ILOVA
|
T/r |
Tadbirlarning nomi |
Amalga oshirish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Suv resurslarini boshqarish va ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi obyektlarini modernizatsiya qilish uchun xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish holatini tahlil qilish. Budjet mablagʻlari va xalqaro moliya institutlari kreditlarining amalda tejalishini belgilash. |
Investitsiya loyihalarining komponentlari va tasdiqlangan tarmoq jadvallari yakunlanishiga koʻra |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Moliya vazirligi (Y. Tursunov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov) |
|
2. |
Investitsiya loyihalari doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan tejalgan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlarini Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, shuningdek, moliyalashtirayotgan xorijiy banklar mablagʻlarini yoʻnaltirishni kelishish. |
Tejalgan mablagʻlar aniqlangandan soʻng ikki oy muddatda |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Moliya vazirligi (Y. Tursunov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov) |
|
3. |
Investitsiya loyihalari doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha tarmoq jadvalini tasdiqlash. |
Tejalgan mablagʻlar aniqlagandan soʻng ikki oy muddatda |
|
|
4. |
Amalga oshirilgan investitsiya loyihalari doirasida suv xoʻjaligi obyektlarida qurilgan va rekonstruksiya qilingan uchastkalarni tekshirish va ishchi guruh tuzish. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida mavjud daraxtlar |
Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha |
Davlat oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi (G. Qurbonov), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev), Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (B. Yusupov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari |
|
5. |
Xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab joylashgan yer maydonlarini aniqlash. |
Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha | |
|
6. |
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarning texnik topshiriqlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash. |
Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha | |
|
7. |
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha eng yaxshi takliflarni tanlash va loyiha smetalarini ishlab chiqish uchun loyiha tashkilotini aniqlash. |
Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha |
Davlat oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi (G. Qurbonov), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev), Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (B. Yusupov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari “Suvqurilishinvest” DM |
|
8. |
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish uchun ishlab chiqilgan loyiha smetalarini texnik, davlat va ekologik ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlash. |
Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha |
Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, Qurilish vazirligi (D. Adilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev), “Suvqurilishinvest” DM |
|
9. |
Investitsiya loyihasi doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish loyihasini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda pudratchi tashkilotni aniqlash. |
Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha |
Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, Qurilish vazirligi (D. Adilov), Kadastr agentligi (M. Mirmaxsudov), Davlat oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi (G. Qurbonov), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari, “Suvqurilishinvest” DM |
|
10. |
Investitsiya loyihasi doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun pudratchi tashkilotlar bilan shartnoma tuzish. |
Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha |
Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, “Suvqurilishinvest” DM |
|
11. |
Ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish uchun zarur boʻlgan tur va miqdordagi koʻchatlarni shartnoma asosida yetishtirish va sotish. |
Tuzilgan shartnomalar boʻyicha |
Davlat oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi (G. Qurbonov) |
|
12. |
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarning tarmoq jad?allarini tasdiqlash. |
Pudratchi bilan shartnoma tuzilgandan soʻng 10 kun muddatda |
Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, “Suvqurilishinvest” DM, Bosh pudratchi tashkilotlar |
|
13. |
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq qurib qolgan va tabiiy zararkunandalar va kuchli shikastlangan va quriyotgan, kasallangan daraxtlar va butalarni kesish uchun tegishli qarorlarni toʻlovsiz, oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazish. |
Belgilangan muddatlarda |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev), |
|
14. |
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va daraxtzorlarni barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishni taʼminlash. |
Tasdiqlangan tarmoq jadvallari boʻyicha |
Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, “Suvqurilishinvest” DM, Bosh pudratchi tashkilotlar |
|
15. |
Qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish loyihalari sifati va oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash. |
Loyihalarni amalga oshirish mobaynida |
Bosh pudratchi tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari, “Suvqurilishinvest” DM |
|
16. |
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha qurilishi tugallangan obyektlarni ishga tushirish uchun davlat qabul qilish komissiyasini shakllantirish. |
Loyihalar tugallangandan soʻng bir oy muddatda |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari, |
|
17. |
Qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini hamda obodonlashtirilgan hududlarning yer maydonlarini va yaxshi saqlangan hududlarni yer maydonlari bilan taʼminlashni va ulardan foydalanishni belgilangan tartibda taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish. |
Loyihalar tugallagandan soʻng bir oy muddatda |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari, Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Kadastr agentligi (M. Mirmaxsudov), “Suvqurilishinvest” DM |
|
18. |
Suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab belgilangan daraxtzorlarni barpo etish va himoyalashga, shuningdek, obyektlardan maqsadli foydalanishga yoʻnaltirish orqali foydalanish tashkilotlari tomonidan sugʻorish va boshqa qishloq xoʻjaligi agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida olib borish yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash. Suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab barcha etilgan ihota va daraxtzorlar saqlanishini nazorat qilish. |
Har oyda jadval boʻyicha Har oyda jadval boʻyicha |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari, Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari bilan birgalikda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev) va uning hududiy organlari |