Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-may,
284-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 284-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 15-fevraldagi 52-son qarorining 8-bandi birinchi xatboshisidagi “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki hamda xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish uchun normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 30-martdagi 153-son qarorida:
a) 1-ilovaning 1-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 5-bandida:
birinchi xatboshidagi “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot vazirligiga” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilovada:
2-bandning uchinchi xatboshisi koʻyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Har yili paxta xom ashyosi tayyorlash yakunlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat taʼminoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi statistika organlari bilan birgalikda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga loyihalarda qatnashuvchi barcha qishloq xoʻjaligi korxonalari boʻyicha tayyorlangan paxta xom ashyosining yigʻma hajmini, belgilangan xarid kvotasi hajmini va xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan paxta mahsulotlari hajmini alohida koʻrsatgan holda, shuningdek paxta mahsulotlarini sotish yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni taqdim etadi”;
3-bandning birinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 5-ilovaning 3-bandida “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash. II bosqich” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 27-avgustdagi 196-son qarorida:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisi va 8-bandning birinchi xatboshisidagi “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 9 va 10-bandlardagi “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari Roʻyxatining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) 68-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Suv xoʻjaligi obyektlari boʻylarida ihota va daraxtzorlar barpo etish hamda hududlarni obodonlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-dekabrdagi 1004-son qarorida:
a) 3 va 4-bandlardagi “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
3-bandning “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4 — 6-bandlarning “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)” soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7 — 10, 12 va 14-bandlarning “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-bandning “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)” soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-bandning “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Fargʻona viloyatida anor yetishtirishni koʻpaytirish va sohani rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 4-oktabrdagi 791-son qarorining 12-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024 yil 1 sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
10. Vazirlar Mahkamasining “Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini yanada rivojlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-iyuldagi 569-son qaroriga 2-ilovaning 3.1 va 3.2-bandlarining “Masʼullar” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 9-bandda:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi;”;
yettinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 33-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“33. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining iqtisod, innovatsion rivojlanish va investitsiyalar masalalari boʻyicha maslahatchisi, shuningdek, Vazirlik huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi”.
12. Vazirlar Mahkamasining “2019 — 2022-yillarda Andijon viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 24-iyuldagi 622-son qaroriga 6-ilovaning 38-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 11-sentabrdagi 761-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshidagi “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyati Ohangaron tumanida chorvachilikni rivojlantirish toʻgʻrisida” 2019-yil 23-oktabrdagi 890-son qarorining 3-bandidagi “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-F-son farmoyishiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)