O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” unitar korxonasini aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 30-noyabrdagi PQ-4540-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” unitar korxonasini aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 30-noyabrdagi PQ-4540-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-mart,
144-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 144-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1997-yil 28-fevraldagi 113-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 8-modda) 2-bandi uchinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi 364-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 96-modda) bilan tasdiqlangan “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 21-bandidagi “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi to‘g‘risidagi nizomning 114-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-F-son farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zali to‘g‘risidagi nizomga ilovaning 1-ro‘yxati 5.10-kichik bandining rus tilidagi matnida “Predsedatel Natsionalnogo banka vneshneekonomicheskoy deyatelnosti Respubliki Uzbekistan” so‘zlari “Predsedatel pravleniya AO “Natsionalniy bank vneshneekonomicheskoy deyatelnosti Respubliki Uzbekistan”” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 144-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustaviga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 23-yanvardagi 15-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 4-son, 46-modda) 1 va 2-bandlari.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va uning shu’ba tuzilmalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2014-yil 3-martdagi 44-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 15-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va uning shu’ba tuzilmalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 26-martdagi 70-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 12-son, 140-modda) ilova 2-bandining “a” kichik bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustavini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 12-fevraldagi 108-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 33-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kengashi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 12-iyuldagi 582-son qarori.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2020-y., 09/20/144/0314-son; 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)