21.02.2020 yildagi 04-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.02.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini taʼminlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud muhokamasi oshkoraligini, sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqi amalga oshirilishini, shuningdek, sudlar tomonidan mazkur masalaga oid qonun hujjatlari bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 17-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlarga tushuntirilsinki, sud muhokamasi oshkoraligi, sudlar faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikka oʻz vaqtida va obyektiv axborot berish jamiyatda huquqiy xabardorlik darajasi oshishiga imkon yaratadi, odil sudlovni amalga oshirishning muhim kafolati hisoblanadi, sudlov faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini taʼminlash va sudga nisbatan jamiyat ishonchini oshirishning samarali vositasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan sudlar sud muhokamasi oshkoraligi va sudlar faoliyatiga doir axborotni olish huquqini amalga oshirish uchun zarur sharoit yaratishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, sud muhokamasi oshkoraligini, fuqarolar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari vakillarining sudlar faoliyatiga doir axborotdan xabardorligini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi, “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi, “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, tegishlicha, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sudlar faoliyatiga doir axborotni olish huquqini fuqarolarning tili, jinsiy, irqiy, milliy mansubligi, diniy, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyiga qarab cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sud muhokamasi oshkoraligi, sudlar faoliyatiga doir axborotni olish fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va maʼmuriy sud ishlarini yuritish vazifalarini amalga oshirishga xizmat qilishi va sudlov faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga olib kelmasligi lozim, chunki Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasiga koʻra, sudyalar mustaqildirlar va faqat qonunga boʻysunadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tushuntirilsinki, ommaviy axborot vositalari muayyan ish yuzasidan sud muhokamasi natijalarini oldindan bashorat qilishga yoki sudga boshqacha tarzda taʼsir etishga (bosim oʻtkazishga) haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudya sud qarori qonuniy kuchga kirmagan ish boʻyicha intervyu berishga yoxud ommaviy axborot vositalarida chiqish qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sud muhokamasi oshkoraligi protsess ishtirokchisi boʻlmagan shaxslarga, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari vakillariga sud majlisida qatnashish imkoniyati berilishi bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochiq sud majlislarini protsess ishtirokchisi boʻlmagan shaxslar qatnashishini istisno etadigan binolarda oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochiq sud majlisida protsess ishtirokchisi boʻlmagan voyaga yetmaganlar hozir boʻlishiga faqat tegishli protsessual qonun talabini inobatga olgan holda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalari vakillarining ochiq sud majlisida ish boʻyicha maʼlumotlar olish maqsadida qatnashishi maʼlumot olishning qonuniy yoʻli ekanligini inobatga olib, ularning qonunda nazarda tutilmagan asoslarga koʻra, sud majlisi zaliga kirishiga toʻsqinlik qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ish muhokamasi toʻliq yoki qisman yopiq sud majlisida oʻtkazilishiga faqat qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra, yoʻl qoʻyiladi (FPK 12-moddasi ikkinchi qismi, JPK 19-moddasi birinchi, uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi qismlari, IPK 11-moddasi ikkinchi qismi, MSIYUtK 13-moddasi ikkinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish muhokamasini yopiq sud majlisida oʻtkazish toʻgʻrisida sud asoslantirilgan ajrim chiqaradi va unda protsess ishtirokchilari boʻlmagan shaxslarning, ommaviy axborot vositalari vakillarining sud majlisi zaliga erkin kirishiga toʻsqinlik qiladigan aniq holatlar koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish yopiq sud majlisida muhokama qilinishi toʻgʻrisidagi maʼlumot hamma uchun ochiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish muhokamasi yopiq sud majlisida oʻtkazilishi haqida sud majlisi bayonnomasida va ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjatining kirish qismida ham koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ish muhokamasi yopiq sud majlisida oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi ajrim eʼlon qilingunga qadar protsess ishtirokchilari boʻlmagan shaxslar, ommaviy axborot vositalari vakillari sud majlisi zalidan chetlashtirilishi mumkin emas. Ish muhokamasi yopiq sud majlisida oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi qaror ishni sud muhokamasiga tayinlash chogʻida qabul qilingan hollarda, protsess ishtirokchilari boʻlmagan shaxslar, ommaviy axborot vositalari vakillari sud majlisi zaliga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish muhokamasini yopiq sud majlisida oʻtkazish haqidagi ajrim eʼlon qilinganidan soʻng protsess ishtirokchilari boʻlmagan shaxslar, ommaviy axborot vositalari vakillari sud majlisi zalidan chetlashtirilib, bu haqda sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar sud tomonidan jinoyat ishining muayyan qismi yopiq sud majlisida muhokama qilinishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, protsess ishtirokchisi boʻlmagan shaxslar, ommaviy axborot vositalari vakillari sud majlisining shu qismiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yopiq sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi, bunday majlisda audio- va videoyozuv amalga oshirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yopiq sud majlisi oʻtkazilganda ishni elektron tarzda shakllantirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agar fuqarolik ishida, shuningdek, maʼmuriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan ishda davlat siriga va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga oid maʼlumotlar mavjud boʻlsa yoki fuqarolik ishi yopiq sud majlisida koʻrilishi shartligi qonunda nazarda tutilgan boʻlsa, sud fuqarolik ishini yopiq sud majlisida koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Protsess ishtirokchisining iltimosnomasiga binoan, sud shaxsiy hayot daxlsizligini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan maʼlumotlar sir saqlanishini taʼminlash maqsadida fuqarolik ishini, shuningdek, maʼmuriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan ishni yopiq sud majlisida koʻrib chiqishga haqli (FPK 12-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari, MSIYUtK 13-moddasi ikkinchi qismi).
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda shuni nazarda tutish lozimki, sud muhokamasi yopiq sud majlisida oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi iltimosnoma nafaqat oʻz shaxsiy manfaatlari borasida iltimosnoma kiritayotgan shaxs va (yoki) uning vakili tomonidan, balki FPK 50, 52-moddalariga koʻra, boshqa shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vakolati berilgan shaxslar (masalan, prokuror, vasiylik va homiylik organi va h.k.) tomonidan ham berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Jinoyat ishini yopiq sud majlisida oʻtkazishga JPK 19-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat sirini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni saqlash maqsadida ishning yopiq sud majlisida muhokama qilinishiga, faqat Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ishda davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga oid maʼlumotlar mavjud boʻlganda yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ish tijorat sirini saqlash maqsadida yopiq sud majlisida, basharti bunday maʼlumotga ega boʻlgan va tegishli iltimosnoma kiritgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Qonuni 10-moddasiga muvofiq, tijorat sirini muhofaza qilish chora-tadbirini koʻrgan boʻlsa, muhokama qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish muhokamasini tijorat sirini saqlash uchun yopiq sud majlisida oʻtkazish masalasini hal etishda, sudlar Oʻzbekiston Respublikasining “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasida nazarda tutilgan maʼlumotlarga nisbatan tijorat siri rejimi tatbiq etilmasligini hisobga olishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Shaxsning shaxsiy hayoti daxlsizligiga boʻlgan huquqini taʼminlash uchun ish muhokamasini yopiq sud majlisida oʻtkazish masalasini hal etishda, sudlar bunday maʼlumotlar xususiyati va mazmunini, shuningdek, ular oshkor qilinishi natijasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan oqibatlarni eʼtiborga olishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Shuni inobatga olish lozimki, qonunga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ochiq sud majlisini fototasvirga tushirish, videoyozuvni amalga oshirish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida translyatsiya qilishga quyidagi tartibda yoʻl qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik ishini koʻrish paytida — sud majlisida raislik qiluvchining taraflar roziligi olingandan keyin bergan ruxsati bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat, maʼmuriy, iqtisodiy ishni va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish paytida — sud majlisida raislik qiluvchining taraflar fikrini eshitgandan keyin bergan ruxsati bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ochiq sud majlisida audioyozuvni amalga oshirishga quyidagi tartibda yoʻl qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik ishini koʻrish paytida — sud majlisida raislik qiluvchining taraflar roziligi olingandan keyin bergan ruxsati bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat ishi va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish paytida - sud majlisida raislik qiluvchining taraflar fikrini eshitgandan keyin bergan ruxsati bilan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, sud majlisi zalida hozir boʻlganlar har qanday ish boʻyicha erkin tarzda yozma qaydlar qilishlari, stenogramma yuritishlari, iqtisodiy ish yoki maʼmuriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan ish koʻrilayotganda esa, shuningdek, audioyozuv olib borishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Protsess ishtirokchilari iltimosnomalarini, ommaviy axborot vositalari vakillari murojaatlarini qanoatlantirish yoki rad etish haqida sud joyida ajrim chiqaradi va sud majlisi bayonnomasiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ommaviy axborot vositalari vakillarini tarqatilayotgan axborotning toʻgʻriligi, haqqoniyligi, xolisligi va ishonchliligi uchun javobgarlik haqida ogohlantiradi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida yozib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sud majlisi borishini qonunda yoʻl qoʻyilgan koʻrinishda qayd etishni amalga oshirayotgan shaxslar harakati sud majlisi tartibiga xalaqit bermasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisida ishtirok etayotgan va uning borishini qayd etish huquqidan foydalanayotgan shaxslar tomonidan bu huquqning suiisteʼmol qilinishi sud majlisi tartibini buzish hisoblanadi. Bunday holda sud aybdor shaxslarga nisbatan protsessual qonunda nazarda tutilgan taʼsir choralarini qoʻllashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Shuni nazarda tutish lozimki, sud majlisida qatnashish uchun kelgan shaxslar, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari vakillarining sud binosiga kirishi sudning ichki faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar bilan oʻrnatilgan qoidalarga qatʼiy rioya qilingan holda taʼminlanishi lozim. Shu munosabat bilan sudlar ushbu hujjatlar bilan sud binosiga kirish joyida tanishish imkoniyatini taʼminlashlari zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda shuni nazarda tutish lozimki, chet davlatlar ommaviy axborot vositalari vakillari sud majlisi zaliga ular Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida hujjat taqdim etgan taqdirda kiritiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Protsessual qonun talablariga muvofiq fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy, maʼmuriy ishlar va maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni koʻrish natijasi boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlari, sud muhokamasi ochiq yoki yopiq tarzda oʻtkazilishidan qatʼi nazar, oshkora eʼlon qilinadi, qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Jumladan, voyaga yetmagan shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tegishli yopiq sud majlisida koʻrilgan fuqarolik ishi boʻyicha sud qarori (masalan, farzandlikka olish haqidagi) oshkora eʼlon qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, protsess ishtirokchisi boʻlmagan shaxslar, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari vakillarining ochiq sud majlisida qatnashishini cheklovchi yoki ularga monelik qiluvchi sharoit yaratilishi man etiladi va bunday holat protsessual qonun buzilishi deb hisoblanadi va qonunda belgilangan javobgarlik kelib chiqishiga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Sudlar faoliyati toʻgʻrisidagi axborot umumfoydalanish uchun ochiq hisoblanadi, axborotdan foydalanish qonun bilan cheklangan hollar bundan mustasno (Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanilishi cheklab qoʻyilgan axborotga, jumladan, quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sirlariga doir, (Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 3, 5-moddalari);
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga doir (masalan, farzandlikka olish siri) (Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 153-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shifokorlik siriga doir (Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 25-moddasi beshinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 19-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunga asosan foydalanish cheklangan boshqa axborotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud axborotning muayyan qismi foydalanish uchun cheklanganligini sabab qilib, talab etilgan axborotni berishini rad qilishga haqli emas. Bunday holatda axborotning umumfoydalanish uchun ochiq qismi taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Foydalanuvchilarga taqdim etilayotgan axborot oʻz vaqtida berilishi va qonunda belgilangan muddatda taqdim etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sudlar faoliyatiga doir maʼlumot foydalanuvchilarga ularning soʻroviga asosan, yaʼni ogʻzaki yoki yozma shaklda, shu jumladan, elektron hujjat koʻrinishidagi murojaatiga asosan taqdim etilishi mumkin. Umumjahon axborot Internet tarmogʻi (bundan buyon matnda Internet tarmogʻi deb yuritiladi) orqali sudga kelib tushgan soʻrovga, yaʼni elektron hujjat tarzidagi soʻrovga yozma soʻrovlarni rasmiylashtirishga nisbatan qoʻyiladigan talablar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ogʻzaki soʻrov boʻyicha sudlar faoliyatiga doir maxsus tekshirishni va izlashni talab etmaydigan axborot taqdim etilishi mumkin. Masalan, ogʻzaki soʻrovga asosan sud majlisi vaqti va joyi, ish koʻrilishi bosqichi va natijasi haqidagi, ish sudlovga tegishliligi boʻyicha yuborilganligi haqidagi axborot berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, qonunga koʻra, maʼlumot taqdim etish toʻgʻrisidagi murojaatni koʻrib chiqish muddati uni roʻyxatga olingan kundan boshlanadi. Soʻralgan axborotni oʻz vaqtida taqdim etish maqsadida sudlar kelib tushgan murojaatlarni roʻyxatga olish va ularga javob berish yuzasidan sudda ish yuritishni tartibga soluvchi hujjatlarda belgilangan muddatlarga rioya etilishini taʼminlashlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, soʻralgan maʼlumot ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan va (yoki) sudlarning Internet tarmogʻida rasmiy veb-saytlarida joylashtirilgan boʻlsa, sudlar ommaviy axborot vositasining nomi, sanasi va chiqish raqami hamda (yoki) rasmiy veb-saytning soʻralgan maʼlumot joylashtirilgan sahifasini koʻrsatish bilan cheklanishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Foydalanuvchilarni arxiv fondlarida saqlanayotgan sudlar faoliyatiga doir axborot bilan tanishishi arxiv ishiga oid qonun hujjatlari hamda unga muvofiq qabul qilinayotgan boshqa hujjatlar bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Sudlar faoliyatiga doir axborot ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻi orqali tarqatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar faoliyatiga doir Internet tarmogʻida joylashtirilishi shart boʻlgan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasida keltirilgan roʻyxatdan kelib chiqqan holda belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, sudlarning rasmiy veb-saytlarida sud qarorlari matnlarini joylashtirish FPK 12-moddasi yettinchi qismi, JPK 19-moddasi oʻn birinchi qismi, IPK 11-moddasi oltinchi qismi talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Sud qarorlari matnidan davlat sirlari yoki boshqa qonun bilan qoʻriqlanadigan sirga doir maʼlumotlar chiqarilishi lozim. Qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari matni sudning rasmiy veb-saytida egasizlashtirilgan holda yoki protsess ishtirokchilari roziligi bilan toʻliq eʼlon qilinishi mumkin. Qonunga muvofiq eʼlon qilinishi talab etiladigan (masalan, normativ-huquqiy hujjatni yoki uning bir qismini haqiqiy emas deb topish haqidagi), sud qarorlari matnlari sudlar rasmiy veb-saytlarida toʻliq hajmda joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Foydalanuvchilarni sudlar ishi toʻgʻrisidagi kundalik axborot bilan tanishtirish uchun sud binolarida maʼlumotlar peshtaxtasi va (yoki) shunday vazifa bajaradigan texnik vositalar oʻrnatilishi lozim boʻlib, ularda quyidagi maʼlumotlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida (ularning roʻyxati);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning ish tartibi, ishonch telefoni raqamlari toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkaziladigan sud majlislari, shu jumladan, ochiq sud majlislari toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning faoliyati toʻgʻrisidagi axborot berish tartibi toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot peshtaxtalari tashrif buyurgan shaxslarga qulay joylarda oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtkaziladigan ochiq sud majlislari haqidagi xabarlar tegishli sudning rasmiy veb-saytida ham eʼlon qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Sudlarda ularning faoliyati toʻgʻrisida axborot olishni taʼminlovchi qonunga zid boʻlmagan va sudyalar mustaqilligi prinsipini buzmaydigan boshqa usullardan ham foydalanish mumkin (xususan, fuqarolarni, jamoatchilik vakillarini qabul qilish, brifing, intervyu, matbuot konferensiyalarini oʻtkazish, ommaviy axborot vositalari va aholi oldida chiqishlar qilish, press-relizlar tarqatish va h.k.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Jamoatchilik bilan doimiy aloqada boʻlishni taʼminlash maqsadida sudlarning rasmiy vakillari ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Jamoatchilikni sudlar faoliyati toʻgʻrisida xabardor etish maqsadida viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raislari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yilda kamida bir marta fuqarolar huquq va erkinliklarini, shuningdek, korxona, muassasa va tashkilotlar huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sud tomonidan himoya qilinishi holati yuzasidan tegishli davlat vakillik organiga maʼlumot taqdim etishlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oyida kamida bir marta sudyalarning joylarda aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlari, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar raislari har chorakda ishlarning tegishlicha nazorat, apellyatsiya va kassatsiya tartibida koʻrilishi yuzasidan har chorakda sud obzorlarini chop etilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 21-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
04-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV