohlantirishi shart”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida”gi 458-son qarorining rus tilidagi matnida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 6-ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Primechaniye: razmeri bazovix doljnostnix okladov administrativno-upravlencheskogo personala:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imeyushego uchenuyu stepen doktora nauk ili doktora nauk (Doctor of Science) ili priravnennie k ney drugiye uchenie stepeni zarubejnix stran — ustanavlivayutsya s primeneniyem povishayushego koeffitsiyenta 2,5;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imeyushego uchenuyu stepen kandidata nauk ili doktora filosofii (Ph.D) ili priravnennie k ney drugiye uchenie stepeni zarubejnix stran — ustanavlivayutsya s primeneniyem povishayushego koeffitsiyenta 2”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 7-ilovaning izoh qismi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“imeyushego uchenuyu stepen doktora nauk ili doktora nauk (Doctor of Science) ili priravnennie k ney drugiye uchenie stepeni zarubejnix stran — ustanavlivayutsya s primeneniyem povishayushego koeffitsiyenta 2,5;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imeyushego uchenuyu stepen kandidata nauk ili doktora filosofii (Ph.D) ili priravnennie k ney drugiye uchenie stepeni zarubejnix stran — ustanavlivayutsya s primeneniyem povishayushego koeffitsiyenta 2”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: 3, 4 va 8-bandlar 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son; 10.04.2021-y., 07/21/5070/0315-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)