ILOVA
ILOVA
|
Bosqichlar |
|
Subyektlar |
|
Tadbirlar |
|
Muddat |
|
I. Vazirliklar va idoralarning Davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini tayyorlash, umumlashtirish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish bosqichi | ||||||
|
1-bosqich |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar |
1. Davlat dasturida belgilangan vazifalar va tadbirlarning bajarilishini nazoratga oladi, ularni oʻz vaqtida samarali bajarish boʻyicha tezkor chora-tadbirlarni amalga oshiradi. 2. Davlat dasturida yuklatilgan vazifalarning bajarilishi holati yuzasidan ushbu idora boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtirib, belgilangan tartibda masʼul vazirlikka taqdim etib borishga masʼul xodimni buyruq asosida belgilaydi. 3. Davlat dasturida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish maqsadida tegishli ishchi guruhlarni tuzadi. 4. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishga masʼul qilib belgilangan bandlar boʻyicha tegishli ishchi guruhiga kiritish uchun malakali xodimlarni ajratadi hamda asosiy ijrochi ixtiyoriga yuboradi. 5. Davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantiradi va umumlashtiradi. 6. Hamijrochi boʻlgan bandlar boʻyicha asosiy ijrochiga tadbirlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻliq taqdim etib boradi. 7. Asosiy ijrochi boʻlgan bandlar boʻyicha Davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qogʻoz va elektron shaklda umumlashtirish uchun masʼul vazirlikka taqdim etadi. |
Doimiy
Zaruratga qarab
Doimiy Har oyning Har oyning | |||
|
|
|
|||||
|
2-bosqich |
Masʼul |
1. Davlat dasturida belgilangan vazifalar va tadbirlarni bajarishda, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalar sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishida kamchilikka yoʻl qoʻygan, maʼlumotlarni taqdim etmagan yoki sifatsiz taqdim etgan tashkilotlar rahbarlari, masʼul xodimlariga nisbatan tegishli taʼsir choralarini koʻrish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib boradi. 2. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni oʻz vaqtida qabul qilib oladi, ularni umumlashtirib, tahlil qiladi. 3. Umumlashtirilgan maʼlumotni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. |
Zaruratga qarab
2 sanasiga qadar | |||
|
II. Davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobot boʻyicha Vazirlar Mahkamasida ishlash hamda hisobotni Oliy Majlis palatalariga kiritish bosqichi | ||||||
|
3-bosqich |
Vazirlar Mahkamasi Rayosati |
1. Davlat dasturining har bir bandi Vazirlar Mahkamasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga biriktiriladi. 2. Davlat dasturi bajarilishining borishini nazorat qilish uchun Vazirlar Mahkamasi apparatining masʼul tarkibiy boʻlinmasi (boʻlinmalari) (keyingi oʻrinlarda — masʼul tarkibiy boʻlinma) belgilanadi. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Harakatlar strategiyasini tegishli yilda amalga oshirishga oid davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Farmoni ijrosini amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi tarkibi tasdiqlanadi. 4. Davlat dasturi ijrosini Vazirlar Mahkamasida tahlil qilish boʻyicha idoralararo monitoring-tahlil guruhi tarkibi tasdiqlanadi. 5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Harakatlar strategiyasini tegishli yilda amalga oshirishga oid davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Farmoni ijrosini amalga oshirish boʻyicha nazorat rejasi tasdiqlanadi. |
Davlat dasturi qabul qilinganidan soʻng | |||
|
|
|
|
||||
|
4-bosqich |
Masʼul tarkibiy boʻlinma, |
1. Davlat dasturi amalga oshirilishining borishi haqidagi maʼlumotni koʻrib chiqadi va tahlil qiladi. 2. Tahlil natijasi boʻyicha maʼlumotni ishonchliligi va haqqoniyligini koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalariga taqdim qiladi. 3. Zarur hollarda vazirliklar va idoralardan qoʻshimcha maʼlumotlarni oladi. |
Har oyning | |||
|
|
|
|||||
|
5-bosqich |
Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari |
1. Maʼlumotlarni koʻrib chiqadi, tahlil qiladi, ulardagi maʼlumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligini oʻrganadi. 2. Kamchilik va muammolarni bartaraf etish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlarni tashkil qiladi. 3. Tegishli materiallarni Bosh vazir oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilariga taqdim qiladi va kelishadi. |
Har oyning | |||
|
|
|
|||||
|
6-bosqich |
Bosh vazir oʻrinbosarlari, |
1. Taqdim etilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqadi, zarurat boʻlganda ularning muhokamasi boʻyicha yigʻilishlar tashkil qiladi. 2. Davlat dasturini ijrosi yuzasidan kamchilikka yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan tegishli choralar koʻradi. 3. Mavjud muammolarni hal etish boʻyicha tegishli tarkibiy boʻlinmalarga zarur koʻrsatmalar beradi. |
Har oyning | |||
|
|
|
| ||||
|
7-bosqich |
Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari |
Bosh vazir oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari koʻrsatmalari va takliflari asosida qayta ishlangan maʼlumotlarni Davlat dasturini masʼul tarkibiy boʻlinmagataqdim qiladi. |
Har oyning | |||
|
|
|
|||||
|
8-bosqich |
Masʼul tarkibiy boʻlinma, |
1. Tarkibiy boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan hisobot va tahliliy maʼlumotni puxta qayta ishlaydi. 2. Umumlashtirilgan yakuniy maʼlumotni hamda hujjatlar toʻplamini Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga taqdim qiladi. 3. Davlat dasturi ijrosini koʻrib chiqish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini (Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining kun tartibi va majlis bayoni loyihasi hamda hisobot beruvchilar va taklif etilganlar roʻyxati) va Oliy Majlis palatalarida Davlat dasturi bajarilishi toʻgʻrisida Hukumatning har choraklik hisobotlari materiallarini (hisobot loyihasi; Bosh vazirning hisoboti materiallari; hisobot muhokamasida qatnashuvchilar roʻyxati; axborot-tahliliy, statistik va boshqa materiallar) tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga taqdim qiladi. |
Har oyning
7 sanasiga qadar | |||
|
|
|
|||||
|
9-bosqich |
Vazirlar Mahkamasi apparati boshkaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari |
1. Umumlashtirilgan maʼlumotlarni tahlil qiladi, zarurat boʻlsa qayta ishlash uchun masʼul tarkibiy boʻlinmaga qaytaradi hamda umumlashtirilgan maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga taqdim qiladi. 2. Davlat dasturi ijrosini koʻrib chiqish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini va Oliy Majlis palatalarida Davlat dasturi bajarilishi toʻgʻrisida Hukumatning har choraklik hisobotlari materiallarini tahlil qiladi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga taqdim qiladi. |
Har oyning
| |||
|
|
|
|||||
|
10-bosqich |
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi |
1. Taqdim qilingan umumlashtirilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va Bosh vazirga taqdim qiladi. 2. Davlat dasturi ijrosini koʻrib chiqish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini va Oliy Majlis palatalarida Davlat dasturi bajarilishi toʻgʻrisida Hukumatning har choraklik hisobotlari materiallarini koʻrib chiqadi, Bosh vazirga taqdim qiladi hamda hisobotni Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida koʻrib chiqish muddatini kelishadi. |
Har oyning 10 sanasiga qadar Har chorakda, | |||
|
|
|
| ||||
|
11-bosqich |
Masʼul tarkibiy boʻlinma, idoralararo monitoring-tahlil guruhi |
1. Davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotning Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida koʻrib chiqilishini tashkil etadi. 2. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining yakunlari boʻyicha hisobot loyihasi va hujjatlar toʻplami bildirilgan eʼtirozlardan kelib chiqib puxta qayta ishlanishini taʼminlaydi. |
Har chorakda, keyingi oyning Bir kun | |||
|
|
|
| ||||
|
12-bosqich |
Masʼul tarkibiy boʻlinma, Vakolatli vakil, Umumiy boʻlim |
Puxta qayta ishlangan hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (keyingi oʻrinlarda — Qonunchilik palatasi) va Senatiga taqdim etadi. |
Bir kun | |||
|
III. Vazirlar Mahkamasining Davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotini Oliy Majlis palatalarida himoya qilish bosqichi | ||||||
|
13-bosqich |
Tarkibiy boʻlinmalar, Vakolatli vakil, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari |
1. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati bilan hisobotni muhokama qilishga tayyorgarlik koʻrish masalalari boʻyicha barvaqt ishlashni tashkil etadi. 2. Qonunchilik palatasi va Senat bilan kelishgan holda hisobotni Qonunchilik palatasining qoʻmitalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari, Senat qoʻmitalari hamda Oliy Majlis palatalarining yalpi majlislarida muhokama qilish boʻyicha reja-grafik tayyorlanadi. |
Hisobot | |||
|
|
|
|||||
|
14-bosqich |
Vakolatli vakil |
1. Hisobotni Oliy Majlis palatalari rahbariyatiga taqdim etilishini tashkillashtirish choralarini koʻradi. 2. Hisobotni muhokama qilish kuni va formatini Oliy Majlis palatalari rahbariyati bilan kelishishni tashkil etadi. 3. Oliy Majlis palatalari devonlari rahbariyati bilan birgalikda reja-grafikni tayyorlash va tasdiqlashni tashkillashtiradi. 4. Oliy Majlis palatalari devonlari rahbariyati hamda masʼul tarkibiy boʻlinma bilan birgalikda hisobotni Oliy Majlis palatalarida koʻrib chiqish va muhokama qilishda ishtirok etuvchi Hukumat aʼzolari, vazirliklar va idoralar vakillari roʻyxatini shakllantiradi. 5. Hisobotni Oliy Majlis palatalarida koʻrib chiqish va muhokama qilishda Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining Oliy Majlis palatalari organlari bilan oʻzaro muvofiqlashgan hamkorligini taʼminlaydi. |
Muntazam | |||
|
|
|
|||||
|
15-bosqich |
Bosh vazir oʻrinbosarlari, |
Hisobotni Qonunchilik palatasining qoʻmitalarida, siyosiy partiyalar fraksiyalarida, Senatning qoʻmitalarida, Oliy Majlis palatalarining yalpi majlislarida koʻrib chiqishda Davlat dasturining tegishli bandlari boʻyicha masʼul boʻlgan vazirlar va davlat qoʻmitalari raislarining ishtirokini tashkil etadi. |
Reja-grafikka | |||
|
|
|
|||||
|
16-bosqich |
Davlat dasturining tegishli bandlari boʻyicha masʼul vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari |
Hisobotni Qonunchilik palatasining qoʻmitalari va siyosiy partiyalar fraksiyalarida, Senatning qoʻmitalarida dastlabki tarzda koʻrib chiqishda, shuningdek, Oliy Majlis palatalarining yalpi majlislarida puxta tayyorgarlik koʻrgan holda oʻz vaqtida va qoida tariqasida shaxsan ishtirok etadilar. |
Reja-grafikka | |||
|
|
|
|||||
|
17-bosqich |
Bosh vazir, Bosh vazir oʻrinbosarlari, Bosh vazir maslahatchilari, Hukumat aʼzolari |
Hisobotni Qonunchilik palatasi va Senatning yalpi majlisida taqdim etadi. |
Reja-grafikka asosan | |||
|
IV. Vazirlar Mahkamasining Davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini taʼminlash bosqichi | ||||||
|
18-bosqich |
Vakolatli |
Hisobotni muhokama qilish natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Rayosatida axborot beradi. |
Hisobot Oliy Majlis palatalarida muhokama qilingandan soʻng | |||
|
|
|
|||||
|
19-bosqich |
Masʼul tarkibiy boʻlinma, idoralararo monitoring-tahlil guruhi |
1. Chora-tadbirlar rejasini va uni tasdiqlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini tayyorlaydi va tegishli tarkibiy boʻlinmalar, Vakolatli vakil hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari bilan kelishadi. 2. Chora-tadbirlar rejasi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi hamda chora-tadbirlar rejasining Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokamasini tashkil etadi. 3. Chora-tadbirlar rejasining bajarilishi holatini tizimli tahlil qilib boradi hamda bu haqda Qonunchilik palatasi va Senatga axborot kiritib borilishini taʼminlaydi. |
Belgilangan muddatlarda | |||
|
|
|
|||||
|
20-bosqich |
Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalari |
1. Hisobotni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi va Senat qabul qilgan qarorlar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi. 2. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining bajarilishini hamda belgilangan muddatlarda uning oʻzlariga biriktirilgan bandlari bajarilishi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni masʼul tarkibiy boʻlinmaga taqdim etilishini taʼminlaydi. 2. Qonunchilik palatasi va Senat qabul qilgan qarorlar bajarilishining tizimli tahlilini hamda Bosh vazir oʻrinbosarlari, Bosh vazir maslahatchilari huzurida muhokama qilishni taʼminlaydi. |
Belgilangan muddatlarda Zarur hollarda | |||
|
|
|
|||||
|
21-bosqich |
Nazorat va ijro intizomi boʻlimi |
Qonunchilik palatasi va Senat qabul qilgan qarorlar bajarilishi jarayoni monitoringini olib boradi. |
Tizimli asosda | |||