04.02.2020 yildagi PQ-4584-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy raqs sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp asrlik boy va betakror madaniyatimizning ajralmas qismi boʻlgan milliy raqs sanʼatining xalqimiz maʼnaviyati, badiiy-estetik qarashlarini yuksaltirish, yosh avlodni milliy qadriyat va anʼanalarimizga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi oʻrni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu esa ushbu sanʼatni bugungi kunda jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida roʻy berayotgan tub oʻzgarishlarga mos holda rivojlantirish, milliy raqsning turli yoʻnalish va namunalarini, mamlakatimizning turli mintaqalarida shakllangan mumtoz raqs maktablarini qayta tiklash va kelajak avlodlarga bezavol yetkazish hamda bu boradagi taʼlim-tarbiya, targʻibot ishlarini kuchaytirishni taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼkidlash joizki, nafaqat mamlakatimizda, balki dunyo miqyosida ham mashhur boʻlgan Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” ansambli oʻzining qariyb 30 yillik faoliyati davomida oʻzbek milliy raqs sanʼati rivojida oʻchmas iz qoldirdi. Biroq, mustaqillikning dastlabki yillarida “Bahor” ansamblining ijodiy faoliyati toʻxtab qoldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shularning barchasini hisobga olgan holda milliy raqs sanʼatida professional badiiy jamoalar faoliyatini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni izlab topish va ularni tarbiyalash, baletmeysterlar va balet artistlarining yangi avlodini shakllantiradigan ijodiy laboratoriyalarni tashkil etish, ularning malaka va tajribasini oshirish, shuningdek, oʻzbek raqs sanʼatining “oltin fondi”ni yaratish va boyitish, xalqaro nufuzini yanada oshirish va keng targʻib etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashining Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida “Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli” (keyingi oʻrinlarda — Davlat raqs ansambli) faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat raqs ansamblining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda raqs sanʼatini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijodiy maktablarga xos anʼanalarni, mohir baletmeysterlar, balet artistlari merosini tiklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy raqs sanʼatining mumtoz va zamonaviy ijro namunalari “oltin fondi”ni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqimiz, xususan, yosh avlodni milliy raqs sanʼati haqidagi nazariy va amaliy bilimlar bilan keng tanishtirish orqali ularning qalbi va ongida milliy oʻzlikni anglash, ajdodlar merosiga hurmat tuygʻusini, yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqs va xoreografiya sanʼati sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etishda ishtirok etish, isteʼdodli yosh baletmeysterlarning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy raqs va xoreografiya sanʼati sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning natijalari asosida zamonaviy raqs kompozitsiyalarini sahnalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy raqs sanʼatini mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda keng targʻib qilish maqsadida Davlat raqs ansamblining milliy hamda jahon xalqlari raqslaridan iborat dasturlari asosidagi gastrol-konsert faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli” davlat muassasasining tuzilmasi 1-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat raqs ansambli faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari hamda donor tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Davlat raqs ansambliga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan mablagʻlar uning oʻz daromadlari bilan qoplanmagan qismi uchun ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat raqs ansambli artistlari hamda badiiy xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining amal qilishi, artistlar hamda badiiy xodimlarning avvalgi ish joylarida uzoq muddat xizmat qilgani saqlab qolingan holda, tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat raqs ansamblini saqlash xarajatlari 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi, 2021-yildan boshlab esa — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti doirasida nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat raqs ansambli qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda, konsert-tomosha faoliyatini tegishli litsenziya olmasdan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida konsert-tomosha tadbirlarini bir martalik ruxsatnoma olmasdan amalga oshirish huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat raqs ansamblining direktori va badiiy rahbari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat raqs ansambliga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 1 ta yengil avtotransport vositasi uchun mablagʻlar ajratilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan 2 ta avtobus va 1 ta yuk avtotransport vositasini xarid qilish hamda saqlash uchun limit belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Davlat raqs ansamblining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ijodkorlari ijtimoiy sharoitini yaxshilash maqsadida doimiy ravishda homiylik yordami koʻrsatishni nazarda tutuvchi “Doʻstlar klubi”ni tashkil etish boʻyicha bergan taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi oʻz tizimi uchun budjetdan ajratilgan yillik mablagʻlar doirasida doimiy ravishda Davlat raqs ansambliga “Toshkent radio eshittirish uyi”dagi ovoz yozish studiyalari va texnik vositalardan tekin foydalanish hamda Davlat raqs ansambli tomonidan ijro etiladigan raqslarga bastalangan musiqiy asarlarni yozib olish, efirga uzatish va targʻib qilishda amaliy yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddatda Davlat raqs ansamblini joylashtirish uchun bino ajratish, binoni rekonstruksiya qilish va zarur vositalar bilan jihozlash yuzasidan Hukumat qarorini qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu qaror ijrosining nazorati quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov — ushbu qaror ijrosini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsin, har chorakda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov — ushbu qaror va chora-tadbirlarni ijro etish yuzasidan barcha zarur choralar koʻrilishini taʼminlasin, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda masʼul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin hamda uning ijrosi boʻyicha har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari — ushbu qaror va chora-tadbirlarda nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarish yuzasidan barcha choralarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. A.D. Xadjayev — ushbu qarorning mazmun-mohiyati, ahamiyati va mamlakatimizda milliy raqs sanʼatini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarni muntazam yoritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 4-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4584-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi PQ-4584-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli” davlat muassasasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Izoh. Boshqaruv xodimlarning umumiy cheklangan soni — 19 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasidagi “Oʻzbek milliy mumtoz” ashula ansamblining 31 ta shtat birligi hamda “Navbahor” va “Navroʻz” ashula va raqs ansambllarining jami 4 nafar ijodiy xodimlar shtat birliklari maqbullashtirilishi hisobiga tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi PQ-4584-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbir nomi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Bahor” davlat raqs ansambli faoliyatiga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

“Bahor” davlat raqs ansamblining ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil

15-fevral

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

“Bahor” davlat raqs ansamblining shtat jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil

15-fevral

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov)

“Bahor” davlat raqs ansambli ijodiy xodimlarining malaka toifalari va lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil

20-fevral

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

“Bahor” davlat raqs ansamblining Badiiy kengashi nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil

20-fevral

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

II. Bahor” davlat raqs ansamblining moddiy-texnik bazasini shakllantirish

Madaniyat vazirligining sobiq “Bahor” ansambliga tegishli boʻlgan Yunusobod tumani, Markaz-5 mavzesi, 55-uy, 27-xonadonni xizmat uyi sifatida foydalanish uchun “Bahor” davlat raqs ansambliga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish.

2020-yil
15-fevral

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

Balet artistlari uchun sahna, mashgʻulot liboslari, maxsus anjom va boshqa zarur vositalar xarid qilish.

2020-yil
1-may

Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),

Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov),

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi (K. Rafikov)

Konsert dasturlarini tashkil etish uchun kamida 20 ta raqs asariga moʻljallangan maxsus sahna liboslari, poyafzallar, taqinchoqlar, grimm va boshqalarni xarid qilish.

2020-yil
15-may

Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),

Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov),

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi (K. Rafikov)

Ovoz va chiroq uskunalari, katta hajmdagi LED monitorlar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa jihozlarni xarid qilish.

2020-2021-yillar

Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),

Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov),

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi (K. Rafikov)

III. Bahor” davlat raqs ansambli faoliyatini takomillashtirish

Joylarda raqs sanʼatiga qiziquvchi yoshlar orasida koʻrik tanlovlar oʻtkazish orqali iqtidorli ijrochilarni aniqlash va “Bahor” davlat raqs ansamblining ijodiy xodimlar zaxirasini shakllantirib borish.

doimiy

Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimiyatlari

Milliy raqs va xoreografiya sanʼati faxriylarini jalb qilgan holda sobiq “Bahor” ansambli repertuaridan joy olgan raqs asarlarini tiklash va ular asosida ansamblning yangi repertuarini shakllantirish.

2020-yil

1-mart

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

Respublikaning barcha hududlarida milliy raqs sanʼatidan aholini bahramand etish, oʻsib kelayotgan yoshlar orasida ushbu sanʼat turini keng targʻib qilish maqsadida har yili eng kamida bir marotaba “Bahor” davlat raqs ansamblining konsert dasturini tashkil etish.

2020-yildan boshlab doimiy

Ijrochilar mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimiyatlari

Oʻzbek milliy raqs sanʼatining oʻziga xos durdona asarlarini dunyo miqyosida keng targʻib etish maqsadida “Bahor” davlat raqs ansamblining xalqaro koʻrik-tanlov, festivallarda ishtirokini taʼminlash va chet ellarda konsert dasturlarini tashkil qilish.

2020-yil iyun
oyidan boshlab doimiy

Madaniyat vazirligiga ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan respublika budjeti mablagʻlari, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov),

Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov))

“Bahor” davlat raqs ansamblining ijodiy yutuqlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish va targʻib qilish.

doimiy

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev),
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Kuchimov)

IV. Xoreografiya sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, attestatsiyadan oʻtkazish, ularning faoliyatini baholash hamda ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish

“Bahor” davlat raqs ansambli va boshqa raqs jamoalarining malakali mutaxassis kadrlar bilan taʼminlanganlik holatini oʻrganish, shuningdek, istiqbolli ehtiyojdan kelib chiqib, tegishli oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil

1-mart

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

“Bahor” davlat raqs ansambli va boshqa raqs jamoalarining rahbar xodimlari va mutaxassislarining malakasini oshirishni tashkil etish.

doimiy

Ijrochilar mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar,
homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

Xoreografiya taʼlimi yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan talabalar uchun “Bahor” davlat raqs ansambli faxriylari bilan ijodiy uchrashuv va “mahorat darslari”ni tashkil etish.

doimiy

Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 07/20/4584/0123-son)