Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va uning shuʼba tuzilmalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 144-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” unitar korxonasini aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 30-noyabrdagi PQ-4540-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va uning shuʼba tuzilmalari faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek qonunchilik normalari bir xil qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 3-mart,
44-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 44-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 108-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 09/18/108/0709-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 23-yanvardagi 15-son qarori 2-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, shuningdek uning xoʻjalik jamiyatlari va unitar korxonalariga quyidagilar:”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 104-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 09/18/108/0709-son)