Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.10.2024 15.05.2020 yildagi 286-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.10.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-apreldagi 308-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli “Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali Sirdaryo viloyatida yashovchi kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlashning yangi tartibini bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-apreldagi 308-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2020-yil 1-iyunga qadar oʻz axborot tizimida jamoat ishlari haqini toʻlash boʻyicha elektron toʻlov roʻyxati har bir oluvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami koʻrsatilishini hisobga olgan holda shakllantirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiytaraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 15-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
286-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 286-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-apreldagi 308-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 3-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “tasdiqlansin va u 2019-yil 1-oktabrdan boshlab amalga kiritilsin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 4-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sirdaryo viloyatida kam taʼminlangan oilalarga 2019-yil 1-oktabrgacha tayinlangan ijtimoiy nafaqalar 2020-yil 1-mayga qadar Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda, 2020-yil 1-maydan boshlab “Yagona reyestr” AT orqali toʻlanadi;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 11-bandning birinchi xatboshisidagi “Sirdaryo viloyatining mehnat organlari tomonidan kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlanishi va toʻlanishi ustidan monitoringni amalga oshirish boʻyicha 12 nafar inspektorlarning shtat birliklarini” soʻzlari “Sirdaryo viloyati mehnat organlarining 12 nafar inspektorlari va mutaxassislarining shtat birliklarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 14-bandning ikkinchi xatboshisidagi “1-fevralgacha” soʻzlari “1-oktabrgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-pozitsiyaning “Maʼlumotlar nomi” ustunidagi “yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan daromadlar,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi tahrirdagi 11-pozitsiya qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

11.

Jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi maqomi

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

Davlat soliq qoʻmitasi

JSHSHIR boʻyicha avtomatlash-
tirilgan soʻrov orqali



;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2-pozitsiyaning “Maʼlumotlar nomi” ustunidagi “shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlik” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 5-pozitsiyaning “Maʼlumotlar nomi” ustunidagi “Ishsizlik nafaqasi” soʻzlari “Mehnat organlariga murojaat qiluvchining maqomi (ishsiz, ish izlovchi va boshqalar) hamda tayinlangan ishsizlik nafaqasi miqdori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 7-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 11-pozitsiyada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maʼlumotlar nomi” ustunidagi “Ariza beruvchining oila aʼzolari tarkibi” soʻzlari “Oila aʼzolarining fuqarolik holati”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maʼlumot taqdim etuvchi tashkilot” ustunidagi “Tuman (shahar) hokimliklari” soʻzlari “Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) “Maʼlumot taqdim etuvchi tashkilot” ustunining 12-pozitsiyasidagi “ijrosi” soʻzidan keyin “, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) Quyidagi tahrirdagi 18 — 21-pozitsiyalar qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

18.

Ozodlikdan mahrum etish joylaridan chiqqan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish uchun bir martalik nafaqalar toʻlanganligi toʻgʻrisida maʼlumot.

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

Ichki ishlar vazirligi

JSHSHIR boʻyicha avtomatlashtirilgan soʻrov orqali

19.

Ariza beruvchi va uning oila aʼzolarining propiskasi, shu jumladan, vaqtinchalik propiskasi toʻgʻrisida maʼlumot.

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

Loyiha boshqaruv milliy agentligi

JSHSHIR boʻyicha avtomatlashtirilgan soʻrov orqali

20.

Mahalliy budjetda ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam xarajatlari uchun nazarda tutilgan mablagʻlarning aniqlangan rejasi toʻgʻrisida maʼlumot.

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

Moliya vazirligi

Real vaqt rejimida

21.

Toʻlangan ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam hamda hisobvaraqlardagi qoldiq mablagʻlar toʻgʻrisida hisobot.

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

AT “Xalq banki”

Har oyda avtomatik rejimda

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sirdaryo viloyatining kam taʼminlangan oilalariga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
VAQTINCHALIK NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa (keyingi oʻrinlarda – bolali oilalarga nafaqa), bola ikki yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi (keyingi oʻrinlarda — bola parvarishi boʻyicha nafaqa), kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam (keyingi oʻrinlarda – moddiy yordam) hamda un va qolipli non xarid qilish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pulli kompensatsiyani (keyingi oʻrinlarda — kompensatsiya) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining Sirdaryo viloyati tuman (shahar) boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari) tomonidan tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Vaqtinchalik nizomning bola parvarishi boʻyicha nafaqani tayinlash va toʻlashga oid qismining amal qilishi nafaqaning ushbu turi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz mablagʻlari hisobigatoʻlanadigan tashkilotlarda ishlaydigan onalarga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga) tatbiq etilmaydi (budjet tashkilotlarida ishlaydigan onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bolali oilalarga toʻlanadigan nafaqalar, bola parvarishi boʻyicha nafaqalar va moddiy yordam miqdorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolali oilalarga nafaqalar va moddiy yordam 6 oy muddatga, bola parvarishi boʻyicha nafaqalar esa — 12 oyga tayinlanadi, biroq bola ikki yoshga toʻlgan oydan ortiq emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tugʻilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan ikki va undan ortiq bolalar parvarish qilinsa, u holda bola parvarishi boʻyicha nafaqa bir farzand uchun tayinlangan miqdorda kichik bola ikki yoshga toʻlguniga qadar toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi boʻyicha nafaqalar va moddiy yordam, jumladan, kompensatsiya tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “Yagona reyestr” AT) ishlab chiqiladi va shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Yagona reyestr” AT tomonidan kam taʼminlangan deb belgilangan oila ijtimoiy nafaqa yoki moddiy yordamning faqat bir turini olish huquqiga ega (ijtimoiy nafaqa va moddiy yordamning bir turi bilan birga tayinlanadagan va toʻlanadigan kompensatsiyadan tashqari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sirdaryo viloyati tuman (shahar)larining budjet mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi boʻyicha nafaqalar va moddiy yordam toʻlovlarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordamni tayinlash shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam oilaning harbir aʼzosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq toʻlash boʻyicha eng kam miqdorining 0,527 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik jami daromadga ega boʻlgan oilalarga tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa, moddiy yordam, jumladan, kompensatsiya ushbu Vaqtinchalik nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha tayinlanadi hamda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam ushbu Vaqtinchalik nizomda belgilangan tartibda ariza beruvchi murojaat qilgan oydan keyingi oydan boshlab toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaning muomalaga layoqatli istalgan aʼzosidan biri (ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs, oʻgʻli yoki qizi (yoki farzandlikka olingan oʻgʻli, qizi yoki vasiylikka olingan shaxslar) 18 yoshga toʻlgan yoki shu yoshdan oshgan, oʻz oilasiga ega boʻlmagan shaxs (ota-onasining biri bilan yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs bilan birga yashovchi) ariza beruvchi boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bola parvarishi boʻyicha nafaqani keyinchalik olishga muhtoj boʻlgan shaxs (yoki oilaning muomalaga layoqatli aʼzosidan biri) toʻlovning oldingi 12 oylik muddati tugashidan bir oy oldin ushbu nafaqa bola ikki yoshga toʻlguniga qadar tanaffussiz toʻlanishi davom ettirilishi uchun arizani belgilangan tartibda takroran berish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolali oilalarga nafaqalar va moddiy yordam toʻlashning belgilangan muddati tugagach, ariza beruvchi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam toʻlanishini yangi muddatga davom ettirish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bolali oilalarga nafaqalar va moddiy yordam olish uchun ariza oldingi davrda tayinlangan ijtimoiy nafaqani va moddiy yordamni toʻlash muddati tugayotgan oydan keyingi oyda beriladi. Takroriy murojaatlar umumiy belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam uchun murojaat qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining yashash joyi boʻyicha Sirdaryo viloyatida doimiy yoki vaqtinchalik propiskasi mavjud boʻlganda, oʻzining yoki oila aʼzosining birining yozma arizasiga asosan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida hollarda, oilada muomalaga layoqatli aʼzolar boʻlmagan taqdirda, nafaqa va moddiy yordam ushbu oilaning yashash joyi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisining yozma taqdimnomasiga asosan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza bevosita ariza beruvchining doimiy yoki vaqtinchalik propiskasi boʻyicha yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga taqdim etiladi va roʻyxatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizalar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan maxsus roʻyxatga olish daftariga qayd etiladi, bunda arizaning tushgan sanasi, ariza beruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi va yashash manzili koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Vaqtinchalik nizomda belgilangan barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ariza taqdim etilgan kun ariza roʻyxatga olingan kun deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash uchun Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻining nomiga ariza ushbu Vaqtinchalik nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi oila aʼzolarining pasporti nusxalari, chet el fuqaroligini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (doimiy yoki vaqtinchalik propiskadan oʻtganligi qayd etilgan beti bilan) va nikoh toʻgʻrisidagi, bola tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar vasiylik ostida boʻlgan taqdirda, arizaga vasiylik va homiylik organining qaroridan koʻchirma ilova qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Vaqtinchalik nizomga 2a-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam olish uchun oilaning murojaat qilgan oydan oldingi oxirgi uch oy uchun boshqa daromadlari toʻgʻrisida maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Vaqtinchalik nizomga 2b-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tijorat banklarida ariza beruvchi va uningoila aʼzolari nomidagi bank hisobvaraqlaridagi qoldiqlar va ariza berilgan oydan oldingi 6 oy mobaynida nomiga oʻtkazilgan pul oʻtkazmalari yuzasidan maʼlumotlarni taqdim etish toʻgʻrisida ariza taqdim etilgan sanada birga yashovchi 18 va undan katta yoshdagi barcha oila aʼzolari imzolari bilan tasdiqlangan ariza.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi tomonidan ushbu bandda keltirilgan barcha hujjatlarning toʻliq taqdim etilganligi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan tekshiriladi. Ushbu bandda keltirilgan hujjatlar taqdim etilmagan hollarda ariza koʻrib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlash uchun arizalar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga oila ushbu nafaqa yoki moddiy yordam olishni xohlagan oydan oldingi oyning 15-kunidan kechikmay, biroq ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam toʻlash muddati tugaydigan oydan keyin (bola 2 yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish boʻyicha nafaqa bundan mustasno) taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muddatdan keyin berilgan arizalar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi arizada koʻrsatilgan ariza beruvchi va uning oila aʼzolari tarkibi, ularning iqtisodiy holati, oilaning tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaliklarining maydoni va arizada koʻrsatilgan manzil boʻyicha ariza beruvchi va uning oila aʼzolari yashayotganligini tekshiradi va tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar ishonchliligi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan ushbu Vaqtinchalik nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi har uch ish kunida kamida bir marotaba, biroq ariza berilgan oyning 18-kunidan kechiktirmay ushbu Vaqtinchalik nizomning 13-bandida koʻrsatilgan ariza va taqdim etilgan hujjatlarni hamda ushbu Vaqtinchalik nizom bilan tasdiqlangan 3 va 3a-ilovalarga muvofiq oilaning tarkibi va iqtisodiy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga arizalar ushbu Vaqtinchalik nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga (mahallaga) nafaqa va moddiy yordam tayinlashni soʻrabmurojaat etilgan arizalar roʻyxatiga asosan taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash toʻgʻrisida qabul qilingan arizalar Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining masʼul xodimi tomonidan ariza berilgan oyning 25-kunidan kechiktirilmay “Yagona reyestr” ATga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun arizalarni koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik jami daromadning hisob-kitobi ariza berilgan oydan keyingi oyning 1-kunigacha “Yagona reyestr” AT tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ijtimoiy nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash yoki tayinlashni rad etish “Yagona reyestr” AT tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Quyidagi holatlar mavjud boʻlganda, tegishli ijtimoiy nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlash rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ariza beruvchining Sirdaryo viloyatida doimiy yoki vaqtinchalik propiskasi yoʻqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ariza beruvchi oilasining har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik jami daromadning ushbu Vaqtinchalik nizomning 7-bandida belgilangan mezonlardan koʻpligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) idoralararo elektron axborot tizimi orqali kadastr axborot tizimida ariza beruvchi va uning oila aʼzolarida jami bittadan ortiq koʻchmas mulk mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ariza beruvchi yoki uning oila aʼzolarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilgan muddati 10 yildan oshmagan, texnik holati soz boʻlgan avtotransport vositasi mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jami ikki va undan ortiq, texnik holati soz boʻlgan avtotransport vositalari mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) daromadlarning rasmiy manbalariga ega boʻlmagan va oxirgi olti oy mobaynida mehnat organlariga murojaat qilmagan va hisobda turmagan yoki haqi toʻlanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan oilaning mehnatga layoqatli aʼzosi mavjudligi. Ushbu qoida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bola uch yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qiluvchi onalarga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarida oʻqiyotganlarga (mehnat shartnomasiga muvofiq ishlarni amalga oshirish holati bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlamaydigan pensionerlarga, pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolarga, bolalikdan nogironligi mavjud shaxslarning onalariga, bolalikdan nogironligi mavjud shaxslarga, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga, shuningdek, I yoki II guruh nogironligi mavjud shaxslarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalda tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini (oʻzini oʻzi boshqarish organining oila tarkibi va iqtisodiy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotida yoritilishi lozim) yuritish bilan band boʻlgan oila aʼzosiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzganing parvarishiga muhtoj boʻlgan oila aʼzosini parvarish qilayotganlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaning “Xar bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida (oʻzini oʻzi boshqarish organining oila tarkibi va iqtisodiy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotida yoritilishi lozim) oilaviy tadbirkorlikda band boʻlgan, biroq ushbu dastur boʻyicha mikrokredit olingan sanadan boshlab koʻpi bilan 12 oy band boʻlgan aʼzolariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila aʼzolariga, agar ariza beruvchining yashash manzilida 2 oy va undan ortiq muddatda boshqa oila aʼzolari bilan birgalikda yashamayotgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) aholi bandlikka koʻmaklashish markaziga ish qidiruvchi sifatida rasmiy murojaat qilgan yoki ishsiz sifatida roʻyxatga olingan fuqarolarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda koʻrsatilgan mezonlar asosida tegishli nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash rad etilganda, ariza beruvchiga “Yagona reyestr” AT orqali rad etish sabablari koʻrsatilgan holda elektron bildirishnoma (arizada koʻrsatilgan elektron manziliga yoki SMS-maʼlumot orqali mobil telefon raqamiga) yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ariza beruvchining ushbu Vaqtinchalik nizomning 7 va 19-bandlariga muvofiq tegishli nafaqa yoki moddiy yordamni olish huquqiga ega emasligi “Yagona reyestr” AT tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan elektron shaklda olingan maʼlumotlar hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan oilaning tarkibi va iqtisodiy ahvoli toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan ariza beruvchi toʻgʻrisida elektron shaklda avtomatlashtirilgan tarzda olingan maʼlumotlar “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq himoyalanadi. Ushbu maʼlumotlardan foydalanish vakolati Sirdaryo viloyati budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining buyrugʻi bilan rasmiylashtirilgan masʼul xodimga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nafaqa yoki moddiy yordam tayinlanishi yoki rad etilishi yuzasidan tushgan murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ariza beruvchi ushbu Vaqtinchalik nizomning 7 va 19-bandlarida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq boʻlganda, “Yagona reyestr” ATda bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash toʻgʻrisidagi qaror oʻz-oʻzidan umumlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ariza beruvchiga “Yagona reyestr” AT orqali tegishli nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash toʻgʻrisida elektron bildirishnoma (arizada koʻrsatilgan elektron manzilga yoki SMS xizmati orqali mobil telefon raqamiga) yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. 14 yoshgacha boʻlgan bolalari boʻlgan va nafaqa tayinlangan oilada bolalar soni oʻzgargan taqdirda (navbatdagi bola tugʻilganda, 14 yoshgacha bolalardan biri vafot etganda, bola (bolalar) 14 yoshga toʻlganda va shu kabilar), nafaqa miqdori bolalarning tegishli soni bilan oila uchun belgilangan miqdorga muvofiqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nafaqa tayinlangan oilada 14 yoshgacha bolalar soni oʻzgarganda (bola 14 yoshga toʻlish holati bundan mustasno) ariza beruvchi tomonidan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi yoki vasiylik va homiylik organi qaroridan koʻchirma ilova qilingan holda xabar beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nafaqa miqdorini qayta hisoblash va yangi miqdordagi nafaqani toʻlash oiladagi voyaga yetmagan bolalar soni oʻzgargan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Oilaning bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromad hajmini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Oilaning bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik jami daromad bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oyning oxirgi uch oyi uchun hisoblab chiqilgan oila har bir aʼzosining oʻrtacha oylik daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan oila aʼzolari soniga boʻlish orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun oila tarkibiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota, ona yoki bolalarningnikohda boʻlgan ota-onasining har ikkisi (farzandlikka oluvchilar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onalar bilan birga yashaydigan va ularning qaramogʻida boʻlgan bolalar, shuningdek, ota-onalar bilan birga yashaydigan va oʻz oilasiga ega boʻlmagan 18 yoshdan katta bolalar (shu jumladan, farzandlikka olingan bolalar) kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash uchun oʻrtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oila tarkibiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilgan ota-onalarning aka-ukalari va opa-singillari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularga nisbatan ota-onalar ota-onalik huquqidan mahrum etilgan bolalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq davlat taʼminotidagi bolalar, shuningdek, vasiylik (homiylik) ostidagi bolalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaqiriq boʻyicha harbiy xizmatni oʻtayotganligi yoxud harbiy taʼlim muassasasida oʻqiyotganligi sababli oilada boʻlmagan ota-ona (farzandlikka oluvchi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi boʻyicha jazoni ijro etish joylarida ekanligi munosabati bilan oilada boʻlmagan ota-ona (farzandlikka oluvchi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar bilan birga yashaydigan bobolari va buvilari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning ota-onalari (farzandlikka oluvchilar) bilan birgalikda xoʻjalik yurituvchi boshqa shaxslar kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oʻrtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadiga oila tomonidan olingan quyidagi daromadlar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatga haq toʻlash shaklidagi daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkiy daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul tushumlari, shu jumladan, chet elda ishlaydigan yoki tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila aʼzolaridan pul oʻtkazmalari summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pensiyalar va nafaqalar (ushbu Vaqtinchalik nizomda nazarda tutilgan tartibda oila tomonidan olinadigan nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiyalar, nogironligi boʻyicha nafaqa, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi va nafaqasi (har bir boqimandaga), bolalikdan nogiron boʻlgan 16 yoshdan katta shaxslarga nafaqa, 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalar va 18 yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa, Pensiyajamgʻarmasi boʻlimlari orqali beriladigan bola tugʻilganligi uchun, dafn etish marosimi uchun bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa va kompensatsiyalar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritishdan olingan daromad;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa daromadlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnatga haq toʻlash shaklidagi daromadlar hisoblangan summa boʻyicha hisobga olinadi (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar chegirib tashlanguniga qadar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida mikrokredit olingan sanadan boshlab oxirgi 12 oy mobaynida oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirishdan olingan daromadlar oilaning daromadi tarkibiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Agar taqdim etilgan maʼlumotlarda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan oʻrtacha oylik daromadning miqdori koʻrsatilmagan (yakka tartibdagi faoliyat maʼlum muddatga toʻxtatilgan davr bundan mustasno) yoxud mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam koʻrsatilgan boʻlsa, u holda oilaning oʻrtacha oylik jami daromadini aniqlash uchun oilaning yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullangan va mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam daromad koʻrsatgan yoki daromad mavjudligi haqida xabar bermagan har bir aʼzosini hisobga olgan holda jami daromad aniqlanayotgan davrda, mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining bir baravari miqdoriga teng boʻlgan normativ daromad miqdori qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Agar taqdim etilgan maʼlumotlarda tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritishdan olingan daromad miqdori koʻrsatilmagan boʻlsa yoxud tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritishdan olinadigan belgilangan normativ daromaddan past koʻrsatilgan boʻlsa, u holda oilaning jami daromadini aniqlash uchun tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritishdan olinadigan oylik daromadning normativ miqdori qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritishdan olinadigan oʻrtacha oylik normativ daromad ushbu Vaqtinchalik nizomga 5-ilovadagi tartibga muvofiq tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritish uchun foydalanilayotgan sotixlar miqdorini, jami daromad aniqlanayotgan davrda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 0,035-baravariga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomorqa yer uchastkasining unumdorligi xolisona shart-sharoitlarga koʻra (suv bilan taʼminlanmaganlik, tuproqning shoʻrlanganligi va shu kabilar) yuqorida koʻrsatilgan miqdorda normativ daromadni olish imkonini bermaydigan yoki umuman, daromad olish imkonini bermaydigan alohida hollarda, tuman (shahar) hokimliklari normativ daromadga pasayish tomoniga tuzatish kiritishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ariza beruvchi va uning oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlik va tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritishdan olinadigan normativ daromadni hisoblash “Yagona reyestr” AT orqali, shu jumladan tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni qoʻllash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oilaning oʻrtacha oylik jami daromadi ushbu Vaqtinchalik nizomda nazarda tutilgan tartibda olingan oilaning tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ariza beruvchi (yoki muomalaga layoqatli oila aʼzosidan biri) oila tarkibida (aʼzolari soni), daromadida yoki yashash manzilida oʻzgarishlar boʻlganda, bu toʻgʻrisida Sirdaryo viloyati budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlimiga bir oy ichida xabar qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Nafaqalar yoki moddiy yordam oluvchilarga “Yagona reyestr” AT orqali qonunchilikda belgilangan miqdorlarda kompensatsiya tayinlanadi va toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa yoki moddiy yordamni toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa yoki moddiy yordam, shuningdek, kompensatsiya AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) boʻlimlari (filiallari) orqali naqd pul shaklida yoki fuqaroning xohishiga koʻra pul mablagʻlarini naqd pulsiz oʻtkazish yoʻli bilan fuqarolarning bank hisobvaraqlari (kartochkalari) orqali toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Elektron toʻlov roʻyxatlari har oyning 4-kunigacha boʻlgan muddatda “Yagona reyestr” AT orqali AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Toʻlovning oʻtgan oyida olinmagan bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa yoki moddiy yordam va kompensatsiya summasi toʻlovning joriy oyi toʻlov roʻyxatiga kiritiladi hamda tayinlanib, biroq oʻz vaqtida olinmay qolgan toʻlovlar butun davr uchun bir yoʻla toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa, moddiy yordam va kompensatsiyani toʻlash quyidagi hollarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari bilan belgilangan tayinlangan muddat tugaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi yoki boshqa muomalaga layoqatli oila aʼzosining yashash joyi boʻyicha tegishli Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga toʻlov toʻxtatilishini soʻrab ariza taqdim qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy yashash uchun Sirdaryo viloyatidan tashqariga koʻchib ketganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli toʻlovlarni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorga taʼsir koʻrsatgan notoʻgʻri va ishonchli boʻlmagan maʼlumotlar aniqlanganda toʻxtatiladi. Ushbuholatda oʻtgan davrda asossiz tayinlanganligi natijasida toʻlangan mablagʻlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlovlarni toʻxtatish “Yagona reyestr” AT orqali avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi va ariza beruvchiga elektron xabarnoma (arizada koʻrsatilgan elektron manziliga yoki SMS-maʼlumot orqali mobil telefon raqamiga) yuborish orqali xabar qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi bilan tegishli Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi oʻrtasidagi toʻlovlar toʻxtatilishi yoki miqdori oʻzgarishi yuzasidan kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan, sud tartibida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa, moddiy yordam va kompensatsiyalarni toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa, moddiy yordam va kompensatsiya toʻlovi toʻlov oyining 4-kunidan 27-kuniga qadar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Mahalliy budjet mablagʻlaridan moliyalashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa yoki moddiy yordam toʻlash ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan tuman (shahar) mahalliy budjeti doirasida ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari tegishli iqtisodiy tasniflagichi boʻyicha aks ettirgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlov qaydnomasida hisoblangan mablagʻlar budjetning ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlaridan ortiq boʻlgan taqdirda, “Yagona reyestr” AT ushbu Vaqtinchalik nizomning 35-bandiga binoan kelgusi oy toʻlov qaydnomasiga kiritish uchun kalendar sanasi boʻyicha oxirgi taqdim etilgan arizalardan boshlab tayinlangan nafaqa va moddiy yordamni tegishli oy toʻlov qaydnomasidan chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nafaqa, moddiy yordam va kompensatsiyalarning har bir turi boʻyicha AT “Xalq banki”ning boʻlimi (filiali)da alohida bank hisobvaraqlari ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AT “Xalq banki”ning boʻlimi (filiali) har oyning oxirgi kuniga qadar joriy oy uchun, shuningdek, yil boshidan amalga oshirilgan toʻlovlar hamda toʻlanmagan mablagʻlar budjetga qaytarilishi haqida elektron maʼlumotlarni har bir oluvchi, nafaqa, moddiy yordam va kompensatsiyalar boʻyicha “Yagona reyestr” ATga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tuman (shahar) moliya boʻlimi nafaqa, moddiy yordam va kompensatsiya toʻlovi uchun mablagʻlarni Yagona gʻaznachilik hisobvaragʻidan toʻlov roʻyxatlar boʻyicha tayinlangan summalar doirasida mahalliy budjet daromadi tushumidan kelib chiqib, biroq budjetda nazarda tutilganidan ortiq boʻlmagan doirada toʻlashga oyning 4-kunidan boshlab, biroq toʻlov amalga oshiriladigan oyning 25-kunidan kechikmay AT “Xalq banki”ning maxsus hisobvaragʻiga alohida toʻlov topshiriqlari bilan oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mablagʻlar Yagona gʻaznachilik hisobvaragʻidan tegishli gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa, moddiy yordam toʻlovi boʻyicha AT “Xalq banki” boʻlinmalari (filiallari) xizmatlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan AT “Xalq banki” oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida haq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam toʻlash boʻyicha xizmatlarga haq toʻlash miqdori ijtimoiy nafaqalar va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordamga ajratiladigan mablagʻlar doirasida AT “Xalq banki” tomonidan taqdim etiladigan asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Nazarda tutilgan budjet mablagʻlari Sirdaryo viloyatining tumanlari (shaharlari) oʻrtasida har bir tuman (shahar) hududida yashaydigan kam taʼminlangan oilalar soniga qarab, ushbu oilalarning tarkibi va oldingi davrlar uchun ajratilgan mablagʻlar oʻzlashtirilishi (foydalanilishi) darajasi hisobga olingan holda Sirdaryo viloyati hokimligining moliya boshqarmasi tomonidan taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Joriy oy mobaynida oluvchilar tomonidan talab qilinmagan va AT “Xalq banki”ning boʻlimlari (filiallari)ning maxsus hisobvaraqlaridagi mablagʻlar ushbu Vaqtinchalik nizomning 35-bandiga muvofiq kelgusida toʻlash uchun tegishli mahalliy budjet hisobiga qaytarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Ariza beruvchi va uning oila aʼzolariga tegishli axborot avtomatlashtirilgan rejimda faqat “Yagona reyestr” ATdan olinadigan va tahlil qilinadigan maxfiy tusdagi axborot hisoblanadi va oshkor qilinmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Ajratiladigan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish, ular toʻliq va oʻz vaqtida hisoblanishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining Ichki audit boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Quyidagilar uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila daromadlari, oila tarkibi va turar joyining oʻzgarishi toʻgʻrisidagi axborotning ishonchliligi va oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan tegishli Pensiya jamgʻarmasining boʻlimini oʻz vaqtida xabardor qilish boʻyicha — ariza beruvchiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AT “Xalq bank”ning maxsus hisobvaraqlariga budjet mablagʻlarini oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirish boʻyicha — tuman (shahar) moliya boʻlimi rahbariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash boʻyicha arizalarni “Yagona reyestr” ATga belgilangan tartibda hamda oʻz vaqtida kiritish boʻyicha — tuman (shahar) Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining rahbariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus hisobvaraqlaridagi mablagʻlar toʻlanishining oʻz vaqtida va toʻliqligini taʼminlash hamda oluvchilar tomonidan talab qilib olinmagan mablagʻlarni tegishli mahalliy budjetga oʻz vaqtida va toʻliq qaytarish boʻyicha — tuman (shahar) AT “Xalq banki” boʻlimi rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga toʻlguniga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam va kompensatsiya toʻlovlari “Yagona reyestr” ATdagi yoki manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari bilan idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik tizimidagi texnik nosozlik natijasida tayinlanganligi aniqlangan taqdirda, ushbu xato aniqlangan sanadan boshlab 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga toʻlguniga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam va kompensatsiya toʻlovlari toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu holatda toʻlovlar Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining qaroriga asosan toʻxtatiladi va ariza beruvchiga elektron bildirishnoma (arizada koʻrsatilgan elektron manziliga yoki SMS-maʼlumot orqali mobil telefon raqamiga) yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Sirdaryo viloyatida tajriba loyihasini amalga oshirish davrida tayinlash jarayonidagi texnik xatolik natijasida toʻlanib yuborilgan 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga toʻlguniga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam va kompensatsiya toʻlovlari qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Ushbu Vaqtinchalik nizom 2020-yil 1-oktabrgacha amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyatining kam taʼminlangan oilalariga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyatining kam taʼminlangan oilalariga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyatining kam taʼminlangan oilalariga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ____________________tuman (shahar) boʻlimi rahbariga ‎‎
‎‎ ‎Quyidagi manzilda yashaydigan: ‎

Mahalla‎‎ ‎‎_______________
koʻcha (kvartal)‎‎ _______________‎‎
uy‎‎ _______________‎‎
kvartira‎‎ _______________‎
‎____________________________ tomonidan,

‎‎(ariza beruvchining F.I.O.)

ARIZA‎

‎‎Sizdan mening oilamga:

‎

‎‎14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa

‎

‎‎bola ikki yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa

‎‎

‎‎kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam
‎‎(murojaat qilgan nafaqa yoki moddiy yordam turi tanlansin)
Mening oilam quyidagi sabablarga koʻra ushbu nafaqa (moddiy yordam)ga muhtoj: ‎‎
‎‎_____________________________________________________________________________

‎‎(murojaat sababi koʻrsatiladi)

‎‎Ijtimoiy nafaqani (moddiy yordamni) quyidagi tartibda olmoqchiman:

‎

‎‎naqd pulda

‎

‎‎naqd pulsiz AT “Xalq banki” boʻlimi (filiali)ning bank hisobvaraqlari (kartochkalari) orqali
‎‎Arizaga quyidagilarni ilova qilaman:

‎

‎‎pasport va nikoh toʻgʻrisidagi (nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi) guvohnoma nusxalari.

‎

‎‎Oila aʼzosi tarkibiga kiradigan farzandlarning tugʻilganlik haqiidagi guvohnomalari.

‎

‎‎bolalar vasiylik ostida boʻlgan taqdirda, arizaga vasiylik va homiylik organining qarori.
‎‎Boshqa hujjatlar:____________________________________________________________
‎‎Arizani koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi xabarnomani quyida kelitirilgan telefon raqamiga:
‎‎+998_______________ yoki elektron pochta __________________ga yuborishingizni soʻrayman.

‎

‎‎Pensiya jamgʻarmasi boʻlimini oila tarkibi (bola tugʻilganligi, vafot etganligi yoki boshqa holatlar), daromadi, yashash joyi oʻzgarganligi va nafaqa (moddiy yordam) miqdoriga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa holatlar kabi oʻzgarishlar sodir boʻlganda oʻz vaqtida xabardor qilish majburiyatini olaman. Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini kafolatlayman.

‎

‎‎Men va oilam aʼzolari “Yagona ijtimoiy himoya reyestri” axborot tizimi orqali oilamni mehnatga haq toʻlash va boshqa barcha daromadlari, mulkiy va moddiy holatini tekshirishga rozilik beramiz.

‎‎Murojaat qiluvchining imzosi: _________________________
‎‎Sana: 20 ___ y “___” ___________.

‎‎Arizani roʻyxatdan oʻtkazdim

‎‎________________________

‎‎(masʼul xodim FIO)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyatining kam taʼminlangan oilalariga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaning boshqa daromadlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‎_____________________________________

(Ariza beruvchining F.I.O.)‎‎

‎‎1. Oila barcha aʼzolarining 20__ yil ________ oyidan _________ oyigacha (oxirgi 3 oy, murojaat qilingan oygacha) boʻlgan davrdagi boshqa daromadlari (rasmiy daromadlardan tashqari):

T/R‎

‎‎Daromad turlari nomi

Uch oylik daromadlar summasi (soʻm) ‎‎

1‎.

‎‎Koʻchar va koʻchmas mulkni ijaraga berishdan olingan mulkiy daromadlar (uy-joy, bino, yer, avtotransport va shu kabilar)‎

‎‎

2‎.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishdan olingan daromadlar‎‎

‎‎

3‎.

‎‎Pul tushumlari summasi (shu jumladan, xorijda ishlaydigan yoki tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshirayotgan oila aʼzolaridan)

‎‎

4‎.

Olingan alimentlar‎‎

‎‎

5‎.

‎‎Shaxsiy yordamchi (dehqon) xoʻjaligini yuritishdan olingan daromadlar

‎‎

6‎.

‎‎Qishloq xoʻjaligi ishlarida ishtirok etishdan olingan daromadlar

‎‎

7‎.

‎‎Boshqa daromadlar (turlari koʻrsatilishi lozim) ‎‎
‎‎2. Men,________________________________________(F.I.O toʻliq koʻrsatiladi):

‎‎oilam daromadlari toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javobgarlikni tushunaman va toʻliq qabul qilaman hamda men yuqorida qayd etilgan maʼlumotlarning notoʻgʻriligi aniqlangan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq javob berishim haqida xabardorman;

‎‎mening daromadlarim va oila aʼzolarim daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” Yagona ijtimoiy himoya reyestri” axborot tizimi orqali tekshirilishiga roziman;

‎‎arizamda koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlash zarurati yuzaga kelganda, mening moddiy va mulkiy holatim Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi masʼul xodimi tomonidan yashash joyimga tashrif buyurgan holda baholash orqali amalga oshirilishi mumkinligi shartini qabul qilaman.

‎‎Ariza beruvchining imzosi: ___________________________
‎‎Sana: 20___ y “____” __________.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyatining kam taʼminlangan oilalariga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2b-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari raxbarlariga

Quyidagi manzilda yashaydigan:

Mahalla‎‎ ‎‎_______________
koʻcha (kvartal)‎‎ _______________‎‎
uy‎‎ _______________‎‎
kvartira‎‎ _______________‎‎
‎____________________________ tomonidan,

‎‎(ariza beruvchining F.I.O.)

ARIZA‎

20.... yil 1 .......... holatiga koʻra, mening yoki mening oilam azolari nomiga ochilgan depozit hisobvaraqlaridagi qoldiq mablagʻlar hamda ariza berilgan sanadan oldingi olti oy mobaynida mening yoki mening oilam azolari nomiga olingan pul oʻtkazmalari yuzasidan maʼlumotlar berilishini soʻrayman.

‎‎Men va mening oila aʼzolarim ushbu maʼlumotlarni “Yagona reyestr” axborot tizimiga taqdim etishingizni soʻraymiz.

‎‎Ushbu ariza bilan men va mening oila aʼzolarim tanishib, yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlarning taqdim etilishiga rozilik berishimizni tasdiqlab imzo chekmoqdamiz.
‎‎Ariza beruvchi _‎‎________________ ‎‎________________________
‎‎

(FIO)‎‎

‎‎202___ y “___” _________.

‎‎Ariza beruvchining turmush oʻrtogʻi _________________ ‎‎________________________

‎‎(FIO)‎‎

‎‎202___ y “___” _________.
‎‎Oila aʼzosi* ‎‎_________________ ‎‎________________________

‎‎‎‎(FIO)‎‎

‎‎‎‎202___ y “___” _________.
‎‎Oila aʼzosi* ‎‎_________________ ‎‎________________________

‎‎‎‎‎‎(FIO)‎‎

‎‎‎‎‎‎202___ y “___” _________.

‎‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Izoh: Ariza beruvchi bilan birga yashovchi, oʻz oilasiga ega boʻlmagan 18 va undan katta yoshli oʻgʻli yoki qizi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyatining kam taʼminlangan oilalariga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila tarkibi va oila aʼzolarining iqtisodiy axvoli, oilaning tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkasi maydoni toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

___________________________mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan ariza beruvchi ______________________________ oila aʼzolari tarkibi va ularning iqtisodiy ahvoli, shuningdek, shaxsiy yordamchi (dehqon) xoʻjaligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkasi maydoni joyiga chiqqan holda oʻrganildi. Oʻrganish natijalari boʻyicha quyidagilar aniqlandi:‎‎

‎‎
‎‎I. Oila aʼzolari soni ____ kishi (oila aʼzolari tarkibi toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumot ilova qilinadi).
‎‎
‎‎II. Shaxsiy yordamchi (dehqon) xoʻjaligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkasi (kerakligi tagiga chizilsin):
‎‎‎“mavjud”, “mavjud emas”
‎‎Shaxsiy yordamchi (dehqon) xoʻjaligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkasi maydoni sotix.
‎‎‎‎III. Oilaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qaroriga asosan ijtimoiy nafaqa yoki moddiy yordam toʻlanmaydi.
‎‎Mahalla fuqarolar yigʻini raisi
‎‎
_______________ ‎‎_____________________

‎‎(imzo va muhr)

(FIO)‎‎

‎‎Mahalla fuqarolar yigʻini kotibi
‎‎_______________
‎‎_____________________

‎‎(imzo)

‎‎(FIO)

‎‎Oʻrganish oʻtkazilgan sana:
‎‎20____ y “____” ___________.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyatining kam taʼminlangan oilalariga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
3a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ariza beruvchi ____________________ning oila aʼzolari tarkibi toʻgʻrisida

‎MAʼLUMOT ‎‎‎

Oila har bir aʼzosining F.I.O. (pasport yoki tugʻilganlik haqidagi guvohnomaga qatʼiy amal qilgan xolda) ‎‎

Qarindoshlik darajasi toʻgʻrisidagi (*kod koʻrsatiladi)

Tugʻilgan sanasi toʻgʻrisida-gi (kk.oo.yy.) ‎

Pasport seriyasiva raqami (tugʻilgan-lik guvohnomasi) ‎

Har bir oila aʼzosining maqomi (** kod koʻrsatila-di) ‎

Mehnatga layoqatli (ha/yoʻq )

Ish va oʻqish joyi yoki ariza bergan paytdagi faoliyat turi (toʻliq koʻrsatilishi lozim) ‎

‎‎Ariza beruvchining oila aʼzolari

‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎
‎‎‎ ‎‎
‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎
‎‎‎ ‎‎‎

Ariza beruvchining bir manzilda istiqomat qiladigan boshqa oila aʼzolari‎‎

‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎
‎‎‎ ‎‎‎
‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎
‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎

* Izoh. Qarindoshlik darajasi kodlanishi: 01-er; 02-xotin; 03-qiz/oʻgʻil; 04-ota/ona; 05-qaynota/qaynona; 06-boshqalar‎‎

‎‎** Maqom turlari kodlanishi
07 — ish bilan band;‎‎
‎‎08 — ishsiz;
‎‎09 — uch yoshgacha boʻlgan bolani parvarish qiladi(lar);
‎‎01 — oʻzgalar parvarishiga muhtoj oila aʼzosini parvarish qiladi(lar);
‎‎11 — tomorqa uchastkasida yoki dehqon xoʻjaligida band;
‎‎12 — “Xar bir oila — tadbirkor” dasturi doirasidaoilaviy tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi (bu joyda mazkur kod bilan birga kredit olingan sana koʻrsatilishi lozim);
‎‎13 — ishlamaydigan pensioner;
14 — nogironligi boʻlgan shaxs (nogironlik guruhini koʻrsatgan holda);‎‎
‎‎15 — oliy taʼlim muassasasi talabasi;
‎‎16 — kasb-hunar kolleji yoki akademik litsey oʻquvchisi;
‎‎17 — umumtaʼlim maktabi, maktab-internat va shu kabilar oʻquvchisi;
‎‎18 — maktabgacha muassasa tarbiyalanuvchisi yoki uyda tarbiyalanadi (maktabgacha yoshdagi bolalar uchun).
‎‎19 — toʻliq davlat taʼminotidagi bola;
‎‎20 — chaqiriq boʻyicha harbiy xizmatni oʻtash yoxud harbiy taʼlim muassasasida taʼlim olish sababli oilada boʻlmagan shaxs;
‎‎21 — sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi boʻyicha jazoni ijro etish joylarida boʻlish munosabati bilan oilada boʻlmagan shaxs;
‎‎22 — xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi sababli oilada boʻlmagan shaxs.
‎‎Mahalla fuqarolar yigʻini raisi _______________‎‎ ‎‎_____________________

(imzo va muhr)‎‎

‎‎(FIO)

‎‎Mahalla fuqarolar yigʻini kotibi ‎_______________ _______________‎‎

‎‎(imzo)

‎‎(FIO)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyatining kam taʼminlangan oilalariga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Pensiya jamgʻarmasi __________________ tuman (shahar) boʻlimiga __________________ mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan taqdim etiladigan nafaqa va moddiy yordam tayinlashni soʻrab murojaat etgan ariza beruvchilarning
‎ROʻYXATI ‎‎

T/R‎

Ariza beruvchining F.I.O.‎‎

‎‎Ariza berilgan sana

Nafaqa yoki moddiy yordam turi‎‎

1‎.

‎‎ ‎‎ ‎‎

2‎.

‎‎ ‎‎ ‎‎

3‎.

‎‎ ‎‎ ‎‎

4‎.

‎‎ ‎‎ ‎‎

5‎.

‎‎ ‎‎ ‎‎

6‎.

‎‎ ‎‎ ‎‎

7‎.

‎‎ ‎‎‎ ‎‎

8‎.

‎‎ ‎‎ ‎‎

9‎.

‎‎ ‎‎ ‎‎
…‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Topshirdi:
Mahalla fuqarolar yigʻini raisi ‎‎_______________ _______________‎‎

(imzo, muxr) ‎‎

‎‎(FIO)

Mahalla fuqarolar yigʻini kotibi‎‎ ‎‎_______________ ‎‎_______________

‎‎(imzo)

‎‎(FIO) ‎‎

Qabul qildi:
Pensiya jamgʻarmasi ______________ tuman (shahar) masʼul xodimi ‎‎ _______________ ‎‎_______________

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎(FIO) ‎‎ ‎‎

‎‎20___ yil “___” __________.‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyatining kam taʼminlangan oilalariga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaning tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritishdan olinadigan normativ daromadini hisoblash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
METODIKASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu oilaning tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritishdan olinadigan normativ daromadini hisoblash metodikasi ariza beruvchi oilasining natura shaklida olinadigan yoxud ariza beruvchi oilasida mavjud boʻlgan shaxsiy yordamchi (dehqon) xoʻjaligini yuritishdan olishi mumkin boʻlgan daromadlarini hisoblab chiqish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan oila tarkibi va oila aʼzolarining iqtisodiy ahvoli, oilaning tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkasi maydoni toʻgʻrisida olingan maʼlumotlar asosida ariza beruvchi oilasi tomonidan oilaning tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritish uchun foydalaniladigan sotixlardagi yer uchastkasi maydonidan kelib chiqib, ushbu metodikaning 3-bandiga muvofiq formula boʻyicha oilaning tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritishdan olinadigan oilaning oʻrtacha oylik normativ daromadi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ariza beruvchi oilasining olinadigan yoxud oilaning tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritishdan olishi mumkin boʻlgan oʻrtacha oylik daromadi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ND = M (sot) * 0,035* MHTEKM, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ND — oilaning tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritishdan olinadigan oʻrtacha oylik normativ daromadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
M (sot) — yer uchastkasi maydoni (sotixda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0,035 — bir sotix maydondan olinadigan normativ daromadni aks ettiruvchi koeffitsiyent;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MHTEKM — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari bilan jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam oʻrtacha oylik miqdori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oilaning tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritishdan olinadigan normativ daromadini aniqlashni hisoblab chiqishning misollari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol. Oilada tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligi uchun 10 sotix hajmida yer uchastkasi mavjud. Normativ daromad aniqlanadigan oydagi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son Qaroriga muvofiq 679 330 soʻmni tashkil etadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaning tomorqa yer va/yoki dehqon xoʻjaligini yuritishdan olinadigan oʻrtacha oylik normativ daromadi quyidagini tashkil etadi: 10 sotix x 0,035 x 679 330 soʻm = 237766 soʻm”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 va 14-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-pozitsiyasida “Amalga oshirish muddatlari” ustunidagi “fevral” soʻzlari “oktabr” soʻzlariga almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/286/0592-son)