30.12.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3207
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 30.12.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3207
Kuchga kirish sanasi
31.03.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 30-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3207]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-iyuldagi PQ-4389-son “Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 27-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-58-son

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 27-noyabrdagi 2019-58-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-iyuldagi PQ-4389-son “Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan davlat soliq xizmati organlari (bundan buyon matnda soliq organi deb yuritiladi) tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va shakllarda amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq nazorati tadbiri — Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq soliq toʻlovchilarda soliq nazoratining ayrim shakllarida amalga oshiriladigan tadbirlar (bundan buyon matnda nazorat tadbiri deb yuritiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
videotasvirga olish moslamalari — videotasvirga olish qurilmalari, jumladan videokameralar va videotasvirga olish imkonini beruvchi boshqa qurilmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
videotasvirga olish jarayonining ishtirokchilari (bundan buyon matnda ishtirokchilar deb yuritiladi) — soliq organining xodimlari, soliq toʻlovchilar hamda ularning vakillari va boshqa shaxslar (nazorat tadbiriga jalb qilingan mutaxassislar, ekspertlar, tarjimonlar, zarur hollarda xolis va xaridorlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
videotasvirga olish — soliq organi rahbari yoki rahbar oʻrinbosarining buyrugʻiga asosan ishtirokchilar tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan nazorat tadbiri jarayonini videotasvirga olish moslamalaridan foydalangan holda kuzatish va qayd etish (tasvirga olish).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati jarayonini, dalillarni qayd etish uchun nazorat tadbirlari jarayoni videotasvirga olinadi, bundan normativ-huquqiy hujjatlarda videotasvirga olish taqiqlangan muayyan tartibga boʻysunuvchi obyektlar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchi toʻgʻrisida olingan har qanday maʼlumot soliq sirini tashkil etadi, bundan qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar mustasno. Soliq organiga kelib tushgan, soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar saqlash va foydalanishning maxsus rejimiga ega boʻladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Videotasvirga olish jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Nazorat tadbirini videotasvirga olish jarayonida soliq toʻlovchilar va ularning vakillari quyidagi huquq va majburiyatlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soliq toʻlovchilar va ularning vakillari huquqlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organining nazorat tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi bilan tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbiri yakuni boʻyicha olingan videotasvir maʼlumotlaridan nusxa olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlari mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlari mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbiri jarayonini videotasvirga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) soliq toʻlovchilar va ularning vakillari majburiyatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbirini soliq organi tomonidan videotasvirga olish uchun sharoit yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organi mansabdor shaxslarining nazorat tadbirini videotasvirga olishiga toʻsqinlik qilmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organi xodimlarining talabiga koʻra nazorat tadbiri yakuni boʻyicha olingan videotasvir maʼlumotlaridan nusxa berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Videotasvirga olish jarayonida soliq organining mansabdor shaxslari quyidagi huquq va majburiyatlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soliq organi mansabdor shaxslarining huquqlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbiri jarayonini soliq toʻlovchi yoki uning vakillari va boshqa shaxslar ishtirokida videotasvirga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchidan videotasvirga olish jarayonining toʻliq amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilayotgan holatlarni bartaraf etishni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbiri yakuni boʻyicha soliq toʻlovchi va uning vakillari tomonidan olingan videotasvir maʼlumotlaridan nusxa olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) soliq organi mansabdor shaxslarining majburiyatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchilarni nazorat tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq bilan tanishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbiri jarayonida soliq toʻlovchi hamda uning vakillari va boshqa shaxslarga videotasvirga olish bilan bogʻliq huquq va majburiyatlarini tushuntirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchi yoki uning vakillari talabiga koʻra soliq nazorati tadbiri yakuni boʻyicha olingan videotasvir maʼlumotlaridan nusxa berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchi va uning vakillari faoliyatiga aloqador axborotlarni boshqa shaxslarga oshkor etmaslik, bundan qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar mustasno;
(5-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchi va uning vakillarining nazorat tadbirini videotasvirga olishiga toʻsqinlik qilmaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Videotasvirga olish jarayonining ishtirokchilari boʻlgan boshqa shaxslar quyidagi huquq va majburiyatlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) videotasvirga olish jarayoni ishtirokchilari boʻlgan boshqa shaxslarning huquqlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
videotasvirga olish jarayonining sabablari bilan tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
videotasvirga olinishi yuzasidan oʻz eʼtirozlarini bildirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) videotasvirga olish jarayonining ishtirokchilari boʻlgan boshqa shaxslarning majburiyatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organi mansabdor shaxslarining nazorat tadbirini videotasvirga olish jarayoniga toʻsqinlik qilmaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbiri jarayonida oʻziga maʼlum boʻlgan soliq toʻlovchi va uning vakillari faoliyatiga aloqador axborotlarni boshqa shaxslarga oshkor etmaslik, bundan qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar mustasno.
(6-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Nazorat tadbirlarini videotasvirga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nazorat tadbirlari jarayonini videotasvirga olish soliq organi rahbari yoki rahbar oʻrinbosarining nazorat tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Soliq organi tomonidan quyidagi nazorat tadbirlarining videotasvirga olinishiga yoʻl qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni hisobga olishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xronometraj koʻzdan kechirishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi sonining va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoringda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq tekshiruvlarida;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 7-apreldagi 2025-06-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3207-1, 14.04.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/3207-1/0346-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat-kassa texnikasini qoʻllashda;
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 7-apreldagi 2025-06-sonli qarori (roʻyxat raqami 3207-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/3207-1/0346-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiz toʻlanadigan ayrim turdagi tovarlarni markalashda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq monitoringida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Amalga oshiriladigan nazorat tadbirida quyidagi jarayonlar videotasvirga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoki soliq solish obyektlari bilan bogʻliq hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo hamda boshqa binolarini, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish, shuningdek soliq toʻlovchining mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchi yoki uning vakillari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik faktini qayd etishda;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat xaridi bilan boshlanadigan tekshirishlarda xarid kuzatuvini amalga oshirilishi, nazorat-kassa texnikasi hamda toʻlov terminallari koʻrsatkichi boʻyicha hisobotlarni olinishi hamda kassadagi pul mablagʻlarini sanoqdan oʻtkazilishi jarayonini kuzatishda;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 7-apreldagi 2025-06-sonli qarori (roʻyxat raqami 3207-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/3207-1/0346-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchi yoki uning vakillari tomonidan tekshirish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlar taqdim etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchi yoki uning vakillari tomonidan tekshirish hujjatlariga imzo qoʻyishdan bosh tortilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchi hamda uning vakillari va boshqa shaxslar tomonidan soliq nazoratining amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilinganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqqa oid huquqbuzarlik predmetlari (buyum va hujjatlar), ish boʻyicha dalillar olib qoʻyilganda;
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 7-apreldagi 2025-06-sonli qarori (roʻyxat raqami 3207-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/3207-1/0346-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchi yoki uning vakillarining talablariga koʻra;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur boʻlganda hujjatlar nusxalarini tayyorlashda hamda ish uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Nazorat tadbirini videotasvirga olish soliq toʻlovchilarning qonuniy faoliyatini toʻxtatib qoʻymaydigan va faoliyat koʻrsatishiga ziyon yetkazmaydigan tarzda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Videotasvirga olish vaqti nazorat tadbirida soliq toʻlovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoki soliq solish obyektlari bilan bogʻliq hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo hamda boshqa binolarni, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish, shuningdek soliq toʻlovchining mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazish, ishga doir dalillarni, predmetlarni (buyum va hujjatlarni) olish jarayoni davomiyligida amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 7-apreldagi 2025-06-sonli qarori (roʻyxat raqami 3207-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/3207-1/0346-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Soliq organi tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan nazorat tadbiri jarayoni videotasvirga olingan hollarda xolislarning ishtirok etishi talab etilmaydi, bundan qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan hollar mustasno.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Nazorat tadbiri natijasi boʻyicha tuzilgan dalolatnomada (bayonnomada, maʼlumotnomada) tadbir jarayonini videotasvirga olish moslamasi (qurilmaning rusumi va seriya raqami), videotasvirga olingan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Soliq organi tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat tadbiri jarayonini videotasvirga olishda soliq toʻlovchi yoki uning vakillari, shuningdek boshqa shaxslar tomonidan toʻsqinlik qilinganda va qarshilik koʻrsatilganda soliq organi xodimi mazkur holat yuzasidan dalolatnomani (bayonnomani) rasmiylashtirib, tegishliligi boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlari vakillarini nazorat tadbirida ishtirok etishga jalb qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Nazorat tadbirlarida olingan videotasvir maʼlumotlaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida amalga oshirilgan nazorat tadbiri jarayonida olingan videotasvir maʼlumotlari nazorat tadbirlari natijasi boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan birga alohida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ishtirokchilar tomonidan soliq toʻlovchilarning faoliyatida amalga oshirilgan nazorat tadbiri jarayonida olingan videotasvir maʼlumotlaridan ushbu nazorat tadbirlari natijalarini koʻrib chiqish, soliq organlari tomonidan qaror qabul qilish, shuningdek sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda koʻrib chiqishda foydalanish mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Nazorat tadbirlarida olingan videotasvir maʼlumotlaridan xizmatdan tashqari maqsadlarda foydalanish, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib keladigan tarzda tarqatish taqiqlanadi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat tadbirlarida olingan videotasvir maʼlumotlaridan profilaktika maqsadlarda soliq toʻlovchiga nisbatan qonuniy chora koʻrilgandan soʻng ommaviy axborot vositalarida yoritish bundan mustasno.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Soliq organi tomonidan oʻtkaziladigan nazorat tadbirlarini videotasvirga olish bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 27-noyabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/20/3207/0001-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 15.04.2025-y., 10/25/3207-1/0346-son)