1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbir nomi |
Amalga oshirish |
Ijro |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. Soliq siyosatini takomillashtirish va iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish | ||||
|
1. |
Tadbirkorlik subyektlariga teng fiskal sharoitlar va raqobat muhitini ta’minlash uchun qo‘llash sohalari va faoliyat turlarini hisobga olgan holda, soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qayta ko‘rib chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish |
Soliq kodeksining yangi tahriri doirasida |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (B. Musayev), Savdo-sanoat palatasi |
|
2. |
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tish tartibini ishlab chiqish. |
Qo‘shma qaror |
2019-yil |
DSQ (B. Musayev), |
|
3. |
Soliqlar bo‘yicha to‘lovlarni keyinchalik bo‘lib-bo‘lib foizi bilan qaytarish orqali kamaytirishni nazarda tutuvchi “investitsiyaviy soliq kreditlari” institutinijoriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish |
Soliq kodeksining yangi tahriri doirasida |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (B. Musayev), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
4. |
Soliq to‘lovchilarga keyinchalik soddalashtirilgan “yashil yo‘lak” tartibida xizmat ko‘rsatish maqsadida soliq tavakkalchiliklarini baholash va insoflilik mezonlari asosida segmentlash tizimini joriy qilish. |
Qo‘shma qaror |
2020-yil 1-yanvar |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
5. |
Soliq to‘lovchi ixtiyoriy ravishda soliq majburiyatlarini kamaytirib ko‘rsatish (yashirish) faktlarini ko‘rsatib, soliq qarzining bir qismini to‘laganda, uni javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutuvchi “soliq kelishuvi” mexanizmini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish |
Soliq kodeksining yangi tahriri doirasida |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (B. Musayev) |
|
6. |
O‘zaro bog‘langan yoki afillangan shaxslar o‘rtasidagi bitimlar bo‘yicha transfert narxlar belgilanishining, shu jumladan bunday shaxslar bo‘yicha mezonlarni belgilashni nazarda tutuvchi soliq nazorati mexanizmini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish |
Soliq kodeksining yangi tahriri doirasida |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), |
|
7. |
Soliq va buxgalteriya hisobi qoidalaridagi tafovutlarni qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish va ularni xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga to‘liq moslashtirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2020-yil 1-iyul |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (B. Musayev), Markaziy bank (M. Nurmuratov) |
|
8. |
Ayrim tovarlar uchun identifikatsiya markirovka qilishning yagona tizimini joriy etish va soliq organlari tomonidan mahsulotni hisobga olishning elektron bazasini yaratish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-avgust |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Loyiha boshqaruvi agentligi (D. Li), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
9. |
Hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining soliq imkoniyatlarini baholash metodikasini ishlab chiqish va joriy etish, soliq tushumlarini hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha prognoz qilish uchun indikatorlar va ma’lumotlar manbalarini shakllantirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-iyul |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), DSQ (B. Musayev), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov) |
|
10. |
Iqtisodiyotda xufiyona aylanma darajasini kamaytirish bo‘yicha “yashirin iqtisodiyot” ko‘lamini baholashning asosiy ko‘rsatkichlarini belgilash, idoralararo hamkorlik tizimini, ko‘riladigan choralar samaradorligini baholash tizimini joriy qilishni, shuningdek, iqtisodiy faoliyatni legallashtirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-sentabr |
DSQ (B. Musayev), Markaziy bank (M. Nurmuratov), |
|
11. |
Chakana savdoda naqd pulda sotib olinadigan tovarlar va xizmatlar uchun yuqori to‘lov chegarasini belgilash hamda bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari miqdoridan ortiq bo‘lgan bitimlar uchun soddalashtirilgan hisobvaraq-fakturani joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. |
Tahliliy ma’lumotnoma |
2020-yil 1-fevral |
DSQ (B. Musayev), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi (J. Sarimsakov) |
|
12. |
Mol-mulk va yer solig‘i o‘rniga ko‘chmas mulk solig‘ini joriy qilish. |
Tahliliy ma’lumot |
2021-yil 1-iyul |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (B. Musayev), “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi (A. Abdullayev) |
|
13. |
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash va xufiyona faoliyat amalga oshirish faktlarini aniqlashda yordam bergan (ma’lumot taqdim etgan) shaxslarni moddiy rag‘batlantirish tizimini joriy etish. |
Idoraviy hujjat |
2019-yil |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
14. |
Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish uchun “onlayn” nazorat-kassa mashinalari cheklari bilan tasdiqlangan xarajatlar miqdorida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha chegirmalarni amalga oshirish tartibini ishlab chiqish. |
Tahliliy ma’lumotnoma |
2020-yil 1-oktabr |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
15. |
O‘zini o‘zi ish bilan band qilgan shaxslar mezonlari va toifalarini aniqlash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba asosida takliflar ishlab chiqish, soliq solish maqsadida faoliyatni qonuniylashtirishni rag‘batlantirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil |
Mehnat vazirligi (Sh. Kudbiyev), DSQ (B. Musayev) |
|
16. |
Elektron platformalar, internet-do‘konlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshiriladigan elektron tijorat faoliyatini qonuniylashtirish va nazorat qilish mexanizmini joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash. |
Tahliliy ma’lumotnoma |
2019-yil 1-sentabr |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari |
|
17. |
Soliq to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish va Davlat budjetiga o‘tkazish maxsus hisobraqamlarini joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash. |
Tahliliy ma’lumotnoma |
2019-yil 1-sentabr |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Markaziy bank (M. Nurmuratov) |
|
18. |
Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy bank va Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazalarini integratsiyalashtirish, “E-ombor” tovarlarni hisobga olishning elektron tizimini joriy etish va import qilingan tovarlar hisobotlarining elektron tarzda shakllanishini ta’minlash orqali import operatsiyalarini monitoring qilish tizimini takomillashtirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2021-yil 1-yanvar |
DBQ (M. Azimov), DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari |
|
19. |
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani misolida jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni mulkning bozor qiymatiga nisbatan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblash tartibini ko‘rib chiqish va natijasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritish. |
Tahliliy ma’lumotnoma |
2019-yil |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi (A. Abdullayev) |
|
II. Xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan soliq xizmatlarini rivojlantirish | ||||
|
20. |
Soliq xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha mobil ilovalar sonini ko‘paytirish (o‘zini o‘zi ish bilan band qilgan fuqarolarning ro‘yxatdan mustaqil o‘tishi va soliqlarni to‘lashi, yuridik shaxsning ulushi bo‘yicha qo‘yilgan taqiqlar (band solingan) haqidagi ma’lumotnomalarni olish, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini tekshirish va boshqalar). |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil keyinchalik doimiy |
DSQ (B. Musayev), Axborot texnologiyalari |
|
21. |
Soliq solish maqsadida yer va ko‘chmas mulkning kadastr hisobi va qiymatini baholash bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun kadastr va soliq organlari ma’lumotlar bazalarini integratsiyalashtirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 1-dekabr |
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi (A. Abdullayev), DSQ (B. Musayev), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
22. |
Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha soliq organlarining ayrim funksiyalarini nodavlat tashkilotlarga (autsorsing) o‘tkazish bo‘yicha takliflar tayyorlash. |
Tahliliy ma’lumotnoma |
2019-yil 1-avgust |
DSQ (B. Musayev), |
|
23. |
Daromad solig‘i va mol-mulk solig‘ini to‘lash muddatlarini va ma’lumotnomalar taqdim etish tizimini qayta ko‘rib chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish |
Soliq kodeksining yangi tahriri doirasida |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (B. Musayev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev) |
|
24. |
Ko‘rsatiladigan soliq xizmatlari sifatiga soliq to‘lovchilarning qoniqish darajasini anonim baholash imkoniyatini yaratish uchun Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida qo‘shimcha funksiyalar kiritish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 1-sentabr |
DSQ (B. Musayev), “Ijtimoiy fikr”markazi (R. Ubaydullayeva) |
|
25. |
Soliq organlari bo‘linmalari faoliyatining samaradorligini jamoatchilik fikri natijalarini hisobga olgan holda reyting baholashni joriy etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 1-sentabr |
DSQ (B. Musayev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “Ijtimoiy fikr”markazi (R. Ubaydullayeva) |
|
26. |
Soliq to‘lovchilarning aniq ehtiyojlaridan kelib chiqib (to‘liq maslahat berish, buyurtmanomalar, ariza va shikoyatlar qabul qilish), “call-sentr” funksiyalarini kengaytirish orqali soliq to‘lovchilarga xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, soliq ma’muriyatchiligini yaxshilashga doir takliflarni ishlab chiqish borasidagi dolzarb muammolarni chuqur tahlil qilish uchun ko‘p beriladigan savollar va kelib tushadigan murojaatlar asosida Davlat soliq qo‘mitasining doimiy yangilanadigan ma’lumotlar bazasini yaratish. |
Idoraviy hujjat |
2020-yil 1-mart |
DSQ (B. Musayev) |
|
27. |
O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasini soliq maslahatchilari tashkilotlarining unga majburiy a’zo bo‘lishini nazarda tutuvchi o‘zini o‘zi nazorat qiladigan tashkilotga aylantirish, soliq maslahatchilarini o‘qitishni tashkil qilish, malaka imtihonlarini o‘tkazish va sertifikat berish vazifalarini topshirish orqali uning faoliyatini takomillashtirish. |
Tahliliy ma’lumot |
2020-yil 1-fevral |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (B. Musayev), Soliq maslahatchilari palatasi (B. Mansurov) |
|
III. Soliq tavakkalchiliklarini baholash va monitoring qilishning zamonaviy tizimini yaratish | ||||
|
28. |
Nazorat, axborot va xizmat ko‘rsatish orqali potensial soliq tavakkalchiliklarini baholash va boshqarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishni nazarda tutadigan soliq tavakkalchiliklarini tizimli boshqarish (Compliance Strategy) mexanizmini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-fevral |
DSQ (B. Musayev) |
|
29. |
Tavakkalchiliklarni, shu jumladan QQS to‘lovchilarini tahlil qilish va boshqarish tizimi asosida soliq nazoratining simsiz (masofadan turib) usullarini (soliq to‘lovchilarni segmentlash asosida) takomillashtirish. |
Tahliliy ma’lumotnoma |
2019-yil 1-dekabr |
DSQ (B. Musayev), Axborot texnologiyalari |
|
30. |
Jahon bankining kompleks intellektual modeli asosida soliq ma’muriyatchiligini tahlil qilish yakunlari bo‘yicha takliflar tayyorlash (hozirgi holatni baholash va soliq ma’murchiligi kamchiliklarini aniqlash, soliq islohotlari natijalarini monitoring qilish). |
Tahliliy ma’lumotnoma |
2019-yil 1-oktabr |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
31. |
Soliq organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlarini video-tasvirga olish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Idoraviy hujjat |
2019-yil 1-noyabr |
DSQ (B. Musayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
32. |
Ilg‘or xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda, identifikatsiya kartochkalari tizimiga (ID kartalariga) jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami tizimini bosqichma-bosqich integratsiyalashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. |
Tahliliy ma’lumotnoma |
2021-yil 1-yanvar |
DSQ (B. Musayev), Davlat personallashtirish markazi (N. Turaxodjayev), Axborot texnologiyalari |
|
33. |
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlar faoliyatiga davlat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuv holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, nazorat tadbirlarini faqat profilaktika choralari qo‘llanilgandan so‘ng amalga oshirish imkonini beradigan tartibni belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish |
Soliq kodeksining |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
34. |
Sayyor tekshirishlarni kamaytirish va soliq organlarining soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro hamkorligining simsiz usullari ro‘yxatini kengaytirgan holda soliq nazorati shakllarini takomillashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish |
Soliq kodeksining |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
35. |
Yuqori darajadagi daromadga va mulkka ega bo‘lgan jismoniy shaxslarning soliq tavakkalchiliklarini tahlil qilish(Nigh Net Worth Individuals) tizimini joriy etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2021-yil 1-yanvar |
DSQ (B. Musayev) |
|
IV. Davlat soliq xizmati organlarining faoliyatini yanada takomillashtirish | ||||
|
36. |
Soliq ma’muriyatchiligi xarajatlarini kamaytirish va soliq nazorati sifatini oshirish, shuningdek, uni avtomatlashtirish maqsadida soliq organlari tizimiga zamonaviy biznes-tahlillar modellarini (Business Intellegence) joriy etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2020-2021-yillar |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
37. |
Soliq to‘lovchilarga aniq vaqt rejimida ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatini, shu jumladan, eksterritorial prinsip asosida ko‘rsatiladigan xizmatlarni kengaytirishga yo‘naltirilgan raqamli texnologiyalarni soliq ma’muriyatchiligiga bosqichma-bosqich joriy etish, soliq organlarining axborot kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2019-2020-yillar |
DSQ (B. Musayev), Axborot texnologiyalari |
|
38. |
Soliq organlari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligi (KPI) ko‘rsatkichlaridan (ko‘rsatilgan xizmatlarning soni va sifati, xizmat ko‘rsatish tezligi, xodimning xushmuomalaligi va bilimidan) kelib chiqib, ularni moddiy rag‘batlantirish, xizmatda lavozimini oshirish, mukofotlash, intizomiy choralar qo‘llash tizimini joriy etish. |
Idoraviy hujjat |
2019-yil 1-dekabr |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
39. |
“Xolis xaridor” tizimini keng joriy qilish, “xufiyona iqtisodiyot” bo‘yicha “ishonch telefonlari”ni tashkil qilish va mazkur sohada tasdiqlangan xabarni bergan shaxslarni hamda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash “sxema”larini va xufiyona faoliyatlarni aniqlaganlik uchun soliq organlari xodimlarini rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil |
DSQ (B. Musayev) |
|
40. |
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning zamonaviy usullari, xalqaro soliqqa tortish, transfer narxlarni belgilash, tavakkalchiliklarni tahlil qilish, biznes-tahlil texnologiyalari (Business Intellegence) va soliq ma’murchiligida ilg‘or axborot texnologiyalarini (Big Data) qo‘llash asosida soliq organlarining xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
Doimiy |
DSQ (B. Musayev) |
|
41. |
Soliq organlariga ishga qabul qilishda (vakant lavozimlarni egallash) tanlov tizimini, shu jumladan, nomzodlarning elektron shaklda murojaat etish imkoniyatini nazarda tutgan holda joriy etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil 1-fevral |
DSQ (B. Musayev) |
|
V. Davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyaning oldini olish tizimini takomillashtirish | ||||
|
42. |
Korrupsiyaning oldini olish tizimini rivojlantirish, xodimlarning halolligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va ishga qabul qilish shartlarini, shuningdek, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni hisobga olgan holda kadrlar siyosatini takomillashtirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil |
DSQ (B. Musayev) |
|
43. |
Davlat soliq xizmati organlarida korrupsion xavflar yuzaga kelishining oldini olish (nazorat qilish) va holatni monitoring qilish bo‘yicha xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, shuningdek, kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali noinsof xodimlarni tizimdan chetlashtirishni nazarda tutuvchi tizimni joriy etish. |
Idoraviy hujjat |
2019-yil 1-oktabr |
DSQ (B. Musayev), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev) |
|
44. |
Moddiy va nomoddiy rag‘batlantirish, xizmatda o‘sish, bilimini oshirish, sog‘lig‘ini tiklash, dam olish va boshqa yo‘nalishlarni yaxshilashni nazarda tutuvchi mehnat qilish sharoitlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 1-avgust |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
45. |
Korrupsiyaga qarshi qonun hujjatlari talablariga muvofiq soliq sohasidagi korrupsion xavflarni bartaraf etish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani va biznes-jarayonlarni qayta ko‘rib chiqish va ularni takomillashtirish bo‘yicha taklif ishlab chiqish. |
Tahliliy ma’lumot |
2019-yil 1-sentabr |
DSQ (B. Musayev), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
46. |
Faoliyatning ochiqligini ta’minlash, fuqarolar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish va soliq organlarining ijobiy imijini shakllantirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
Doimiy |
DSQ (B. Musayev), |