O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 292-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PQ-4602-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda budjetdan tashqari “Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga;
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Vazirlik, Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondining Jamg‘arma daromadlarini shakllantirish manbalari etib quyidagilarni belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
“Mahalla” xayriya jamoat fondiga har yili o‘tkaziladigan umumxalq xayriya xasharidan tushadigan tushumlarning 10 foizi;
har yili O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi tomonidan asoslangan hisob-kitoblarga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 210-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 09/21/210/0326-son)
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-son Farmoni hamda 2020-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4602-son qarori bilan Vazirlikka yuklatilgan asosiy vazifalarni amalga oshirish;
“xavfsiz mahalla” tamoyilini to‘laqonli va samarali joriy etish, oila va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish;
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularning bandligini ta’minlash, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish;
keksalar va faxriylar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy ko‘maklashish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;
aholini oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish hamda ularning tomorqa yerlaridan samarali foydalanishga ko‘maklashish;
fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Vazirlikning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish hamda ijtimoiy himoya qilish, ularning malakasini oshirish, konferensiyalar va boshqa tadbirlar tashkil etish, Vazirlik faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish xarajatlarini moliyalashtirish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri R.T. Mamatov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-aprel,
228-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi 228-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) maqomi, asosiy vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
2. Vazirlik oila, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini olib boruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi) bo‘ysunadi.
3. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Vazirlik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Vazirlik, uning tizimiga kiradigan hududiy bo‘linmalar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi bank hisobraqamlariga ega bo‘ladi.
7. Vazirlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, qisqartirilgan nomi — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Ministerstvo po podderjke maxalli i semi Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Ministerstvo po podderjke maxalli i semi;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — Ministry of Support of Mahalla and Family of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Ministry of Support of Mahalla and Family.
8. Vazirlik joylashgan joy (pochta manzili): 100047, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Istiqlol ko‘chasi, 51-uy.
2-bob. Vazirlikning tuzilmasi
9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Vazirlik markaziy apparati;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar);
tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — tuman (shahar) bo‘limlari);
“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti;
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlari;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-oktabrdagi 624-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2021-y., 09/21/624/0940-son)
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi;
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar;
“Mahalla” gazetasi, “Mahalla ko‘zgusi” jurnali, “Oila va jamiyat” gazetasi, “Saodat” jurnali, “Nuroniy” gazetasi, “Keksalar gashti” jurnali, “Markaziy Osiyoda jamiyat, gender va oila” xalqaro ilmiy jurnali.
10. Hududiy boshqarmalar Vazirlikka, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisob beradi.
Tuman (shahar) bo‘limlari tegishli hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) hokimliklariga hisobot beradi.
“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar, “Mahalla” gazetasi, “Mahalla ko‘zgusi” jurnali, “Oila va jamiyat” gazetasi, “Saodat” jurnali, “Nuroniy” gazetasi, “Keksalar gashti” jurnali, “Markaziy Osiyoda jamiyat, gender va oila” xalqaro ilmiy jurnali Vazirlikka hisobot beradi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-oktabrdagi 624-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2021-y., 09/21/624/0940-son)
3-bob. Vazirlik va uning tizimidagi hududiy bo‘linmalarning vazifalari va funksiyalari
1-§. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining asosiy vazifalari va funksiyalari
11. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining to‘laqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama ko‘maklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish;
oila institutini mustahkamlash bo‘yicha, eng avvalo, “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini yuritish, notinch va muammoli oilalarga manzilli ko‘maklashishni tashkil etish;
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash;
xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish;
xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama manzilli qo‘llab-quvvatlash;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqeyini yuksaltirish;
mahallalarda qonun ustuvorligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarida ichki ishlar organlari, boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash;
yolg‘iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy ko‘maklashish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashda huquqiy, uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish, nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalarida samarali foydalanish;
fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
12. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining to‘laqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama ko‘maklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish sohasida:
jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini to‘laqonli joriy etishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqadi va ularning samarali amalga oshirilishida vazirliklar, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishini muvofiqlashtiradi;
“Obod mahalla” va “Xavfsiz mahalla” tushunchalarining asosiy mezonlari, yo‘nalishlarini ishlab chiqadi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
jamiyatda milliy qadriyatlarni rivojlantirish, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka, marosimlar o‘tkazilishini tartibga solishda ijtimoiy adolat va qonuniylik, milliy urf-odat va an’analarga sodiqlik, boshqa din va millat vakillarining urf-odatlarini hurmat qilish hamda jamoatchilik fikrini inobatga olish tamoyillariga rioya etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ko‘maklashadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlikda oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlaydi hamda bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, shu jumladan, fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etish, xotin-qizlar huquqbuzarligi profilaktikasi, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklarga doir ishlarda va ularning huquqlarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga ko‘maklashadi;
xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, birinchi navbatda, huquqbuzarlikka moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar bilan ish olib borish, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorligini ta’minlaydi;
mahalla va oila institutlarini mustahkamlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
yoshlarni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash choralarini ko‘radi;
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ularning faoliyatini tahlil qiladi, muvofiqlashtiradi, mazkur tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda ularning samarali ishlashini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga binoan hamda shaxsiy tashabbusiga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
faoliyatning belgilangan sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi;
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati sohasiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqishni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasiga mahalla va oila institutlari bilan bog‘liq normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
mahalla institutini rivojlantirishning yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolli strategiyalarini ishlab chiqadi;
vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalarining mahalla va oila institutlari bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, rivojlantirish dasturlari loyihalarini kelishadi;
o‘z vakolati doirasida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasida oila institutining xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqadi;
b) oila institutini mustahkamlash bo‘yicha, eng avvalo, “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini yuritish, notinch va muammoli oilalarga manzilli ko‘maklashishni tashkil etish sohasida:
oila institutini mustahkamlash, “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini yuritadi, bu borada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga uslubiy va amaliy ko‘maklashadi;
zamonaviy oilani rivojlantirish, oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlar, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, boy madaniy, tarixiy meros va an’anaviy oilaviy qadriyatlar asosida oila institutini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishini, uning farovonligini oshirish masalalarini kompleks o‘rganishni tashkil etadi;
oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish hamda sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat hamda jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini ta’minlaydi;
notinch va muammoli oilalarni aniqlash, ularning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga zid bo‘lgan yot xavf-xatarlarga qarshi kurashish maqsadida ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlashni tashkil etadi;
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
o‘zini o‘zi boshqarish tizimi va oila-nikoh munosabatlari sohasida amaliyotni o‘rganish hamda tajriba almashish borasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
v) xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash sohasida:
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali ijrosini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va faolligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish sohasida ijtimoiy sheriklik tizimini rivojlantirishga, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik tamoyillarining amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ayollar va bola huquqiga oid xalqaro hujjatlarning muhokama qilinishida, shuningdek, gender tengligi, ayollar masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning huquqlari va faoliyatining kafolatlarini kengaytirish, yoshlarga oid va ijtimoiy sohalarga aloqador boshqa masalalar yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari ishini samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xotin-qizlarni sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish, madaniyat, turizm, ommaviy jismoniy tarbiya va sport muassasalari, sanatoriy-kurortlarda davolash, bolalarni sog‘lomlashtirish va ularning dam olishi masalalarida davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ish beruvchilar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
iqtidorli qizlarni a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda adabiyot, madaniyat, san’at, ta’lim va sport sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi;
jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning totuvligi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan, shuningdek, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi;
g) xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish sohasida:
og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish tizimini shakllantirish, ularning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan kam ta’minlangan hamda nogironligi bo‘lgan ayollarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash ishlarini tashkil etadi;
uy-joyga muhtoj, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, kam ta’minlangan hamda nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning ro‘yxatini tuzish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash maqsadli fondi hisobidan boshlang‘ich badalni to‘lab berish orqali ularni arzon uy-joylar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etadi;
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlariga metodik yordam ko‘rsatadi va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
zo‘ravonlikning oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki o‘z joniga suiqasd qilgan yoki qasd qilishga moyil bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi hamda ushbu yo‘nalishda ilg‘or xorijiy davlatlarning ijobiy tajribalarini joriy etish choralarini ko‘radi;
(12-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-oktabrdagi 624-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2021-y., 09/21/624/0940-son)
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylari, shuningdek “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ta’lim-tarbiyasi, ularni balog‘atga, turmushga tayyorlash;
har yili kamida ikki marotaba o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ijtimoiy holatini o‘rganib borish;
o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarni “Mehr daftari”ga kiritib, ularni qiynayotgan masalalarni joyida hal qilishga hamda o‘quv-tarbiya muassasalaridan keyingi hayotida o‘z o‘rnini topishiga har tomonlama ko‘maklashish.
(12-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
xotin-qizlar o‘rtasida turli salbiy ijtimoiy harakatlar, ayniqsa, o‘z joniga qasd qilish, fohishabozlik, voyaga yetmagan qizlarning erta turmushga chiqish kabi holatlarning sabablarini chuqur o‘rganish hamda natijalari bo‘yicha fuqarolar yig‘inlari kengashlari, mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktika chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlariga xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishda, ularni og‘ir ijtimoiy ahvoldan chiqarish choralarini amalga oshirishda uslubiy va amaliy ko‘maklashadi;
d) xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama manzilli qo‘llab-quvvatlash sohasida:
aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari bilan alohida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish, mehnat sharoitlarini yaxshilashga oid masalalarni hal etish, qishloq joylaridagi xotin-qizlarni, ayniqsa, yosh qizlarni tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish uchun biznes tuzilmalari, tadbirkor ayol birlashmalarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlar bilan individual ish olib borish, ularni kasb-hunarga tayyorlash bo‘yicha o‘qitishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda kredit mablag‘lari, Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash maqsadli fondi hisobidan kreditlar ajratilishiga ko‘maklashadi;
joylarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ular o‘rtasida tadbirkorlikni, hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan amaliy choralar samaradorligini monitoring qiladi;
e) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi hamda ko‘makdoshiga aylantirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
jamiyatda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etish bo‘yicha mustaqilligini ta’minlashga ko‘maklashadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq murojaatlarning mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini monitoring qiladi;
mahallalarda aholining murojaatlari va uyma-uy yurish jarayonida aniqlangan muammolarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda — sektorlar), mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan o‘z vaqtida hal etilishi yuzasidan muntazam monitoring yuritadi va ko‘maklashadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda, sudlarga ularning manfaatlarini ko‘zlab da’vo arizalari, davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) to‘g‘risida shikoyatlar taqdim etadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qonun hujjatlarida belgilangan huquqlarining amalga oshirilishiga ko‘maklashadi va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarini amalga oshirishda mutasaddi tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini ta’minlashga ko‘maklashadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini ularning vazifa va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilish va tadbirlarga jalb qilish, faoliyatiga asossiz aralashish, taalluqli bo‘lmagan vazifalarni yuklash taqiqlanganligi haqidagi talabning amalda ijro etilishini ta’minlash choralarini ko‘radi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari va jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan faollarning ish samaradorligini baholashning reyting tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etadi;
j) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqeyini yuksaltirish sohasida:
jamiyatda tinchlik-totuvlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar ahilligini ta’minlash, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, aholining kundalik muammolarini hal etishda mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyati samaradorligini oshirish, ularning ishini tashkil etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashish choralarini ko‘radi;
aholi muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha “mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla” prinsipi asosidagi hamkorlik tizimini samarali joriy qilish va takomillashtirib borish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o‘rganish orqali muammolarni aniqlash va hamkorlikda bartaraf etish choralarini ko‘rishda hamda ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda, har chorakda jamoatchilik nazoratining natijalari, aniqlangan muammolar to‘g‘risida umumlashgan ma’lumotlar, shuningdek, tegishli mansabdor shaxslarning hisobotini eshitish bo‘yicha takliflarni xalq deputatlari Kengashlari majlislarida muhokama qilish uchun kiritishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ko‘maklashadi;
har chorakda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yig‘inlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish, fuqarolar yig‘inlarining hisobotlar to‘g‘risidagi bayonnomalarini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborish, ular tomonidan bu bayonnomalarning hisobini yuritish, fuqarolar yig‘inlarining qarorlari va murojaatlari ko‘rib chiqilishi yuzasidan nazoratning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
har chorakda kamida bir marta fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining), uning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar hamda taftish komissiyasi raislarining, shuningdek, hududdagi ta’lim muassasalari rahbarlarining hisobotlarini, tegishincha oilaviy poliklinikalarning, qishloq vrachlik punktlari rahbarlarining axborotlarini eshitish tizimini ta’minlashga ko‘maklashadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish masalalari yuzasidan o‘z vakolati doirasida hududda joylashgan tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish hamda ularning natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga bevosita yordamlashadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratining qonun hujjatlarida belgilangan shakllarda amalga oshirilishiga ko‘maklashadi, murojaatlar yuzasidan o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘radi;
jamiyatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni va rolini kuchaytirish, joylarda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, keng qamrovli profilaktika tadbirlari va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mahalla fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faol, tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillarini “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi;
z) mahallalarda qonun ustuvorligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarida ichki ishlar organlari, boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash sohasida:
mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazishda, fuqarolar ijtimoiy faolligini oshirishda mahalla institutining ahamiyati va rolini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
fuqarolar yig‘inlarida soha mutaxassislarini jalb etgan holda, “Ma’naviyat soatlari” va “Huquqiy bilimlar” tadbirlari o‘tkazilishini tashkil etadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tegishli hududda qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, shuningdek, ekin maydonlaridan samarali foydalanilishi va yerlarni muhofaza qilish yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga uslubiy va amaliy yordam beradi;
mahallalarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat va itoat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
mahallalarda aholi vakillarini taklif qilgan holda, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi”, “Yong‘inlar profilaktikasi”, “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘iboti” kunlarini o‘z vaqtida o‘tkazish va natijadorligini oshirishga ko‘maklashadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tegishli hududda huquqbuzarliklarni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, ularni sektorlar va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
i) yolg‘iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy ko‘maklashish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashda huquqiy, uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida keksalar va faxriylarning faolligini oshirish hamda ularninig bilimi, boy hayotiy tajribasida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalarida samarali foydalanish sohasida:
keksalarning hayot darajasini yuksaltirish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish, pensiyaga chiqqandan keyin ularning yuqori ijtimoiy faolligini, shu jumladan mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi va davlat organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda oilalarda tinchlik va xotirjamlikni ta’minlash, yolg‘iz kishilar va ehtiyojmand keksalarni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har tomonlama yordam berishni tashkil etadi;
keksalar uchun nazarda tutilgan pensiyalar va imtiyozlar bo‘yicha qonun hujjatlari ijrosining nazoratini, ehtiyojmand keksalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va tibbiy yordam bilan ta’minlash sohasida tegishli davlat organlari bilan hamkorlikni amalga oshirish choralarini ko‘radi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan keksa avlod vakillarini jalb etgan holda, yoshlar ongida “Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak”, degan tuyg‘uni shakllantirishga qaratilgan ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazilishiga ko‘maklashadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda nuroniylar jamoatchilik kengashlari ishini samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
keksa avlod vakillari o‘rtasida har yili “Yoshlar murabbiysi” ko‘rik-tanlovini tashkil etadi;
mahallalarda keksalar uchun ularning yoshini hisobga olgan holda, turli ijtimoiy-madaniy va sog‘lomlashtirish tadbirlari, maxsus sport musobaqalari, shuningdek, yozuvchilar, san’atkorlar, rassomlar va boshqa ijod ahli vakillarini taklif etgan holda ijodiy kechalar tashkil etadi;
mahallalarda kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni ehtiyojmandlik darajasidan chiqarish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini ta’minlashga keksa avlod vakillarini jalb etish ishlarini tashkil etadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida aholi orasida kambag‘allikni bartaraf etish bo‘yicha eng avvalo, aholini kasbga o‘qitish, moliyaviy savodxonligini oshirish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish hissini uyg‘otish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalardagi keksa avlod vakillari uchun mamlakatimizning tarixiy va diqqatga sazovor joylariga sayohatlar tashkil etilishiga ko‘maklashadi;
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolar uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarini, zarur kiyim-kechak va poyabzallarni xarid qilish va yetkazib berish ishlarini amalga oshiradi;
O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini mustahkamlash, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy faoliyatida faol ishtirok etayotgan keksalarni I, II va III darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi;
k) fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:
har bir mahallaga tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarni (investorlarni) faol jalb qilish hisobiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi kompleksini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish ishlarini tashkil etadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-iqtisodiy asoslarini mustahkamlash, aholini ish bilan ta’minlash borasidagi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida fuqarolar yig‘inlariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ijtimoiy dasturlar, shu jumladan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi, “Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi” dasturi asosida imtiyozli kreditlar ajratish ishlariga ko‘maklashadi;
(12-band “k” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ma’muriy binolarini namunaviy loyihalar va ularga qo‘yilgan talablar asosida qurish (rekonstruksiya qilish, ta’mirlash), shuningdek, ularni zarur mebel jamlanmasi, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va Internet jahon axborot tarmog‘i bilan jihozlanishini ta’minlash choralarini ko‘radi;
“Mahalla elektron ma’lumotlar bazasi”ni takomillashtirish hamda tegishli idora va tashkilotlarning mavjud axborot tizimlari bilan integratsiya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarida, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida hujjatlarni elektron boshqarish axborot tizimini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘radi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va bu borada aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Vazirlik qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
2-§. Vazirlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
13. Quyidagilar vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash;
Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlar, maqsadli indikatorlar, sifatga erishish va rivojlantirish dasturlarini samarali amalga oshirishni ta’minlash;
Vazirlik faoliyati sohasiga tegishli masalalarda vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlarini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarish;
Vazirlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
Vazirlikning markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, tahlil natijalariga ko‘ra zarur chora-tadbirlarni ko‘rish;
Vazirlik va uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari faoliyatiga zamonaviy ish uslublarini joriy etish;
mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi, sifati va erkinligini ta’minlash;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish ishlarini samarali ta’minlash, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilishni, Vazirlik rahbariyati va xodimlarining ular faoliyatida faol ishtirok etishini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maqsadli dasturlar, dasturiy-uslubiy va boshqa tartibga soluvchi hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasida xalqaro va davlatlararo hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish bo‘yicha xalqaro xorijiy tadbirlarda Vazirlik vakillarining ishtirokini ta’minlash;
Vazirlik hay’ati qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining (keyingi o‘rinlarda — Vazir) buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning kasb mahorati, chuqur bilimga egaligi, tajribasi, ishchanlik va odob-ahloq hamda ma’naviyatining yuqori darajasi kafolatlanganligini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
o‘zini o‘zi boshqarish tizimidagi va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasidagi ilg‘or xorijiy tajriba va ilmiy-texnik taraqqiyotda erishilgan natijalarni o‘rganishni tashkil etish, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlashni yanada rivojlantirishda mazkur tajribani joriy etish;
mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasida xalqaro seminarlar, anjumanlar, ko‘rgazmalar o‘tkazilishini tashkil etish hamda boshqa tashkilotlar o‘tkazadigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etishni ta’minlash.
14. Vazirlik markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatining tashkiliy va axborot-tahliliy ta’minotini amalga oshiradi;
Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Vazirlikning buyruq va normativ-huquqiy hujjatlari, hay’ati qarorlarining bajarilishi doimiy nazorat qilib borilishini ta’minlaydi;
Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan hujjatlarning o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etadi;
Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazoratini amalga oshiradi;
Vazirlik faoliyatini, shu jumladan norma ijodkorligi sohasida huquqiy ta’minlashni amalga oshiradi;
Vazirlik vakolatiga tegishli tezkor, tashkiliy, kadrlarga oid, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo‘jalik va boshqa masalalarni hal etish bilan shug‘ullanadi;
Vazirlik va uning tarkibiy hamda hududiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha hamkorlikni ta’minlaydi;
Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari ish faoliyatiga zamonaviy uslublarni joriy etishni ta’minlaydi;
Vazirlikning samarali faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori yorliqlarini, faxriy nishonlarini tayyorlash va pul mukofotlari xarajatlarini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasida anjumanlar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi.
3-§. Vazirlik hududiy boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari
15. Quyidagilar Vazirlik hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlash;
hududlarda vazirlik vakolatiga oid qonun hujjatlariga rioya etilishining nazoratini olib borish;
davlat organlari va jamoat tashkilotlari, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda — sektorlar) bilan hamkorlik qilish;
mahallalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatidagi muammolarni kompleks o‘rganish, tahlil etish va tizimli hal qilish choralarini ko‘rish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar hamda ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlar malakasini oshirish yuzasidan aniq choralar ko‘rish va o‘quv kurslarini tashkil etish;
hududlarda davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha amaliy choralar qabul qilish;
mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash vositalari va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish ishlarini tashkil etish;
hududiy boshqarmalar, tuman (shahar)lar bo‘limlarida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
xotin-qizlar hamda nuroniylar jamoatchilik kengashlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolar uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarini, zarur kiyim-kechak va poyabzallarni xarid qilish va yetkazib berish ishlarini amalga oshirish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatiga xos bo‘lmagan turli ishlarga jalb qilinishiga qat’iyan yo‘l qo‘yilmasligini amalda ijrosini ta’minlash.
16. Hududiy boshqarmalar ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish yuzasidan choralar ko‘rish;
tumanlar (shaharlar) bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari, Vazirlikning qaror va buyruqlari bajarilishi yuzasidan muntazam nazorat o‘rnatish;
davlat organlari va jamoat tashkilotlari, tumanlarni (shaharlarni) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
mahallalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashish choralarini ko‘rish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatidagi muammolarni kompleks o‘rganish, tahlil etish va tizimli hal qilish choralarini ko‘rish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar hamda ta’sirchan mexanizmlarni faoliyatiga tatbiq etish;
tumanlar (shaharlar) bo‘limlari va ularning faoliyatini tashkiliy, uslubiy hamda axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash;
tumanlar (shaharlar) bo‘limlari tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etish;
tumanlar (shaharlar) bo‘limlari faoliyatiga rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
hududlardagi budjetdan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlar xarajatlarini moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish;
o‘z vakolati doirasida tashkiliy, moliyaviy, kadrlar va boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari va jamoatchilik asosida faoliyat olib borayotgan maslahatchilarning malakasi hamda ish samaradorligini oshirish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qoshidagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini moddiy-texnik jihatdan ta’minlashni tashkil etish.
(16-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
17. Hududiy boshqarmalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
4-§. Tumanlar (shaharlar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlarining vazifalari va funksiyalari
18. Quyidagilar tumanlar (shaharlar) bo‘limlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish sohasida sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
mahalla tizimiga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;
fuqarolar yig‘inlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
budjet mablag‘larining maqsadli va manzilli sarflanishini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining xizmat faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan vazifalar va ishlarga jalb qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash;
globallashuv jarayonida oilalarda va mahallalarda faol ish olib borish, yosh avlodni turli zararli oqim va ta’sirlardan saqlash, insoniy qadriyatlarni mustahkamlash;
aholi muammolari bilan ishlash va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga uslubiy-amaliy ko‘maklashish.
19. Tumanlar (shaharlar) bo‘limlari o‘zlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlash;
qonun hujjatlari, Vazirlik, hududiy boshqarmalarning qaror va buyruqlarini bajarish;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
mahallalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatidagi muammolarni kompleks o‘rganish, tahlil etish va tizimli hal qilish choralarini ko‘rish, ularni uslubiy-metodik hamda axborot-tahliliy materiallar bilan ta’minlash;
hududlardagi budjetdan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlar xarajatlarini moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisobotini olib borish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ularni hal etish choralarini ko‘rish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlar malakasini oshirish ishlariga ko‘maklashish, fuqarolar yig‘inlari binolari va inshootlaridan foydalanish ishlari monitoringini olib borish hamda muvofiqlashtirish;
budjet mablag‘larining maqsadli va manzilli sarflanishini ta’minlash, fuqarolar yig‘inlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish;
tumanlar (shaharlar) bo‘limlari vakolatiga tegishli bo‘lgan tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalar bo‘yicha qaror qabul qilish.
4-bob. Vazirlik va uning tizimidagi hududiy bo‘linmalarning huquqlari hamda javobgarligi
1-§. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
20. Vazirlik o‘ziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilish;
Vazirlikning vakolatiga kiruvchi masalalarda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalaridan Vazirlik vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni so‘rash va olish;
Vazirlikning vakolatiga kiruvchi masalalarda sudlarga da’vo arizalari kiritish;
Vazirlikning vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha zarur ma’lumotlarni davlat statistika organlari, davlat soliq xizmatlari organlari, davlat xizmatlari markazi va boshqa vazirliklar va idoralardan bepul olish;
Vazirlik va uning tizimidagi hududiy boshqarmalarning davlat mulkini o‘zining tashkiliy tizimi doirasida bir tizimdan boshqasiga bepul o‘tkazish;
Vazirlik xodimlari va uning hududiy boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) bo‘limlari tomonidan asosiy ko‘rsatkichlar parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda, moddiy rag‘batlantirish tartibini, miqdorini va shartlarini belgilash;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasiga, davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalariga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
Vazirlik vakolati doirasida xalqaro shartnomalar va idoralararo bitimlarni tuzish, xalqaro, hukumatlararo bitimlar loyihalarini taqdim etish;
Vazirlik vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro miqyosda himoya qilish;
yuklatilgan vazifalar doirasida bevosita yoki Vazirlikning idoraviy mansub bo‘linmalari orqali xorijiy tarmoq idoralari, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
tarkibiy va hududiy bo‘linmalar hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida ichki nazorat, korrupsion huquqbuzarliklar va qonunlarga zid boshqa harakatlar, shuningdek, Vazirlik tizimi xodimlari tomonidan kasbiy axloq qoidalari buzilishining oldini olish hamda profilaktikasini amalga oshirish;
boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida Vazirlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;
tarkibiy va hududiy bo‘linmalarning nizomlari va boshqa hujjatlari, smeta va shtat jadvallarini tasdiqlash;
Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish tartibini belgilash;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish, konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar o‘tkazish, shuningdek, metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
binolarga xizmat ko‘rsatish, jihoz va uskunalar, avtotransport, aloqa va hisoblash vositalari, kompyuter va tashkiliy texnika vositalarini saqlash va ishlatish bo‘yicha ishlarni bajarish, dasturiy ta’minotni sotib olish to‘g‘risida belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun shartnoma asosida mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalar, olim va mutaxassislarni jalb qilish;
Vazirlik, tarkibiy va hududiy bo‘linmalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rish;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Vazirlik ijtimoiy infratuzilmasini yaratish va takomillashtirish hamda Vazirlik, uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish va mukofotlashning yagona tizimini shakllantirish.
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
21. Vazirlik:
o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, oila, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlar va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish;
o‘z faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
o‘z faoliyati sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va ularning qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun javob beradi.
2-§. Vazirlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
22. Vazirlikning markaziy apparati o‘ziga yuklangan asosiy vazifala va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan Vazirlikning markaziy apparatida ko‘rib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur bo‘lgan materiallar hamda ma’lumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni so‘rash va olish;
Vazirlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur bo‘lganda, Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil etish;
Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab qilish, zarur bo‘lganda ularni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarish;
Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
tezkor hal etilishi lozim bo‘lgan va Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga topshiriqlar berish;
Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Vazirlik va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini o‘rganish va tekshirish;
Vazirlikka yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni ularning xohishiga ko‘ra hamda shartnoma asosida jalb etish;
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qarorlarni bekor qilish, to‘xtatib turish (to‘liq yoki qisman) yoki ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Vazirlik tizimida buxgalteriya hisobini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq hamda zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yuritish tashkil etilishini ta’minlash, tizimga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobi yuritilishini nazorat qilish;
xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning muayyan maqsadlarga to‘g‘ri sarflanganligini, shuningdek, pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning saqlanishini muntazam nazorat qilib borish;
oila, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarini sifatli o‘rganish va monitoring qilishni tashkil etish uchun komissiyalar, ishchi va ekspert guruhlarni tuzish;
vazirliklar, idoralar, o‘quv va boshqa muassasalarning olimlari, yuqori malakali mutaxassislarini oila, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida ilmiy va ekspert ishlar, maslahatlarni o‘tkazish, dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida taklif etish.
Vazirlik markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
23. Vazirlik markaziy apparati:
Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Vazirlik faoliyatini rivojlantirishning rejalari, kutilayotgan istiqboldagi va joriy ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha Vazirlik markaziy apparati tuzilmalarining faoliyatini tashkil etish;
Vazirlik tomonidan ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Vazirlik qabul qiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazish;
Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun javob beradi.
3-§. Vazirlik hududiy boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi
24. Vazirlikning hududiy boshqarmalari o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni davlat boshqaruvi organlari hududiy boshqarmalaridan, davlat organlaridan, davlat va nodavlat tashkilotlardan so‘rash va olish;
mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalarida davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, xo‘jalik birlashmalari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
tumanlar (shaharlar) bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga topshiriq va ko‘rsatmalar berish;
tumanlar (shaharlar) bo‘limlarida aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida takliflar tayyorlash;
axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalar hamda xo‘jalik birlashmalarining yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish.
Hududiy boshqarmalar o‘z vakolatlari doirasida o‘zlariga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda, boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
25. Vazirlikning hududiy boshqarmalari:
o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
o‘z faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarga erishilishini ta’minlash;
Vazirlikka, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
o‘z faoliyati sohasini rivojlantirish, muammolarni hal qilish uchun dasturlarni, harakat rejalarini, “yo‘l xaritalari”ni va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.
4-§. Tumanlar (shaharlar) bo‘limlarining huquqlari va javobgarligi
26. Tumanlar (shaharlar) bo‘limlari o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlardan o‘ziga yuklangan vazifalarni sifatli bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot materiallarini olish;
o‘z faoliyatiga oid masalalarda davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini samarali tashkil etishga ko‘maklashish;
axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalarining, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish.
Tumanlar (shaharlar) bo‘limlari o‘z vakolatlari doirasida o‘zlariga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda, boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
27. Tumanlar (shaharlar) bo‘limlari:
o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli hamda o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
o‘z faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash;
hududiy boshqarmalar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning amalga oshirilish sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
hududlarda aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida tumanlar (shaharlar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlash;
o‘z faoliyatini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning tumanlarda (shaharlarda) samarali amalga oshirilishi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi hamda ularga rioya etilishi uchun javob beradi.
5-bob. Vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
28. Quyidagilar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari vazirining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tanqidiy va chuqur tahlillarni o‘tkazish;
Vazirlikning hududiy boshqarmalari hamda uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq istiqboldagi ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Vazirlik faoliyatiga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishlarida va uning Rayosati majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan qatnashish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari ko‘rsatmalarini bajarish;
o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasidagi majburiyatlarni taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining ma’lum bir sohalarini boshqarishda o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
Vazirlikning faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlikning faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy boshqarmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
Vazirlik xodimlari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining tizimli ravishda malakasini oshirishni tashkil etish;
Vazirlik tizimida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar kadrlari zaxirasini shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi va o‘z ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbarlarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Vazirlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha buyruqlar, farmoyishlar, ko‘rsatmalar chiqarish va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur bo‘lganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa turdagi ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qo‘yish);
Vazirlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
o‘rinbosarlarining, hududiy boshqarmalar va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijalarini tanqidiy tahlil qilishni tizimli ravishda olib borish, Vazirlik yig‘ilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, natijalar asosida zarur choralar ko‘rish;
Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Vazirlik xodimlarini rag‘batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan egallab turgan lavozimlarda keyinchalik qolishining maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
Vazirlik, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning ishlarini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etishni ta’minlash;
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro aloqani amalga oshirishda ko‘rsatilayotgan davlat arxiv xizmatlarining “yagona darcha” tamoyilini joriy qilish orqali ularning samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish va “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish ishlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali o‘zaro aloqani tashkil qilish, ularning faoliyatida Vazirlik rahbariyati va xodimlarining faol ishtirokini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siri va maxfiy axborotni tashkil qilgan axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, O‘zbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakat vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlarda Vazirlik nomidan ishtirok etish;
zarurat bo‘lganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;
Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, shuningdek, Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari nizomlarini hamda ustavlarini tasdiqlash;
Vazirlik markaziy apparati xodimlari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
Vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) bo‘linmalari xodimlari bajarishi shart bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar qabul qilish hamda ko‘rsatmalar berish;
Vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etish, shuningdek, soha tarmoqlarini rivojlantirishda alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni “Mahalla iftixori”, “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishonlari, faxriy yorliqlar hamda boshqa rag‘batlantirishlar bilan taqdirlash;
Vazirlik mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
Vazirlik xodimlarini hamda hududiy boshqarma va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini tizimli ravishda tayyorlash va xorijiy mamlakatlarda ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash.
29. Quyidagilar Vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Vazir vaqtincha bo‘lmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Vazirlikning o‘zi nazorat qiladigan idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
Vazirlik faoliyatining o‘zi nazorat qiladigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalarning rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarn to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Vazirga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini ko‘rish;
o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlik tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalari Vazir tomonidan ko‘rib chiqilishi va imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy rioya qilgan holda va o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasining apparatida ko‘rib chiqilishida Vazirning topshirig‘iga asosan ishtirok etish;
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘liq va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;
xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
sohaga oid masalalar bo‘yicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora ko‘rish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirga kiritish;
o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Vazirga taklif kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Vazirlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining odob-axloq qoidalariga rioya etish, o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;
davlat xizmatlari samaradorligini, ulardan erkin foydalanishni va ularni ko‘rsatish sifatini oshirish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish ishlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan barcha murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
o‘z faoliyati sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, kasbiy ta’lim muassasalarining o‘quv darajasi va sifatini tubdan oshirishga ko‘maklashish, kadrlarni, shu jumladan xorijdagi ilg‘or ilmiy-tadqiqot muassasalari va ta’lim markazlarida tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
o‘z faoliyati sohasida xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;
jumladan soha yo‘nalishlari bo‘yicha:
a) Vazirning birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalari:
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish;
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash;
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash;
og‘ir ijtimoiy ahvolga tushgan xotin-qizlar hamda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxslarga ijtimoiy, ma’naviy va huquqiy yordam berish ishlarini tashkil qilish, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha davlat va jamoat tashkilotlari bilan aloqalar o‘rnatish;
xotin-qizlar muammolari bilan ishlash;
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyaci faoliyatini hamda “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid chora-tadbirlarni tashkil qilish va amalga oshirish;
Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini nazorat qilish;
b) Vazir o‘rinbosarining asosiy vazifalari:
xavfsiz mahalla faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni tashkil etish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish;
mahallalarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tegishli hududda huquqbuzarliklarni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash;
v) Vazir o‘rinbosarining asosiy vazifalari:
nuroniy onaxonlarni qo‘llab-quvvatlash;
keksalar va faxriylar bilan ishlash;
keksalar va faxriylarning ijtimoiy faolligini oshirish;
yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash;
“Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid chora-tadbirlarni tashkil qilish va amalga oshirish;
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini nazorat qilish;
g) Vazir o‘rinbosarining asosiy vazifalari:
aholi bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish;
obodonlashtirish, tomorqa va ekologiya masalalari;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-iqtisodiy asoslarini mustahkamlash, aholini ish bilan ta’minlash borasidagi imkoniyatlarini kengaytirish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va bu borada aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.
30. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
tegishli bo‘linma faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Vazirlikning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Vazirlikning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni Vazirning nazorat qiluvchi o‘rinbosarlariga kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarn to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirning buyruqlari va farmoyishlari, uning o‘rinbosarlari ko‘rsatmalari hamda topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Vazirlik hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam berish;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyati sohalariga oid qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Vazir o‘rinbosarlariga takliflar taqdim etish, professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy bo‘linmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini Vazir tomonidan ko‘rib chiqilishi va imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy rioya qilgan holda va o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasining apparatida ko‘rib chiqilishida Vazirlik rahbariyati topshirig‘iga asosan ishtirok etish;
tarkibiy bo‘linmaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;
xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik xodimlarining Vazirlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlari odob-axloq qoidalariga rioya etishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga muvofiq ko‘rib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
ish yuritish sohasidagi namunali xodimlarni aniqlash va mukofotlash yuzasidan Vazirlik rahbariyatiga takliflar kiritish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshirish.
31. Quyidagilar Vazirlikning hududiy boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
hududiy bo‘linmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlikning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari bilan ushbu boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) bo‘limlari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) bo‘limlari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) bo‘limlari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosi ta’minlanishini, ijro intizomi mustahkamlanishi bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirning buyruqlari, farmoyishlari va uning o‘rinbosarlari ko‘rsatmalari hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
xodimlarning vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlash, davlat arxivlari va ularning filiallarining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) bo‘limlarini boshqarishda mansabdor shaxslarning javobgarligini belgilash;
hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) bo‘limlari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
hududiy boshqarmalarda va tumanlar (shaharlar) bo‘limlarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarma kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Vazirlik rahbari nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boshqarmaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;
hududiy boshqarmalar xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha muntazam chora-tadbirlar ko‘rish;
hududiy boshqarmalar xodimlarining va tumanlar (shaharlar) bo‘limlari xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy boshqarmalarda, davlat arxivlari va ularning filiallarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Vazirlikning hududiy boshqarmalari va ularning bo‘linmalari ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha choralar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Vazirlikka kiritish;
hududiy boshqarmalar xodimlari va tumanlar (shaharlar) bo‘limlari rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
hududiy boshqarmalar va ularning bo‘linmalari faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifatini oshirish va ulardan erkin foydalanish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda ko‘rib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, muntazam ravishda shaxsan, shu jumladan sayyor qabullar o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
hududiy boshqarmalar xodimlari, davlat arxivlari va ularning filiallari rahbarlarining lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risida Vazirlikka takliflar kiritish;
davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, sudlarda va tashkilotlarda Vazirlikning hududiy boshqarmalari va ularning bo‘linmalari manfaatlarini ifoda etish.
6-bob. Vazirlik rahbarlarining javobgarligi
32. Vazir:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning 28-bandida ko‘rsatilgan o‘z asosiy funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
33. Vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari:
Vazirlikning o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarida Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning 29-bandida ko‘rsatilgan o‘z asosiy funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
34. Markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari:
tegishli tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan Vazirlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning 30-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
35. Vazirlikning hududiy boshqarmalari rahbarlari:
hududiy boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
hududiy boshqarmalarning ushbu Nizomning 25 va 26-bandlarida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning 31-bandida ko‘rsatilgan o‘z asosiy funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
7-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
1-§. Vazirlik rahbariyati
36. Vazirlikka Bosh vazirining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir rahbarlik qiladi.
Vazir o‘z maqomiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi a’zosi hisoblanadi.
37. Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
Vazir bo‘lmagan vaqtda, uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga muvofiq birinchi o‘rinbosari yoki o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirning birinchi o‘rinbosari moddiy ta’minot, transport va tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlari bo‘yicha Vazirga tenglashtiriladi.
38. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy (boshqarma, bo‘lim, bo‘linma va xizmatlar) bo‘linmalari, shuningdek, hududiy tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari tegishlicha Vazir o‘rinbosarlari taqdimnomasi bo‘yicha Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
39. Vazirlikning hududiy boshqarmalari rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri bilan kelishgan holda, lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
40. Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
41. Hududiy boshqarmalarning tumanlar (shaharlar) bo‘limlari boshliqlari lavozimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri bilan kelishilgan holda, tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
42. Tumanlar (shaharlar) bo‘limlari boshliqlarining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri bilan kelishilgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari buyrug‘iga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
43. Hududiy boshqarmalar tarkibidagi bo‘lim va tumanlar (shaharlar) bo‘limlari mutaxassislari lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tegishli boshqarmalarining xulosalariga muvofiq hududiy boshqarmalar boshliqlarining buyruqlari bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
44. Xodimlar lavozimga quyidagi qoidalarga rioya etgan holda tayinlanadi:
a) ularning ma’lumoti, mutaxassisligi yoki lavozimga yaqin mutaxassislik, shuningdek, amaliy ish tajribasiga muvofiq;
b) tashkiliy-shtat o‘zgarishlari bo‘lganida, shuningdek xodimning hayoti va faoliyati bilan bog‘liq holatlar yuzaga kelganida u egallab turgan lavozimidan ozod qilinadi va qonunchilikka muvofiq moddiy qo‘llab-quvvatlanadi;
v) o‘zaro qarindosh bo‘lgan xodimlar (ota-ona, turmush o‘rtog‘i, aka-uka, opa-singil, farzandlar, shuningdek turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillari), agar unda ish jarayonida birining ikkinchisiga bo‘ysunishi yoki nazorat ostida bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lsa, bir bo‘linmadagi lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas.
45. Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalari va hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlar, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
2-§. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi
46. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.
47. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari Vazirlikning hududiy boshqarmalari bilan o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha:
topshiriqlarni hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy bo‘linmalarning bevosita faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tekshiradi va o‘rganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va Vazirlik rahbariyatiga kiritadi;
Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistika va boshqa ma’lumotlar o‘rganilishi va umumlashtirilishini tashkil etadi;
Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir choralar ko‘radi;
Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi.
48. Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Jumladan:
Vazirlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida xabar beradi;
belgilangan faoliyat sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida Vazirlikning markaziy apparatiga axborot taqdim etadi;
ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida ishda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari to‘g‘risida xabar beradi;
o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda Vazirlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;
Vazirlik vakolatiga taalluqli sohalardagi muammolarni hal qilishga qaratilgan takliflarni Vazirlikning markaziy apparatiga yuboradi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat organlari, kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik natijalari to‘g‘risida xabar beradi;
vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan o‘z faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi;
joylarda Vazirlik hay’ati yig‘ilishi, seminar, konferensiya, tanlov, ko‘rik va boshqa tashkiliy tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida takliflar kiritadi.
49. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va uning hududiy boshqarmalarining o‘zaro hamkorlik jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Vazirning topshirig‘iga binoan uning tegishli o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar vazir o‘rinbosari tomonidan kelishmovchiliklarni tartibga solishning imkoniyati bo‘lmasa, so‘nggi qaror bevosita Vazir tomonidan qabul qilinadi.
3-§. Vazirlikning davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi
50. Vazirlik o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
51. Vazirlikning hududiy boshqarmalari o‘z vakolatlari doirasida davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Vazirlikning hududiy boshqarmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik qiladi.
4-§. Vazirlikning hay’ati, boshqa kengash, maslahat, ekspert organlari
52. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek, uning faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi hududiy boshqarma va idoraviy mansub tashkilotlar, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlaridan va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
Hay’at tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Vazir taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
53. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Vazirlik faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
qonun hujjatlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Vazirlik tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rgan holda, tarkibiy va hududiy bo‘linmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
tizimli ravishda Vazirlik faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam ko‘rib chiqish;
Vazirlik faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishni ta’minlagan holda, hay’atning kengaytirilgan, shu jumladan, joylarda sayyor majlislarini o‘tkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Vazirlik markaziy apparati va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Vazirlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at Vazirlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishi mumkin.
54. Hay’at majlisiga davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.
55. Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
56. Hay’at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
57. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham Vazirlar Mahkamasiga o‘z fikrini xabar qilishi mumkin.
58. Hay’at faoliyatining tartibi uning hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
59. Vazirlikda boshqa kengash, maslahat va ekspert organlari tuzilishi mumkin. Ularning tarkibi va ular to‘g‘risidagi nizomlar Vazir tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan holatlar bundan mustasno.
8-bob. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
60. Vazirlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
61. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
62. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
Vazirlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘riladi.
63. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
9-bob. Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish
64. Quyidagilar Vazirlik faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasi mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
65. Vazirlik, uning hududiy boshqarmalari xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haq, ustama haq va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat.
66. Vazirlik boshqaruv xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti markaziy apparatda — 2 baravarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalarida — 1,5 baravarga, tumanlar (shaharlar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlarida — 1,3 baravarga oshirilgan miqdorda qo‘llaniladi.
Vazirlik, uning hududiy va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshi Yagona tarif setkasining tasdiqlangan razryadlari bo‘yicha belgilanadi.
Vazirlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, ustamalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat bo‘ladi.
67. Vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari xodimlarining umumiy ish stajidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan ko‘p yillik mehnati uchun rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda qo‘shimcha pul to‘lanadi:
2 yildan 5 yilgacha — 0,05;
5 yildan 10 yilgacha — 0,1;
10 yildan 15 yilgacha — 0,2;
15 yildan ortiq — 0,3.
Vazirlik xodimlariga oylik ustamalar, moddiy va ko‘p yillik mehnatlari uchun rag‘batlantirishlar tarzidagi lavozim maoshlariga qo‘shimcha to‘lovlar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi, shuningdek, Vazirlik hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlik xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qo‘shiladigan rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha haqlar va ustamalar Vazir tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq to‘lanadi.
68. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10-bob. Vazirlikning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi oldida hisobdorligi
69. Vazirlik rahbarlari o‘z faoliyatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalariga va Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
70. Vazir har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisida Vazirlik faoliyati yuzasidan hamda sohadagi tizimli muammolar va ularning yechimi to‘g‘risida axborot beradi.
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari boshliqlari har chorakda tegishli xalq deputatlari Kengashlari yig‘ilishlarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi bo‘yicha axborot beradi.
71. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan o‘zaro hamkorlik qilish doirasida:
O‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda o‘z faoliyat sohasidagi muammolarni hal etish, davlat boshqaruvi tizimini maqbullashtirishga qaratilgan taklif, tavsiya va tahliliy ma’lumotlar tayyorlanishini ta’minlaydi;
mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlashning eng muhim yo‘nalishlari hamda vazifalarini amalga oshirishda mavjud tizimli muammo va kamchiliklarning muntazam ravishda ko‘rib chiqilishini tashkil qiladi;
belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
72. Vazirlar Mahkamasi rahbariyati Vazirlik rahbarlarining faoliyatini yuklangan vazifalarning ular tomonidan samarali bajarilishi bo‘yicha doimiy monitoring olib boradi, Vazirlik faoliyati samaradorligini xolisona baholaydi.
73. Monitoring va baholash natijalariga ko‘ra, Vazirlikning alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish choralari ko‘riladi, jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan esa javobgarlik choralari, egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan jazo qo‘llaniladi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
74. Vazirlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi 228-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma yuridik shaxs tashkil etmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tuziladi.
3. Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida yig‘iladi.
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish tartibi
4. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
“Mahalla” xayriya jamoat fondiga har yili o‘tkaziladigan umumxalq xayriya xasharidan tushadigan tushumlarning 10 foizi;
har yili O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi tomonidan asoslangan hisob-kitoblarga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 210-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 09/21/210/0326-son)
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Vazirlik Jamg‘armaga mablag‘lar kelib tushishining to‘liqligini nazorat qiladi.
3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish tartibi
6. Jamg‘armaning mablag‘laridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
xavfsiz mahalla tamoyilini to‘laqonli va samarali joriy etish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish;
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularning bandligini ta’minlash, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish;
keksalar va faxriylar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy ko‘maklashish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;
aholini oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish hamda ularning tomorqa yerlaridan samarali foydalanish masalalarida ko‘maklashish;
fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Vazirlik hamda fuqarolar yig‘inlarining bino va inshootlarini kapital va joriy ta’mirlash hamda ularni inventarlar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa uskunalar bilan jihozlash;
Vazirlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish (xodimlar uchun mukofotlar to‘lash, ularning maoshlariga ustamalar va qo‘shimchalar belgilash, moddiy yordam ko‘rsatish, sanatoriy-kurortda davolash va tibbiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar);
Vazirlik rahbarlari va boshqa xodimlarining xizmat safarlari, shu jumladan xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlari xarajatlari;
Vazirlik tizimidagi xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish hamda stajirovka o‘tashi, shu jumladan ularning xorijiy mamlakatlarga tashriflarini, xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan konferensiya, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishini tashkil etish;
Vazirlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish;
Vazirlikning ekspert-tahlil guruhi faoliyatini tashkil etish, ekspert-tahlil guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislarga shartnoma asosida haq to‘lash, mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalar, olim va mutaxassislarni, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni shartnoma asosida jalb qilish;
Vazirlikning aholi muammolarining masofadan tezkor qabul qilishning va ko‘rib chiqilishini muvofiqlashtirib boruvchi Sall-markazi xodimlari mehnatiga shartnoma asosida haq to‘lash.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 772-sonli qaroriga asosan o‘n ikkinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son)
7. Jamg‘arma mablag‘larini sarflash O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri tomonidan tasdiqlangan hamda o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq tegishli g‘azna hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi.
8. Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi kelgusi yilda moliyaviy mablag‘lar kelib tushishining kutilayotgan prognozi va amalga oshirilishi belgilangan tadbirlarni o‘tkazishdan kelib chiqqan holda tuziladi.
9. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
10. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish va taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
11. Jamg‘arma mablag‘laridan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq foydalanilishi mumkin.
12. Jamg‘armaning hisobot yilida foydalanilmagan mablag‘lari (qoldiq mablag‘lar) keyingi hisobot yiliga o‘tadi va mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalaniladi.
4-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi yuzasidan hisobotlar taqdim etish, nazorat va javobgarlik
13. Jamg‘arma mablag‘larining hisobi va hisoboti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi va taqdim etiladi.
14. Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
16. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 09/20/228/0444-son, 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son; 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son; 14.04.2021-y., 09/21/210/0326-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2021-y., 09/21/624/0940-son, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)