Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.07.2025 12.05.2020 yildagi 281-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.07.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish maqsadini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-apreldagi 244-sonli “Ayrim turdagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2025-yil 20-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib o‘tish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4508-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish maqsadini aniqlash jarayonlarini samarali tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlari undirilmaydigan tovarlarni respublikaga olib kirishning cheklangan me’yorlari hamda jismoniy shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim turdagi tovarlarni olib kirish me’yorlari tasdiqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga tovarlarni olib o‘tish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 22-iyundagi 463-son qaroriga asosan jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasining avtoyo‘l (yo‘lovchi), temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o‘tishning miqdor me’yorlari tasdiqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib o‘tish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4508-son qaroriga asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-yanvardan boshlab, notijorat maqsadlar uchun bojxona chegarasi orqali qo‘l yukida va kuzatib borilayotgan bagajida tovarlar olib kirayotgan jismoniy shaxslar uchun, shuningdek, jismoniy shaxs nomiga xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari orqali keladigan tovarlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan bojxona boji, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i o‘rniga yagona bojxona to‘lovini to‘lashni nazarda tutuvchi bojxona to‘lovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarning bojxona qiymatidan 30 foiz, lekin har bir kilogrammi uchun 3 AQSH dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda yagona bojxona to‘lovi stavkasi tasdiqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan tovarlar toifasiga kirmaydigan tovarlar ro‘yxati tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish maqsadini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2023-y., 09/23/148/0205-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 12-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
281-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-maydagi 281-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish maqsadini aniqlash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi (keyingi o‘rinlarda — bojxona chegarasi) orqali tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tish maqsadini aniqlash borasida ushbu jismoniy shaxslarni bojxona chegarasini kesib o‘tishida bojxona nazoratidan o‘tkazish tartibotlarini soddalashtirish, bojxona organlarining o‘z xizmat vazifalarini bajarishida qonuniylik, ochiqlik, shaffoflikni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashning huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi tartibni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy ehtiyojlar uchun tovarlar — jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan shaxsiy, oilaviy (ota-onasi, turmush o‘rtog‘i va farzandlari) ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan hamda tadbirkorlik yoki boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan tovarlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat maqsadlar uchun tovarlar — bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan ishlab chiqarish, tadbirkorlik yoki boshqa tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar shaxsiy ehtiyojlar uchun tovarlar toifasiga jismoniy shaxs (o‘n olti yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tiladigan tovarlarni ularni kuzatib borayotgan shaxs) tomonidan deklaratsiyalash yo‘li orqali kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizom qoidalari ma’lum toifadagi shaxslar (xalqaro tashishlar bilan band bo‘lgan haydovchilar, xizmat safari bo‘yicha harakatlanayotgan shaxslar va delegatsiya a’zolari), shuningdek, xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga doimiy yashash uchun ko‘chib kelayotgan shaxslar tomonidan olib o‘tiladigan tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish maqsadini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish maqsadini aniqlash bojxona organining mansabdor shaxsi tovarlarning miqdori, xususiyati va olib o‘tilishining takroriyligi hamda safarning holatlari, shuningdek, bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar jismoniy shaxs va uning oila a’zolari shaxsiy ehtiyojlari uchun mo‘ljallanganligini inobatga olib, xavfni boshqarish tizimi qo‘llanilgan holda aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bojxona organi mansabdor shaxsi tovarning olib o‘tish maqsadini aniqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishda quyidagi mezonlarga asoslanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) chegara bojxona postlari orqali tovarlarni olib o‘tishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar xususiyati — tovarning iste’mol xususiyatlari, uning tijorat maqsadida foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan, shaxslarning shaxsiy, oilaviy va maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallanganligi inobatga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarning miqdori — tovarlarni olib o‘tayotgan jismoniy shaxs va uning oila a’zolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi (bir nomda, bir o‘lchamdagi, bir shakl hamda rangda va boshqalar) tovarlarga, agar tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tijorat maqsadida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb e’tirof etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni olib o‘tishning takroriyligi — ayni bir shaxs tomonidan bir turdagi tovarlarning oz miqdorda bo‘lsada bir necha bor olib kirilishiga, agar tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun tovarlarni olib kirish deb e’tirof etiladi. Chegara xizmati organlari tomonidan fuqarolik pasportiga qo‘yiladigan belgi (shtamp) O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tkazish punktidan o‘tish takroriyligini aniqlash uchun asos hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
safarning holatlari — safarning maqsadi va davomiyligi, kelish davlati inobatga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquq-tartibot organlaridan tovarlar va ularni olib o‘tayotgan shaxslar to‘g‘risida kelib tushgan ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarning olib o‘tish maqsadini aniqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishda oila tarkibi (tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs tomonidan tasdiqlangan taqdirda), ko‘rsatib o‘tilgan tovar turlariga shaxsning odatiy ehtiyoji va olib o‘tiladigan tovarlar turlari ham inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xalqaro pochta va xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali, shu jumladan xorijiy davlatlarning internet-do‘konlarida xarid qilingan tovarlarni olib o‘tishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro pochta va xalqaro kuryerlik jo‘natmalari oluvchining yoshi uning manziliga jo‘natilgan tovarlarning xususiyatlari bilan muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir manzil bo‘yicha yashovchi bir yoki bir necha jismoniy shaxs tomonidan olib o‘tiladigan bir xil turdagi tovarlarni olib o‘tishning takroriyligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deklaratsiyada ko‘rsatilgan tovarlarni qabul qiluvchi manzilning jismoniy shaxs haqiqatda ro‘yxatdan o‘tgan joyi bilan farqliligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida ko‘rsatilgan mezonlardan birining mavjudligi, bojxona chegarasi orqali jismoniy shaxs va uning oila a’zolari tomonidan olib o‘tiladigan tovarlar belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lganda, ular shaxsiy ehtiyojlari uchun mo‘ljallanmaganligiga (shaxsiy foydalanish yoki iste’mol maqsadida emasligi) taxmin qilishga asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tilayotgan bojxona to‘lovlari undirilmaydigan va tadbirkorlik yoki boshqa tijorat faoliyati uchun mo‘ljallanmagan tovarlar respublikaga olib kirishning cheklangan me’yorlaridan ortganda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodidan va kelib chiqish mamlakatidan qat’iy nazar ushbu tovarlarning bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda, cheklangan me’yorlardan ortiq qismiga nisbatan yagona bojxona to‘lovi undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qaroriga 1-ilovada nazarda tutilgan bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim turdagi tovarlar olib o‘tilganda, shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik yoki boshqa tijorat maqsadlarida tovarlar bojxona chegarasi orqali olib o‘tilganda ularning miqdori olib kirish me’yorlardan ortgan taqdirda, ularga nisbatan bojxona qonunchilik hujjatlarida belgilangan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari olib o‘tilayotgan tovarlarning umumiy miqdoriga nisbatan qo‘llaniladi.
(6-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kuzatib borilayotgan va (yoki) kuzatib borilmayotgan bagajlarda shaxsiy ehtiyojlar uchun bo‘lgan tovarlarning olib kirish cheklangan normalari, yo‘nalish va yetib borish manzilida zarur hamda ilgari foydalanishda bo‘lgan shaxsiy ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan tovarlarni hisobga olmagan holda quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo‘nalish va (yoki) yetib borish manzilida an’anaviy (odatda) tartibda foydalanish amaliyoti, shu bilan birga mavsumiyligini, sayohat maqsadini, transport turini, bojxona chegarasidan o‘tish takroriyligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eskirish va boshqa ishlatilganlik belgilari (qirilish, bukilish va boshqa mexanik shikast) mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birkalar, yorliqlar, ishlab chiqaruvchi o‘rovi yo‘qligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni odatiy tartibda foydalanish uchun yetarli bo‘lgan darajada bitta yoki boshqa miqdorda, shu jumladan mavsumiyligini, sayohat maqsadini, transport turini, yo‘nalish davomida yoki yetib borish manzilida obyektiv zaruratliligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Jismoniy shaxs bojxona organi mansabdor shaxsining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish maqsadini aniqlash bo‘yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi mansabdor shaxsga hamda sudga shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur Nizom qoidalari jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib o‘tishda ikki yo‘lakli tizimdan foydalanganda ham qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni “yashil” yo‘lak orqali olib o‘tilishining qonuniyligi nazorati bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tanlov asosida (obyektlar tanlovi va (yoki) ularni nazorat qilish usullari) va ushbu Nizomda belgilangan shartlarga rioya etilmagan hollarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu Nizomning buzilganligi uchun aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2020-y., 09/20/281/0576-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 11.04.2023-y., 09/23/148/0205-son)