06.03.2020 yildagi 129-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.03.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarni raqamli identifikatsiyalashning yagona tizimini joriy etish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, aholini ijtimoiy taʼminlash va muhofaza qilish, turli davlat hisobiga olish tizimlari oʻrtasida axborot hamkorligi uchun jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi birlamchi maʼlumotlardan samarali foydalanish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalashtirish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 18-apreldagi PQ-3673-son va “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan respublikaning mavjud biometrik pasport tizimi infratuzilmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasporti oʻrniga 2021-yildan boshlab identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini (keyingi oʻrinlarda — Tizim) joriy etish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-yanvardan boshlab yangi tugʻilgan bolaga, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxsga va xorijiy fuqaroga belgilangan namunadagi identifikatsiya ID-kartasi (keyingi oʻrinlarda — ID-karta) beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ID-karta uning egasining shaxsini, fuqaroligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ID-karta u berilgan vaqtdan boshlab 10 yil muddatga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ID-karta rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasporti, fuqaroligi boʻlmagan shaxs va xorijiy fuqaroning yashash guvohnomasi ularning amal qilish muddati tamom boʻlgunga qadar haqiqiydir. Ushbu hujjatlarning egalari ularni belgilangan tartibda ID-kartaga almashtirish huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biometrik pasportni ID-kartaga almashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-yanvardan 2022-yil 31-dekabrgacha ixtiyoriylik asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-yanvardan 2030-yil 31-dekabrgacha majburiy tartibda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasporti 2030-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda 2020-yil 1-iyungacha boʻlgan muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi tugʻilgan bola, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxs va xorijiy fuqaroning ID-kartasi davlat standartini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi ID-kartasi toʻgʻrisidagi nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizim doirasida shaxsiy maʼlumotlarni almashish boʻyicha idoralararo axborot hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlar toʻplash, ID-kartalarni olish, personallashtirish va keyinchalik berish uchun elektron buyurtmanomalarni shakllantirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi va Adliya vazirligi tomonidan maʼlumotlarni toʻplash punktlarida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini markazlashtirilgan tartibda puxta ishlash va yaratish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi aholini ID-kartalar bilan uzluksiz taʼminlash, biometrik pasportlarni ID-kartalarga almashtirish uchun aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Tizimni ishga tushirish uchun zarur infratuzilma tayyorlanishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligi ushbu qaror qoidalarini aholi orasida keng yoritish boʻyicha ommaviy axborot vositalarida materiallar eʼlon qilinishi hamda mavzuga oid koʻrsatuvlar va eshittirishlar berilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga Tizimni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddatda takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori N.S. Toʻraxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 6-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
129-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2020-y., 09/20/129/0267-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)