06.02.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3217
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi cogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi, 06.02.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3217
Kuchga kirish sanasi
06.02.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 6-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3217]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. ShADMANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 14-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yil 14-yanvardagi 106-son buyrug‘iga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yordamchi reproduktiv texnologiyalar (bundan buyon matnda YORT deb yuritiladi) urug‘lantirishning ayrim yoki barcha bosqichlarida ayolning organizmidan tashqarida amalga oshiriladigan homiladorlikka erishishga qaratilgan tibbiy texnologiyalar, davolash usullari va muolajalaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. YORT erkak va ayolning (bundan buyon matnda bemorlar deb yuritiladi) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi YORTni qo‘llash bo‘yicha ixtiyoriy rozilik arizasi asosida qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. YORT usullari reproduktologiya ixtisosligi bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Reproduktologiya ixtisosligi bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan YORTni qo‘llashda shifokorlik sirini va axborotning maxfiyligini saqlash “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. YORTdan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bepushtlik sabablarini aniqlash va YORTdan foydalanish maqsadida bemorlar quyidagi birlamchi tekshiruvlardan (bundan buyon matnda birlamchi tekshiruv deb yuritiladi) o‘tkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
endokrin va ovulyator holatini baholash (qon tarkibida prolaktin, gonadotropinlar, steroidli gormonlar va shu kabilar darajasini aniqlash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik toz a’zolarini ultratovushli transvaginal tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gisterosalpingografiya, kontrastli exogisterosalpingoskopiya va laparoskopiya usullaridan foydalangan holda bachadon naychalarining o‘tkazuvchanligini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
endometriy ahvolini baholash (endometriyni ultratovushli transvaginal tekshirish, gisteroskopiya, endometriy to‘qimalarining biopsiyasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemorlarni urogenital infeksiyalar mavjudligiga tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemor erkak spermasini (eyakulyatini) tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
spermatozoidlar agglyutinatsiyasi aniqlangan holda spermatozoidlarning aralash antiglobulin reaksiyasini o‘tkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Nizomning 5-bandida qayd etilgan tekshiruvlar olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘tkazilgan birlamchi tekshiruv natijasida bepushtlik sababi aniqlangan bemorlarda konservativ va jarrohlik davolash o‘tkazilgandan so‘ng 9 — 12 oy davomida homiladorlik kuzatilmasa, mazkur bemorlar YORT yordamida davolanishga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘tkazilgan birlamchi tekshiruv natijasida bepushtlik sababi aniqlangan 35 va undan katta yoshdagi bemor ayollar konservativ va jarrohlik davolash o‘tkazilmasdan, 9 — 12 oy muddatsiz shifokorlar konsiliumining qarori bo‘yicha YORT yordamida davolanishga yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. YORT yordamida davolanishga yuborilgan bemorlar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq YORT yordamida davolash usullarini qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalarni aniqlash yuzasidan quyidagi tekshiruvlardan o‘tkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qon tahlilida rangpar treponemaga antitanachalarni, odam immun tanqisligi virusi (OIV) M, G sinfi antitanachalarini, V, S virusli gepatiti antigeniga 1 va 2-antitanachalarni, qondagi qizilcha virusiga antitanachalarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonda 1 va 2-tur oddiy gerpes virusi, tsitomegalovirus (SMV) molekulyar-biologik tahlilini o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xlamidiyalar, mikoplazma va ureaplazma mavjudligiga mikrobiologik tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toksoplazmoz, brutsellyoz mavjudligiga tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinsiy yo‘l ajralmalarini (qin ajralmasi, eyakulyat) mikroskopik tekshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tekshiruvlardan tashqari bemor ayollar quyidagi tekshiruvlardan o‘tkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonning umumiy (klinik) tahlili, qonning biokimyoviy tahlili, koagulogramma (zarur hollarda gemostaz tizimini batafsil tekshirish va gematolog maslahati);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bachadon bo‘yinini tsitologik tekshirish (Papanikolau usulida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
peshobning umumiy tahlili, buyraklarni ultratovush tekshiruvidan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘pka flyuorografiyasi (bunday tekshiruvdan 12 oydan ortiq vaqt davomida o‘tmaganlar uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektrokardiogramma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonni gormonlar mavjudligiga tekshirish (FSG, LG, prolaktin, estradiol va antimyuller gormoni);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiladorlikni davom ettirish imkoniyati yuzasidan shifokor-terapevt ko‘rigi (tibbiy ko‘rik, maslahat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35 yoshgacha bo‘lgan bemor ayollarda sut bezlarini ultratovush tekshiruvi, sut bezlarining xastaligi aniqlangan taqdirda esa mammografiya tekshiruvi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35 va undan katta yoshdagi bemor ayollar uchun mammografiya tekshiruvi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Anamnezida yoki yaqin qarindoshlarida rivojlanishning tug‘ma nuqsonlari va xromosom xastaliklari mavjud bo‘lgan, birlamchi amenoreya kasalligiga chalingan, 35 va undan katta yoshdagi, YORTdan foydalanish harakatlari samarasiz kechgan bemor ayollarga shifokor-genetik ko‘rigi (maslahati) va xromosom apparati tekshiruvi (kariotiplash) o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tekshiruv natijasida endokrin o‘zgarishlar aniqlangan bemor ayollarga shifokor-endokrinolog maslahati, qalqonsimon bez, qalqonsimon oldi bezi, buyrak usti bezlarining ultratovush tekshiruvlari tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tekshiruvlardan tashqari bemor erkaklarga eyakulyat tahlili hamda 35 va undan katta yoshdagi bemor erkaklarga genetik tekshiruv o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. YORTdan foydalanishda qo‘llaniladigan davolash muolajalari va usullari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, YORT yordamida davolash usullarini qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar aniqlanmagan bemorlarga quyidagi davolash usullari qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekstrakorporal urug‘lantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sun’iy urug‘lantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xetching;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kriokonservatsiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
spermatozoidning intratsitaplazmatik inyeksiyasi (bundan buyon matnda IKSI deb yuritiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tekshiruv natijalariga ko‘ra bemorlarda YORT yordamida davolash usullarini qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar aniqlanganda, mazkur bemorlarga YORT qo‘llash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. YORT usullari qo‘llanilishidan avval bemorlarga bu usullarning afzalliklari va kamchiliklari to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumot shifokor tomonidan berilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. YORT usullaridan birining qo‘llanilishi samara bermaganda, YORTning boshqa usullari qo‘llanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Ekstrakorporal urug‘lantirish usulini qo‘llash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ekstrakorporal urug‘lantirish (bundan buyon matnda EKU deb yuritiladi) usuli bepushtlikka yechim topish maqsadida ona organizmidan tashqarida sun’iy sharoitlarda tuxumhujayrani urug‘lantirish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. EKU usulini qo‘llash mumkin bo‘lgan holatlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bepushtlik sababi aniqlangan bemor ayollarda konservativ va jarrohlik davolash o‘tkazilgandan so‘ng 9 — 12 oy davomida homiladorlik kuzatilmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EKU usullarisiz homilador bo‘lish imkoni bo‘lmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. EKU usuli quyidagi hollarda cheklovlar bilan qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovarial zaxiraning kamayishi (tuxumdonlar ultratovush tekshiruvi xulosalari va qon tahlilidagi antimyuller gormoni darajasi bo‘yicha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayollar jinsi bilan bog‘liq irsiy kasalliklar (gemofiliya, Dyushenn mushaklar distrofiyasi, X-xromosomaga bog‘liq ixtioz, Sharko-Mari nevral amiotrofiyasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. EKU usulini o‘tkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan dori vositalari yordamida superovulatsiyani qo‘zg‘atish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gonadotropin-rilizing gormonlar, gonadotropinlar, menotropinlar, gonadotropin-rilizing gormon o‘rnini bosuvchi analoglar va antagonistlarni ishlatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ultratovush tekshiruvi nazorati ostida transvaginal yo‘l orqali tuxumhujayralarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuxumdon follikulalari punksiyasini og‘riqsizlantirish asosida transvaginal yo‘l orqali o‘tkazish (transvaginal yo‘l orqali bajarish imkoni bo‘lmagan holatlarda ootsitlar laparoskopik yo‘l orqali olinishi mumkin);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shifokor anesteziolog-reanimatolog tomonidan og‘riqsizlantirish turini belgilash (bemorlarning ixtiyoriy roziligi asosida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemor erkakning maxsus tayyorlangan spermasi bilan ootsitlarni inseminatsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
embrionlarni kultivatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan dori vositalari yordamida hayz davrining lyutein fazasini qo‘zg‘atishni ushlab turish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. EKU usuli qo‘llanilgandan so‘ng homiladorlikni tashxislash uchun embrionlar ko‘chirilgan kunining 12-kunidan boshlab qon yoki peshob tahlillarida xorionik gonadotropin darajasini aniqlash amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Embrionlar ko‘chirilgan kunining 21-kunidan boshlab homiladorlikning ultratovush tekshiruvi amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Sun’iy urug‘lantirish usulini qo‘llash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Sun’iy urug‘lantirish usuli bepushtlikka yechim topish maqsadida spermani qinga, tservikal kanalga, bachadon bo‘shlig‘iga yuborish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Sun’iy urug‘lantirish usulini qo‘llash uchun quyidagilar ko‘rsatma hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemor erkakda spermatogenezning og‘ir buzilishi, eyakulyator-seksual buzilishlar, irsiy kasalliklar rivojlanishining yuqori xavfi kuzatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemor ayolda bachadon bo‘yini bilan bog‘liq bepushtlik, vaginizm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noaniq etiologiyali bepushtlik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Sun’iy urug‘lantirish usulida avvaldan tayyorlangan yoki kriokonservatsiyalangan, nativ spermadan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Bemor ayolda bachadonning ikkala naychalarining o‘tkazuvchanligi buzilishi aniqlanganda, sun’iy urug‘lantirish usulini qo‘llash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ikki marotaba o‘tkazilgan sun’iy urug‘lantirish usuli samara bermagan taqdirda, YORTning boshqa usullari qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Sun’iy urug‘lantirish usulini qo‘llashdan avval shifokor tomonidan foydalanishga tayyorlangan eyakulyatning miqdor va sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bemorlarga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur ma’lumotlar asosida bemorlar foydalanishga tayyorlangan eyakulyatni qo‘llanilishiga rozi yoki norozi ekanligini ma’lum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Sun’iy urug‘lantirish usuli tabiiy siklda va O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan dori vositalari yordamida superovulatsiya stimulatsiyasida amalga oshirilgan hollarda qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Xetching usulini qo‘llash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Xetching implantatsiyadan oldingi tashxislash maqsadida ootsit yoki embrionning yaltiroq qobig‘ini yorish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi xetching embrionning yorib chiqishini osonlashtirish maqsadida qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Xetching usulini qo‘llash mumkin bo‘lgan holatlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35 va undan katta yoshdagi bemor ayollarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anamnezida yaxshi sifatli embrionlarni ko‘chirishda qo‘llanilgan EKU usuli uch va ko‘p marotaba natijasiz bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaltiroq qobiq morfologiyasining buzilishida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kriokonservatsiyalangan embrionlardan foydalanishda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Xetching embrionlarni bachadon bo‘shlig‘iga ko‘chirishdan oldin amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Kriokonservatsiya usulini qo‘llash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Kriokonservatsiya chuqur muzlatish (-200 S) jarayoni yordamida reproduktiv hujayralar va gonada to‘qimalarini (embrionlar, sperma va tuxumhujayralar) saqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Kriokonservatsiya usulini qo‘llash bemor va reproduktiv salomatlikni saqlash sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi tibbiyot tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Kriokonservatsiyalangan reproduktiv hujayralar va gonada to‘qimalari suyuq azotga solingan maxsus markirovkalangan konteynyerlarda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Kriokonservatsiyalangan reproduktiv hujayralar va gonada to‘qimalarini muzlatish va muzdan chiqarishning optimal usuli shifokor tomonidan har bir holat uchun individual tartibda tanlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Kriokonservatsiyalangan reproduktiv hujayralar va gonada to‘qimalari ushbu materiallarning xavfsizligini ta’minlash uchun dezoksiribonuklein kislota (DNK) tahlillari bilan birga saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. IKSI usulini qo‘llash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. IKSI ootsit tsitoplazmasiga spermatozoidni inyeksiya qilish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. IKSI usulini qo‘llash uchun quyidagilar ko‘rsatma hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
spermatogenez buzilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eyakulyator disfunksiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘llanilgan EKU usulida ootsitlarning urug‘lanmaganligi yoki 20% kam foizda urug‘langanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemor ayolda to‘rttadan kam miqdorda ootsitlarning mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. IKSI usulini qo‘llashda obstruktiv azoospermiya va eyakulyator disfunksiyasi holatlarida spermatozoidlar bemorlarning roziligi asosida jarrohlik yo‘li bilan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Har qanday o‘tkir yuqumli kasalliklar spermatozoidlarni jarrohlik yo‘li bilan olishga qarshi ko‘rsatma hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Spermatozoidlarni olishning optimal usuli shifokor-urolog tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. YORT usullarini qo‘llashda embrionlar reduksiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Homiladorlikni tashxislash natijasida ko‘p homilalik holatlari (uch va undan ortiq embrionlar mavjud bo‘lganda) aniqlanganda, akusherlik va perinatal asoratlarni oldini olish maqsadida “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasiga asosan er va xotinning, er bo‘lmagan taqdirda ayolning yoki ota-onasining yoxud u voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz bo‘lgan taqdirda boshqa qonuniy vakillarining mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi rozilik arizasi asosida embrionlar reduksiyasi qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Embrionlar reduksiyasi qo‘llanilishiga rozilik berilmagan taqdirda, uni qo‘llash mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Embrionlar reduksiyasi — bu besh haftadan o‘n bir haftagacha homiladorlikda ultratovush tekshiruvi nazoratida tirik embrionlar sonini sun’iy ravishda kamaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Reduksiya qilinishi lozim bo‘lgan embrionlar ultratovush tekshiruv xulosasiga asosan davolovchi shifokor tavsiyasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Embrionlar reduksiyasini o‘tkazish natijasi bo‘yicha shifokorlar konsiliumi tomonidan bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Reduksiya qilinishi lozim bo‘lgan embrionlarga kirish (transvaginal, transservikal, transabdominal yo‘llari orqali) va ularni rivojlanishdan to‘xtatish davolovchi shifokor tomonidan bemor ayolning holatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Har qanday o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari embrionlar reduksiyasini o‘tkazishga qarshi ko‘rsatma hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Homila tushishi xavfining mavjudligi embrionlar reduksiyasini qo‘llashga nisbiy qarshi ko‘rsatma hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi raisi R. IZAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 12-yanvar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi reproduktiv texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ixtiyoriy rozilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ARIZASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Men (Biz)____________________________________________________________________________________F.I.O., yoshi

____________________________________________________________________________________________F.I.O., yoshi

biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-karta ma’lumotlari: ________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Menga (bizga) quyida ko‘rsatilgan usulda yordamchi reproduktiv texnologiyalarni qo‘llashingizni so‘rayman (so‘raymiz):

ekstrakorporal urug‘lantirish (EKU)
‎tuxumhujayrani ekstrakorporal urug‘lantirish inyeksiya yo‘li bilan unga spermatozoid yuborish (EKU + IKSI)
‎sun’iy urug‘lantirish (SI)
‎quyidagilardan foydalanilgan holda:
‎kriokonservatsiyalangan/kriokonservatsiya qilinmagan spermasi
‎kriokonservatsiyalangan/kriokonservatsiya qilinmagan ootsitlari
‎kriokonservatsiyalangan/kriokonservatsiya qilinmagan embrionlar bilan

Preimplantatsion genetik tahlil o‘tkazishingizni so‘rayman (so‘raymiz):

embrionlar/ootsitlarni, quyidagilar bo‘yicha nuqsonlarni aniqlash maqsadida

___________________________________________________________ xromosomasi bo‘yicha

Menga (bizga) EKU/EKU+IKSI/SI usulida davolash tartibi tushuntirildi va quyidagilar ma’lum qilindi:

homilador bo‘lishdan oldin davolanish harakatlari bir necha marotaba bo‘lishi mumkin;
‎davolanish jarayonida avvalda ma’lum bo‘lmagan faktlar aniqlanishi mumkin, shu tufayli davolanish rejasi yoki usulini o‘zgartirish talab etilishi mumkin;
‎davolanish samarasiz bo‘lishi mumkin;
‎bepushtlikni yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalangan holda bartaraf etilishi homilada tug‘ma kasalliklar xavfini oshirmaydi, biroq kamaytirmaydi ham;
‎hozirgi kunda fan va tibbiy amaliyotda reproduktiv hujayralar va gonada to‘qimalarini muzlatish/muzdan eritish tug‘ilajak farzandning sog‘ligi uchun zararli asoratlar mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida qat’iy xulosa chiqarish uchun yetarli darajada kuzatuvlar mavjud emas.

Menga (bizga) shifokor tomonidan davolanish jarayonida eng yaxshi natijalarga erishish uchun dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar, ularning annotatsiyalarida bepushtlik ko‘rsatma sifatida yoki homiladorlikka qarshi ko‘rsatma sifatida bayon qilmagan dori vositalari qo‘llanilishi mumkinligi tushuntirildi. Men (biz) bu dori vositalaridan foydalanish afzalliklarini va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni tushundim (dik). Men (biz) ushbu preparatlardan foydalanishga:

rozilik beraman (miz) rozilik bermayman (miz).

EKU/EKU+IKSI/SI o‘tkazilgandan keyin qolgan mening (bizning) jinsiy hujayralarimizni/embrionlarimizni so‘rayman(miz):
‎kriokonservatsiyalashni;
‎utilizatsiyalashni.
‎Menga (bizga) ma’lum bo‘lgan mening (bizning) sog‘lig‘im(miz) ahvoli, oilam(iz)dagi irsiy, tanosil, ruhiy va b�shqa kasalliklar to‘g‘risida barcha ma’lumotlarni shifokorga ma’lum qilganligim(miz)ni bayon qilaman(miz).

Men (biz) EKU/EKU+IKSI/SI usulida davolash muolajasini bajarish va tuxumdonlar funksiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi (tuxumdonlar giperstimulatsiyasi sindromi, tuxumdonning retension kistalari shakllanishi, allergik reaksiyalar va dorilar ishlab chiqaruvchisi tomonidan ko‘zda tutilgan boshqa nojo‘ya ta’sirlar) dori vositalaridan foydalanish asoratlarga (qon ketishi, yallig‘lanish, yaqin joylashgan a’zolar yaralanishi) olib kelishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirildim(dik).
‎Davolanish natijasida sodir bo‘lgan homiladorlik bachadondan tashqari, ko‘p homilali hamda homiladorlikning to‘xtashi mumkinligi to‘g‘risida men (biz)ga ma’lum.
‎Men (biz) tibbiyot tashkiloti mutaxassislari tomonidan men (biz)ga taqdim etilgan muolaja, tibbiy yordam ko‘rsatish usullari, u bilan bog‘liq asoratlar, davolanishning mavjud variantlari, uning oqibatlari hamda taxminiy natijalar to‘g‘risida barcha ma’lumotni diqqat bilan o‘qidim(dik) va barchasini tushunganim(miz)ni tasdiqlayman (miz). Men (biz) meni (bizni) qiziqtiradigan yoki menga (bizga) bu sohada tushunarsiz bo‘lgan masalalarni muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldim (bo‘ldik). Barcha bergan savollarga men (biz) qoniqarli javob oldim (oldik). Mening (bizning) qarorim(iz) erkin bo‘lib, ushbu muolajani o‘tkazish uchun xabardor holatda o‘z ixtiyorim(iz) bilan rozilik berishim(iz)ni ifodalaydi.

____________________________________________________________________________________________

(rozilik beruvchi shaxs(lar)ning F.I.O., imzosi)

____________________________________________________________________________________________

(suhbat o‘tkazgan shifokorning F.I.O., imzosi)

____________________________________________________________________________________________

(to‘ldirilgan sanasi va vaqti)

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2021-yil 7-maydagi 5-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3217-1, 17.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2021-y., 10/21/3217-1/0463-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi reproduktiv texnologiyalar yordamida davolash usullarini qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Qarshi ko‘rsatmalar nomi

Qarshi ko‘rsatmalar shakli, bosqichi, darajasi, fazasi

Izohlar

Ayrim infeksion va parazitar kasalliklar

1.

Sil kasalligi:

Barcha faol shakllari

a) bakteriologik va gistologik yo‘l bilan tasdiqlangan nafas olish a’zolarining sil kasalligi

b) bakteriologik va gistologik yo‘l bilan tasdiqlanmagan nafas olish organlari sil kasalligi

O‘pka-yurak yetishmovchiligi aniqlanganda YORT qo‘llanilmaydi.

v) asab tizimi sil kasalligi

g) boshqa a’zolar va tizimlarning sil kasalligi

d) suyaklar va bo‘g‘imlar sil kasalligi

e) siydik yo‘li a’zolarining sil kasalligi (ayollarda)

j) ichak va qorin bo‘shlig‘ining limfa tugunlarining sil kasalligi

z) sil perikarditi

Konstriktiv perikardit

Yurak yetishmovchiligi rivojlanishi bilan va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish imkoni bo‘lmaganda YORT qo‘llanilmaydi.

2.

Virusli gepatit: O‘tkir gepatitlar: A, V, S, D, G; Surunkali gepatitlar xuruj fazasida (sariqlik, indikatorli fermentlarning yuqori darajalari)

3.

Odam immun tanqisligi virusi (OIV) bilan orttirilgan kasalligi

Bosqichlari: Inkubatsiya (1 bosqich), birlamchi belgilari (2A, 2B, 2V), ikkilamchi belgilarini jadalanishi (4A, 4B, 4V); terminal (5 bosqich)

Kasallikni 1, 2 A, 2B, 2V bosqichlarida YORTdan foydalanishni kasallik subklinik bosqichiga o‘tgungacha qadar qoldirish. Kasallikni 4A, 4B, 4V bosqichlarda YORTdan foydalanishni kasallik kamida 6 oylik remissiya bosqichiga o‘tguniga qadar qoldirish

4.

Sifilis (zaxm) erkak yoki ayolda

YORTni kasallikdan tuzalgandan so‘ng qo‘llash mumkin.

O‘sma kasalliklar

5.

Har qanday lokalizatsiyali yomon sifatli o‘sma kasalliklari

Barcha faol shakllari

Anamnezda yomon sifatli o‘sma kasalliklar mavjud bo‘lganda YORTdan foydalanish masalasi shifokor-onkologning xulosasi asosida hal qilinadi.

6.

Jarrohlik davolashni talab qiladigan bachadon va/yoki tuxumdonlar bezi yaxshi sifatli o‘sma kasalliklar

Barcha faol shakllari

Qon va qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari

7.

Ilk bor aniqlangan o‘tkir leykozlar

Barcha faol shakllari

8.

Miyelodisplastik sindromlar

Barcha faol shakllari

9.

Yuqori xavf guruhidagi limfomalar

Barcha faol shakllari

10.

Limfogranulematoz

Barcha faol shakllari

11.

Surunkali miyeloleykoz: a) tirozinkinaz ingibitorlari bilan davolashni talab qiladigan b) kasallikning terminal bosqichi

Barcha faol shakllari

12.

Surunkali miyeloproliferativ kasalliklar

Blastli kriz

13.

Aplastik kamqonlik kasalligi

Og‘ir turi

14.

Gemolitik kamqonliklar: o‘tkir gemolitik krizlar

Og‘ir qaytalanuvchi kechish

15.

Idiopatik trombotsitopenik purpura

Surunkali doimo qaytalanuvchi kechish, har qanday davolash turlariga refrakterligi

16.

O‘tkir porfiriya hujumi, oxirgi hujumdan keyin “yorug‘” davrining davomiyligi ikki yildan kam

Barcha faol shakllari

17.

Gemorragik vaskulit (Shenleyn-Genox purpurasi)

Og‘ir qaytalanuvchi kechish

Buyraklar zararlanashi va buyrak, o‘pka, oshqozon-ichak traktining yetishmovchiligi rivojlanishi

18.

Antifosfolipidli sindrom

Og‘ir kechishi

Anamnezda qayta miyada qon aylanishi buzilishlari, yurak klapani nuqsonlari shakllanishi, buyraklar zararlanishi, arterial gipertenziya va buyrak yetishmovchiligi bilan

Endokrin tizimi kasalliklari, ovqatlanish va moddalar almashinuvi buzilishi

19.

Qandli diabet bilan terminal buyraklar yetishmovchiligi (o‘rnini bosuvchi buyrak davosi va buyrakni transplantatsiya qilish imkoni yo‘qligi)

Og‘ir kechishi

20.

Buyrak transplantatsiyasidan keyingi qandli diabet

Og‘ir kechishi

21.

Qandli diabet va proliferativ retinopatiya rivojlanishi bilan

Barcha faol shakllari

22.

Giperparatireoz

Og‘ir shakli, visseral va suyakli namoyonlari bilan

Ruhiy buzilishlar

23.

Surunkali va davomli ruhiy buzilishlar, og‘ir va barqaror og‘riq bilan (psixozlar va aqliy zaiflik) yoki homiladorlik va tug‘ruq ta’sirida zo‘rayishining katta ehtimoli bilan

24.

Irsiy va degenerativ ruhiy buzilishlar

25.

Yaqqol ifodalangan psixogen buzilishlar

26.

Psixoaktiv moddalarni iste’mol qilish bilan bog‘liq ruhiy buzilishlar

27.

Kayfiyat buzilishi (affektiv buzilishlar)

Turg‘un suitsidli yo‘nalganlikda va suitsidli harakatlarni amalga oshirish xavfida YORT qo‘llanilmaydi.

Asab tizimi kasalliklari

28.

Asab tizimining turli etiologiyali og‘ir nogironlovchi nokurabelli kasalliklar, yaqqol ifodalangan harakatlanishdagi va ruhiyatdagi buzilishlar bilan kechishi

Qon aylanish tizimi kasalliklari

29.

Yurakning revmatik nuqsonlari:

a) qon aylanishi yetishmovchiligi bilan kechishi

2B, 3 darajasi

b) yuqori o‘pka gipertenziyasi bilan kechishi

v) anamnezda tro�boembolik asoratlar bilan hamda yuraq bo‘shliqlarida tromb mavjudligi

30.

Kardiomiopatiyalar:
a) dilatatsion kardiomiopatiya

b) restriktiv kardiomiopatiya

v) gipertrofik kardiomiopatiya, yurakning chap, o‘ng yoki ikkala qorinchalari chiqarish traktining ifodalangan obstruksiyasi

g) gipertrofik kardiomiopatiya, chap qorinchaning chiqarish trakti obstruksiyasiz, yurak urish maromi murakkab buzilishi bilan

31.

Aerz (Ayers) kasalligi (sindromi) (o‘pka arteriyalarining ajratilgan sklerozi, o‘pka gipertenziyasi bilan)

32.

Kardioxirurgik aralashuvlardan keyingi holat:

a) tug‘ma yurak nuqsonini palliativ (noto‘liq) korreksiyasidan keyin

b) tug‘ma yurak nuqsonini jarrohlik korreksiyasidan keyin, o‘pka gipertenziyasining qoldiq belgilari bilan

v) yurakning har qanday nuqsonini jarrohlik korreksiyasidan keyin, qoniqarsiz natija bilan bajarilganda

g) ko‘p klapanli protezlash

33.

Tomirlar kasalliklari:

a) aorta va uning tarmoqlari kasalliklari:

har qaysi bo‘limdagi (ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i) aorta anevrizmasi, shu jumladan rekonstruktiv operatsiyalardan keyin — shuntirlash, protezl�sh

magistral arteriyalar anevrizmalari (miyadagi, buyrakdagi, qovurg‘a bilan qorin orasidagi, taloqdagi va sh.k.), shu jumladan xirurgik davolashdan keyin

b) tromboembolik kasallik va tromboembolik asoratlar (miya, qo‘llar, oyoqlar, buyraklar, mezenterial tomirlar hamda o‘pka arteriyalari tarmoqlari tomirlarining tizimli emboliyalari)

34.

Gipertonik kasalligi

2 V va 3-bosqichlaridadavolash samarasiz bo‘lganda

Nafas a’zolari kasalliklari

Og‘ir nafas yetishmovchiligi rivojlanganligi holatida, birlamchi o‘pka xastaligi ususiyatlari va/yoki o‘pka gipertenziyasidan qat’i nazar YORT qo‘llanilmaydi.

Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari

35.

Jigar yetishmovchiligi, jigarning birlamchi kasalligidan qat’i nazar

36.

Jigar tsirrozi, qizilo‘ngach tomirlaridan qon ketishi xavfi bilan portal gipertenziyasi bilan, buyrak yetishmovchiligi

37.

Jigarning o‘tkir yog‘li distrofiyasi

38.

Kron kasalligi, stenoz, oqma, shimish buzilishi va qon ketish asorati bilan

39.

Nospetsifik yarali kolit, yo‘g‘on ichakning toksik dilatatsiyasi, profuzli ich ketishi, ichakdan ko‘p miqdorda qon ketish asorati bilan

40.

Seliakiya, ingichka ichakda shimish buzilishi bilan

Tashxis ingichka (o‘n ikki barmoqli) ichakni gistologik tekshiruv tahlili va immunologik testlarda gliadin va to‘qima transglutamazaga antitanachalarni aniqlash orqali tasdiqlanishi lozim.

41.

Qorin devori churasi

Katta o‘lchamli, qorin devori ayirilishi va jarroxlik korreksiyasi imkonsiz bo‘lganda.

42.

Ichakning yopishib qolish kasalligi, ichak tutilishi xurujlari bilan

43.

Ichak oqmalari

Jarrohlik davolashning imkonsiz bo‘lganda.

Siydik yo‘li tizimi kasalliklari

44.

O‘tkir glomerulonefrit

45.

Surunkali glomerulonefritning har qanday shakli

Zo‘rayish bosqichi

46.

Har qanday etiologiyadagi surunkali buyrak yetishmovchiligi

Har qanday tashxisda homiladorlikkacha qon zardobdagi kreatinin miqdori 200 mkmol/l (1,8 mg/dl) dan ortiq bo‘lmasligi shart.

Homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davr

47.

El bo‘g‘oz, shu jumladan avvalda o‘tkazilgan (kamida ikki yil)

48.

Xorionepitelioma

Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qimalar kasalliklari

49.

Revmatoidli artrit, boshqa a’zo va tizimlarni jalb qilgan holda

Tez rivojlanayotgan kechishi nazoratlanmangan yuqori faolligi bilan

50.

Tugunchali poliarteriit

Og‘ir kechishi

Poliorganli zararlanish va yomon sifatli gipertenziya holatlarida

51.

O‘pkani zararlantiruvchi poliarteriit (Cherdj-Stross)

Og‘ir kechishi

O‘pka zararlanishi, qon qusish va nafas olish yetishmovchiligi holatlarida

52.

Vegener granulematozi

Og‘ir kechishi

O‘pka va buyrak zararlanishi va ularning yetishmovchiligi holatlarida

53.

Aorta yoyi sindromi (Takayasu) (nospetsifik aortoarteriit)

Og‘ir kechishi

Yurakning aortal klapanlari shikastlanishi qon aylanishi yetishmovchiligi holatlarida

54.

Tizimli qizil bo‘richa

Kasallikni o‘tkir va surunkali kechishi tez-tez qaytarilishi bilan

Buyraklarni (nefrit nefrotik sindrom bilan), markaziy asab tizimini (qaytalanuvchi episindrom) yurakni klapanlar nuqsonlari shakllanishi bilan, o‘pkalarni shikastlanishlari va ushbu a’zolar faoliyatining buzilish belgilari bilan

55.

Dermato (poli) miozit

Og‘ir kechishi, glyukokortiko-idlarning yuqori dozalari yordamida uzoq muddatli davolashni talab qilgan

Yurak zararlanishi, yurak urishi va yurak urishining buzilishi va qon aylanishi yetishmovchiligi belgilari bilan

56.

Rivojlanayotgan tizimli skleroz (tizimli sklerodermiya)

O‘tkir va surunkali kechishi, jarayonning yuqori faolligi bilan

Buyrak, o‘pka, yurak zararlanishi, ularning faoliyatining buzilishi bilan

57.

Quruq sindrom (Shegren)

Og‘ir kechishi

O‘pka va buyrak zararlanishi, ularning faoliyatining yetishmovchilik belgilari bilan

Rivojlanishning tug‘ma nuqsonlari

58.

Bachadonning tug‘ma anomaliyalari (nuqsonlari), bu holatda embrionlarni implantatsiyasi yoki homiladorlikdan saqlanishning imkoni bo‘lmaganda

YORTdan foydalanish imkoniyati va uning turlari to‘g‘risidagi masalasi shifokorlar konsiliumi tomonidan hal qilinadi.

59.

Yurakning tug‘ma nuqsonlari

a) patologik qon otilishi mavjudligida (qorinchalar oldiaro to‘siqning nuqsoni, qorinchalararo to‘siqning nuqsoni, ochiq arterial oqim):

qon aylanishi yetishmovchiligi (QE) kechishi bilan

QE 2B, 3 daraja

o‘pka gipertenziyasi kechishi bilan

2 — 4 darajali o‘pka gipertenziyasi (Xit-Edvards bo‘yicha tasnifi)

bakterial endokardit bilan asoratlangan

b) chap qorinchadan (aorta stenozi, aorta koarktatsiyasi) yoki o‘ng qorinchadan (o‘pka arteriyasi stenozi) qon chiqishi qiyinlashgan yurak nuqsonlari:

QE kechishi bilan — poststenotik kengayish mavjud bo‘lganda (aorta yoki o‘pka arteriyasi anevrizmasi)

QE 2A va undan yuqori daraja

v) 3-4 darajali regurgitatsiya va yurak urishi ritmining murakkab buzilishlarkechishi bilan atrioventrikulyar klapanlarning tug‘ma nuqsonlari

g) Fallo tetradasi

Nokorrigirlangan palliativ jarrohlik amaliyotlardan keyin

d) Fallo pentadasi

Nokorrigirlangan palliativ jarrohlik amaliyotlardan keyin

e) Ebshteyn anomaliyasi

Nokorrigirlangan

j) yurakning murakkab tug‘ma nuqsonlari (magistral tomirlarini transpozitsiyasi, atrioventrikulyar kommunikatsiyaning to‘liq shakli, umumiy arterial stvol, yurakning yagona qorinchasi, atrioventrikulyar yoki yarim oy klapanlar atreziyasi)

z) Eyzenmenger sindromi

i) Lyutembashe sindromi

60.

Yagona buyrak (tug‘ma yoki nefrekt�miyadan so‘ng), azotemiyada, arterial gipertenziyada, sil kasalida, piyelonefritda, gidronefrozda

61.

Siydik qopi ekstrofiyasi

62.

Tug‘ma ko‘psonli artrogripoz

63.

Suyaklar va umurtqaning distrofik displaziyasi

64.

Suyaklarning tug‘ma mo‘rtligi (yakunlanmagan osteogenez)

65.

Qo‘l yoki oyoqlarning tug‘ma yo‘qligi

66.

Kraniosinostoz

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Embrion(lar) reduksiyasini amalga oshirish uchun ixtiyoriy rozilik
‎ARIZASI

Men___________________________________________________________________________________________________

(F.I.O.)

yoshim _______________________________________________________________________________________

biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-karta ma’lumotlarim ‎________________________________________

_________________________________________________________________________________________ da

(F.I.O.)

mavjud bo‘lgan ko‘p homilalik tufayli homila tushish xavfi bo‘lganligi sababli __________________ embrion(lar) reduksiyasini bajarishingizni so‘rayman.

Embrionlar reduksiyasini o‘tkazish tartibi tushuntirildi.
‎Embrionlar reduksiyasi homiladorlikni to‘xtatishga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirildim.
‎Shifokorlar hamda tibbiyot xodimlariga bog‘liq bo‘lmagan holda bachadon ichi jarrohlik amaliyoti natijasida yuz bergan quyidagi asoratlar bo‘lishi ma’lum qilindi:
‎qon ketish;
‎infeksion-septik kasalliklar;
‎qo‘llanilgan dori-vositalariga allergik reaksiyalar;
‎tromboem�olik asoratlar;
‎rivojlanishi mumkinligida intensiv davolash va/yoki rejada bo‘lmagan jarrohlik amaliyotlarini (bachadon va uning qismlarini olib tashlash kabigacha) talab qilinishi.

Shifokorga

_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ da

(F.I.O.)

sog‘lig‘i(m), irsiy, venerik, psixik va oila(m)dagi boshqa kasalliklar haqida barcha ma’lumotlarni berganligimni ma’lum qilaman.

Men tibbiyot tashkiloti mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan muolaja, tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadi, usullari, ular bilan bog‘lik bo‘lgan xavflar, bo‘lishi mumkin bo‘lgan jarrohlik amaliyotlar, ularning asoratlari, shuningdek kutilayotgan natijalar to‘g‘risida ma’lumotlarni diqqat bilan o‘qiganligimni, shifokor bilan bu sohada meni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha suhbat o‘tkazilganligini tasdiqlayman. Bergan savollarimga qoniqarli javob oldim. Mening qarorim erkin bo‘lib, ushbu muolajaning qo‘llanilishiga roziman.

____________________________________________________________________________________________

(rozilik beruvchi shaxs(lar)ning F.I.O., imzosi)

____________________________________________________________________________________________

(davolovchi shifokorning F.I.O., imzosi)

____________________________________________________________________________________________

(to‘ldirilgan sanasi va vaqti)

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2021-yil 7-maydagi 5-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3217-1, 17.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2021-y., 10/21/3217-1/0463-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2020-y., 10/20/3217/0136-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2021-y., 10/21/3217-1/0463-son, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)