29.01.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3061-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori, 29.01.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3061-1
Kuchga kirish sanasi
29.01.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 29-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3061-1]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-son “Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi PQ-4024-son “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 5-iyuldagi 176-mh, 28-son (roʻyxat raqami 3061, 2018-yil 28-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2018-y., 10/18/3061/1807-son) “Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. SADIKOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 23-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
206-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi D. RAXIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 23-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 23-dekabrdagi 206-mh, 29-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nomi va 1-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nomi va 15-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi va “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
benefitsiar mulkdor — yakuniy natijada mulk huquqiga egalik qiluvchi yoki pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchini haqiqatda nazorat qiluvchi jismoniy shaxs, shu jumladan manfaatini koʻzlagan holda pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari bilan bogʻliq operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat — pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarining pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini qabul qilish va yetkazib berishni (topshirishni) amalga oshiruvchi, foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni boshqarish, shubhali operatsiyalarni aniqlash hamda terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishda ishtirok etuvchi yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki qoidalar — pochta aloqasi sohasida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi ichki hujjatdir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlar — jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlarini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish — pul mablagʻlarini oʻtkazishni, tasarruf etishni yoki koʻchirishni taqiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchini identifikatsiyalash — foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish maqsadida foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchining benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash — qonun hujjatlari (ustav va (yoki) taʼsis shartnomasi, nizom) bilan belgilangan taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali yuridik shaxs boʻlgan foydalanuvchining mulkdori, shu jumladan uni nazorat qiluvchi shaxsni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishning oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchini lozim darajada tekshirish — foydalanuvchining va u qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, foydalanuvchining benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash, shuningdek foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday foydalanuvchi va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganishlarni oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi obyektlari — pochta aloqasi operatorlarining alohida boʻlinmalari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari, boʻlimlari, punktlari, shuningdek boshqa boʻlinmalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — ichki nazoratni oʻtkazish davomida pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan shubhali deb topilgan, sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari bilan operatsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul xodim — ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi maʼlumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni koʻzda tutuvchi davlatlar va hududlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxat — terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shubhali operatsiya — pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari bilan bogʻliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, ichki nazoratni oʻtkazish jarayonida pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi (bundan buyon matnda foydalanuvchi deb yuritiladi) — pochta aloqasi xizmatlarining isteʼmolchisi boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasi (bundan buyon matnda pul oʻtkazmasi deb yuritiladi) — pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta aloqasi va telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda pul mablagʻlarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) boʻyicha xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiyani toʻxtatib turish — foydalanuvchining pul mablagʻlarini koʻchirish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalari ijrosini toʻxtatib turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv funksiyalarni bajaradigan va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni amalga oshirishga vakolat berilgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi xodimlari — foydalanuvchilarga bevosita xizmat koʻrsatuvchi va pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari boʻyicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi pochta aloqasi xodimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavakkalchilik — foydalanuvchilar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimi — mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan belgilangan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan masʼul xodim va pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarining xatti-harakatlari yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiya ishtirokchilari — foydalanuvchilar va ularning vakillari hamda foydalanuvchining operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2-bandning beshinchi xatboshisidagi, 3-bandning oʻninchi xatboshisidagi, 8-banddagi, 67-bandning birinchi xatboshisidagi va 72-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro standartlarni bilishi;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalarida qonun hujjatlari, ushbu Qoidalar va ichki qoidalar talablariga rioya qilinishi nazoratini amalga oshiradi;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ichki nazoratni tashkil qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini hamda mazkur Qoidalar talablarini buzish holatlarining oldini olish va bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha inspeksiyasi (bundan buyon matnda Inspeksiya deb yuritiladi) va maxsus vakolatli davlat organining masʼul shaxslari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn birinchi xatboshidagi “va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) quyidagi mazmundagi 141-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“141.Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi maxsus vakolatli davlat organiga masʼul xodimlar roʻyxatini har yili 20-yanvargacha taqdim etadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“16. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari pochta aloqasining masʼul xodimlari va ishchilarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning zamonaviy texnikasi, usullari va tendensiyalari toʻgʻrisida axborot berish hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari va majburiyatlarining barcha jihatlarini aniq tushuntirish maqsadida ularni muntazam qayta tayyorlashga majburdirlar.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) 18-bandning toʻrtinchi xatboshisi va 39-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) 23-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“33. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni oʻrganishni, tahlil qilishni va aniqlashni pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari oʻz faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, oʻrganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralarni koʻrishi shart.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi va ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tavakkalchilik darajasi hamda uni pasaytirish talab etiladigan darajasini aniqlashi, tavakkalchilik turi va darajasiga qarab tegishli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishi va amalga oshirishi kerak.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tavakkalchilikni baholash natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etilishi kerak.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) 40-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “eng kam ish haqi miqdorining 1000 barobariga” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) 60-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“60. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq maxsus vakolatli davlat organi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish choralarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni yozma ravishda soʻrashga va bepul olishga haqlidir, shu jumladan pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari orqali olishga haqlidir.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
p) 70-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“70. Mazkur Qoidalar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha boshqa qonun hujjatlari barcha masʼul xodimlar va pochta aloqasi xodimlariga yetkazilishi lozim.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
r) 1-ilovaning ilova belgisidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) 2-ilovaning ilova belgisidagi va 2-bandining “a” kichik bandidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2020-y., 10/20/3061-1/0130-son)