4-ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Amalga oshirish muddatlari |
Mas’ul ijrochilar | |
|
I. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar | ||||
|
1. |
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish, joriy etish, kuzatish va yanada takomillashtirish jarayonini metodik ta’minlash bo‘yicha mas’ul ijrochilar mutaxassislaridan iborat tarkibda ekspertlar kengashini tashkil etish. |
Moliya vazirligining buyrug‘i |
2019-yil |
Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Pensiya jamg‘armasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv bo‘yicha). |
|
2. |
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish jarayonini texnik ta’minlash va kuzatish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhni tashkil etish. |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining buyrug‘i |
2019-yil |
Pensiya jamg‘armasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Moliya vazirligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv bo‘yicha), manfaatdor vazirliklar va idoralar. |
|
II. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish | ||||
|
4. |
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish, joriy etish va kuzatish bo‘yicha ishlar (xizmatlar) qiymatini, shu jumladan, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi xodimlarini o‘qitishga va Sirdaryo viloyatida tajriba loyihani tashkil etish doirasida uning samarali ishlashini ta’minlash uchun moddiy-texnik jihozlash xarajatlari qiymatini aniqlash. |
Budjetni tasdiqlash hamda moliyalashtirish manbalarini aniqlash |
2019-yil |
Pensiya jamg‘armasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv bo‘yicha). |
|
5. |
Soliq organlari va boshqa davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlar bazalarini taqqoslash yo‘li bilan, shu jumladan, mobil ilova ishlab chiqilishini hisobga olgan holda oilalarning ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va olishga bo‘lgan muhtojligini real vaqt rejimida baholashni nazarda tutuvchi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi yaratish bo‘yicha texnik topshiriqni tayyorlash. |
Texnik vazifalarni tasdiqlash |
2019-yil iyun |
Pensiya jamg‘armasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa davlat organlari. |
|
6. |
Davlat organlari va tashkilotlarning ma’lumotlar bazalariga integratsiya qilingan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish. |
Texnik topshiriqqa muvofiq |
Texnik topshiriqning muddatlariga muvofiq |
Pensiya jamg‘armasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv bo‘yicha). |
|
7. |
Davlat organlari va tashkilotlarning ma’lumotlar bazalarini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan integratsiya qilish. |
Texnik topshiriqqa muvofiq |
Tasdiqlangan jadvalga muvofiq |
Pensiya jamg‘armasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa davlat organlari. |
|
8. |
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi ishlashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kompyuter va boshqa texnikani, inventar va boshqa tovarlarni sotib olish. |
Texnik topshiriqqa muvofiq |
Tasdiqlangan jadvalga muvofiq |
Pensiya jamg‘armasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi. |
|
9. |
Sirdaryo viloyatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tajriba loyihasini joriy etish va amalga oshirish hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘linmalari va boshqa vazirliklar va idoralarning xodimlarini — ushbu axborot tizimidan foydalanuvchilarni o‘qitish. |
Texnik topshiriqqa muvofiq |
Texnik topshiriqning muddatlariga muvofiq |
Pensiya jamg‘armasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv bo‘yicha). |
|
10. |
Sirdaryo viloyatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tajriba sifatida joriy etilishi natijalarini tahlil qilish. |
Tahliliy |
2020-yil |
Pensiya jamg‘armasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv bo‘yicha). |
|
11. |
Sirdaryo viloyatidagi tajriba loyihasini tahlil qilish natijalarini hisobga olgan holda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini respublikaning butun hududida joriy etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Qaror loyihasi |
2020-yil oktabr |
Pensiya jamg‘armasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv bo‘yicha). |
|
III. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini kuzatib borish chora-tadbirlari | ||||
|
12. |
Yangi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining mohiyati va vazifalari to‘g‘risida axborot materiallari tayyorlash, ularni barcha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va aholiga, ayniqsa borish qiyin bo‘lgan va chekka aholi punktlarida yashovchi aholiga yetkazish. |
Tashkiliy |
2020-yil |
Pensiya jamg‘armasi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv bo‘yicha). |
|
13. |
Aholiga ko‘rsatiladigan davlat ijtimoiy xizmatlarining barcha turlarini xatlovdan o‘tkazish va eng yaxshi xorijiy amaliyotlarni hisobga olgan holda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga joriy etish bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar davlat klassifikatorini joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasiga analitik ma’lumotlar va takliflar |
2020-yil aprel |
Pensiya jamg‘armasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi agentligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv bo‘yicha). |